V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


partiya nomeri, yashik nomeri, ishlab chiqarilgan oyi, yili, massasi



Download 10,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/178
Sana01.01.2022
Hajmi10,38 Mb.
#303889
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   178
Bog'liq
burgilash va portlatish ishlari


partiya nomeri, yashik nomeri, ishlab chiqarilgan oyi, yili, massasi 
(netto, brutto, kg) temir yo‘l belgisi, elektr detonator bilan yuklanma-
si, belgilangan rangdagi chiziq, shu portlovchi moddaning GOST no-
meri yozib qo‘yiladi.
7.3-§. PORTLOVCHI MATERIALLAR  
SAQLANADIGAN OMBORLAR
Portlovchi materiallar faqat maxsus qurilgan omborlarda saqla-
nishi  kerak.  Xonalarda,  yashiklarda,  seyflarda  yoki  shu  maqsad 
uchun moslashtirilgan portlatish ishlari olib borishda yagona xavfsiz-
lik qoidasida belgilangan talablarga muvofiq keladigan joylarda qisqa 
muddatga saqlash mumkin. Portlovchi materiallarni saqlash sharoi-
ti shunday bo‘lishi kerakki: saqlash davomida ular buzilib qolmasli-
gi, o‘z-o‘zidan portlamasligi, o‘g‘irlikka yo‘l qo‘yilmasligi, portlovchi 
materiallarni qabul qilish va tarqatishning qulay, xavfsiz bajarilishini 
ta’minlash imkonini beradigan bo‘lishi kerak. Portlovchi materiallar-
ni saqlash uchun maxsus omborxonalar tipovay yoki individual loyi-
ha asosida qurilishi kerak.
«Portlovchi materiallar ombori» degan atama ostida bir yoki bir 
necha portlovchi materiallar omborxonalari va yordamchi inshoot-
larining umumiy tikonli sim to‘siq bilan o‘ralgan hududi tushuniladi. 
Yer osti omborlariga kamera va yacheykalardan iborat portlovchi 
materiallar saqlanadigan va yordamchi kameralar va omborxonalar-
ga olib boruvchi yer osti lahimlaridan iborat yer osti inshootlari ki-
radi.


195
Portlovchi materiallar omborlari yer yuzasi relefiga nisbatan joy
-
lashishiga qarab quyidagicha bo‘linadi: yer sathida joylashgan, yarim 
chuqur va yer osti omborlari.
Yer sathidagi omborlarga asosiy omborxonalari yer yuzasida joy-
lashgan omborlar kiradi, yarimchuqurlariga omborlari karniziga qa-
dar yer ostiga chuqurlashganlari, chuqurlariga omborxonalari ustida-
gi yerning qalinligi 15 m ga qadar bo‘lganlari, yer osti omborlariga 
omborxonalari ustidagi yer qatlami 15 m dan chuqurroqda joylash-
ganlari kiradi.
Omborxonalar xizmat muddatiga ko‘ra quyidagicha bo‘linadi:
Doimiy – xizmat qilish muddati 3 yildan ortiq.
Vaqtinchalik – xizmat muddati 3 yilgacha.
Qisqa muddatli – bir yilgacha, bu muddat portlovchi materiallar-
ning olib kelingan kunidan boshlab hisoblanadi.
Portlovchi materiallarni saqlash uchun mo‘ljallangan omborlar 
bazisli va sarflovchi kabi turlarga bo‘linadi.
Bazisli  ombor  sarflovchi  omborni  portlovchi  materiallar  bilan 
ta’minlashga xizmat qiladi.
Bazisli omborda portlovchi materiallarni usta-portlatuvchilarga 
tarqatish maqsadida ularning yashiklarini ochish qat’iyan taqiqlanadi. 
Ba’zi bir hollarda bazisli ombor bitta korxonagagina xizmat qiladigan 
bo‘lsa, Kontexnika inspeksiyasining ruxsati bilan sarflovchi ombor-
xona vazifasini ham bazisli omborxonaga yuklash mumkin. Buning 
uchun portlovchi materiallar sarflaydigan maxsus omborxona ajratili-
shi va u boshqa omborxonalardan maxsus to‘siq bilan to‘silishi hamda 
unga kirib chiqadigan alohida yo‘l bo‘lishi kerak. Har bir bazisli om-
bor portlovchi materiallarni sinab ko‘rish va ularning yaroqsizlari ni 
tugatish (yo‘q qilish) uchun o‘zining laboratoriyasi va poligoniga ega 
bo‘lishi zarur.
Sarflovchi omborlar portlovchi materiallarni usta-portlatuvchilar
-
ga tarqatishga xizmat qiladi.
Bazisli omborlarning umumiy sig‘imi cheklanmaydi. Bazisli om-
borlar alohida saqlovchi xonalarining sig‘imi 7.2-jadvalda keltirilgan 
o‘lchamlarga muvofiq kelishi kerak.


196
7.2-jadval
Birga  
qo‘shiladigan  
guruhlar
Portlovchi moddalar va mahsulotlar
Sig‘imi, t
1
2
3
В
С
D
Kapsul-detonatorlar, elektr detonatorlar (yuqori 
voltlilardan tashqari) pirotexnik relening КЗДШ 
turi (brutto massasi)
Poroxlar (netto massasi) va ular aralashgan mah-
sulot (brutto massasi)
O‘t o‘tkazuvchi pilik, o‘t oldirish vositasi ОШ va 
poroxlar, signal va porox patronlari
Tarkibida 15% dan ko‘p suyuq nitroefir bo‘lgan 
portlovchi modda, flegmatizatsiyalanmagan gek-
sogen, ТЭН, tetril (netto massasi)
Detonatsiyalanuvchi pilik, yuqori, voltli elektr 
detonatorlari (brutto massasi)
Tarkibida 15% dan ko‘p bo‘lmagan suyuq nitro 
efirli portlovchi moddalar, trotil va uning nit ro 
birikmalar bilan qotishmasi, flegmatizatsiyalan
-
gan geksogen, tarkibida suyuq nitroefir bo‘lma
-
gan portlovchi moddalar, kukunsimon, sochi-
luvchi, patronlangan, varroqli, shnurlangan 
(pilikli), shlangali va, shuningdek, plastik va suv 
saqlovchi (netto massasi) portlovchi moddalar, 
tarkibida portlovchi modda saqlovchi portlash 
qo‘zg‘ash vositasisiz yoki itqituvchi zaryadlarsiz 
mahsulot (brutto massasi)
Kontex davlat nazorati inspeksiyasi tomonidan 
ruxsat etilgan, mexanizatsiyalashtirilgan usulda 
zaryadlashga mo‘ljallangan sochma granullan-
gan portlovchi modda
Tarpendalash uchun tayyorlangan portlovchi 
modda tarkibida portlovchi modda va portlashni 
qo‘zg‘ovchi vositalar bo‘lgan otuvchi apparatlar
120
120
cheklan- 
magan
60
120
240
420
120
Portlovchi  moddalarni  sarflovchi  doimiy  omborlarning  saqlay
-
digan xonalarining umumiy sig‘imi quyidagi miqdordan oshib ket-
masligi kerak: 


197
portlovchi moddalar  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 120 t
elektr detonatorlar va kapsul- 
detonatorlar   . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 250 000 dona
detonatsiyalanuvchi piliklar . . . . . . . . . . . . . . . . 100 000 m
o‘t o‘tkazuvchi piliklar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . cheklanmagan miqdorda
Portlovchi  materiallarni  sarflovchi  vaqtinchalik  omborlarning 
umumiy sig‘imi:
portlovchi moddalar  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 75 t
elektr detonatorlar, kapsul- 
detonatorlar   . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 100 000 dona
detonatsiyalanuvchi piliklar . . . . . . . . . . . . . . . . 50 000 m
o‘t o‘tkazuvchi piliklar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . cheklanmagan o‘lchamda
Portlovchi materiallarni qisqa muddatda sarflovchi omborlarning 
umumiy sig‘imi:
portlovchi moddalar  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 54 t
elektr detonatorlar, kapsul- 
detonatorlar   . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 75 000 dona
detonatsiyalanuvchi piliklar . . . . . . . . . . . . . . . . 35 000 m
o‘t o‘tkazuvchi piliklar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . cheklanmagan o‘lchamda
Portlovchi materiallarni sarflovchi doimiy omborlarning har bir 
saqlovchi xonasining sig‘imi 60 t bilan cheklanadi, vaqtinchalik om-
borning sig‘im chegarasi 50 t va qisqa muddatli omborlarning sig‘im 
chegarasi esa 18 t bilan cheklanadi.
Omborxonaning har bir xonasida militsiya organi tomonidan 
berilgan ruxsatnomadagi miqdorda portlovchi materiallar saqlanadi.
Yer sathida joylashgan doimiy va vaqtinchalik sarflovchi ombor-
larda portlovchi materiallarni usta-portlatuvchilarga tarqatish uchun 
portlovchi materiallar solingan yashiklarni shu ish uchun mo‘ljallan-
gan alohida xonalarning birida yoki portlovchi materiallar saqlanadi-
gan omborxonaga kiraverishdagi yo‘lakda (tamburda) ochib tarqatish-
ga ruxsat etiladi.
Omborxonalar hududi – maydoncha deyiladi. Shu maydonchaga 
joylashgan barcha omborxona va yordamchi binolar tikanli sim bi-
lan aylanasiga o‘ralgan bo‘lishi va uning balandligi 1,8 m dan kam 
bo‘lmasligi zarur.
Yer sathidagi barcha portlovchi materiallar omborxonalari atrofi 
eniga kamida 50 m changal sim devor bilan o‘ralishi va sirtqi qismi-


198
da «Taqiqlangan hudud» degan belgi o‘rnatilishi kerak, changal sim 
devordan omborxonalarning eng yaqin devoriga qadar kamida 40 m 
bo‘lishi kerak.
O‘t o‘tkazuvchi pilik, uni yondirish vositalari va porox, signal va 
porox patronlarini «B» va «D» guruhdagi portlovchi materiallar bi-
lan birga saqlash mumkin. Detonatsiyalanuvchi pilik va yuqori voltli 
elektr detonatorlarni «B» guruhdagi portlovchi materiallar bilan bir-
ga saqlashga yo‘l qo‘yiladi.
Bitta omborxonada «D» guruhiga mansub bo‘lgan portlovchi ma-
teriallarni saqlashda uning umumiy sig‘imi eng xavfli komponentlarni 
saqlash uchun belgilangan sig‘imidan katta bo‘lmasligi kerak.
Yer osti sharoitida portlovchi materiallarni maxsus tashkil etil-
gan lahimlar – kamera yoki yacheykalarda saqlash mumkin. Bun-
day kamera yoki yacheykalar shunday joylashtirilishi kerak-ki, bi-
rorta kamera yoki yacheykada portlash yuzaga kelsa, boshqa qo‘shni 
kamera yoki yacheykada detonatsiyani uyg‘otishga imkon tug‘ilma-
sin. Yer osti portlovchi materiallar omborida portlovchi materiallarni 
saqlash uchun maxsus kamera yoki yacheykasimon lahimlar o‘tkazi-
ladi. Bulardan tashqari omborga olib boruvchi lahimlar va portlovchi 
materiallarni tarqatish uchun yordamchi kamera, elektr detonatorlar-
ni tekshirish yoki yondiruvchi trubkalar (bo‘laklar), elektr alangalan-
tiruvchi vositalarni tekshirish va yong‘inga qarshi vositalarni saqlay-
digan lahimlar majmuasidan iborat inshootlar bo‘lishi kerak.
Kamerasimon omborlarning har bitta kamerasida saqlanadigan 
portlovchi modda miqdori 2 tonnadan, har bitta yacheykada saqla-
nadigan portlovchi modda miqdori 400 kg dan va 15 000 dona elektr 
detonator (kapsul-detonator)idan oshmasligi shart.
Yer osti sarflovchi portlovchi materiallar omborining sig‘im che-
garasi  yetti  kunlik  portlovchi  modda  sarfidan  oshmasligi  va  elektr 
detonatorlarning o‘n besh sutkalik sarfidan oshmasligi kerak.
Portlatish ishlari olib borishda qisqa sekinlatuvchi va sekinlab 
portlatuvchi elektr detonatorlar qo‘llanilganda, yer osti sarflovchi om
-
borda shu shaxta uchun qo‘llanishga ruxsat etilgan. Elektr detonator-
lar seriyalarining hamma turidan kamida bir yashikdan bo‘lishi kerak.

Download 10,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish