7.6-§. PORTLOVCHI MATERIALLARNI QABUL QILISH,
TARQATISH (BERISH), HISOBOT HUJJATLARI VA
PORTLOVCHI MATERIALLAR OMBORINI QO‘RIQLASH
Konchilik korxonasini yoki shaxta omborlarida portlovchi ma-
teriallarni saqlash huquqini beruvchi hujjat militsiya organi tomoni-
dan berilgan yozma ruxsatnomalardir. Doimiy ishlab turgan ombor-
xonalarga portlovchi materiallarni saqlash huquqi tegishli militsiya
boshqarmasi tomonidan uch yillik muddatga berilib, bu hujjat ham-
ma vaqt omborxonada saqlanadi. Har bir omborxonada militsiya or-
gani tomonidan berilgan ruxsatnomada ko‘rsatilgan miqdordan ortiq
bo‘lmagan portlovchi materiallar saqlash mumkin. Barcha bazis va
sarflovchi omborxonalar hamda qisqa muddatga portlovchi material
-
lar saqlash uchun ajratilgan joy o‘ta muhim obyektlar qatoriga kiritil-
gan bo‘lib, hamisha sutka davomida uzluksiz qo‘riqlanadi. Qorovullar
o‘qotar qurol bilan qurollanadi. Portlovchi materiallar omborlari-
ning qorovullari zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi: omborga
va omborxona hududiga kirib-chiqish rejimini ta’minlash, portlovchi
materiallarni omborlarga olib kirish va olib chiqish tartibini ta’min-
lash, omborlarga bostirib kirishga harakat qilgan shaxslarni o‘z vaq-
tida yo‘q qilish, o‘g‘irlik harakatining oldini olish yoki to‘xtatish;
qo‘riqlanayotgan omborlar obyektlarida yoki uning yaqinida tabiiy
ofat ro‘y berish ehtimolining oldini olish va yo‘riqnomada belgilan-
gan boshqa ishlarning ham nazoratini ta’minlash.
Yer yuzasida joylashgan portlovchi materiallar omborida (qisqa
muddatli omborlardan tashqari) qorovulning xizmat o‘rni (post) bilan
208
qorovulxona binosi o‘rtasida ikki tomonlama yorug‘lik va ovoz chiqa-
radigan signalizatsiya va ikki tomonlama telefon aloqasi o‘rnatil-
gan bo‘lishi kerak. Qorovulxona telefoni yaqin oradagi kommutator-
ga bog‘langan bo‘lib, yong‘in qo‘riqchilari, korxona ma’muriyati va
mi litsiya nazorati bilan tez bog‘lanish imkonini beradigan bo‘lishi
shart. Yer osti omborlarida ikki tomonlama telefon aloqasi o‘rnatilgan
bo‘lib, yer yuzasidagi shaxta kommutatori bilan bog‘lanadi.
Hamma omborxonalar yetarli miqdorda yong‘inga qarshi vosi-
talar bilan ta’minlanishi kerak (nasoslar, o‘t o‘chirgichlar, suv to‘la
bochka, qum to‘ldirilgan yashik, narvon, chelaklar va boshqalar). Ba-
zis ombori hududidagi hovuzda yetarli miqdorda suv bo‘lishi va u
elektrdan harakatlanadigan nasoslar bilan ta’minlangan bo‘lishi ke-
rak. Barcha omborlar xavfsizlik qoidasiga muvofiq yoritish qurilma
-
siga ega bo‘lishi kerak.
Bazis omborlari changal sim devorining ichki qismida biri ik-
kinchisini ko‘rish darajasi yaxshi bo‘lgan ikkita qorovullar minorasi
o‘rnatiladi. Ular ham biri-birlari bilan yorug‘lik va ovoz beruvchi sig-
nallar bilan bog‘langan bo‘lishi zarur.
Omborga keltirilgan hamma portlovchi materiallar saqlanadigan
o‘rinlariga joylashtirilishi kerak, so‘ng zavoddan yoki transport vosi-
talarida yuborilgan hujjatlar yoki belgilangan shakldagi naryad-nak-
ladnoy, naryad-yo‘llanma asosida kirim qilinadi.
Korxona omboriga keltirilgan portlovchi materiallar kirim va
chiqimining hisob-kitob ishlari belgilangan shakldagi ip o‘tqazilib,
surgichli muhr bosilgan kitobga yoziladi.
Portlovchi materiallarning kirimi va chiqimini hisobga oluvchi
1-shaklga muvofiq kitob (ushbu kitob shakli portlatish ishlari olib bo-
rishda yagona xavfsizlik qoidasiga keltirilgan) yuritiladi. Ushbu kitob
nomerlanib, ip o‘tkazilib tikib, nazorat etuvchi organning (kontexdav-
lat nazorati inspeksiyasining) muhri yoki plombasi bilan mahkamla-
nadi.
Kitob portlovchi materiallar ombori mudiri (omborchi, portlov-
chi moddalar omborining tarqatuvchisi) tomonidan yuritilib, portlov-
chi materiallarning bazis va tarqatuvchi omborlarida miqdoriy hiso-
bi olib boriladi.
Portlovchi materiallarning har bir turi bo‘yicha hisob alohida olib
boriladi. Shuning uchun kitobda ma’lum miqdor varaqlari qoldirib,
so‘ng boshqa turi yoziladi, bunda har kungi tarqatilgan va keltirilgan
209
portlovchi materiallar qayd etilib boriladi. Kitob qancha vaqtga ye-
tishi hisoblangan bo‘lsa, portlovchi materialning shu turiga muvofiq
varaqlari ajratiladi.
Portlovchi materiallar qoldig‘i sutka uchun hisoblanib, kitobga
qayd etiladi. Kitobga sutka davomida miqdoriy jihatdan o‘zgargan
portlovchi materiallargagina yozuv kiritiladi.
Portlovchi materiallarni tarqatish va qaytarilishini hisobga
oluv chi kitob, 2-shaklga muvofiq yuritilib, nomerlangan, ip o‘tqa
-
zilib tikilgan va nazorat etuvchi organ (kontexnika davlat nazorati-
ning joylar dagi inspektorlari muhri bilan mahkamlanadi). Ushbu ki-
tob portlovchi materiallarni sarflovchi omborlar uchun mo‘ljallangan
bo‘lib, uni ombor mudiri (omborchi, tarqatuvchi xodim) olib boradi.
Sutka oxirida qancha, qaysi turdagi (turlari bo‘yicha) portlovchi
materiallar sarflangani, chiziq tagiga (tarqatilgan portlovchi materi
-
allarning omborga qaytarilgan miqdorini olib tashlab, yozib qo‘yila-
di). Sutka davomida sarflangan portlovchi materiallar har kuni
1-shakl dagi kitobga yozib boriladi.
Yalpisiga katta hajmdagi (massovoy) portlatish ishlari olib boril-
ganda portlovchi materiallar bazisli ombordan tarqatuvchi omborga
va bevosita portlatiladigan joyga markazlashtirib tashib keltirilganda
oraliq hisobot shakli va turi kontexnazoratining joylardagi organi bi-
lan kelishib amalda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
Naryad-nakladnoy (3-shakl bo‘yicha) portlovchi materiallarni
bir ombordan ikkinchi omborga o‘tkazish uchun yoziladigan hujjat.
Naryad-nakladnoy portlovchi materialni korxona (tashkilot) tarkibi-
da bo‘lgan ombordan berib yuborish uchun to‘rt nusxada korxona-
ning hisobot bo‘limi tomonidan yozilib, u bosh hisobchi, korxona rah-
bari yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi. Hisobot bo‘limida
maxsus kitobda ro‘yxatdan o‘tkazilib, tartib nomeri, berilgan vaqti va
kimga berilganligi qayd etiladi.
Naryad-nakladnoy korxona yoki tashkilot hisob-kitob bo‘limi to-
monidan portlovchi materialni oluvchiga, ishonchnomasi bilan birga
beriladi. U hujjatni portlovchi materialni olish uchun ombor mudiri-
ga yoki omborga topshiradi. Ombor mudiri (omborchi yoki tarqatuv-
chi xodim) naryad-nakladnoyda ko‘rsatilgan miqdordagi portlovchi
materiallarni oluvchiga berib yuboradi. Naryad-nakladnoyning bir
nusxasi omborda saqlanadi, ikkinchisi portlovchi material oluvchi-
ga, kuzatib boruvchiga hujjat sifatida beriladi, qolgan ikki nusxasi
210
oluvchining ishonchnomasi bilan birga korxona hisob-kitob bo‘limiga
topshiriladi, uning bir nusxasi chiqimni ko‘rsatish uchun hisob-kitob
bo‘limida qoldiriladi. Ombor berib yuborilgan portlovchi materiallar-
ni hisobdan chiqarish uchun, keyingi nusxasi esa hisobot bilan port-
lovchi material oluvchiga jo‘natiladi.
Bir korxona (tashkilot)ga qarashli portlovchi materiallar ombori-
dan shu korxona (tashkilot)ga qarashli boshqa omborga portlovchi ma-
teriallar berilganida naryad-nakladnoy uch nushada yoziladi. Ombor
mudiri portlovchi materiallar oluvchiga bir nusxa naryad-nakladnoyni
ham qo‘shib beradi, qolgan ikki nusxasi esa ombor mudirida qoladi.
Portlovchi materiallarni bazis ombordan sarflovchi omborlar
-
ga markazlashtirilgan tartibda tashilganida, tashib keltiruvchi xo dim
naryad-nakladnoyning uzil-kesil rasmiylashtirguniga qadar, bazis
ombor bergan va olgan portlovchi materiallar miqdori alohida ixti-
yoriy shakldagi kitobda qayd qilinib imzolanishi mumkin.
Ombordan portlovchi materiallar tashuvchi javobgar shaxs-
ga uchastkadagi portlatish ishlari olib boriladigan joyga yaqin joy-
lashgan vaqtincha saqlash kamerasiga va ombordan yalpisiga (mas-
sovoy) portlatiladigan joyga portlovchi materiallarni tashib keltirish
uchun korxonaning portlatish ishlari bo‘yicha mas’ul rahbari yoki
uchastka portlatish ishlari rahbari tomonidan imzolangan ikki nusxa
naryad-nakladnoy yozib beriladi. Omborxona mudiri talab etilgan
miqdordagi portlovchi materiallar bilan birga bir nusxa naryad-nak-
ladnoyni kuzatuvchiga hujjat sifatida berib yuboradi, ikkinchisi esa
omborxonada saqlanadi.
Agar portlovchi materiallarni bir vaqtda olib borish imkoni
bo‘lmasa, naryad-nakladnoyda yozilgan hamma portlovchi mate-
riallar olib bo‘lguniga qadar, portlovchi materiallarni olgan tashuv-
chi shaxs va portlovchi materiallarni bergan ombor mudiri ixtiyoriy
shakldagi kitobga oldi va berdi degan imzo qo‘yadi.
Uchastka kamerasida va portlovchi materiallarni saqlaydigan
punktda portlovchi materiallarning harakatini hisobga oluvchi
2-shakldagi kitob yuritiladi.
Portlovchi materiallarni hisobga oluvchi kitoblarga va kirim-
chiqim hujjatlarga qalam bilan yozib, so‘ng o‘chirish mumkin emas.
Har qanday tuzatish yangi kiritilgan hujjatlarga yangi raqam qo‘yili-
shi, tuzatish sabablari ko‘rsatilishi, tuzatish kiritgan shaxs tomonidan
imzolanishi kerak.
211
Portlovchi materiallar omborida portlovchi materiallarni be-
rishga, naryad-yo‘llanma, naryad-nakladnoylarni imzolashga haqli
bo‘lgan shaxslar va portlovchi materiallar sarfini tasdiqlovchi shaxs-
lar imzosining nusxasi bo‘lishi kerak. Imzolar nusxasi korxona rah-
bari tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |