V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


Usta-portlatuvchi (portlatuvchi) quyidagilarga mas’ul



Download 10,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/178
Sana01.01.2022
Hajmi10,38 Mb.
#303889
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   178
Bog'liq
burgilash va portlatish ishlari

Usta-portlatuvchi (portlatuvchi) quyidagilarga mas’ul:
 Ular 
olingan portlovchi materiallar ustidan doimiy nazorat o‘rnatib, bosh-
qa shaxsning qo‘liga tushmasligi, yo‘qotmasligi, tashlab yubormasli-
gi, yer osti lahimlarida yoki yer yuzasida qoldirib ketmasligi, o‘zicha 
portlovchi materiallarni yo‘q qilmasligi, faqat belgilangan lahimda 
portlatish ishlari olib borish, portlatish ishlari loyihasiga yoki port-
latish ishlari pasportiga muvofiqligiga javob berish; portlatish ishlari-
ni boshlashdan avval qo‘riqlovchi postlar qo‘yilganligini tekshirishi, 
portlatish ishlari tugaganidan keyin ortib qolgan portlovchi materi-
allarni omborga yoki uchastkada saqlash punktiga qayta rib topshirish-
ga, naryad-yo‘llanmada olingan va sarflangan portlovchi materiallarni 
to‘g‘ri ko‘rsatilishini, portlatish ishlari tugaganidan so‘ng kavjoyda-
gi portlatish natijasini tekshirib ko‘rish, agar portlamay qolgan zar-
yad bo‘lsa, smena yoki uchastka boshlig‘iga xabar qilish, portlamay 
qolgan zaryadlarni ro‘yxatga qo‘yadigan jurnalga portlamagan zar-
yadlarning sonini ko‘rsatib, ular zararsizlantirilganidan yoki portlatil-
ganidan so‘ng jurnalga yana zararsizlantirilgani haqida yozib, qachon 
qaysi vaqtda ish tugatilganini ko‘rsatib imzo qo‘yish, agar portlamay 
qolgan zaryadni zararsizlantirish imkoni bo‘lmasa, u lahimga bego-
na kishining kirishi xavfli ekanligini ko‘rsatuvchi to‘siq, belgi qo‘yili-
shini ta’minlashga ham javobgardir. Shuning uchun portlatilayotgan 
zaryadlardan birortasi portlamay qolsa va uni zararsizlantirish va 
tugatish imkoni bo‘lmasa, texnikaviy nazoratchi xodimga tezlik bi-
lan xabar qilishi kerak. Xabarda qaysi lahimda, necha dona zaryad 
portlamay qolganligini xabar qilishi kerak. Usta-portlatuvchi portlov-
chi materiallar omboridan, portlatiladigan lahim, kavjoyga beradigan 
va qaytadigan marshrutda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilini-
shini ta’minlashi kerak. Chang va gaz portlash xavfi bo‘lgan joylar
-
da shaxtalarda lahimlarga suv sepilganligini, chang yutuvchanligini, 
portlash xavfi bo‘lgan metan gazining belgilangan me’yoridan ortiq 
bo‘lmasligini tekshirib, chang va gazning portlashi xavfi tugatilgani
-
dan so‘ng belgilangan kavjoyda portlatish ishlarini amalga oshirish 
mumkinligini bilishi kerak. Portlatish lahimni shamollatish ishlari tu-
gaganidan so‘ng shaxsan usta-portlatuv chi portlatilgan kavjoyni, la-


218
himni tekshirib, zaryadlarning barchasi to‘liq portlaganiga ishonch 
hosil qilgandan so‘ng belgilangan signal berib portlatish ishlari tuga-
ganligini, smena ustasi yoki boshlig‘i bilan lahimda (kavjoyda) ish-
lash mumkinligini tekshirib ko‘rib, so‘nggi ishlarni bajarishga ruxsat 
etilishiga ham javobgardir. Burg‘ilash ishlari burg‘ilash va portlatish 
ishlari  pasportiga  yoki  loyihaga  muvofiq  bajarilganligini,  gaz  port
-
lashi xavfi bo‘lgan shaxtalarda metan gazi miqdorini gaz analizatori 
bilan bevosita kavjoyni zaryadlash va portlatishdan avval tekshirish 
kerak. Havo tarkibidagi gaz miqdorini portlatuvchi asboblar turgan 
joyda ham tekshirish zarur, chang va gaz portlash xavfining oldini 
 
olishga mo‘ljallangan chora-tadbirlarning bajarilishini ta’minlashi 
kerak.
Portlovchi materiallarni saqlash, foydalanish va ularning hiso-
botini yuritishga taalluqli bo‘lgan barcha me’yoriy hujjatlarning bu-
zilishida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar va ishchilar intizomiy, 
ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

Download 10,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish