V. N. Sattorov ttesi «Kasbiy pedagogikai» kaf


 Bitiruv malakaviy ishlar mavzulariga qoyiladigan talablar



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/39
Sana08.07.2022
Hajmi0,79 Mb.
#759045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
MTD

2.2 Bitiruv malakaviy ishlar mavzulariga qoyiladigan talablar 
Bitiruv malakaviy ishning namunaviy mavzulari mutaxassislar tayyorlovchi 
kafedralar tomonidan ishlab chiqiladi. Mavzular alohida hujjat sifatida taqdim 
etilib, davlat va jamiyat talablari asosida davriy yangilab turiladi. 
Namunaviy mavzular asosida shakllangan bitiruv malakaviy ish mavzui ilmiy 
va amaliy jihatdan dolzarb bo’lishi lozim. 
Bitiruv malakaviy ish mavzuining shakllanishi kasb-hunar ta`limi 
samaradorligini oshirishga qaratilgan muayyan amaliy masalalarni hal etish 
ko’zlanganligi to’g`risida aniq tasavvur berishi lozim. 
Mavzu tanlashda talabani keyingi ilmiy tadqiqot ishlari olib borishini nazarda 
tutgan holda bitiruv malakaviy ish mavzusining nomzodlik va hatto doktorlik 
dissertatsiyalari yozishda ham dolzarb bo’lishiga erishish lozim. Bitiruv malakaviy 
ish uchun tanlangan mavzu nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari tayyorlashda 
ham davom etishini maqsad qilib qoyiladi. 
Tavsiya qilinayotgan va tanlangan mavzuning o’quv jarayonida albatta 
foydalanishini nazarda tutmoq lozim. Buning uchun o’qilayotgan ma`ruza yoki 
olib borilayotgan amaliy mashg`ulot dasturida o’z ifodasini topishiga erishish va 
dars jarayonida tanqidiy fikrlar bildirilishi alohida vazifa qilib belgilab qoyilishi 
lozim. Bitiruv malakaviy ish mavzulari har o’quv yilida 20 – 30 % yangilanadi.


15 
Bitiruv malakaviy ishi mavzulari Respublikamizdagi o’rta maxsus ta`lim 
muassasalari o’quv dasturiga mos ravishda, Davlat Ta`lim standartlarida 
belgilangan talablarga asoslangan holda, zamonaviy fan yutuqlari va texnologiyasi 
hamda servis sohasi korxonalari oldida turgan vazifalarni hisobga olib oliy ta`lim 
muassasasining mutaxassis tayyorlovchi kafedralari tomonidan tuzilishi kerak. 
Bitiruv malakaviy ish mavzusini ifodalashda misol tarzda Kasb ta`limi 
“Servis” yo’nalishiga mos bo’lgan mavzuni tahlil qilamiz. Bunda birinchi qismida 
o’rganiladigan muayyan ob`ektni tayyorlashning nazariy asoslari (modellashtirish, 
loyihalashtirish, ishlab chiqarish texnologiyasi) va ikkinchi qismida ta`lim-tarbiya 
masalalari va o’qitish jarayonining metodik asoslari aks ettirilishi kerak (Misol 
uchun: “Kasb-hunar kollejlarida ayollar kundalik koylagini loyihalash va tikish 
texnologiyasini o’rgatishda foydalaniladigan muammoli o’qitish usullari”).
Mavzuni shakllantirishda ob`ektni tayyorlash texnologiyasi qismida kasb-
hunar kollejlari o’quv dasturida mavjud bo’lgan fanlarda o’rganiladigan har bir 
mavzu, ya`ni muayyan tikuv buyumi turini tayyorlash bo’lishi mumkin. Bunda shu 
ob`ektga ishlov berish jarayonini o’rganishda mutaxassislikka tegishli bo’lgan 
barcha fanlar boyicha olingan bilimlar qamrab olinishi kerak. Ob`ekt, ya`ni 
muayyan tikuvchilik buyumini tayyorlash uchun kerak bo’ladigan asosiy va 
qo’shimcha materiallar tanlash va asoslash (ularning turli xususiyatlari - fizikaviy-
mexanik, gigienik, ekspluatatsion va h.k.), buyumni loyihalash boyicha 
bajariladigan ishlar, buyumni tayyorlash texnologiyasining barcha bosqichlari, 
buyumga ishlov berish uchun qo’llaniladigan asbob-uskunalar, jihozlar va 
moslamalar tanlash va ularning tavsiflari, buyumga ketadigan gazlama sarfi, uni 
me`yorlash, mehnatni me`yorlash, ishlab chiqarish harajatlarini hisoblash kabi 
ishlar bajariladi. Bu ishlarni bajarish uchun talabalar umumkasbiy va mutaxassislik 
fanlari boyicha ega bo’lgan bilimlaridan foydalanishlari zarur bo’ladi hamda shu 
buyumni tayyorlash texnologiyasi mavzusining mazmuniga mos ravishda ta`lim-
tarbiya masalalari va o’qitish metodikasi tanlanadi hamda amalga tatbiq qilinadi. 
Qolgan yo’nalishlar boyicha ham mazularni ifodalashda xuddi shu tarzda 
yondoshuv talab qilinadi. 


16 
Bitiruv 
malakaviy 
ish 
mavzulari 
bankini 
yaratishda 
mavzularni 
shakllantirishni ob`ektni tayyorlash texnologiyasi orqali kompleks yondashuv va 
ta`lim-tarbiya masalalari va o’qitish metodikasini uyg`unlashtirish tamoyilida 
amalga oshirishni maqbul deb hisoblaymiz. 
Bitiruv malakaviy ish mavzuini aniq ifodalash jarayonida ilmiy izlanish 
yo’nalishi va metodlari, tadqiqot maqsadi va vazifalari, ob`ekti va predmeti 
hisobga olinishi lozim. 
Bitiruv malakaviy ishlarning sifatini yaxshilash, mavzularning qaytarilishi 
yoki ko’chirmachilik holatlarining oldini olish maqsadida keng qamrovli mavzular 
bankini yaratish muhim. Bunda bitiruv malakaviy ish mavzusini shakllantirishga 
ta`lim mazmuni, metodlar, ta`lim vositalari va shakllari, tarbiyalash, shaxsiy va 
individual sifatlarini rivojlantirish hamda texnik ob`ektlar asosida yondoshish 
mumkin. Kasb ta`limi yo’nalishi boyicha ta`lim olayotgan talabalarning bitiruv 
malakaviy ishlari mazmunida soha ixtisosligi boyicha hamda pedagogika, 
psixologiya va kasbga oid fanlarni o’qitish metodikasi boyicha olgan bilim va 
ko’nikmalari namoyon bo’lishi kerak. Bitiruv malakaviy ish mavzusi texnik 
ob`ektlarga ishlov berish texnologiyasi va buni kasb-hunar kollejlari o’quvchilariga 
o’rgatish jarayonida ta`lim va tarbiya berishning mazmuni, metodlari, shakl va 
vositalari, o’quvchining shaxsiy va indidual sifatlarini rivojlantirish masalalarini 
o’zida aks ettirishi kerak.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari qoyidagi so’zlar bilan yakunlanishi lozim: 
«…tadqiq qilish», «…. shakllantirish (rivojlantirish)», «… loyihalash (ishlab 
chiqish)», «…tahlil qilish (baholash)», «…kuchaytirish (susaytirish)», «…sifatini 
yaxshilash (samaradorligini oshirish)» va h.k. SHuningdek, bunda maqsad va 
vazifalar uyg`unligiga erishish joiz. Masalan: «…tahlil qilish va yuzaga keltirish», 
«…loyihalash va baholash». 
Bitiruv malakaviy ish mavzularini tanlash tamoyillari ta`lim mazmuni asosida, 
shakl, metod va vositalari asosida hamda texnik obektlar, tarbiyalash, shaxsiy va 
individual sifatlarini rivojlantirish asosida tanlanishi mumkin(1-jadval).

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish