Suv resurslarining daryolar havzalan bo’yicha taqsimlanishi
Suv resurslarining daryolar havzalari bo’yicha taqsimlanishi
O’rta Osiyoning yuza suvlari resurslari o’lkaning iqlim va orografik xususiyatlariga bog’liq holda g’oyat notekis taqsimlangan. Uning deyarli uchdan ikki qismini egallab yotgan bepoyon tekisliklarida oqar suvlar juda kam uchraydi. Тog’lardan bu yerlarga oqib tushadigan ko’pchilik daryolarga, to ularning quyilish joylariga qadar, bironta ham irmoq kelib qo’shilmaydi.
O’lkamiz tog’larida sertarmoq daryolar, kattakichik soy va jilg’alar juda ko’p. Тog’larni o’rab olgan tog’oldi tekisliklarida ancha zich bo’lgan sun’iy gidrografik tarmoqlar mavjud. Ular daryolar, soylar va buloqlardan suv olib, tevarakatrofdagi yerlarga tarqalib ketuvchi irrigatsiya kanallaridan, ariqlardan va shuningdek, zovur hamda kollektorlardan iborat.
Тekisliklarda va ayniqsa, tog’oldi tekisliklarida bug’lanish jarayoni juda kuchli bo’ladi. Chunki tog’larda hosil bo’lgan suvlar bu yerda sertarmoq irrigatsiya kanallari va ariqlari orqali keng dala maydonlariga yoyilib, ularning katta qismi bevosita suv yuzasidan, tuproq yuzasidan va o’simliklar orqali atmosferaga bug’lanadi.
O’rta Osiyo hududidan oqib o’tuvchi daryolar suvlarining yillik zahirasi 129,7 km3 ga teng bo’lib, ularning daryolar havzalari bo’yicha taqsimlanishi 27jadvalda keltirilgan.
Orol havzasi va umuman O’rta Osiyoning eng yirik daryolari Amudaryo va Sirdaryodir. Mazkur daryolar va ularning Norin, Qoradaryo, So’x, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, Sheroboddaryo kabi yirik irmoqlari Respublikamiz hududida o’zlarining o’rta va quyi oqimlari chegarasida oqadilar. Quyida o’lkamizda mavjud bo’lgan yuza suv resurslarining ana shu daryolar havzalari bo’yicha qisqacha so’z yuritiladi. O’zbekistondagi yirik daryolarning suv zahiralari to’g’risidagi ma’lumotlar ham 27jadvalda keltirilgan.
Bu jadval ma’lumotlaridan foydalanib va ularni tahlil qilib, Orol havzasining eng yirik daryolariAmudaryo, Sirdaryo hamda ularga quyuluvchi ayrim irmoqlar oqimining daryolar uzunligi bo’yicha o’zgarishini ham aniqlash mumkin.
A m u d a r yo Panj va Vaxsh daryolarining qo’shilishidan hosil bo’lib, quyiroqda unga Afg’oniston hududidan boshlanuvchi Qunduzdaryo, so’ng o’ng irmoqlariKofirnihon va Surxondaryo quyiladi. Sheroboddaryo esa Amudaryoga quyiladigan oxirgi o’ng irmog’idir. Shundan so’ng Amudaryoga bironta ham irmoq kelib quyilmaydi, aksincha, uning suvi sug’orishga olinishi, bug’lanishga sarf bo’lishi va qisman yer ostiga shimilishi oqibatida daryo uzunligi bo’yicha kamayib boradi. Amudaryo suvidan ilgari Respublikamizning faqat Хorazmviloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasidagi ekin maydonlarini sug’orishda foydalanilar edi. Keyinchalik, aniqrog’i 60yillardan boshlab, daryoning o’rta oqimida AmuBuxoro va Qarshi magistral kanallariga suv olinib, Buxoro va Qashqadaryo vohalarining bir qism yerlari ham sug’oriladigan bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |