V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


-§. PORTLOVCHI MATERIALLARNI SHAXTAGA



Download 10,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/178
Sana01.01.2022
Hajmi10,38 Mb.
#303889
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   178
Bog'liq
burgilash va portlatish ishlari

7.5-§. PORTLOVCHI MATERIALLARNI SHAXTAGA 
TUSHIRISH VA YER OSTI LAHIMLARI BO‘YLAB TASHIB 
KELTIRISH
Portlovchi materiallarni shaxtaga kletda va badyada tushirishga 
ruxsat etiladi. Qiya shaxta stvollarida esa odamlarni tushirib chiqa-
rishga mo‘ljallangan maxsus vagonetkalarda, odam tashishga ruxsat 
etilgan osma kanat va monorelsli yo‘lda tashirish mumkin. Shaxta 
ichidagi ish joyiga portlovchi materiallar kanat (sim arqon) bog‘lan-
gan vagonetkalarda osma kanatli va monorelsli yo‘llarda usta-port-
latuvchi va uning yordamchi yuk tashuvchi ishchisi xavfsizlik qoi-
dasi  talabiga  muvofiq  tashib  keltiradi.  Har  bir  shaxtada  portlovchi 
materiallarni shaxtaga tushirish va ish joyiga tashib keltirish tarti-
bi shaxta boshlig‘i yoki korxona rahbari tasdiqlagan yo‘riqnomaga 
muvofiq ijro etiladi. Shaxtaga tushirish uchun keltirilgan portlovchi 
materiallar belgilangan tartibda maxsus jihozlangan vagonetkalarga 
yuklanadi.
Portlovchi materiallarni ishlatiladigan kavjoyga hamma turda-
gi mavjud relsli transportlarda va qo‘lda tashib keltirish mumkin. 
Shaxta ishchilarini tushirib chiqarish vaqtida portlovchi materiallarni 
shaxta yo‘laklari bo‘ylab tashish qat’iyan taqiqlanadi. Shaxta stvolida 
portlovchi materiallarni yuklash, tushirish chog‘ida stvol oldi lahim-
larida usta-portlatuvchi, uning yordamchisi, operator, tarqatuvchi, 
portlovchi materiallarni yuklovchi va tushiruvchi, stvol oldi lahimi-
da yuklarni qabul qiluvchi va uzatuvchi shaxs va shaxtada portlovchi 
materiallarning harakatini nazorat etuvchi texnazoratchidan bosh-
qa hech kim bo‘lmasligi kerak. Portlatish ishlariga aloqasi bo‘lmagan 
barcha shaxslar xavfsiz joyga uzoqlashtiriladi. Portlovchi materiallar-


203
ni tushirishda kletda, bade (kajava)da yoki vagonetkada usta-portla-
tuvchi va uning yordamchisidan boshqa hech kim bo‘lmasligi kerak. 
Har bir kishiga klet polining 1 m
2
 foydali maydoni to‘g‘ri kelishi ke-
rak. Portlovchi materiallarning tik shaxta stvolida harakatlantirilishi-
ga shaxta dispetcheri, ko‘tarish qurilmasi mashinisti, yuk qabul qiluv-
chi (yuqorida va shaxta stvoli oldidagi lahimda) shaxslar xabardor 
qilingandan so‘nggina ruxsat etiladi.
Portlovchi materiallar joylangan yashiklar, qoplar va paketlar 
klet balandligining ko‘pi bilan 2/3 qismini egallashi mumkin. Bu 
balandlik klet eshigidan yuqori bo‘lmasligi kerak. Birinchi guruh 
portlovchi moddalar yashikda bir qator joylashtiriladi. Elektr deto-
natorlar va boshqa portlovchi vositalar kletda portlovchi moddalar 
yashigidan alohida tushirilib, klet poliga yoki maxsus vagonetkaga 
bir qator qo‘yiladi.
Qiya lahimlarda kishilarni tushirib chiqaradigan maxsus vagon-
larda portlovchi materiallarni tushirishda, vagonning har bir o‘rin-
dig‘ida faqat bittadan usta-portlatuvchi yoki uning yordamchisi 
bo‘lishi kerak, bunda portlatish ishi bilan aloqasi bo‘lmagan boshqa 
shaxslarning tushirilishiga ruxsat etilmaydi.
Portlovchi materiallarni kon lahimlarida tashishda transport vo-
sitasining tezligi 5 m/s dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Bunda mashinist 
ko‘tarish mashinasini, lebedkani, elektrovozni tekis, silliq yurgizishi 
va to‘xtatishi kerak.
Portlovchi materiallarni yer osti sharoitida relsli transportda 
tashiganda quyidagi shartlarga rioya qilish kerak: portlovchi materi-
allarni vagonetkaga va boshqa sig‘imlarga yuklash portlovchi materi-
allar omboriga keladigan lahimlarda va bevosita sarflovchi ombor la
-
himida amalga oshiriladi; portlovchi materiallarni konning gorizontal  
lahimlarida tashishda akkumulatorli va kontaktli elektrovozlarda 
amalga oshirishga ruxsat etiladi, bunda portlatish vositalari kontaktli 
elektrovozda tashilganda vagonetka yog‘och qopqoq bilan zich yopil-
gan bo‘lishi kerak.
Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini maxsus yoki shu 
yo‘nalishda harakatlanuvchi bo‘sh vagonetkalarda tashib keltirish  
mumkin, lekin bunda portlovchi modda ortilgan vagonetka bilan 
portlatish vositalari ortilgan vagonetkalar ortida kamida ikkita bo‘sh 
vagonetka bo‘lishi kerak, bu vagonetkalar bilan elektrovoz oralig‘i  
3 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Portlovchi materiallar yuklangan  


204
po yezdning boshqa vagonetkalari bo‘sh bo‘lishi shart, ya’ni boshqa 
bo‘sh vagonetkalarga yuk ortilmasligi kerak.
Portlovchi materiallarning I va IV guruhlari kuzovi yog‘och, ki-
giz (rezina) bilan futirovka qilingan odatdagi vagonetkalarda yoki ku-
zovi yog‘ochdan yasalgan usti berkitiladigan vagonetkalarda tashili-
shi mumkin. Portlovchi materiallar solingan yashiklar kigiz, rezina 
yoki qop materiallari to‘shalgan vagonetkalarga yuklanganida ular 
vagonetka kuzovining balandligidan yuqori bo‘lmasligi va bir qa-
tor joylashtirilishi lozim. Boshqa guruhdagi portlovchi materiallarni 
odatdagi vagonetkalarga, vagonetka bortidan pastroq joylab tashish 
mumkin. Portlovchi materiallar yuklangan tarkibning orqa qismi-
da va elektrovozning oldi qismida yoritiladigan shaxtada ishlaydigan 
hamma kishilarga tanish bo‘lgan «belgi» bo‘lishi kerak. Portlovchi 
materiallar kon lahimlari bo‘ylab tashilayotgan payitda boshqa barcha  
transport vositalarining haydovchilari boshqarayotgan transport 
 
vositalarini to‘xtatishi va shu lahimda harakatlanayotgan kishilar 
to‘xtab chetga chiqib, portlovchi materiallar yuklangan poyezdni 
o‘tkazib yuborishlari talab etiladi.
Portlovchi materiallar tashilayotgan poyezdning oldidagi va orqa-
sidagi poyezdlarning oralig‘i kamida 50 m bo‘lishi kerak.
Portlovchi materiallarni tashishda uni usta-portlatuvchi va uning 
yordamchisi kuzatib borishi kerak.
Yer osti sharoitida usta-portlatuvchi bir necha kavjoyda portlatish 
uchun portlovchi moddalarni bir yo‘la olishi mumkin, bunda ular-
ni portlatiladigan kavjoyga uning yordamchisi (yuklatuvchi) mus-
taqil ravishda tashib borishiga va uning saqlanishiga to‘liq javobgar 
bo‘lishiga ruxsat etiladi. U kishi naryad-yo‘llanmaga o‘zi bilan olgan 
portlovchi modda miqdori haqida imzo qo‘yadi.
Usta-portlatuvchi, tashuvchi yordamchisidan qabul qilib olgan 
portlovchi moddalar uchun naryad-yo‘llanmaga imzo qo‘yib, qabul 
qilib olganligini tasdiqlaydi.
Portlovchi materiallar zavod upakovkasida yoki tarmoq tex-
nikaviy talablariga javob bera oladigan sig‘im (sumka, kasetalar)da 
tashiladi.
Portlovchi moddalar va elektr detonatorlar alohida-alohida sig‘im-
larda olib kelinadi, bunda elektr detonatorlar, jangovar patronlar, o‘t 
oldiruvchi trubkalar faqat usta-portlatuvchi tomonidan olib kelinadi. 
Elektr detonator va portlovchi moddalarni birgalikda olib kelishda us-


205
ta-portlatuvchi 12 kg dan ko‘p bo‘lmagan portlovchi modda va 150 
dona elektr detonatori olib kelishga haqli. Portlovchi modda elektr 
detonatorsiz alohida sumka yoki kasetada olib kelishsa, bu me’yorni 
24 kg gacha ko‘paytirish mumkin. Usta-portlatuvchi portlovchi mod-
dasiz 500 donagacha elektr detonatorni olib kelishi mumkin.
100 kg gacha bo‘lgan portlovchi moddani qo‘l aravachasi yor-
damida tashib kelishga ruxsat etiladi.

Download 10,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish