V. N. Sattorov ttesi «Kasbiy pedagogikai» kaf


 BITIRUV MALAKAVIY ISHNING DASTLABKI VA ASOSIY



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/39
Sana08.07.2022
Hajmi0,79 Mb.
#759045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
MTD

6. BITIRUV MALAKAVIY ISHNING DASTLABKI VA ASOSIY 
HIMOYALARINI O’TKAZISH, SO’NGRA ULARNI SAQLASH VA 
FOYDALANISH TARTIBI
6.1.
 
Malakaviy ishning dastlabki himoyasini o’tkazish tartibi.….…………… .52 
6.2. Taqrizchilarga taqdim etish..............…..........................……….…..….…..53 
6.3. Ma`ruza va taqdimotlarni tayyorlash ..................................................…....54 
6.4. Malakaviy ishning asosiy himoyasini o’tkazish tartibi....................…….. .56 
6.5. Malakaviy ishni baholash mezonlari...............…................................……57 
6.6. Bitiruv malakaviy ishni saqlash va undan foydalanish tartibi.…................60 
ILOVALAR
............................…...........................…..................…....................61 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
……………………............................78 
 
 
 



SO’Z BOSHI
Oliy ta`lim muassasalarida bakalavrlarni tayyorlash tasniflagichiga ko’ra 
5111000 – Кasb ta’limi (5150900 –dizayn (liboslar dizayni)) va 5111000 – Кasb 
ta’limi (5111038 – texnologik mashinalar va jihozlar) bakalavriat ta’lim 
yо‘nalishlari boyicha bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi tarkibiga 
fanlararo davlat imtihonlari, bitiruv malakaviy ishini tayyorlash va himoya qilish 
jarayonlari kiradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta`lim vazirligining 1998-yil 
31-dekabr 362-sonli buyrug`iga asosan oliy ta`limda tahsil oluvchi talabalar 
yakuniy davlat attestatsiyasi talablariga binoan bitiruv malakaviy ishini yozadilar 
va himoya qiladilar. 
Yakuniy davlat attestatsiyasini o’tkazishdan maqsad - 5111000 – Кasb ta’limi 
(5150900 –dizayn (liboslar dizayni)) va 5111000 – Кasb ta’limi (5111038 – 
texnologik mashinalar va jihozlar) bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari boyicha 
bitiruvchilarni Davlat ta`lim standarti talablari darajasiga muvofiqligini ta`minlash 
hamda kasbiy pedagogik masalalarni echish asosida ularning amaliy va nazariy 
tayyorgarlik darajalarini aniqlashdan iborat. 
Bitiruv malakaviy ish “Oliy ta`lim muassasalarida bitiruv malakaviy ishini 
tayyorlash tartibi haqida Nizom” asosida tayyorlanadi. O’quv yili uchun yakuniy 
attestatsiya sinovlarining dasturlari va bitiruv malakaviy ishni baholash mezonlari 
kafedra yig`ilishlarida muhokama qilinadi va oliy ta`lim muassasasi Ilmiy metodik 
Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 
Bitiruv malakaviy ishlar mavzulari ta`lim muassasasining bitiruvchilarni 
tayyorlovchi kafedralar tomonidan mutaxassislarga talabgorlarning talablarini, 
shuningdek, zamonaviy fan, texnika, texnologiya yutuqlarini hisobga olgan holda 
belgilanadi. 
Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi tahliliy, ilmiy-tadqiqiy yoki amaliy 
yo’nalishida bo’lishi mumkin.



Bo’lajak muxandis-pedagoglarning bitiruv malakaviy ishlari boyicha 
muammo echimi yuzasidan tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish va olingan 
natijalarga ishlov berish, umumlashtirish va tahlil qilish kabilar ifoda etilishi lozim. 
Bitiruv malakaviy ishida bakalavr umumkasbiy va mutaxassislik fanlari 
boyicha bilimlar qo’llanilishini talab qiladigan tugallangan kasbiy pedagogik 
topshiriqni echadi. 
Bu ishda bakalavr: 
-
echilayotgan topshiriq boyicha muammo holatining sharhi va bu 
masalaning tahlilini beradi; 
- kasbiy-pedagogik talablarni ifodalaydi, topshiriqni echish talqinlarini ko’rib 
chiqadi va oqilona yo’lni aniqlaydi; 
- oqilona yo’lning hisob-kitobi, pedagogik va metodik echimini beradi; 
-
topshiriq echimi boyicha xulosa va takliflarni beradi hamda ularni 
iqtisodiyotning mos sohalarida qo’llash imkoniyatini aniqlaydi.
 
Talabaga bitiruv malakaviy ish topshirig`i uchinchi kursda o’qish davomida 
beriladi. Ish umumkasbiy va ixtisoslik fanlarni talaba o’zlashtirib borgani sari 
to’rtinchi kurs va pedagogik amaliyot davomida mazkur standartda bajarish uchun 
ajratilgan vaqt mobaynida bajariladi. 
Bitiruv malakaviy ish himoyasini o’tkazish boyicha oliy ta`lim muassasasida 
rektor buyrug`i bilan Davlat attestatsiya komissiyalari tashkil etiladi.
Har kalendar yilida oliy ta`lim muassasasi rektorining taklifi asosida Oliy va 
o’rta maxsus ta`lim vazirligining buyrug`i bilan ushbu ta`lim muassasasida 
ishlamayotgan olimlar, ishlab chiqarishning etakchi mutaxassislari tarkibidan 
Davlat attestatsiya komissiyasi raislari tayinlanadilar.
Davlat attestatsiya komissiyalari, mutaxassis tayyorlovchi tayanch oliy ta`lim 
muassasasining ilmiy-pedagogik kadrlari tarkibidan, shuningdek, mazkur soha 
kadrlarini iste`molchilari bo’lgan ta`lim muassasalarning yuqori malakali 
mutaxassislari, turdosh oliy ta`lim muassasalarning etakchi professor-o’qituvchi va 
ilmiy xodimlari, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tizimidagi muvofiq 
sohalar olimlaridan shakllantiriladi. 



Bitiruv malakaviy ish himoyasini o’tkazish boyicha Davlat attestatsiya 
komissiyasining tarkibi oliy ta`lim muassasasi rektori tomonidan himoya 
boshlanishidan bir oy oldin tasdiqlanadi. 
5111000 – Kasb ta`limi yo’nalishlari boyicha bitiruv malakaviy ish 
himoyasiga ta`lim dasturlarini to’liq tugatgan va o’quv rejasida nazarda tutilgan 
barcha attestatsiya sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tgan shaxslar qoyiladi. 
Bitiruv malakaviy ishlar himoyasi (yopiq mavzulardagi ishlardan tashqari) 
Davlat attestatsiya komissiyalarining ochiq majlislarida, a`zolarning uchdan ikki 
qismi ishtirok etgan holda o’tkaziladi. 
Bitiruv malakaviy ishlar boyicha o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda 
baholanadi hamda attestatsiya komissiyasining majlis bayoni belgilangan tartibda 
rasmiylashtirilgandan so’ng shu kunning o’zida e`lon qilinadi. 
Davlat attestatsiya komissiyasi bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi 
natijalari asosida ularga 5140900 – Kasb ta`limi yo’nalishi boyicha bakalavr 
darajasidan o’rnatilgan nusxada diplom berish haqida qaror qabul qiladi. 
Davlat attestatsiya komissiyalarining qarorlari ochiq ovoz berish yo’li bilan, 
majlisda ishtirok etuvchilarning ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng 
bo’lgan holda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 
Ushbu metodik tavsiyanoma O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim 
to’g`risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, oliy ta`lim 
muassasasining 5140900 – Kasb ta`limi yo’nalishi boyicha bakalavrlarning 
tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qoyiladigan talablar asosidagi 
Davlat ta`lim standarti hamda Toshkent to’qimachilik va engil sanoat instituti 
hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetlarida yillar 
mobaynida to’plangan boy tajribalar asosida tuzilgan. 
Mualliflar tomonidan takdim etilayotgan mazkur metodik tavsiyanoma 
bitiruvchi talabalarga malakaviy ishlarni tayyorlash va ularni himoya kilish 
jarayonida zaruriy manba bo’lib xizmat qilishi mumkin. Ushbu qo’llanma asosida 
bitiruvchi talabalar malakaviy ishlar mavzularini tanlash va tasdiqlash tartibi 
shuningdek, bitiruv malakaviy ishining mazmuni va tarkibiy tuzilishi va 



rasmiylashtirish hamda tayyorlash ketma-ketligi boyicha ularga qoyiladigan 
umumiy talablarni aniqlab oladilar.
 
OLIY O’QUV YURTLARIDA BAKALAVR BITIRUV MALAKAVIY 
ISHNI BAJARISHGA QOYILADIGAN TALABLAR. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirliganing 1998 yil 
31 dekabr №362 sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan 
1. Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari 
Bitiruv malakaviy ishni bajarish (keyingi satrlarda malakaviy ish) — oliy 
o’quv yurti bakalavriatida talabalarni o’qitishning yakuniy bosqichidir. 
Malakaviy ishni bajarish maqsadi: 
Ta`lim boyicha nazariy va amaliy bilimlarni mus-tahkamlash va kengaytirish, 
olingan bilimlarni mu-ayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, 
madaniy vazifalarni hal etishda qo’llash; 
Ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qoyilish 
jarayonidan boshlab, uni to’la nihoyasiga etkazish boyicha qaror qabul qilishda 
bo’lgan mas`uliyatni his etishga o’rgatish; 
Zamonaviy ishlab chiqarish, iqtisodiyot, texnika va madaniyatning 
rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorlikligini ta`minlash. 
2. Bitiruv malakaviy ishlarning mavzusi 
Malakaviy ishlar mavzusi muammoning zamonaviy holatini va iqtisodiyot, 
ishlab chiqarish, texnika, ijtimoiy sohalar, fan, ta`lim va madaniyatning is-tiqboliy 
rivojlanishini aks ettirishi kerak. 
Malakaviy ishlar mavzusi mutaxassis chiqaruvchi kafedra tomonidan 
belgilanadi va oliy o’quv yurti yoki fakultetning ilmiy kengashi tomonidan 
tasdiqlanadi hamda uch yilda bir martadan ortiq qayta ko’rib chiqilmaydi. 
Malakaviy ishlar mavzusining yillik royxati bitiruv amaliyoti boshlanishiga 
qadar yoki bitiruv kursining boshida e`lon qilinadi. 



Talabalarga (reytinglari boyicha kamayish tartibida) malakaviy ishlarning 
mavzularini tanlash huquqi beriladi. Talaba yoki talabaning o’qishi uchun to’lov-
kontrakt mablag`ini to’lovchi buyurtmachi zaruriy asoslar bilan malakaviy ishlar 
mavzusi boyicha o’z variantlarini taklif etishlari mumkin. 
Malakaviy ish mavzusi va rahbarni talabaga biriktirish kafedraning 
taqdimnomasi boyicha rektorning buyrug`i bilan rasmiylashtiriladi . 
Ish rahbari, malakaviy ishning mavzusiga muvofiq talabaga malakaviy ishga 
tegashli materiallarni to’plash boyicha (jumladan, malakaviy amaliyot o’tkazish 
davrida ham) topshiriq beradi. Topshiriqning shakli oliy o’quv yurtining o’quv 
bo’limi tomonidan belgilanadi. Topshiriq malakaviy ish bilan birgaliqda Davlat 
attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi. 
3. Malakaviy ishni bajarishga rahbarlik qilish 
Malakaviy ishlarga rahbarlar ushbu oliy o’quv yurtining professor va 
dotsentlari yoki ilmiy xodimla-ri boshqa muassasa va korxonalarning yuqori 
malakali mutaxasislari safidan tayinlanadi. 
Malakaviy ish rahbari: 
topshiriq beradi; 
malakaviy ishning bajarilish jadvalini rejalashtiradi; 
asosiy adabiyotlar, ma`lumot va arxiv materiallarini hamda mavzu boyicha 
boshqa manbalarni tavsiya etadi; 
talabalar bilan muntazam ravishda konsultatsiyalar o’tkazadi; 
malakaviy ishning bajarilish jarayonini nazorat etadi; 
talaba bajargan malakaviy ishning sifati va muallifligiga javob beradi, 
mavzularining qaytarilishiga yoki ko’chirilishiga yo’l qoymaydi. 
Malakaviy ish rahbarining taklifiga binoan, kafedra malakaviy ishga rahbarlik 
qilishga ajratilgan vaqt byudjeti hisobidan ishning ayrim bo’limlari boyicha 
konsultantlarni taklif etishi mumkin. 
Malakaviy ishning bo’limlari boyicha konsultant-lar etib, oliy o’quv 
yurtlarining professorlari va dotsentlari, ilmiy xodimlari hamda boshqa muassasa 



va korxonalarning yuqori malakali mutaxassislari tay-inlanishi mumkin. 
Konsultantlar talaba bajargan ishning muvofiq qismini tekshiradilar. 
Mutaxassis chiqaruvchi kafedra malakaviy ishga qoyiladigan majburiy 
talablar hajmini belgilagan holda malakaviy ishni bajarish boyicha uslubiy 
qo’llanmalarni ishlab chiqadi va talabalarni ta`minlaydi. 
Malakaviy ish berilgan topshiriq asosida shaxsan talaba tomonidan bajariladi. 
Malakaviy ishning har bir bo’limi muvofiq asoslar, qarorlar va xulosalar bilan 
yoritiladi. Malakaviy ishda, ilgari bajarilgan mustaqil ishlarning natijalari yoki 
boshqa mualliflarning (ilmiy ma`ruzalar va maqolalari, hisob-grafika ishlari, kurs 
ishlari va loyihalari, albatta, nomlari ko’rsatilgan hodda) ishlari aks ettirilishi yoki 
ulardan foydala-nish mumkin. 
Tushuntirish qismi (poyasnitel`naya zapiska) malakaviy ishning mazmunini 
qisqa va muayyan shaklda ifodalashi lozim Zaruriy hollarda tushintirish qism-ga 
grafiklar, rasmlar, eskizlar, diagrammalar, sxema va boshqalar, shuningdek, 
zaruriy qo’shimcha axborot yozilgan disketlar ilova etilishi mumkin. 
Tushuntirish qismi qo’l yozma tarzida rasmiylashtirilgan bo’lishi shart. 
Tushuntirish qismi kamida 10-15 ming so’z hajmida belgilanadi. 
CHizmalarning formati, shartli belgilari, shrift va masshtablari amaldagi 
DTSlar talablariga qat`iy muvofiq kelishi zarur, odatda, chizmalar A2 formatli 
qog`ozda (5-6 varaq hajmida) qalamda bajariladi yoki texnika vositalari orqali 
ekranda ko’rsatiladi. Arxitektura yo’nalishidagi chizmalarga qoyiladigan talablarga 
muvofiq o’quv-uslubiy birlashmalar (assotsiatsiyalar) tomonidan belgilanadi. 
Kafedraning tavsiyasiga binoan malakaviy ish chet tillarning birida bajarilishi 
mumkin. Chet tilda bajarilgan ishga davlat tilidagi annotatsiya ilova etiladi va 
himoya vaqtida tarjima ta`minlanadi. 
4. Malakaviy ishning bajarilishi 
Malakaviy ish oliy o’quv yurtining, odatda, ushbu maqsadda maxsus 
ajratilgan xonalarida bajariladi. Ayrim hollarda, malakaviy ish korxonalar, 
muassasalar, ilmiy loyihalash va boshqa muassasalarda baja-rilishi mumkin. 


10 
Malakaviy ishning bajarilishi boyicha talabaning hisobot berish muddatlarini 
dekanat nazorat etadi. Dekanat belgilagan muddatlarda, talaba malakaviy ishning 
bajarilishi haqida rahbar va kafedra mudiri oldida hisobot beradi. Kafedra mudiri 
malakaviy ishning tayyorlik holatini belgilaydi. 
Talaba ish muallifi, tanlangan qarorning to’g`riligiga va uning topshiriqqa 
muvofiqligiga, malakaviy ishda ko’chirmachilik holatining yo’qligiga javob 
beradi. 
5. Malakaviy ishni himoya qilish 
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan malakaviy ish talaba tomonidan 
rahbarga taqdim etiladi. Rahbar, malakaviy ish talab darajasida bajarilganligiga 
ishonch bildirgandan so’ng, ishni o’z taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim 
etadi. Taqrizda talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va 
malakaviy ishning boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Kafedra mudiri, taqdim 
etilgan materiallar asosida, malakaviy ishni talaba tomonidan DAK da himoya 
qilishga kiritish haqida qaror qabul qiladi. Agar, kafedra mudiri talabaning 
malakaviy ishini himoyaga kiritish mumkin emas deb hisoblasa, masala kafedra 
majlisida, rahbar ishtirokida muhokama etiladi. Kafedra majlisining bayonnomasi 
fakultet dekani tomonidan tasdiq uchun rektorga taqdim etiladi. 
Himoyaga kiritilgan malakaviy ish taqrizga yuboriladi. 
Taqrizchilar tarkibi bitiruvchilarni iste`mol qiluvchi soha mutaxassislari 
safidan tanlanadi. Taqrizchilar sifatida oliy o’quv yurtlarining professor va 
o’qituvchilari ham jalb etilishi mumkin. 
Fakultet dekani malakaviy ishni taqriz bilan himoya uchun DAK ga yuboradi. 
Bitiruv malakaviy ishni himoya qilish tartibi O’zbekiston Respublikasi oliy 
o’quv yurtlari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasi to’g`risidagi Nizomda 
belgilangan. 
Malakaviy ish himoyadan so’ng (kamida 10 yil) oliy o’quv yurtida saqlanadi. 
Har xil sabablar boyicha malakaviy ishni boshqalarga topshirish zaruriyati mavjud 
bo’lgan holda (tadbiq etish, tanlovlar va hakozo), ishdan nusxa olinadi (ishning asl 
nusxasi oliy o’quv yurtida qoldiriladi). 


11 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish