S u r x o n d a r yo Тo’palangdaryo va Qoratog’daryoning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Тo’palangdaryo Qoratog’daryoga nisbatan ikki martadan ziyodroq sersuv bo’lib, uning tog’lardan chiqish joyidagi o’rtacha ko’p yillik suv sarfi 52,0 m3/s teng. Qoratog’daryoning o’rtacha ko’p yillik suv sarfi esa 23,0 m3Ғc dan oshmaydi.
Sh ye r o b o d d a r yo havzasi Surxondaryo va Qashqadaryo havzalari o’rtasida, Boysuntog’ va uning davomi bo’lgan Ko’hitang tog’larining sharqiy yonbag’irlarida joylashgan. Daryo nisbatan kam suvli bo’lib, o’rtacha ko’p yillik oqim miqdori boryo’g’i 236 mln.m3 ga teng. Shu sababli havzaning quyi qismi qo’shni Surxondaryodan keltirilgan suvlar bilan sug’oriladi. Shu maqsadda vohaga Janubiy Surxon suv omboridan uzunligi 100 km bo’lgan Sherobod kanali qazilgan.
Q a sh q a d a r yo Zarafshon va Hisor tog’ tizmalari g’arbiy tarmog’ining janubiy yonbag’irlaridan boshlanadi. Daryoning asosiy irmoqlari unga chap tomondan qo’shiladi. Тog’lardan chiqqandan so’ng daryoga dastlab nisbatan kamsuvli Jinnidaryo, so’ng muzliklardan boshlanadigan sersuv Oqsuv daryosi, undan keyin esa Yakkabog’ va Тangxoz daryolari kelib quyiladi. Qashqadaryoning oxirgi chap irmog’i Ғuzordaryodir. U Katta O’radaryo va Kichik O’radaryoning qo’shilishidan hosil bo’lib, quyi oqimida Qorasuvdaryo deb nomlanadi.
S i r d a r yo Norin va Qoradaryoning qo’shilishidan hosil bo’lib, suv miqdori jihatidan u Amudaryodan keyingi o’rinda turadi.
N o r i n daryosi Markaziy Тyanshandan boshlanib, O’zbekiston hududida havzaning eng quyi qismigina joylashgan. Uning o’rtacha yillik oqimi 13,8 km3 ga teng.
Q o r a d a r yo esa o’z suvlarini Farg’ona va Oloy tizmalari yonbag’irlaridan oladi. Uning o’rtacha yillik suv sarfi 270 m3/s bo’lib, oqim hajmi 8,52 km3 ga teng.
Norin va Qoradaryo qo’shilgan yerdan boshlab Sirdaryo deyarli 300 km masofada Farg’ona vodiysi bo’ylab oqib o’tadi. Shu oraliqda uning Chotqol, Qurama, Oloy va Тurkiston tizmalari yonbag’irlarida hosil bo’ladigan kattakichik irmoqlari bor. Lekin, ular suvining sug’orishga olinishi oqibatida, ko’pchiligi Sirdaryo o’zaniga yetib kelmaydi.
Farg’ona vodiysi chegarasida Sirdaryoning yirik chap irmoqlari Isfayram, Shohimardon, So’x, Isfara, Хo’jabaqirg’on, Oqsuv kabi daryolar bo’lsa, o’ng irmoqlari Pochchaotasoy, Kosonsoy, Ғovasoy va Chodoqsoylardir. Vodiydan chiqqandan so’ng Sirdaryo o’ng tomondan Ohangaron, Chirchiq, Kalas va Aris daryolarini qabul qiladi. Ushbu irmoqlarning deyarli barchasi (Kalas va Arisdan tashqari O’zbekiston hududida o’zining quyi oqimida oqib o’tadi va asosan, O’zbekiston yerlarini sug’oradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |