V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


-bob. PORTLOVCHI MATERIALLARNI



Download 10,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/178
Sana01.01.2022
Hajmi10,38 Mb.
#303889
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   178
Bog'liq
burgilash va portlatish ishlari

7-bob. PORTLOVCHI MATERIALLARNI 
JOYLASHTIRISH (UPAKOVKALASH), SAQLASH, 
TRANSPORTDA TASHISH VA ULARNING HISOBOTI
7.1-§. PORTLOVCHI MODDALARNI JOYLASHTIRISH
Texnikaviy shart-sharoitlar va GOST talablariga muvofiq ko‘mir 
shaxtalarida portlatish ishlarini olib borishda faqat potronlangan port-
lovchi moddalarni qo‘llashga ruxsat etiladi.
7.1-jadval

Portlovchi moddalar
Patrondagi PM 
zichligi, g/sm
3
Patron  
diametri, 
mm
Patron 
massasi, 
g
Patron  
uzunligi, 
sm
1
Ammonitlar ПВЖ-20; 
T-19; АП-5ЖВ
1,1-1,2
36-37
200  
250  
300
18-16 
22-20 
26-24
2
Uglenitlar Э-6; №5
1,1-1,3
36-37
200 
250 
300
18-15 
22-19 
26-22
3
Ammonit 6-ЖВ; dinof
-
tolit-200
1,1-1,2
36-37
200 
250 
300
18-16 
22-30 
26-24
1,1-1,2
31-32
200  
250 
300
23-27 
29-27 
35-32
4
Ammonal, skalniy am-
monal (tog‘ jinslari 
uchun)
0,95-1,1
36-37
200 
250 
300
20-18 
25-22 
30-26
5
Ammonal №3
0,95-1,1
31-32
200 
250 
300
27-23 
34-29 
40-35
6 Detonit M
1,1-1,3
36-37
200 
250  
300
18-15  
22-19  
26-22
1,1-1,3
31-32
200  
250  
300
23-29  
29-25  
35-30
7
Skalniy ammonit №1 
(tog‘ jinslari uchun) 
(presslangan)
1,43-1,56 
1,43-1,56
36-37 
44-45
250 
400
17-16 
18-17


191
Portlovchi moddalar texnik shart-sharoitlar va GOST talablariga 
muvofiq 150±7, 200±10; 250±12 va 300±15 gramm massali patronlar
-
da ishlab chiqariladi. Saqlagichli portlovchi moddalar 36–37 mm dia-
metrli patronlarda ishlab chiqariladi.
Saqlagichsiz portlovchi moddalarda detonit patronining dia-
metri 23–24 mm dan kam bo‘lmasligi, qolgan boshqa portlovchi 
moddalarda esa 31–32 mm dan kam bo‘lmasliga kerak. Tik shax-
ta stvollarini o‘tishda diametri 45 mm bo‘lgan maxsus patronlar-
dan foydalaniladi. Patron uzunligining uning diametri, og‘irligi va 
portlovchi moddalarning zichligiga bog‘liqligi 7.1-jadvalda keltiril-
gan.
Portlovchi moddalar 2–2,5 o‘ramli qog‘oz gilzaga, detonitlar 
faqat pergamentli qog‘ozga patronlanadi. 100 g portlovchi moddani 
diametri 31–32 mm etib patronlash uchun 2 g qog‘oz sarflanadi, pat-
ron diametri 36–37 mm bo‘lsa, 3 g dan ko‘p bo‘lmagan, detonit pat-
roni uchun 2,5 grammdan ko‘p bo‘lmagan qog‘oz sarflanadi.
Portlovchi modda patroni yupqa qatlamda yoppasiga nam 
o‘tkaz maydigan  20–30%  petrolatumli  parifin  aralashmasi  bilan 
qoplanadi. Namdan izolatsiyalovchi qoplamaning og‘irligi patron-
da 2,5 g dan ko‘p emas va 100 g portlovchi moddalar uchun 1,3 g 
dan ko‘p emas.
Har xil guruhdagi portlovchi moddalarning farqlanishini oson-
lashtirish uchun ularning patronlari turli rangdagi qog‘ozlar-
ga o‘raladi: ko‘mir va tog‘ jinslarini portlatish uchun ruxsat etilgan 
saqlagichli portlovchi moddalar patroni sariq rangda, faqat tog‘ jinsla-
rini portlatishga yo‘l qo‘yilgani saqlagichli portlovchi modda patroni 
ko‘k tusda, metan gazi va chang portlash xavfi bo‘lmagan kavjoy va 
shaxtalarda qo‘llaniladigan saqlagichsiz portlovchi moddalar patroni 
qizil rangda, faqat ochiq usulda ishlatiladigan konlarda portlatish ish-
lari olib borishda qo‘llanishga ruxsat etilgan portlovchi moddalar pat-
roni oq rangdagi qog‘ozga o‘raladi yoki shunday etiketka yopishtiril-
gan qoplarda ham bo‘lishi mumkin.
Portlovchi moddalar patronini tayyorlashda tabiiy tola rangida-
gi qog‘oz gilzaning tashqi qatlamiga mazkur portlovchi modda uchun 
belgilangan rangdagi belgi qo‘yiladi. Har bir patronning sirtqi qis-
miga o‘chmaydigan rangda portlovchi moddani ishlab chiqaradigan 
zavodning indeksi, portlovchi modda nomi yoki markasi, chiqaril-
gan partiya nomeri, tayyorlangan oy, sana, yil, patronning og‘irligi va  


192
uning nomeri yozib qo‘yiladi. Bir pachkadagi patronlarning massasi-
ga bog‘liq holdagi soni:
Patron massasi, g   . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 200 250  300
Pachkadagi patronlar soni   . . . . . . . . . . . . . . 10; 15 
8; 10; 12 
10
Pachkadagi PM massasi, kg . . . . . . . . . . . . . 2; 3 
2,2; 5,3 
3
Portlovchi modda pachkasi o‘ralgan qog‘ozga o‘chmaydigan rang 
bilan PM tayyorlaydigan zavodning indeksi, portlovchi moddaning 
nomi, pachkaga joylashtirilgan patronlar nomeri va shu portlovchi 
modda uchun belgilangan, boshqalardan farq qiluvchi rangli chiziq 
bo‘lishi shart. Barcha portlovchi moddalar joylashtirilgan pachka-
lar namlikdan izolatsiyalovchi 20–30% li petrolatum va parafin ara-
lashmali tarkib bilan qoplanadi. So‘ng qalinligi 100–150 mm bo‘lgan 
polietilen qopga joylashtiriladi. Qopning choklari va og‘zi germetik 
yopiq bo‘lishi kerak. Portlovchi modda pachkalari solingan polietilen 
qoplar yog‘och yashiklarga joylashtiriladi. Har bir yashikdagi port-
lovchi moddalar massasi patronlar massasi 200–250 g bo‘lganda 30 
kg, massasi 300 g bo‘lganda 33 kg bo‘lishi kerak. Portlovchi modda-
lar solingan yashiklar ishlab chiqaruvchi zavodning plombasi bilan 
iste’molchilarga jo‘natiladi.
Kafolatlangan foydalanish muddati uch oy bo‘lgan portlovchi 
moddalarda namlik miqdorining ortishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunday 
namlik miqdorining yer osti portlatish ishlarida qo‘llaniladigan 
ammiak-selitrali  portlovchi  moddalar  uchun  0,5%  gacha  ortishi
-
ga yo‘l qo‘yiladi. Tarkibida nitroefirlar bo‘lgan detonitlar, uglenit
-
lar  namlik  miqdorining  0,75%  gacha  ortishiga  ruxsat  etiladi.  Za
-
voddan ishlab chiqarilgan kunidan boshlab, kafolatlangan muddati 
saqlagichli portlovchi moddalar uchun kamida 6 oy belgilangan 
bo‘lsa, saqlagichsiz portlovchi moddalar uchun kamida 12 oy deb 
belgilangan.

Download 10,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish