6-bobga doir nazorat savollari 1. Zaryadlarni portlatishning qanday usullari mavjud?
2. O‘t (alanga) va elektr o‘t (alanga) portlatish usullari nima va ular qa-
yerlarda qo‘llaniladi?
3. Elektr usulida portlatish nimalardan iborat?
4. Elektr usulida portlatishda qanday elektr toki manbayidan foydala-
niladi?
5. Omborda elektr detonatorlar qarshiligi qanday asbob bilan o‘lcha-
nadi?
6. Elektr portlatish zanjirini tekshirishda qanday asboblar qo‘llaniladi?
7. Portlatish asbobining ishlashi qanday tekshiriladi?
8. Ko‘mir konlarida elektr usulida portlatishda qanday simlar
qo‘llaniladi?
9. Portlatish mashinasi qo‘llanilganda elektr detonatorlarning qanday
ulanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi?
10. Portlatishda kuchlanish tarmog‘i yoki yoritish tarmog‘idan foydala-
nilganda, elektr detonatorlarni qanday ulash kerak bo‘ladi?
11. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokdan portlatilganda qancha tok kuchi
talab etiladi?