V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


Portlovchi materiallarni tarqatish kamerasida va portlov-



Download 10,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/178
Sana01.01.2022
Hajmi10,38 Mb.
#303889
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   178
Bog'liq
burgilash va portlatish ishlari

Portlovchi materiallarni tarqatish kamerasida va portlov-
chi materiallarni saqlaydigan uchastka punktlarida qabul qilish 
va tarqatish hisoboti.
 Portlovchi materiallarni saqlaydigan uchast-
ka punktida va tarqatuvchi omborda, ishlatilgan va qoldiq portlovchi 
materiallar hisobini ombor tarqatuvchisi 2У-shakldagi kitobga qayd 
etib boradi (ilovaga qaralsin). Xuddi shu shakldagi 2У-kitob (nomer
-
langan, ip bilan tikilgan, korxona muhri bilan mahkamlangan) port-
lovchi materiallar saqlanadigan har bir shkafda bo‘lishi kerak.
Portlovchi materiallarni sarflovchi ombordan tarqatuvchi kamera-
ga olib kelish va portlovchi materiallar saqlanadigan uchastka punk-
tiga tashib kelish uchun jo‘natish ishlarini omborning maxsus tarqa-
tuvchi xodimi berilgan naryad-nakladnoyga muvofiq amalga oshiradi 
(ilovaga qaralsin). Bunda «ombordan berilgan» degan grafa tarqatuv-
chi tomonidan, tarqatuvchi kamera va uchastka punktida qolgan port-
lovchi materiallar qoldig‘ini hisobga olgan holda, kon ishlari yuri-
tayotgan uchatska talabnomasiga muvofiq to‘ldiriladi.
Portlovchi materiallarni tashib tarqatuvchi shaxs olib borib tarqa-
tish uchun berilgan portlovchi materiallar miqdorini omborning 
2-shakldagi umumiy kitobga kiritib, portlovchi materialni olganligi 
haqida kitobga imzo qo‘yadi.
Uchastkaning  talabiga  muvofiq  smenada  sarflanadigan  miqdor-
dagi  portlovchi  materiallar  sarflovchi  ombordan  vagon  (konteyner) 
da olib kelinsa, tarqatuvchi olib kelingan portlovchi materiallarni us-
ta-portlatuvchilarga naryad-yo‘llanmaga muvofiq tarqatadi.
Uchastka punktlaridagi portlovchi materiallar saqlanadigan joy-
ga elektr detonatorlarni olib kelishdan avval tarqatuvchi omborda 
ularning cho‘g‘lanuvchi ko‘prikchasining butunligini, o‘ralgan tarada-
gi etiketkada ko‘rsatilgan o‘lchamiga muvofiq kelishi aniqlangan va 
markirovka qilingan bo‘lishi kerak.
Elektr detonatorlardan chiqarilgan simlar bir-biri bilan qo‘shib 
bog‘langan, elektr detonatorlarni tekshirgan portlovchi materiallar 
ombori  tarqatuvchisining  nasabi,  ismi,  shariflari  yozilgan  etiketka 
qo‘shib solinishi kerak.


212
Portlovchi materiallar omborining tashib-tarqatuvchi xodimi 
naryad-nakladnoyning «portlovchi materiallarni saqlovchi punktla-
riga olib kelindi» deb yozib, olib kelingan portlovchi materiallarning 
miqdori haqida yozib, portlovchi materiallar saqlanuvchi punktdagi 
har bir shkafga yozib qo‘yishi shart.
Portlovchi materiallarni uchastka punktiga tashib keltiruvchi- 
tarqatuvchi olib kelgan portlovchi materiallar bilan har bir shkafda qol-
gan portlovchi materialning haqiqiy qoldig‘ini solishtirib, 2У-shaklda
-
gi kitobga shkafda qolgan qoldiqni o‘zining imzosi bilan tasdiqlaydi. 
So‘ng shkafni qo‘shimcha portlovchi material bilan to‘ldirib tashib kelti-
rib, tarqatuvchi xodim «kirim» grafasini to‘ldirib, umumiy portlovchi 
materiallar miqdorining «qoldiq» grafasiga yozib imzo qo‘yadi. Shun-
dan so‘ng shkafni qulflab uni plombalaydi, so‘ng keyingi shkafga o‘tadi.
Tashib keltiruvchi-tarqatuvchi portlovchi materiallarni tarqatib 
bo‘lgandan  so‘ng  sarflovchi  omborda  naryad-nakladnoyda  ko‘rsatil
-
gan ma’lumotlarni, ya’ni har bir shkafga qancha portlovchi material 
qo‘yganligini 2У-shakldagi kitobga yozib qo‘yadi.
Portlovchi  materiallar  sarflovchi  ombordan  shaxtaning  zaryad 
budkasiga ombor tarqatuvchisi tomonidan tashib keltiruvchi-tarqatuv-
chi xodim yoki maxsus ajratilgan usta-portlatuvchi naryad-naklad-
noyga muvofiq beriladi.
Naryad-nakladnoyni  tarqatuvchi-sarflovchi  ombor  mudiri  shax
-
ta o‘tuvchi bo‘lim boshlig‘ining talabnomasiga yoki portlovchi ma-
teriallarni zaryad budkasiga tashib keltirishning shaxta quruvchi 
bosh-qarmasi  bosh  muhandisi  tasdiqlagan  grafigiga  muvofiq  ikki 
nusxada yozadi.
Tarqatuvchi-sarflovchi  omborning  tarqatuvchisi  tomonidan  za r-
yad budkasiga keltirish uchun berilgan portlovchi materiallar miqdori 
haqida portlovchi materiallarning berilgan va qaytarilgan hisobo-
ti kitobiga (4-grafada patron nomerini ko‘rsatib) kiritiladi yoki yozib 
qo‘yiladi. Bu haqda tashuvchi-tarqatuvchi xodim yoki usta-portlatuv-
chi portlovchi materialni olganligini tasdiqlab imzo qo‘yadi.
Zaryad budkasida tashuvchi-tarqatuvchi olib kelingan portlovchi 
materialni naryad-nakladnoyga asosan usta-portlatuvchiga beradi. U 
naryad-nakladnoyga portlovchi materiallarni olganligi haqida imzo 
qo‘yadi. Naryad-nakladnoyning bir nusxasi usta-portlatuvchida qola-
di. Zaryad budkasida usta-portlatuvchi tomonidan olingan portlovchi 
materiallar kirim va chiqim kitobiga kiritiladi (ilovaga qaralsin). Xud-


213
di  shunday  kitob,  portlovchi  materiallarni  sarflovchi  omborda  ham 
to‘ldiriladi.
Tashuvchi-tarqatuvchi portlovchi materiallarni zaryad budkasi-
da usta portlatuvchiga topshirgandan keyin naryad-nakladnoyning 
bir  nusxasini  sarflovchi  omborga  topshiradi.  Naryad-nakladnoy
-
ga asosan sarflovchi ombor tarqatuvchisi portlovchi materiallarning 
kirim va chiqim kitobiga har bir zaryad budkasiga topshirgan port-
lovchi materiallar haqida kitobning ombordan kirim qilinadigan gra-
fasiga yozib qo‘yadi.

Download 10,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish