V-mavzu. Mehnat bozorida hududiy axborot tizimi: shakllanish yo‘nalishlari va mexanizmlari



Download 221,45 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.04.2022
Hajmi221,45 Kb.
#589042
Bog'liq
5 mbi



V-MAVZU. MEHNAT BOZORIDA HUDUDIY AXBOROT TIZIMI: SHAKLLANISH 
YO‘NALISHLARI VA MEXANIZMLARI
REJA
11.1. Mehnat bozorida hududiy axborot tizimining shakllanishi
11.2. Hududiy axborot tizimi yaratilishining shart-sharoiti va usullari
11.3. Mehnat bozorida hududiy axborot tizimlarini joriy etish – iqtisodiyotning axborot sektorini 
intensiv rivojlantirish omili sifatida
11.1. Mehnat bozorida hududiy axborot tizimining shakllanishi Zamonaviy makroiqtisodiy 
tuzilmalar uchun axborotga ega bo‘lish juda ham muhim, chunki atrof muhitdagi noaniqlik yuz 
marta o‘sdi, bu ko‘pincha, firmalar, korxonalar, korporatsiyalar, banklar faoliyatining buzilishiga 
olib keldi, rahbarlikning har qanday darajasida asoslanmay qabul qilingan qarorlar xo‘jalik 
obyektlari uchun tuzatib bo‘maydigan salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Shunday ekan, 
Mehnat bozori iqtosodiyoti shakllanishi va rivojlanishining muhim shart-sharoiti, vositasi bo‘lib, 
uning subyektlari o‘rtasidagi aloqalarni ta’minlovchi mehnat bozori axborot tizimini 
shakllantirishdan iboratdir. Mehnat bozorida axborot tizimini vujudga keltirish va 
takomillashtirish hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari o‘rtasida yagona ish bilan bandlik 
siyosatini yuritish ular o‘rtasida kommunikatsiya aloqalarni ta’minlash hamda transaksion 
xarajatlarni qisqartirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Axborotlashtirish jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotida ish bilan bandlikni davlat tomonidan tartibga solish va mehnat bozorida davlat 
siyosatini yuritish bo‘yicha yangi-yangi talablarni yuzaga keltirmoqda. O‘zbekiston mehnat 
bozoridagi hududiy farqlar ahamiyatli ravishda hududiy bozorlar integratsiyasini ta’minlaydigan 
hamda hududiy xususiyatlarni hisobga oladigan hududiy ish bilan bandlik siyosatini ishlab 
chiqishni zarurat etmoqda. Hozirgi vaqtda mehnat bozorida axborotlar roli jiddiy ravishda 
o‘smoqda. Boshqaruv maqsadlari uchun axborotlarga yuqori ehtiyoj va axborot jarayonlarining 
shiddatli rivojlanishi uning infratuzilmasi tarkibiy qismlari yaratishni birinchi o‘ringa olib chiqadi. 
Axborotli infratuzilma hisoblash texnikasi, kommunikatsiya vositalari, uslubiy va dasturiy 
ta’minlash, faoliyatning yordamchi turlarini qamrab oladi. Hisoblash texnikasi bilan jihozlashni 
yetarli darajada ta’minlash maqsadida hisoblash vositalari bozorining narxi arzonlashmoqda. 
Kishilik faoliyatining tegishli sohalarida samarali ishlash uchun zarur bo‘lgan ilmiy-texnik, 
siyosiy, iqtisodiy va har qanday axborotlar hajmining o‘sishi boshqaruvda axborot 
texnologiyalaridan keng foydalanish zaruratini keltirib chiqarmoqda . Axborot va 
kommunikatsion texnologiyalar iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlariga ulkan va global 
miqyosda hamda har qanday tarmoq yoki xizmatlarga tegishli firmalarning har bir funksiyasiga 
ta’sir ko‘rsatmoqda . Hozirgi vaqtda sanoati rivojlangan mamlakatlarda 50% ish bilan band 
bo‘lganlar kompyuter texnikasidan foydalanmoqdalar. Mehnat bozorining yagona axborot 
tizimi, masalan, 2000 yilda Koreya Respublikasida yaratildi . Mehnat bozorida axborotlarning 
yo‘qligi yoki yetishmasligi ish bilan bandlikka ko‘maklashish doirasida nomutanosib holatlarni 
keltirib chiqaradi, agarda bo‘sh ish o‘rinlariga ishchi kuchi yetishmaydigan joyda ishsizlar mavjud 
bo‘lsa, qanday qilib bo‘sh ish joylari tuzilmasini to‘ldirish orqali ishsizlik darajasini kamaytirish 
mumkin. Shu sababli mehnat bozorida hududiy ish bilan bandlik siyosatini samarali amal qilishi 
uchun hududdagi bo‘sh ish joylarining sifatli tasnifi va ishsizlar soni haqida barcha operativ 
ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi, ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish bo‘yicha hududiy 
axborot tizimini yaratish zarur. Aholini ishga joylashtirish bo‘yicha hududiy bandlik xizmati 
axborot tizmlarini yaratilishida barcha imkoniyatlari bilan yetakchi rol o‘ynaydi. Har bir hududda 


axborot tizimlarining yaratilishi va qo‘llanishi respublika miqyosida yagona davlat siyosatini 
yuritish maqsadida mehnat bozorining markaziy axborot tizimiga birikishini nazarda tutadi. 
Hududiy axborot tizimlarining yaratilishi ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishda tarmoqli 
– axborotlarni taqsimlash xususiyatlari bilan aloqadorlikda ijobiy tashqi samaralarni yuzaga 
keltiradi . Haqikatdan ham, bunday axborot tizimlari xizmatlariga talab hududiy mehnat bozorini 
qamrab olish doirasigacha kengayib boradi. Ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishda 
hududiy axborot tizimi ishchilarning bo‘sh ish joylarini izlashda ularning raqobatbardoshligini 
oshirishga amaliy natija beradigan yordam ko‘rsatishi mumkin. U ishsizlikdan sug‘urtalash tizimi 
bilan birgalikda davlat ish bilan bandlik xizmatiga mehnat bozoridagi holatlarning hududiy 
darajada ancha egiluvchan va moslashuvchan ta’sir etishi va faoliyatining samaradorligini oshirish 
uchun imkoniyat yaratadi. Shuningdek, mehnat bozorining hududiy axborot tizimlari davlat va 
nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari faoliyatlarida ish joylarini tanlash davrini qisqartirish, 
ishsizlik bo‘yicha to‘g‘ri va zamonaviy nafaqa to‘lovlarini ta’minlash, ishsizlikning davomiyligini 
qisqartirish, mavjud ish joylari to‘g‘risida ma’lumotlar banki bilan muvofiqlikda ishchilarni 
kasbga qayta tayyorlashni ishlab chiqish samaradorligini oshirishda vosita bo‘lib xizmat qiladi. 
11.2. Hududiy axborot tizimi yaratilishining shart-sharoiti va usullari Hududiy axborot tizimi 
yaratilishining shart-sharoiti bo‘lib, hududiy ish bilan bandlik xizmatini axborotlashtirish asosida 
axborot uzatish texnikalari bilan jihozlangan yaxlit hududiy axborot tizimlarini yaratish 
hisoblanadi. Rossiyada Sankt-Peterburg shahrida «Katarsis» kompaniyasi bozorda axborot tizimi 
sifatida 11 yildan ko‘proq faoliyat yuritmoqda va Rossiya Federal ish bilan bandlik xizmati uchun 
yagona axborot tizimini yaratmoqda. Hududiy va milliy darajada axborot tizimi rivojlanishining 
muhim pallasi bo‘lib, qo‘yilgan masalani yechishda kompleks yondashuv hisoblanadi. Bunda u 
nafaqat axborot jihozlarini o‘rnatish, balki loyihalashtirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish, 
dasturlashtirish, axborot o‘zatishning markazlashgan tizimlarini ishlab chiqish, tarmoqli 
monitoringning samarali usullarini qo‘llash kabi ishlarni olib boradi. Hozirgi vaqtda «Katarsis» 
dasturiy – apparatlashgan kompleksi axborot almashish maqsadida «Mehnat resurslari», 
«Nafaqalarni hisoblash va to‘lash», «Bandlik jamg‘armasi», «Tahlil», «Maslahatchi 1», 
«Maslahatchi 2» kabi avtomatlashgan tizimlarni birlashtiradi. Bu axborot tizimi mijozlarga 
alohida tartibda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kasbiy tayyorgarlikdan o‘tish imkoniyatlari, nafaqa 
miqdori va boshqalar haqida yetarli darajada ma’lumotlar berib turadi. Barcha ishlanmalar 
mahalliy va xorijiy firmalar bilan birgalikda yaratilgan maxsus dasturiy ta’minotga 
bazalashtiriladi. O‘zbekistonda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi «Katarsis» 
kompaniyasiga o‘xshash axborot tizimining hududiy ish bilan bandlik xizmati mablag‘lari yoki 
davlat budjeti hisobiga yaratilishi mehnat bozorida davlat siyosatini yuritish samaradorligini 
oshishida muhim vosita bo‘lib, ish bilan bandlikka ko‘maklashish sohasidagi institutsional 
tuzilmalar o‘rtasida samarali axborot almashishni ta’minlaydi. Ko‘pincha rivojlangan 
mamlakatlarda axborot to‘plash va uzatishga ixtisoslashgan vositachi firmalar faoliyati tijorat 
asosiga qurilgan. Biroq o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, viloyat mehnat bozorida axborot 
xizmatlarini tijoratlashtirish imkoniyatlari yetarli darajada emas, chunki yuqori ish haqiga ega 
bo‘lgan ish o‘rinlari va lavozimlar yetarli miqdorda emas. Shuning uchun hozirgi vaqtda mehnat 
bozori axborot tizimi jamoat sektori doirasida shakllanishi zarur, lekin kelajakda uning faoliyatini 
tijorat asosiga o‘tkazish mumkin. Hududiy axborot tizimi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga olishi 
zarur: ishsizlar va mavjud ish joylari haqida dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish; ular uchun qayta 
ishlash dasturi; mavjud yig‘ilgan va to‘plangan axborotlar asosida viloyat davlat ish bilan bandlik 
xizmati va uning joylardagi mehnat bo‘limlari faoliyati bilan muvofiqlikda lokal kompyuter 
tarmog‘ini yaratish va internet taromog‘iga ulash. Buning uchun hududiybarcha hududiy ish bilan 
bandlik xizmatlarini internet taromog‘iga ulash nazarda tutiladi. 11.1-rasmda ko‘rsatilishicha, 
hududiy axborot tizimi quyidagi parametrlar monitoringiga asoslanadi: bo‘sh ish o‘rinlari haqida 


ma’lumotlar va ularning dinamikasi; ishchi kuchi taklifi (ish bilan bandlik xizmati ish izlovchilar 
ma’lumotlar bankini shakllantiradi); oldindan ishchi kuchini qisqartirish va yollash haqida 
korxonalar va firmalar ma’lumotlarini o‘z ichiga oluvchi hamda mehnat bozorida talab va 
taklifning o‘zaro muvofiqligini ta’minlashda, o‘z vaqtida ularni tayyorlash bo‘yicha viloyatdagi 
kasbga yo‘naltirish o‘quv yurtlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchi mutaxassislarini 
istiqbollashtirish asosida kelgusida ishchi kuchiga talab haqida ma’lumotlar to‘plash. Ko‘rsatilgan 
parametrlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasining shakllanishi ish bilan bandlikka ko‘maklashish 
dasturini ishlab chiqish va monitoringini o‘tkazish maqsadida viloyat hokimiyat organlarini 
axborot bilan ta’minlash uchun ishonchli empirik asos hisoblanadi. 11.3. Mehnat bozorida hududiy 
axborot tizimlarini joriy etish – iqtisodiyotning axborot sektorini intensiv rivojlantirish omili 
sifatida Mehnat bozorida hududiy axborot tizimlarini joriy etish iqtisodiyotning axborot sektorini 
intensiv rivojlantirish jarayonini qamrab oladi. Shuning uchun hududiy darajada iqtisodiyotni 
axborotlashtirishning shakllanish belgisi hisoblanadi. Albatta, hududiy mehnat bozorida axborot 
tizimlarining yaratilishi, avvalambor, mahalliy elektron, kompyuter texnikalari ishlab chiqarishni 
rivojlantirishni talab etadi. Mahalliy elektron sanoatining rivojlanishi mehnat bozorida axborot 
tizimlari shakllanishi uchun zarur jihozlarni ta’minlaydi. Axborotlashtirish infratuzilmasi 
rivojlanishining hozirgi yo‘nalishlarining tahlili axborot xizmati tarmog‘ini takomillashtirishning 
huquqiy, tashqi va iqtisodiy jihatlarini tadqiq qilish bilan bog‘liq vazifalar majmuasini tezroq hal 
etish zaruriyatini ko‘rsatmoqda. Mehnat bozorida axborotlashtirish quyidagi vazifalarni amalga 
oshirishini nazarda tutadi: mehnat bozorini axborotlashtirishga tayyorlashning tadbirlar 
majmuasini amalga oshirish, ya’ni bu muammoni hal etish uchun zarur siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy 
mutaxassislar tayyorlash va boshqa shu kabi shart-sharoitlarni yaratish; aholining kompyuter 
savodxonligini ta’minlash, yangicha fikrlash va axborot madaniyatini shakllantirish; xo‘jalik 
mexanizmini takomillashtirish, tashkiliy tuzilmalar, boshqaruv tartibotlarini qayta qurish, 
axborotlashtirish industriyasining xo‘jalik mexanizmini vujudga keltirish, axborotlashtirishning 
huquqlarini ishlab chiqish; mehnat bozorida axborotlarni qabul qilib olish va tarqatish umumdavlat 
muhitini rivojlantirish; matematik va dasturiy ta’minot ishlab chiqish, ma’lumotlar banklarini va 
bilimlarning manbalarini vujudga keltirish; axborotlashtirish sohasida samarali xalqaro hamkorlik 
qilish yuzasidan keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirish. Mehnat bozori hududiy axborot tizimi 
ish bilan bandlik va mehnat sohasida fuqarolarni o‘z-o‘zini himoyalashning qo‘llab-quvvatlashini 
o‘z ichiga oluvchi huquq va majburiyatlar haqidagi axborotlarni saqlash, normativ aktlar va ularni 
mustahkamlash haqida, ularning ijrosini ta’minlash, ijtimoiy-huquqiy maslahatlar va ijtimoiy-
mehnat muammolarining yechimi uchun zaruriy ma’lumotlarni ta’minlashi kerak. Hududiy 
axborot tizimining zaruriy-tuzilmaviy elementlari bo‘lib, hududda kadrlar tayyorlash tizimi 
haqidagi, mavjud davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmati organlari haqida, ish beruvchilar, 
ularning asosiy tavsifi va rivojlanish tendensiyalari haqidagi ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. 
Bunda jamoat ishlarini loyihalari saqlanishi ham kiradi. Mehnat bozorida har bir qatnashuvchi 
bo‘yicha ma’lumotlarni alohida tarzda ma’lumotlar bankiga to‘plash mehnat bozoridagi 
raqobatchilik muhitini yuzaga keltiradi hamda ish bilan bandlik xizmati organlari tomonidan 
mehnat bozori monitoringining o‘tkazilishida ular faoliyatlarining sifatini (vositachilik, analitik, 
axborot maslahat va boshqalar) oshiradi. Bu esa, mehnat bozorining egiluvchanligini ta’minlaydi. 
Iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar natijasida korxonalarning qayta tashkil etilishi bilan ishchi-
xodimlar sonining ahamiyatli miqdorda ishdan ozod etilishi davlat ish bilan bandlik siyosati 
ahamiyatini oshiradi. Shuningdek, mehnat bozorida samarali davlat siyosatini o‘tkazishni obyektiv 
asosi bo‘lib, mehnat bozori axborot tizimlarining yaratilishidir. Tarkibiy o‘zgarishlar sharoitida 
ish bilan bandlik siyosatining asosiy vositalaridan biri ishsizlarga ixtisos berishdir. Ishsizlarga 
ixtisoslik berish va ularni ishga joylashtirishga ko‘maklashish maqsadida ishlab chiqiladigan 
maxsus dasturlar hududiy axborot tizimlari ko‘magi bilan hududiy ish bilan bandlik xizmati 


organlari yordamiga muhtoj bo‘lgan va mehnat bozorida kam raqobatli bo‘lgan ishsizlar 
kategoriyasini aniqlash imkoniyatini tezlashtiradi. Mehnat bozori hududiy axborot tizimida 
to‘plangan ishonchli va to‘liq axborotlar bunday ishsizlik muammolarini yechishning eng samarali 
yondashuvlari asosida hal etish uchun imkoniyat yaratadi. Hozirgi kunda mehnat bozori axborot 
tizimlari oldida turgan dolzarb vazifalardan biri dasturiy va kommunikatsion jihatlarni 
takomillashtirishdir. Dasturiy jihat dasturlashning avtomatlashtirilgan texnologiyasini, matnli, 
tavsirli va ovozli axborotni qidirish ham o‘zgartirish uchun dastur bilan ta’minlashni, ma’lumotlar 
bazalarini boshqarish tizimlari, ekspert tizimlari va sun’iy intelekt, dasturlash tillari, qarorlar qabul 
qilishni qo‘llab quvvatlashning universal tizimlarini, ma’lumotning tashqi bazalarida axborotni 
tezkor qidirish, so‘rov tillari, statistik paket, matnni qayta ishlash uchun dastur bilan ta’minlashni 
rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Kommunikatsion jihat diqqat e’tiborni quyidagi komponentlarni: 
teleanjuman aloqa, elektron pochta, faks axborotini o‘zatish, mahalliy ahamiyatga molik 
tarmoqlar, nutqli pochta, yalpi va mintaqaviy tarmoqlarni rivojlantirishga qaratishi lozim. 
Iqtisodiyotda xususiy sektor rolining kengayishi bilan aloqadorlikda ishga joylashtirishga 
ko‘maklashish bo‘yicha agentliklar, nodavlat ixtisoslashgan mehnat birjalari va xususiy vositachi 
firmalarning yaratilishi hamda faoliyatlari davomida maqsadga muvofiq ravishda mehnat bozori 
yagona axborot tizimidan foydalanish huquqi beriladi. Haqiqatdan ham, davlat va nodavlat ish 
bilan bandlik xizmati organlari ma’lumotlar bankining shakllanishida qo‘shma hamkorlik hududiy 
mehnat bozorida jarayonlar tezlashishining mutanosibligini ta’minlaydi. Shunday qilib, mehnat 
bozorida talab va taklifni tartibga solish bo‘yicha hududiy axborot tizimlarini yaratilishi bozor 
aloqalarini shakllantirish, mehnat bozorida xo‘jalik subyektlari transaksion xarajatlarini 
kamaytirish, tarmoqlar bo‘yicha ishchi kuchi taqsimlanishini optimallashtirish maqsadida, ular 
o‘rtasida intensiv aloqalarni qaror toptirish shart-sharoitlarini vujudga keltiradi. To‘plangan 
ma’lumotlarning ishonchliligi mehnat bozori samarali monitoringini ta’minlash uchun axborotlar 
o‘zatish jarayonini tezlashtiradi va hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari uchun ish bilan 
bandlikka ko‘maklashish dasturini ishlab chiqishda ma’lumotlar bazasini shakllantiradi. Demak, 
Samarqand viloyatida hududiy axborot tizimlarining yaratilishi mehnat bozorini tartibga solishda 
hududiy ish bilan bandlik siyosatni samaradorligini oshirish uchun imkoniyat yaratadi. 
MEHNAT BOZORI IQTOSODIYOTI NING TARTIBGA SOLISH MEXANIZMLARI
REJA
12.1. Mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solishning mexanizmini asosiy 
shakllari, usullari va vositalari
12.2. Mehnat bozorini tartibga solishda tizimli yondashuv
12.3. Mehnat shartnomalarining mehnat bozorini tartibga solishdagi o‘rni
12.4. Mehnat bozorini tartibga solishning mintaqaviy usullari
12.5. Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish yo‘nalishlari
12.1. Mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish mexanizmining asosiy 
shakllari, usullari va vositalari Mehnat bozorini tartibga soluvchi asosiy subyekt davlat bo‘lganligi 
uchun, u mehnat bozorini tartibga solishni amalga oshira olmaydigan boshqa subyektlarning 
umumiy va o‘ziga xos funksiyalarini bajaradi. Aynan davlat hamma mamlakatlarda ishsizlik 
darajasini ko‘zatadi va tartibga soladi. Shundan kelib chiqqan holda, davlat tomonidan tartibga 


solish iqtisodiy mexanizmi mehnat bozorini tartibga solishning eng muhim qismi hisoblanadi. 
Ushbu mexanizmni ishlab chiqish iqtisodiyotni tartibga solishning asosiy vazifalaridan biri 
hisoblanadi. Bunda mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solishni iqtisodiy mexanizmi 
mehnat bozorini turli xil parametrlariga davlat ta’sirini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy 
usullari asosida mehnat munosabatlar shakllanish tizimini ifodalaydi. U mehnat bozori elementlari 
va omillariga, ularga ta’sir qiluvchi turli xil shakllar, usullar va vositalar yordamida ta’sir qilish 
yo‘llarini aks ettiradi. Davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha mehnat bozoridagi siyosatining 
asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi. Mehnat bozorini ijtimoiy-yo‘naltirilgan tartibga solish 
qo‘yidagi iqtisodiy va ijtimoiy davlat tadbirlari bilan tavsiflanadi: Milliy mehnat bozorida u 
qo‘yidagilarni amalga oshiradi: ish haqining oshishiga yo‘naltirilgan raqobatni kuchsizlantirish 
maqsadida yuqori daromadli firmalarning daromadini ushlab turishga va nisbatan kam daromadli 
korxona va firmalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan soliq solishning yuqori darajasini 
o‘rnatilishi; kichik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga: ish o‘rinlari sonini kengaytirish, ya’ni 
mehnatga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish maqsadida soliq imtiyozlari va kredit- lar berish; 
turmushni moddiy va o‘y-joy sharoitlarini yaxshilash shart- lari bilan, bo‘sh ish joylari mavjud 
bo‘lgan hududlarga ishchi kuchi ortiqcha bo‘lgan hududlardan oilasi bilan ko‘chib o‘tishga 
subsidiya va kreditlarni berish yo‘li orqali ishchi kuchi kasbiy harakatchanligini oshirish; global 
moliyaviy iqtisodiy inqiroz davrida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va qayta ishlash sanoati 
sektorlarining asosiy mahsulotlariga davlat buyurtmasini belgilash; raqobatbardosh bo‘lmagan 
qishloq ishchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash; qishloq ishsizlarining umumta’lim 
darajasini oshirish, mehnat bozorida turg‘un talab mavjud bo‘lgan kasblarga o‘qitish va qayta 
o‘qitish. Hududiy darajada qo‘yidagilardan iborat: asosan yollangan ishchilarning himoyasiz 
guruhlari uchun hududiy ish bilan bandlikni faollashtirish yo‘llarini izlash maqsadida jamoat 
ishlarini tashkillashtirish; nogironlar, yoshlar va boshqalar uchun yangi ish o‘rinlarini 
yaratayotgan korxonalarga imtiyozlar berish; hudud iqtisodiyoti tuzilmasini hisobga olgan holda 
asosan ishni yangidan boshlagan tadbirkorlar, kichik korxonalar uchun soliq va kredit 
imtiyozlarini berish; hududiy iqtisodiyotning talablarini hisobga olgan holda inson kapitaliga 
qo‘yilmalarni tartibga solish. Ichki mehnat bozorida qo‘yidagilar nazarda tutiladi: korxonalarning 
moliyaviy holatidan qat’iy nazar, teng mehnat xizmatiga teng ish haqi kafolati; ish beruvchilar va 
yollanma ishchilar o‘rtasida iqtisodiy rag‘batlar bo‘yicha shartnomaviy munosabatlarni tartibga 
solish; mehnatga haq to‘lashning umumiy tarifini yaratish. Shunday qilib, mehnat bozorini 
ijtimoiy yo‘naltirilgan tartibga solinishi to‘liq ish bilan bandlik va ishsizlikning imkon qadar past 
darajasiga erishishga yo‘naltirilgan. Yangi texnologiyalarni qo‘llanishi va ishlab chiqarishni qayta 
tashkillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan samarali ish bilan bandlikkga erishish mehnat bozorini 
rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda davlat va uning institutlariga ko‘maklashishga 
korxonalarning qiziqishi, ushbu turning davlat tomonidan tartibga solishning muhim xususiyati 
hisoblanadi. Ijtimoiy-yo‘naltirilgan tartibga solishni qo‘llanadigan mamlakatlarda mehnat 
bozorini moliyalashtirish kasbiy tayyorgarlikka (unga tartibga solish faol siyosatining o‘rtacha 
24% mablag‘lari ishlatiladi), yangi ish o‘rinlarini yaratishga (faol siyosatga ajratilgan 
harajatlarning 18%), subsidiyalar (7%), ish bilan bandlik xizmatlarini moliyalashtirishga (10%) va 
boshqa harajatlarga ajratiladi. Qo‘yidagi vazifalarni bajarilishi ijtimoiy yo‘naltirilgan mehnat 
bozorining shakllanishiga olib keladi: ishchi kuchiga talabni oshishi va uning taklifini kamayishiga 
yo‘naltirilgan tadbirlarni oshirishni kuchaytirish; bandlik xizmati va uning infratuzilmasida 
qudratli va tez rivojlanuvchi tizimni yaratish; aholining oqilona ish bilan bandligini shakllantirish; 
ishsizlikni yo‘l qo‘yiladigan darajasigacha qisqartirish; ish bilan band bo‘lmagan mahalliy 
xodimlarning malakasini, raqobatbardoshligini, ijtimoiy himoyasi va eksportini oshirish; mehnat 
bozori, ish bilan bandlik va ishsizlikni tartibga solishning samarali tashkiliy iqtisodiy 
mexanizmlarini yaratish va h. k . Mehnat bozorini tartibga solishning liberal turi tartibga 


solishning passiv siyosatini ko‘proq darajada qo‘llashi bilan tavsiflanadi. U qo‘yidagi tadbirlar 
orqali amalga oshiriladi: eng kam majburiy ish haqini o‘rnatilishi; ishsizlik nafaqasini to‘lash; 
hududiy va firmalar o‘rtasidagi ishchi kuchi yuqori kasbiy harakatchanligini ta’minlashni iqtisodiy 
choralar bilan amalga oshirish. Ko‘pchilik iqtisodchilar tartibga solish usullarini iqtisodiy va 
ma’muriy turlarga ajratishadilar. Iqtisodiy va ma’muriy deganda kengroq tushuncha nazarda 
tutiladi, ya’ni tartibga solish shakllari va bun- dan kelib chiqadigan bo‘lsa, mehnat bozorini davlat 
tomonidan tartibga solishning usullarini qo‘yidagi mezonlar bo‘yicha tasniflash mumkin. Mehnat 
bozorini tartibga solishning vazifalari bo‘yicha usullar ishsizlik darajasini pasayishiga, mehnat 
resurslaridan samarali foydalanish, ishchi kuchiga qoniqmagan talabni bartaraf qilish, ishchi 
kuchiga talab va taklifning eng maqbul nisbatiga va boshqalarga ta’sir qiladi. Mehnat bozorida 
davlat faoliyati turli xil vazifalarni amalga oshirishi mumkin, u mehnat bozori elementlari va 
boshqa obyektlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. Tartibga solish vazifalari ular 
yo‘naltirilgan tartibga solish obyektlari bilan yaqindan bog‘liqdir. Tartibga solishning maqsadlari 
va vazifalariga bog‘liq holda, davlat mehnat bozoriga ta’sir qilishning qolgan usullari va 
vositalarini tanlaydi. Mehnat bozorini tartibga solishning yo‘nalishlari bo‘yicha usullar 
qo‘yidagilarga ajratladi: mehnat bozoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi (masalan, qonunchilik) 
yoki unga bilvosita ta’sir qiluvchi (soliq, budjet, pul-kredit siyosati; tashqi iqtisodiy faoliyatni 
tartibga solish va davlat tomonidan narx shakllanishini tartibga solish orqali daromadlarni tartibga 
solish siyosati). Bilvosita usullarni qo‘llagan holda, mehnat bozorini tartibga solishda ish bilan 
bandlikni tarmoq va hududiy tuzilmasini shakllantirish orqali davlat ahamiyatli rol o‘ynaydi. 
Moliyaviy rag‘batlar va davlat kapital qo‘yilmalari yordamida shakllangan, alohida qishloq 
xo‘jaligi tarmoqlari va hududlar uchun nisbatan yaxshiroq sharoitlarni ta’minlashi mumkin. 
Ayirim holatlarda uzoq chuzilgan inqiroz holatida bo‘lgan hudud va xo‘jalik birliklariga yordam 
ko‘rsatiladi; boshqa holatda – hudud va tarmoq ichida progressiv siljishlarga olib keluvchi, ishlab 
chiqarish turlari va xo‘jalikning yangi tarmoqlarini rivojlantirish ma’qullanadi. Bu esa ularda ish 
bilan bandlikni o‘sishini rag‘batlantiradi. Shu bilan birga teskari maqsadda ishlab chiqarishni 
haddan ziyod konsentratsiyasini pasaytirish bo‘yicha ham choralar qabul qilinishi mumkin. 
Mehnat bozorini tartibga solishnig ko‘lami (masshtabi) bo‘yicha usullari milliy, hududiy va ichki 
mehnat bozorini tartibga solishga yo‘naltirilgan. Ko‘pgina usullar mehnat bozori turlarining bir 
nechtasini tartibga soladi. Msalan, mamlakat miqyosida amalga oshiriladigan pul-kredit va 
investitsion siyosat hududiy va ichki mehnat bozorlari konyunkturasiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. 
Masalan, 2009 yilda respublikamiz miqyosida qabul qilingan umumdavlat “Qishloq taraqqiyoti va 
faravonligi yili” davlat dasturi qishloq joylarda yangi ish o‘rinlarini yaratish bilan bog‘liq chora-
tadbirlarni yanada chuqurlashtirishga olib keladi. Davlat tomonidan tartibga solishning subyektlari 
bo‘yicha Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan markazlashgan holda 
hukumatning davlat organlari topshirig‘i asosida mehnat bozoridagi hududiy dasturlarni ishlab 
chiqilishi, ish beruvchilar vakillik organlari, kasaba uyushmalar va davlat bandlik xizmati 
yordamida amalga oshiriluvchi usullar ijtimoiy hamkorlik mexanizmi asosida amalga oshiriladi. 
Ta’sir qilish obe’ktlari bo‘yicha tartibga solishda ish ko‘chiga bo‘lgan talab yoki taklifga, yoki bir 
vaqtning o‘zida ikkalasiga ham ish haqi darajasiga, raqobatli munosabatlarga, samarali bandlikka 
erishishga, ishsizlikka, mehnat bozori egiluvchanligiga ta’sir qiluvchi usullarga ajratamiz. 
Berilgan usullar mehnat bozorini tartibga solishdagi vazifalar bilan uzviy (yaqin) bog‘liq. 
Moliyalashtirish manbasi bo‘yicha tartibga solish usullarini biz qo‘ydagilarga ajratamiz:budjet, 
ish beruvchilar, aholi mablag‘lari, davlat dasturlari va boshqalar. Ta’sir qilish darajasiga ko‘ra 
biz qonunchilik, rag‘batlantiruvchi, chegaralovchi, undovchi, nazorat qiluvchi, tashkiliy-
institutsional usullar. Ta’sir qilishning xarakteriga ko‘ra moliyaviy va narx shakllantiruvchi 
usullarga ajratamiz. Mehnat bozorini tartibga solishni ko‘pchilik usullarini bir nechta mezonlar 
bo‘yicha tasniflash mumkin, masalan, iqtisodiy shakllarga tegishli bo‘lgan ko‘pchilik usullar 


milliy darajada qo‘llaniladi va mehnat bozoriga bilvosita ta’sir qiladi. Bular ikkita mezon bo‘yicha 
ajraladi: soliq solishning yuqori darajasi; ayirim tarmoqlarda davlat mulkini oshishi (ko‘payishi), 
buning natijasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning oshishi yoki qisqarishi, tarmoq bo‘yicha yoki 
hududda o‘rtacha ish haqini o‘zgarishi mumkin. Davlat ushbu usullar yordamida bilvosita ta’sir 
orqali mehnat bozoridagi talab va taklif nisbatini kerakli yo‘nalishga o‘zgartirishga harakat qiladi. 
Mavjud mexanizmning muhim tarkibi bu tartibga solishning vositalari hisoblanadi. Tartibga solish 
vositasi sifatida davlatning mehnat bozorini tartibga solinuvchi elementlariga o‘ziga xos ta’sirning 
dastaki sifatida qo‘llashi mumkin bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy tizimning elementlari yoki elementlari 
yig‘indisi tushuniladi. Mehnat bozorini tartibga solish vositalari asosan davlat qo‘lida bo‘ladi. 
Mehnat bozorini tartibga solishning asosiy vositalari qo‘yidagilar hisoblanadi: ishchilarning 
minimal va o‘rtacha ish haqini tartibga solish, budjet-soliq siyosati asosida tartibga solish, 
davlatning daromadlari va harajatlarini hamda fuqoralarning daromadlarini tartibga solish, davlat 
tomonidan dasturlash va boshqalar. Davlatning mehnat bozoriga ta’sir qiluvchi vositalaridan biri 
byutjet-soliq asosida tartibga solish hisoblanadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xo‘jalik yuritishni tartibga 
solish budjet yordamida amalga oshiriladi. mehnat bozorini tartibga solishga davlat harajatlarini 
qoplash uchun moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlovchi asosiy vosita soliq hisoblanadi. Ular 
mehnat bozori subyektlarining faoliyatiga ta’sir qilish uchun keng darajada qo‘llaniladi. Soliqlar 
yordamida davlat tomonidan tartibga solish hal qiluvchi darajada soliq tizimining tanlanishiga, 
soliq stavkalarining yuqoriligiga, hamda soliq imtiyozlarining turi va o‘lchovlariga bog‘liq. 
Soliqlar – davlat tomonidan tartibga solishda ikkita rolni o‘ynaydi: davlatning mehnat bozoridagi 
harajatlarining asosiy moliyaviy manbai, hamda tartibga solish vositasi ham hisoblanadi. Bundan, 
davlat budjet organlari vazifasi nafaqat budjetni daromad manbalariga soliqlar solishdan iborat 
bo‘lmay, balki mehnat bozori subyektlari hulqiga ta’sir qiluvchi nozik mexanizmni yaratishdir. 
Mehnat bozorini tartibga solishning boshqa vositasi davlat tomonidan dasturlash hisoblanadi. 
Inqiroz, ommaviy ishsizlik sharoitida mehnat bozorini tartibga solish vositasi sifatida davlat 
tomonidan dasturlash qo‘llaniladi. Favqulodda dasturlar og‘ir (kritik) holatlarda ishlab chiqiladi 
va ular ma’muriy tartibga solish usullari orqali amalga oshiriladi. Amalda barcha bozor 
iqtisodiyotli davlatlarda maqsadli dasturlar amalaga oshiriladi. Dasturlarning tuzilishiga, ularni 
amalga oshirilishiga va ular ustidan nazoratga javobgar, davlat muassasalari iqtisodiy 
dasturlashning subyektlari hisoblanadi. Dasturlar davlat hukumati organlari tomonidan ishlab 
chiqiladi, xususan, respublikamizda, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi. Moliya vazirligi ham dasturlarni 
moliyalashtirish rejasini ishlab chiqadi. Dasturlarni ishlab chiqishga kasaba uyushmalar vakillari, 
tadbirkorlar uyushmasi, markaziy bank, savdo-sanoat palatasi ham keng darajada jalb qilinadi. 
Milliy darajada aholi ish bilan bandligiga ko‘maklashuvchi dasturlar va moliyaviy reja har yili 
Vazirlar Mahkamasi, hududiy darajada bo‘lsa mahalliy hukumat organlari tomonidan tasdiqlanadi. 
Davlat tomonidan iqtisodiy dasturlash mehnat bozorini tartibga solishning bir qator muammolarini 
yechishda yetarlicha samarali hisoblanadi. Mehnat bozorini liberal tartibga solishning modeli 
sharoitida dasturlash maqsadli tavsiyaviy undovchi xarakterni o‘zida mujassamlashtirishi 
mumkin, shunga qaramay u turli darajadagi iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni yechishning samarali 
vositasi hisoblanadi. Dasturlar kerakli yo‘nalishda mehnat bozorini iqtisodiy rivojlanishini 
ta’minlaydi. Dasturlash davlatning barcha usul- larini qo‘llashga va ayirim davlat organlarining 
tartibga soluvchi tadbirlarida qarama-qarshiliklar va kelishmovchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikka 
imkon beradi. Iqtisodiy dasturlar doirasida davlat tomonidan moliyaviy rag‘batlantirish ayirim 
ijtimoiy guruhlarning raqobatbardoshligiga sezilarli va notekis ta’sir ko‘rsatadilar, hamda 
manfaatlari kamsitilganlarning qarshiliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli davlat 
tomonidan dasturlash organlariga ayirim guruhlarning qarama-qarshi manfaatlarini aks ettiruvchi 
xilmaxil ta’sirlar ko‘rsatiladi, hamda ularni mafaatlarini hisobga olish ularning vazifasi 


hisoblanadi. Shunday qilib, ish bilan bandlikka ko‘maklashish davlat dasturlarini tuzishda mehnat 
bozorini tartibga solish mexanizmini umumiy tartibga solish tizimining elementi sifatida qarash 
zarur. 12.2. Mehnat bozorini tartibga solishda tizimli yondashuv Ma’lumki, O‘zbekiston 
iqtisodiyoti sobiq markazlashtirilgan usulda rejalashtirish va taqsimlash illatlari oqibatida asosan 
xom-ashyo tayyorlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, bir yoqlama rivojlanish hisobiga nochor holga 
tushib qolgandi. Iqtisodiyotning fojiali ravishda inqirozga yuz tutishi, ilgari shakllangan xo‘jalik, 
ishlab chiqarish va moliyaviy aloqalarning butunlay uzunligiga barham berish, ommaviy 
ishsizlikning oldini olish favqulodda muhim ahamiyat kasb etardi. Ilmiy-nazariy nuqtai nazaridan 
mehnat bozorini tartibga solish tizimli yondashuv asosida qo‘yidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rib 
chiqilishi lozim: 1) Tizimli – elementli yondashuv (tizimni tashkil etuvchi elementlar va uning 
tarkibiy qisimlarini tahlil etish); 2) Tizimli tarkibiy (tizimni tashkil etuvchi elementlarni va uning 
ichki tarkibiy qismlarini o‘rganish); 3) Tizimli – funksional yondashuv (tizim va uning 
elementlarining funksiyalarini tahlil qilish); 4) Tizimli – kommunikatsion (mavjud tizimning 
boshqa tizimlar bilan vertikal va gorizontal bog‘liqligi); 5) Tizimli integrativ yondashuv 
(tizimning shakllanishi va rivojlanishining omillari hamda manbalarini aniqlash); 6) Tizimli – 
tarixiy yondashuv (tizimni ilk paydo bo‘lishi, o‘sishi, rivojlanishi, pasayishi va inqirozga yuz 
tutishi). Mehnat bozorini tizimli tartibga solinish darajasi, asosan davlatning ijtimoiy iqtisodiy 
vazifalari mohiyatiga bog‘liqdir. Davlat o‘z zimmasiga oladigan ijtimoiyiqtisodiy vazifalari 
mehnat bozorini tartibga solish yo‘nalishi va tamoyillarini belgilab beradi. Shuningdek mehnat 
bozorini tartibga solish jamiyat qanday ijtimoiy-iqtisodiy modelni tanlashidan qat’iy nazar zarur 
hisoblanadi. Mehnat bozorida ish bilan bandlik siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlarini o‘zaro 
bog‘liq holda turli xususiyatlariga ko‘ra guruhlash mumkin. Masalan, mehnat bozorini tartibga 
solish yo‘nalishlari iqtisodiy va ijtimoiy tartibga solish turlariga tasniflansa ham, ularga ta’sir etish 
nuqtai nazaridan bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatish turlariga bo‘linadi. Bevosita tartibga solish 
yo‘nalishlariga: yangi ish o‘rinlarini yaratish, kasb hunar ta’limi va qayta kasbga tayyorlash, 
hududiy siyosat tadbirlari, mehnat qonunchiligiga oid o‘zgartirishlar va boshqa tadbirlar kiradi. 
Mehnat bozorini bilvosita tartibga solish choralariga soliq pul-kredit siyosati, ishsizlarni ish bilan 
ta’minlash bo‘yicha tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, subsidiyalash, ishlab chiqarish 
amaliyotlarini tashkil etish va qayta tayyorlash hamda boshqa umumiqtisodiy xarakterga ega 
choralarni kiritish mumkin. Ish bilan bandlik siyosatidagi ustvor o‘zgarishlar kichik va xususiy 
biznesni faol qo‘llab-quvvatlash bilan o‘zaro bog‘liq chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, 
bularga ishga qabul qilish, bo‘shatish mehnat sharoitlariga oid talablarga rioya qilish kabilarni 
keltirishimiz mumkin. Bularni barchasi tadbirkorlar va nokonservativ nazariyotchilar nuqtai 
nazaridan egiluvchan mehnat bozoriga xosdir. Lekin kasaba uyushmalarining fikrlariga ko‘ra, bu 
choralar ishchilarning ijtimoiy himoyalanishiga putur yetkazadi. Mehnat munosabatlari tizimini 
tartibga solish mexanizmi uning obyekti, subyekti va ular o‘rtasidagi aloqalarning o‘zaro 
bog‘liqligi ochiq holatda amal qilishini talab etadi. Mehnat bozori subyektlari bo‘lib, ish 
beruvchilar vakillik organlari, kasaba uyushmalari va davlat hisoblanadi. Mehnat bozori 
subyektlari o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlik mexanizmining takomillashganligi uning samarali 
shakllanishi uchun tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan shart-sharoitlarni ta’minlaydi. Mehnat 
bozorini tartibga solish mexanizmi o‘z ichiga mazkur subyektlarning ijtimoiyiqtisodiy 
munosabatlarining barcha jabhalarini oladi, shuningdek, mehnat munosabatlari tizimida ularning 
amalga oshishi huquqiy-tashkiliy, ijtimoiy iqtisodiy va institutsional choralar, usullar hamda 
vositalar asosida ta’minlanadi. Mehnat bozorini tartibga solishning elementlari ijtimoiy-iqtisodiy, 
tashkiliy huquqiy va psixologik (mafkuraviy) turlarga ajratiladi. Mehnat bozorini tartibga 
solishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmi ishchi kuchiga talab va taklif nisbati bo‘yicha 
muvozanatga erishish, ishsizlikni kamaytirish, ish haqini to‘lash va tashkil etishi borasidagi bozor 
subyektlari o‘rtasidagi munosabatlar, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi, ishchi 


kuchining kasbiy harakatchanligini ta’minlash kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Tashkiliy-huquqiy 
mexanizmga mehnat munosabatlariga oid qonun va meyoriy hujjatlarni qabul qilish, mehnat 
munosabatlarini huquqiy solish chora-tadbirlari va mehnat bozori infrastuzilmasining rivojlanishi 
kabilar kiradi. Tartibga solishning psixologik elementiga mehnatga bo‘lgan oqilona munosabatni 
shakllantirish va mehnat jarayonidagi qadriyatlar tizimi kiradi. Davlat tomonidan ish bilan 
bandlikni tartibga solinishi ishchi kuchiga talab va taklifni huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy usullar 
yordamida ta’sir qilish yo‘llarini yaratish orqali amalga oshiriladi. Mehnat bozorining o‘tish 
davridagi shakllanish bosqichida uni boshqarishning dastlabki elementlari (ish haqini minimal 
darajasi tarif stavkasi) amal qilsa, mehnat bozorining rivojlanish jarayonida tartibga solishning 
bozor mexanizmlari bilan birga davlat tomonidan tartibga solish uzviylikda va muvofiqlikda amal 
qilinishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Bunda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga 
quyidagilar kiradi yangi ish o‘rinlarini yaratishga yo‘naltirilgan investitsiyalar, bozor shakllari, 
real ish haqi miqdori, aholi daromadlarini shakllantirish (yashash minimumiga asoslanib), 
iqtisodiy havf-xatarlardan ijtimoiy sug‘urtalash, ishsizlarni ijtimoiy himoyalash va ularni mehnat 
bozorida raqobatbardoshligini oshirish. Mazkur jarayonda davlat tomonidan tartibga solish 
majburiy ishsizlik havfini kamaytirish va ta’sirini yangilashtirishga oid ijtimoiy chora-tadbirlar va 
ishsizlikning davomiyligini qisqartirish kabi tadbirlarni ko‘proq o‘z ichiga oladi. Mehnat bozori 
davlat tomonidan tartibga solish iyerarxik (pog‘onali) tarzda amalga oshiriladi: makro darajada, 
mezo darajada va mikrodarajada. Makrodarajada qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyati organlari 
tomonidan quyidagi masalalarni yechish nazarda tutiladi: Mehnat bozorini tartibga solish 
yuzasidan moliya-kredit, tarkibiy islohotlar, investitsion, tashqi iqtisodiy siyosatlarni 
muvofiqlashtirish kabi tadbirlar amalga oshiriladi. Bu masalalarga davlat buyurtmalari va 
mahsulot (ish, xizmat)larni xarid qilish, xususan, tender savdolari orqali mudofaa tizimi, sog‘liqni 
saqlash tizimi, ta’lim muassasalari uchun davlat investitsion dasturlari, dotatsiyalar, kreditlar va 
soliq munosabatlari ustuvor yo‘nalishdagi ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi. Mazkur 
masalalar majmuasiga fermerlikni rivojlantirish, xususiy va yakka tartibdagi tadbirkorlikni 
qo‘llab-quvvatlash, korxonalarni sanatsiya qilish orqali ish o‘rinlarini saqlab qolish vazifalari 
kiradi. Tashqi iqtisodiy aloqalarni ish bilan bandlik tizimiga ko‘maklashish nuqtai nazaridan 
tartibga solish alohida muhim ahamiyatga ega. Bunda kapital mablag‘lar chiqib ketishini oldini 
olish va jozibador investitsion muhitni shakllantirish orqali investitsiyalar oqimini rag‘batlantirish, 
valyutalar kursini rag‘batlantiruvchi miqyosda ushlab turish orqali ichki bozorda import qilingan 
mahsulotlar bilan raqobat qiluvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarini, eksportga 
yo‘naltirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va hokazo. Ijtimoiy, demografik va migratsion 
siyosatni mehnatni tartibga solish tizimining maqsadlari va ustvor yo‘nalishlari mutanosibligini 
ta’minlash. Bunga yuqori malakali qadrlarning chet elga ketishining oldini olish masalalari, 
immigratsiyaning noqonuniy shakllariga yo‘l qo‘ymaslik kabilar kiradi. Aholining ish bilan band 
bo‘lmagan qatlamlarini ijtimoiy himoyalash va ishga joylashtirish siyosati. Bunga aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish va ish bilan bandlik organlari tomonidan olib borilayotgan tadbirlarga mehnat 
munosabatlarini boshqarish, ishsizlarni ishga joylashtirish, ularning hisobini yuritish va Mehnat 
bozori iqtosodiyoti ni rivojlantirishga oid masalalar kiradi. Shuningdek, ishsizlarni ro‘yxatga olish 
va ijtimoiy muhofaza qilish, jamoat ishlarini, vaqtinchalik ishlarni tashkil etish va boshqalar 
mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi. Hududiy 
miqyosda davlat tomonidan olib boriladigan tadbirlar yuqorida keltirib o‘tilgan yo‘nalishlar orqali 
amalga oshiriladi. Hududiy miqyosda mehnat bozorini tartibga solish tarkibiy elementlari 
makrodarajadagiga nisbatan bir xildir. Shunga qaramasdan, hududlarda yuritilayotgan siyosatning 
asosiy yo‘nalishlaridan biri mehnat bozorini tartibga solishni o‘z ichiga olishi lozim. Bu chora-
tadbirlar budjet va nobudjet jamg‘armalar daromadlarini tartibga solish, transfert to‘lovlari, aholi 
demografiyasi va migratsion jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Hududiy miqyosda mehnat bozori 


ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda uy-joy qurilishi dasturlari, obodonchilik ishlari, transport va 
sanoat qurilishini amalga oshirish, korxonalarga moliyaviy ko‘maklashish, kreditlash, hududiy 
soliqlardan ozod qilish orqali rivojlanayotgan tarmoqlardagi ish o‘rinlarini shakllantirishga 
qaratilishi mumkin. Fermerlik va yakka tartibdagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hududiy 
choralari umumdavlat miqyosdagiga nisbatan ancha samarali bo‘lib hisoblanadi. Mikrodarajadagi 
mehnat bozorini tartibga solish korxona va tashkilotlar, yakka tartibda faoliyat yurituvchi 
tadbirkorlarni qonuniy va normativ tartibga solish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda soliqdan 
imtiyoz berishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek korxonalarda personalni boshqarish, kadrlarni 
tanlash tizimlari va firma ichidagi kadrlarni keng ixtisoslik bo‘yicha tayyorlash va qayta 
tayyorlashni amalga oshirish chora-tadbirlari ham kiradi. Korxonalarda personalni boshqarishga 
oid masalalarning muvaffaqiyatli yechilishi ish bilan bandlik holatining ham hududiy miqyosda 
ham mamlakat miqyosidagi ahvoli hamda shu korxonalarning bozordagi raqobatdoshligiga ta’sir 
qiladi. Fermer xo‘jaliklarida hamda boshqa tadbirkorlikka asoslangan uy xo‘jaliklarida yangi ish 
o‘rinlari yaratiladi. Uy xo‘jaliklarining iqtisodiy faolligini qo‘llabquvvatlash mehnat bozorini 
tartibga solishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Tartibga solishning birinchi turi, ya’ni 
davlat tomonidan tartibga solishning haddan ziyod ustunligi juda salbiy oqibatlarga olib kelishi 
mumkin. Bunday holat sobiq ittifoq davrida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
bitiruvchilarini to‘la ish bilan ta’minlash tadbirlari sifatida amalga oshirilgan edi. Bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish davrida mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish mehnat 
munosabatlarini erkinlashtirish hisobiga ancha chegaralangan. Iqtisodiyotning tuzilmaviy qayta 
qurilishi faol, dinamik va egiluvchan siyosati ishsizlikning miqyosi va davomiyligini chegaralash 
imkoniga ega. Davlat ish beruvchilar, kasaba uyushmalari, mahalliy boshqaruv organlari 
o‘rtasidagi munosabatlarga bevosita ta’sir etish orqali ish bilan bandlikni ta’minlash bo‘yicha 
siyosatni amalga oshiradi. Davlat tomonidan mehnat bozorini tartibga solish hududlarning o‘ziga 
xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda olib borilishi lozim. Rivojlangan davlatlarning tajribasi 
shuni ko‘rsatmoqdaki, ish bilan bandlik siyosatining hududiy shartsharoitga moslashtirilishi va 
hududiy xususiyatlardan kelib chiqib amalga oshirilishi yuqori samara bermoqda. Hududiy 
tartibga solish mahalliy tashabbuslarni qo‘llabquvvatlash bilan birga mahalliy tadbirkorlik va 
ishlab chiqarishni rivojlantirish hisobiga hududlardagi ish bilan bandlikni ta’minlashning omili 
bo‘lmoqda. Ish bilan bandlik siyosati egiluvchan va dinamik xarakterga ega. Hududiy miqyosdagi 
ish bilan bandlik va ijtimoiy muhofaza qilish siyosatiga oid masalalar davlat miqyosidagi 
masalalar bilan uzviy bog‘liqlikda olib borilishi lozim. Aholini ish bilan bandlik borasidagi 
siyosatining eng muhim ustvor yo‘nalishlaridan biri mehnat bozori va kapitalning o‘zaro amal 
qilinishini ta’minlashdan iborat. Ish bilan bandlik siyosati ijtimoiy siyosatning eng muhim 
elementi bo‘lib, aholining turmush darajasi pasayishini oldini olish, mehnat potensialidan to‘la 
foydalanish, ommaviy ishsizlikni bartaraf etish, aholining raqobatli bozor muhitida samarali ish 
bilan bandligini ta’minlash borasida chora-tadbirlarga qaratilgan bo‘lishi lozim. 12.3. Mehnat 
shartnomalarining mehnat bozorini tartibga solishdagi o‘rni Mehnat bozori munosabatlarini 
tartibga solish kompleks – shartnoma tizimining qayishqoqligi, shuningdek, munosabatlari 
sohasida tenglik va ijtimoiy adolat tamoyillarini ro‘yobga chiqarish haqidagi keng yoyilgan to‘g‘ri 
tasavvurlarga ega bo‘ladi. Ayrim xodim muzokaralarda o‘zidan ancha kuchli sherigi – ish 
beruvchiga nisbatan yakka tartibda amalga oshiradigan xatti-harakatlari bilan qarshilik ko‘rsata 
olmaydi Boz ustiga, jamoaviy shartnomaga ko‘ra, malakasi past hamda yetarli darajada yuqori 
unum bilan ishlay olmaydigan ishchi kuchining ish joyi muayyan muddatga saqlab turadi. 
Jamoaviy shartnoma mehnat munosabatlari barqarorligiga erishishda muhim ahamiyatga ega. 
Jamoaviy shartnoma tizimi mehnat bozoridagi xo‘jalik subyektlarining o‘zaro munosabatlaridagi 
mojarolarni o‘zicha bartaraf eta olmaydi. Chunki, ushbu mojarolar asosini ijtimoiy manfaatlar, 
maqsadlar, intilishlar, talablardagi farqlar tashkil etadi. Garchi, jamoaviy bitimlar tizimi 


manfaatlarni kelishib olish, o‘zaro bir qarorga kelish va mojarolarni tezlik bilan bartaraf etish 
jarayonlarini ko‘zda tutsada, muzokaralar jarayoni ancha maqbul natijalarga erishish imkoniyatini 
ham yaratadi. Ayni paytda bitim shartlari shartnoma shaklini olib, ikki tomonni mazkur shartlar 
asosida ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida oxirgi choralarni ko‘rmasdan, 
ya’ni, ish tashlash yoki ishdan bo‘shatishga yo‘l qo‘ymay, harakat qilishga majbur etadi. 
Kelajakda jamoaviy bitimlar, shuningdek, mehnat bozori faoliyatini, kadrlarni o‘qitish va 
malakalarini oshirish hamda o‘zgartirish, ularning ish haqi va ishsizlarni ish bilan ta’minlash 
ko‘rsatkichlarini tartibga solish masalalarini ham qamrab oladi. Shuni qayd etib o‘tish kerakki, 
asosan jamoaviy mehnat shartnomasi tizimi va bevosita davlatning tartibga solish tizim amal 
qilishiga qaramay, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi munosabatlar yakka tartibda ham hal 
etilishi mumkin. Xodim bilan tuzilgan shaxsiy shartnoma ish beruvchi uchun ancha foydalidir. 
Shaxsiy shartnoma tizimi yollanuvchining mehnat sharoiti va unga to‘lanadigan ish haqini shu 
odamga qarab belgilash imkonini beradi. Jamoaviy bitimlarga ko‘ra esa, bunday qilib bo‘lmaydi. 
Shu bilan birga, tuziladigan shaxsiy bitim ko‘p hollarda yollanuvlarni ijtimoiy kafolatlarning 
kattagina qismidan mahrum etadi. Mehnat munosabatlarini shaxsiy uslubda tartibga solish va 
bandlikning qayishqoq shakllarini joriy etish – yollanuvlar kuchidan foydalanish (ekspluatatsiya 
xarakterida), kuchaytirish hamda doimiy ishlovchi shaxslar uchun ilgari mavjud bo‘lgan ijtimoiy 
kafolatlardan voz kechilishidan tashqari yana bir qator salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Jumladan, rivojlangan mamlakatlardagi mehnat bozorlarida doimiy ishchi kuchlarini vaqtincha 
yoki to‘liqsiz ish vaqtida ishlovchi shaxslar (yoshlar, xotin-qizlar, nogironlar va hokazo) bilan 
almashtirish qoida tusiga kirmoqda. Tabiiyki, mazkur ijtimoiy guruhlarning vakillari ijtimoiy 
jihatdan kam muhofazalangan va jamoaviy shartnomalar bilan qamrab olinmagan. Shu bois davlat, 
ayniqsa, xo‘jalik yuritishning bozor munosabatlariga o‘tish sharoitlarida yollashning shaxsiy 
shartnoma shakllari rivojini nazorat qilib borishi kerak. Aks holda, norozilik kuchayishi natijasida 
davlat ishsizlik bo‘yicha ijtimoiy to‘lovlarni ancha ko‘paytirishga majbur bo‘lib qoladi. So‘nggi 
holatni alohida hisobga olishimiz lozim. Chunki, respublikamizda, bir tomondan, tadbirkorlik, 
ishchilarni yollab ishlatish bo‘yicha hususiy tadbirkorlik va biznes yaxshi rivojlanmagan bo‘lsa, 
ikkinchi tomondan esa, kam ta’minlangan hamda ijtimoiy jihatdan yetarli darajada himoya 
qilinmagan aholi orasida ishsizlar soni oshib boryapti. Bularning hammasi mehnat bozoridagi 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning yangi, samarali hududiy usullarini, ularni 
mehnat resurslari ortiqcha va yetishmaydigan hududlarga bo‘lgan holda, tadqiq etishni talab 
qilmoqda. 12.4. Mehnat bozorini tartibga solishning mintaqaviy usullari Respublikaning mehnat 
resurslari ortiqcha hududlari, avvalo, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Samarqand, 
Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlari uchun mazkur bozorni tartibga 
solishning ancha samarali usullari deb, ishchi kuchiga bo‘lgan talabning oshishi va uning taklifi 
kamayishini hisoblash zarur. Mazkur usullar nimalarda ifodalanishini batafsil ko‘rib chiqaylik. 
Ishchi kuchiga talabni oshirish usuli. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida mulkni 
xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, ekinlarni yetishtirishda tarkibiy tuzilmani qayta 
qurish, zarar keltirib ishlayotgan korxonalarni tugatish, fan texnika taraqqiyoti yutuqlari va 
intensiv texnologiyalarni joriy etish hisobiga asosan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidan 
bo‘shatilayotgan xodimlar soni tez ko‘paymokda. Ishchi kuchiga bo‘lgan talabni oshirishni 
rag‘batlantirish usullarini tadqiq etish mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga 
hamda mazkur hudud uchun samarali tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgandir. Mahsulotlarni 
qayta ishlash, saqlash va qayta qilish hamda servis xizmati ko‘rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati 
bo‘yicha ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish kuchlari va bandlikning noan’anaviy shakllarini 
rivojlantirish, agrar sektorda ishdan vaqtincha bo‘shatilayotgan shaxslar uchun mavjud 
korxonalarni kengaytirish va qayta ta’mirlash hamda yangi ish joylarini yaratish maqsadida 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar – sarmoyalar hajmini ko‘paytirishni rag‘batlantirish mazkur 


uslubni qo‘llanishning asosiy yo‘nalishlaridir. Ishchi kuchlariga talabni oshirishni mehnat 
resurslarini qayta taqsimlashdan manfaatdor iqtisodiyot tarmoqlarida ish joylarini yaratish hamda 
mavjudlarini qayta ta’mirlash va yangi, zamonaviy kasblarni egalga sarmoyalarni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri jalb qilish orqali tartibga solish mumkin. Dotatsiyalar, subsidiyalar va kreditlarni 
agrosanoat majmui korxonalarini, ayniqsa, qayta ishlash korxonalarini qurish, texnik jihatdan 
qayta qurollantirish va rekonstruksiyalashga, shaxsiy mehnat faoliyatini rivojlantirish yo‘li bilan 
xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirishga, shuningdek, ko‘p bolali ayollar, mehnatga layoqatli 
pensionerlar, nogironlar, o‘smirlar va hokazolarga mos ish joylarini vujudga keltirishga yunaltirish 
maqsadga muvofiqdir. Shu tariqa ortiqcha mehnat resurslarini yuqorida aytib o‘tilgan tarmoqlarga 
va ayrim maxsus ish joylariga jalb etish, ayni paytda ishchi kuchlarining kasbiy va malaka 
tarkibiga bevosita ta’sir o‘tkazishi mumkin. Muvaqqat ish joylarini yaratish va mulkchilikning 
turli shakllarini rivojlantirishni rag‘batlantirish – aholi bandligini oshirishning eng muhim 
yo‘nalishlaridan biri. U korxonalarning iqtisodiy manfaatdorligini oshirish, budjet to‘lovlari va 
xodimlarning vaqtincha va qisman bandligi uchun ijtimoiy sug‘urta badallariíè kamaytirish, ularni 
ishga qabul qilish jarayonini yengillatish, bandlikning noana’naviy shakllarini tashkil etish bilan 
bog‘liq sarf-xarajatlarni to‘lash kabi chora-tadbirlar yordamida amalga oshiriladi. Ishchi 
kuchlariga taklifni kamaytirish usuli. Ishchi kuchlariga bo‘lgan taklifni kamaytirishga, 
shuningdek, ularning mehnat bozoriga oqib kelishini qisqartirish va boshqa joyga ketishini 
rag‘batlantirish hamda ish vaqti va mavjud ish joylarini ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lganlar 
o‘rtasida qayta taqsimlash orqali samarali ta’sir etish mumkin. Respublikamiza «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi» asosida umumta’lim dasturlarini kengaytirish va o‘qish muddatini 
uzaytirish bilan kasbiy tayyorgarlikni yaxshilash, o‘quv yurtlarida kunduzgi ta’lim olinadigan 
o‘qóâ o‘rinlarini ko‘paytirish va kechki hamda sirtqi o‘quvdagi talaba o‘rinlarini qisqartirish, 
ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotganlarga stipendiyalar miqdorini oshirish, ayollarga bola 
parvarishi uchun to‘lanadigan nafaqalar va beriladigan ta’til muddatini ko‘paytirish, mehnat stajini 
hisoblashda ularga imtiyoz berish; pensionerlar, nogironlar hamda ularni parvarishlaydigan 
shaxslarning pensiyalarini oshirish mehnat bozorida ishchi kuchlarining oqib kelishini kamaytirish 
chora-tadbirlari hisoblanadi. Ish bilan bandlar orasida ish vaqti va ish joylari ishchi kuchlariga 
bo‘lgan taklifni kamaytirish maqsadlarida qayta taqsimlanadi. Mehnat resurslari ish bilan 
bandligining xususiy va vaqtinchalik shakllariga o‘tishlarini rag‘batlantirishga ularga ham ish 
bilan to‘la band qilingan shaxslarga mo‘ljallangan ijtimoiy ta’minotning o‘sha turlarini, ta’tillar 
va boshqa ijtimoiy kafolatlarning miqdorlarini o‘rnatish, kafolatlangan eng kam mikdordagi ish 
haqi bilan ta’minlash, har yili beriladigan ta’tillarni o‘z vaqtida berish, ish kuni va ish haftasi 
davomiyligini qisqartirish orqali erishish mumkin. Mamlakatimizning mehnat resurslari 
yetishmaydigan mintaqalari (Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi)da 
ishchi kuchlariga talabni kamaytirish hamda ular taklifini ko‘paytirish mehnat bozorini tartibga 
solishning maqsadga muvofiq usullaridir. Ishchi kuchlariga talabni kamaytirish usuli. Mazkur 
usulga hududiy hokimiyatlarning u yoki bu mintaqalarda, tarmoqlar yoki kasb-hunarlar bo‘yicha 
ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va yangi ish joylarini vujudga keltirishni 
sekinlashtirishga oid quyidagi chora-tadbirlar: ortiqcha ishchi kuchlaridan foydalanganlik uchun 
ko‘shimcha soliqlarni belgilash; qattiq kredit siyosatini o‘tkazish; korxonaga xodimni ishga 
olganligi uchun bir martalik to‘lovni joriy etish; ortiqcha ishchi va xizmatchilarni qisqartirishni 
rag‘batlantirish va hokazolar kiradi. Bundan tashqari, ishchi kuchlariga talabni kamaytirishda 
mehnat unumdorligini oshirish va tejamkorlikka erishish muhim ahamiyatga egadir. Ishchi 
kuchlari taklifini ko‘paytirish usuli. Hozirgi shart-sharoitlarda mehnat bozoriga ishchi kuchlari 
taklifini mutlaq ko‘paytirish, umuman, mumkin emas. Ishchi kuchlari taklifini ko‘paytirishga 
sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari va shaxsiy mehnat faoliyati sohalarining rivoji jiddiy to‘siq 
bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, hozirgi paytda ishchi kuchi taklifi na kasb, na malaka tuzilishi 


bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlaridagi jonli mehnatga talabning o‘sish sur’atiga javob bermaydi. Shu 
bois ishchi kuchi taklifining sifat ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish hamda ularning mehnat bozoridagi 
raqobatbardoshligini oshirish lozim. Buning uchun esa, bandlikning davlat xizmati tizimidagi va 
boshqa o‘quv yurtlaridagi xodimlarning malakalarini oshirishni tashkil etish, korxonalarning 
o‘zidagi maxsus kurslarda kasb-korga o‘rgatishni yaxshilash va ularga soliq to‘lovida imtiyozlar 
berish mahalliy kadrlar raqobatbardoshligini oshirishning maqsadli maxsus dasturèni ishlab 
chiqish kerak. Ishchi kuchlari taklifini rag‘batlantirish xodimlarni ishga yollash va joylashtirishga 
yordamlashish usullarini qo‘llanish orqali ham amalga oshiriladi. Bu usullar tashkiliy tusda bo‘lib, 
bo‘sh ish joylari va ishga joylashish hamda qayta o‘qitishga muhtoj fuqarolarning soni haqidagi 
ma’lumotlar bankini tashkil etishni, aholini ishga joylashish imkoniyatlari haqidagi axborotlar 
bilan ta’minlashni, ishsizlarni ro‘yxatga va hisobga olishni, kasbga yo‘naltirishga oid chora-
tadbirlarni ishlab chiqish va o‘tkazish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi. Mehnat resurslarini qayta 
taqsimlashning ancha samarali usullari orasida turmush darajasini tartibga solishni alohida ajratib 
ko‘rsatish mumkin. Mazkur uslublar hududlarning moliyaviy resurslari hisobidan xodimlarning 
mehnat va uy-joy shartsharoitlarèni hamda madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish darajalarini 
yaxshilash kabi tadbirlarni o‘tkazib, ularni tartibga solish asosida tatbiq etiladi. Mehnat bozorida 
ishchi kuchlarini yollashda erkin va samarali raqobat – yollanuvchilar bilan ish beruvchilar 
o‘rtasida ishchi kuchlariga bo‘lgan erkin talab va taklif tamoyilari asosida mehnat-tovarga o‘zaro 
manfaatli bahoni o‘rnatish. Bunda ishga yollash bozoridagi uning sifat ko‘rsatkichlari va 
raqobatbardoshligi, mahalliy va xorijiy mehnat birjalari tomonidan turli guruhlar va kasblar 
bo‘yicha bo‘sh ish joylari, ishchi kuchlarining narxlari haqidagi haqqoniy axborotning berilishi, 
ish beruvchilarning yollanma ishning muddatlari va xarakteri yuzasidan talablari va shartlari, 
mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishning ijobiy hàìäà salbiy oqibatlari va hokazolar 
hisobga olinadi. Mehnat bozoridagi erkin raqobatda ishchi kuchlarigina emas, balki shaxsiy yoki 
jamoaviy mehnat shartnomasi asosida foydali narxda o‘zining «mehnat qobiliyati»ni sotishga 
muhtoj kadrlar ham qatnashishi mumkin. Bu yerda mehnat resurslari bilan ish joylari o‘rtasidagi 
munosabatlarning sifat ko‘rsatkichlari yuzasidan erkin raqobat vujudga keladi. 12.5. Mehnat 
bozorini davlat tomonidan tartibga solish yo‘nalishlari Ishchi kuchi bozori ichki regulyatorlarining 
turli-tumanligi hamda uning samarali amal qilishi ijtimoiy jihatdan ahamiyatga ega ekanligi tufayli 
mehnat bozorida uni malakali ravishda tartibga solish talab etiladi. Ish bilan bandlik sohasida 
tartibga solishning bunday tizimini yaratish O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlarning asosiy 
ijtimoiy vazifalaridan biridir. Bu borada hozirda ayrim ishlar qilinganligini aytib o‘tish kerak: 
mehnat bozori va munosabatlarining yangi qonuniy asoslari (bandlik xizmatlari) tuzildi, ishsizlarni 
ro‘yxatga olish yo‘lga qo‘yilmoqda. Bugungi kunda respublikamizda 200dan ziyod mehnat 
birjalari (davlat bandlik xizmatlari) faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan mehnat munosabatlari 
bo‘yicha 2000 dan ortiqroq mutaxasis aholini ish bilan ta’minlash va faol ijtimoiy muhofaza 
masalalarini hal qilish bilan shug‘ullanmoqda. Bunda ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar (AQSH, 
Rossiya va h.k.)ning sinalgan tajribasiga ham suyanilmoq. O‘zbekiston hukumati imkoni bo‘lgan, 
huquqiy jihatdan asoslangan barcha dasturlar yordamida respublikada mehnat bozori siyosatini 
olib bormoqda. Hozirgi paytda mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solishning to‘rtta asosiy 
yo‘nalishini ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchidan, bu iqtisodiyotning nodavlat sektorida 
bandlikning o‘sishini rag‘batlantirish va ish joylari sonini ko‘paytirish dasturlari, ikkinchidan, ish 
kuchini tayyorlash va qayta tayyorlashga yo‘naltirilgan dasturlar va uchinchidan, ishchi kuchini 
yollashga ko‘maklashish dasturlari. Ulardan tashqari, to‘rtinchidan, hukumat ishsizlikni ijtimoiy 
sug‘urta qilish borasida ham dasturlar ishlab chiqishga kirishmoqda, ya’ni ishsizlarga nafaqa 
berish uchun mablag‘ jamg‘armasi tuzildi. Shu tarzdagi dasturlar doirasida, masalan, AQShda 
urushdan keyingi yillarda davlat sektorida (ijtimoiy xizmatlar sohasida – maorif, tibiiy xizmat 
ko‘rsatish, kommunal xo‘jalik hamda ijtimoiy binolar qurilishi va ta’mirlash-tiklash ishlarida) yuz 


minglab ish joylari yaratilgan edi. 2500 dan ko‘proq mahalliy agentliklarga (mehnat birjalariga) 
ega bo‘lgan AQSH ishga joylashtirish xizmati ishsizlarni ro‘yxatga olish bilan shug‘ullanadi. Ular 
bo‘sh ish joylari topishga harakat qilishadi, malakasini aniqlash maqsadida ishga da’vogarlarni 
test sinovidan o‘tkazishadi va boshqa shunga aloqador vazifalar bilan shug‘ullanishadi. Kadrlarni 
tayrlash va qayta tayyorlash masalasiga kelganda esa, AQShda uning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib oliy 
va o‘rta maktab, xususiy korporatsiyalarning o‘quv kurslari va markazlari hisoblanadi. Kasbga 
tayyorlashning davlat tizimi bu yerda ancha zaif rivojlangan. Mantiqan olganda uslubiy jihatdan 
bu yo‘nalishlar quyidagi tamoyillarga suyanadi (12.1-rasmga qarang): davlat bandlik xizmatlari 
vositasida ish bilan ta’minlanmagan aholini yangi kasblarga tayyorlash, qayta tayyorlash va 
malakasini oshirish; mehnat munosabatlarini huquqiy jihatdan uzluksiz tartibga solib borishni 
yo‘lga qo‘yish; ishsiz qolganlarni yo‘naltirilgan ijtimoiy muhofaza qilish. Tadqiqotlar 
ko‘rsatyaptiki, mehnat bozorini samarali tartibga solishning yuqorida sanab o‘tilgan usullari 
orasida ishchi kuchlariga talabni ko‘paytirish va uning taklifini kamaytirish usuli yetakchi o‘rinni 
egallaydi. 
MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASI TASHKILIY TARKIBLARI FAOLIYATLARINING 
ISTIQBOLLARI
REJA
13.1. Ish bilan bandlik xizmati shakllanishining zamonaviy tashkiliy tuzilmasi
13.2. Ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatlarining turli darajalarini o‘z ichiga oluvchi 
funksional tuzilmalar
13.1. Ish bilan bandlik xizmati shakllanishining zamonaviy tashkiliy tuzilmasi Bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish davrining eng keskin va muhim muammolaridan biri bu – aholining oqilona 
ish bilan bandligini ta’minlash hisoblanadi. Mehnat bozorini tartibga solish bu boradagi tashkiliy-
huquqiy negizlarni shakllantirish O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidan 
amalga oshirildi. Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichi vazifalaridan biri esa aholini kichik va 
xususiy biznesga ko‘proq jalb etish, mamlakatda tadbirkorlar va mulkdorlar qatlamini 
shakllantirish hamda shu orqali aholining ish bilan bandligini ta’minlashga erishishdan iborat 
bo‘ldi. Mehnat bozorini rivojlantirishning uchinchi bosqichida (2001-2005y.y.) quyidagi 
vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutildi; ishchi kuchiga talabni oshishi va uning taklifini 
kamayishiga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirishni ko‘paytirish; ish bilan bandlik xizmati va 
uning infratuzilmasida qudratli va tez rivojlanuvchi tizimni yaratish; aholining oqilona ish bilan 
bandligini shakllantirish; ishsizlikni yo‘l qo‘yiladigan darajasigacha qisqartirish; ish bilan band 
bo‘lmagan mahalliy xodimlarning malakasi, raqobatbardoshligi, ijtimoiy himoyasi va eksportini 
oshirish, mehnat bozorida ish bilan bandlik va ishsizlikni tartibga solishning samarali tashkiliy-
iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarini yaratish va h.k. .Mehnat bozorini rivojlanishining uchinchi 
bosqichida yuqorida qayd etilgan vazifalarni bajarish ijtimoiy yo‘naltirilgan mehnat bozorining 
shakllanishiga olib keldi. O‘zbekistonda ishchi kuchining yillik o‘sish darajasi ancha yuqoridir, 
ya’ni 2,2 – 2,3% atrofidadir. Bu esa, har yili kamida 4-5 foiz darajada yangi ish joylari yaratishni 
talab qiladi. Shunga qaramasdan, mehnat bozorida ish bilan bandlikka ko‘maklashuvchi tashkiliy 
va institutsional tuzilmalar vositachiligida faol davlat siyosatining yuritilishi mehnatga layoqatli 
aholini yuqori darajada ish bilan bandligini ta’minlashga qaratilgandir. Ish bilan bandlik 
xizmatining yillar davomida rivojlanishi davrida qonunlar, talablar hamda ijtimoiy-iqtisodiy 
holatlar o‘zgarmoqda, shunga mos ravishda faoliyat yo‘nalishlari o‘zgarishiga batafsil va aniq 


tuzatishlar kiritilmoqda. Biroq davlat ish bilan bandlik xizmati organlarining tashkiliy tuzilmasi 
shakllanib borishi va rivojlanishi ko‘p yillar davomida deyarli o‘zgarishsiz qolmoqda. Hududiy 
darajada davlat ish bilan bandlik xizmati shakllanishining zamonaviy tashkiliy tuzilmasi ish bilan 
bandlikka ko‘maklashish bo‘yicha bir qator yangi bo‘limlar tashkil etilishini talab etadi (13.1-
rasm). O‘zbekistonda mehnat bozorida yuzaga kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va demografak 
holatlar hamda ularning o‘zgarishi ish bilan bandlikka ko‘maklashish sohasidagi tashkiliy 
tuzilmalar faoliyatiga sezilarli ta’sir etmoqda. Mehnat salohiyatini tez sur’atlar bilan o‘sishi ish 
bilan bandlikni ta’minlash muammosini ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda. Davlat ish bilan bandlik 
xizmati organlarida bo‘sh ish joylari mavjud. Ayrim davrlarda ishchi kuchiga bo‘lgan talabning 
qoniqtirilmaganlik darajasi rasmiy ishsizlar sonidan 1,3-1,5 marta ortadi. Bu asosan, ishchi 
kuchiga talab va taklifning sifat ko‘rsatkichlari bilan mos tushmaganligi sabablidir. Keyngi 
yillarda bo‘sh joylar soni nisbatan kamaydi, biroq talab va taklifni sifat nuqtai-nazaridan 
muvofiqlashtirish muammosi saqlanib qolmoqda, bandlikka ko‘maklashish markazlariga malakali 
ishchilar oqimining ortishini hisobga oladigan bo‘lsa, bu muammo kuchayishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi hisob-kitoblariga 
ko‘ra, O‘zbekistonda ishsizlikning real darajasi iqtisodiy faol aholi sonining 3,8-5 %ni tashkil 
etadi. Jahon amaliyotida ishsizlikning chegaraviy yuqori darajasi etib, 10% hisoblanadi . Hozirgi 
vaqtda davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligi chegaralangan doiradagi 
ko‘rsatkichlar bilan baholanmoqda. Bunda gap qoida sifatida ish bilan band bo‘lganlar haqida 
emas, balki ish bilan band bo‘lmagan aholi haqida borayapti. Ish bilan bandlikni ta’minlash 
holatini baholashning mezoni ishsizlik darajasining o‘zgarishi hisoblanib, agarda u kamaysa – ish 
bilan bandlik xizmatining faoliyati samarali, agarda u oshsa – samarasiz hisoblanadi. Davlat ish 
bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholashda asosiy ko‘rsatkichlar ishsizlik 
darajasining o‘zgarishi va ishsizlikning davomiyligi bo‘lib hisoblangan. Ishsizlik darajasi va uning 
davomiyligini pasayishi ish bilan bandlik xizmati faoliyatining muvoffaqiyatli ekanligini, ishsizlik 
darajasi va davomiyligini turg‘unligi yoki o‘sishi uning faoliyat samaradorligi pasayishini va 
salbiy xulosa chiqarish zarurligini ifodalaydi. Davlat ish bilan bandlik xizmati va uning 
tumanlardagi bandlikka ko‘maklashish markazlari xodimlari bilan Mehnat bozori iqtosodiyoti 
rivojlanishi bo‘yicha sotsiologik so‘rovlar asosida tadqiqotlar o‘tkazish uning kelgusida 
rivojlanishi uchun tegishli xulosalar chiqarish imkonini beradi. Sotsiologik so‘rovning maqsadi 
ish bilan bandlikka ko‘maklashish tashkiliy tuzilmalari faoliyatlarini takomillashtirish va 
kelgusida rivojlantirish istiqbollari haqida ularning fikrlarini aniqlash hisoblanadi. Sotsiologik 
so‘rov natijalariga asosan ish beruvchilarga malakali kadrlar zarur bo‘lganda ko‘proq malakali 
kadrlarning o‘ziga (32%), oliy o‘quv yurtlariga (27%) va mehnat bo‘limlarida (17,5%) murojaat 
qilishlarini bildirganlar. Ko‘pchilik respondentlarning Samarqand Kadrlar Agentligi haqida to‘liq 
axborotga ega bo‘lmaganliklari sababli respondentlarning 2 %i ushbu agentlikka malakali 
kadrlarga zarurat yuzasidan murojaat qilishlarini bildirganlar. Shuning bilan birga mazkur ish 
beruvchilarning fikricha, yangi ish joylarini tashkil qilish, ishlab chiqarish va xizmatlar hajmini 
kengaytirishga to‘sqinlik qiluvchi quyidagi asosiy sabablar mavjud: kredit olishning murakkabligi 
(15%), ma’muriy buyruqbozlikning mavjudligi (19,5%), asosiy ishlab chiqarish vositalarining 
qimmatligi (10%), xom ashyoning yetishmasligi (13,5%), bank kreditlari foiz stavkalarining 
yuqoriligi (24%) va boshqalar. Ma’lumki, Mehnat bozori iqtosodiyoti ning rivojlanishi iqtisodiyot 
tarmoqlari rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishida 
to‘sqinlik qiluvchi yuqorida keltirilgan sabablar muqarrar ravishda ishsizlik sonini oshishiga olib 
keldi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ishsizlik nafaqasining kamligi (8,5%), ishsizlarning kasbi 
va malakasi bo‘yicha ish joyining qoniqtirmasligi (29%), ishsizlikning uzoq davom etishi (9%), 
bo‘sh ish joyi haqida aniq ma’lumotlarning yetarli emasligi (13,5%), taklif etilgan ish joyida ish 
haqining pastligi (36,5%) kabi sabablarga ko‘ra, ishsizlar ish topish maqsadida Mehnat bozori 


iqtosodiyoti tashkilotlari xizmatidan foydalanishni xohamaydilar. Respublikamizda ko‘p ukladli 
iqtisodiyotning shakllanib borishi ish bilan bandlikka ko‘maklashish sohasida nodavlat ish bilan 
bandlik xizmati rivojlanishiga zamin yaratmoqda. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan 
ma’lumki, turli yo‘nalishlarda ixtisoslashgan mehnat birjalarining shakllanishi va rivojlanishi 
oqilona ish bilan bandlikni ta’minlashning muhim asosi hisoblanadi. Mehnat bozori iqtosodiyoti 
rivojlanishida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish eng dolzarb hisoblandi: ish bilan bandlik 
xizmati qoshida hududiy axborot tizimini yaratish (18%), axborot almashtirishning qulay shart-
sharoitlarini vujudga keltirish (5,5%), bo‘sh ish joylari yagona axborotlar bankini yaratish 
(18,5%), rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish (23,5%), ish bilan bandlik xizmati 
rivojlanish mezonlari va ko‘rsatkichlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish (18,5%), 
rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish (14%) va boshqalar. Mehnat bozori iqtosodiyoti ning 
samarali shakllanishi va rivojlanishida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni alohida 
ahamiyatga ega: 1. O‘zbekiston Respublikasi «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida» Qonunda 
ko‘rsatilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatining 
strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha: Ish bilan bandlik xizmati organlari tomonidan ish bilan 
bandlik dasturini strategik rejalashtirish jarayonida kelajakdagi potensial ishchi kuchi taklifi 
(korxonalardan ozod etilayotganlar, o‘quv yurtlarini bitiruvchilar, harbiy qismdagilar, maktab 
bitiruvchilari va boshqalar) haqida aniq va to‘liq ma’lumotlar asosida xulosa berish zarur. Malakali 
mutaxassislarning rezyuma bo‘yicha ma’lumotlar bankini yaratish va ularning individual sifat 
tarkibining turli xilligini ta’minlash. Korxonalarning buyurtmasiga ko‘ra maqsadli kasbga o‘qitish 
va qayta o‘qitishni tashkil etish. Korxona va firmalarda xodim ish joyining ish haqi bo‘yicha uni 
qanoatlantirish darajasini ishlab chiqish. Ish haqi va boshqa qonuniy daromadlar chegarasini kun 
kechirish uchun zarur bo‘lgan miqdordan kam bo‘lmasligini ta’minlash. Yoshlarni mehnatga 
o‘rgatish bo‘yicha harakatlarni faollashtirish, ularni yoppasiga kasbga yo‘naltirish siyosatini 
ishlab chiqish. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha 
qo‘shimcha imtiyozlar yaratish. 2. Ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatining yo‘nalishlarini 
takomillashtirish bo‘yicha: 2.1. Ish bilan bandlik xizmati organlari xodimlari tomonidan 
mijozlarning quyidagi guruhlari bilan ishlashda tabaqalashtirilgan tarzda va individual jihatdan 
yondashish: maktab o‘quvchilari; harbiy xizmatdan ozod etilgan fuqarolar; o‘quv yurtlari 
bitiruvchilari va boshqalar. 2.2. Ish bilan bandlik xizmati organlari ishini ish bilan band bo‘lgan 
fuqarolar, haqiqatda ish izlayotganlar va ishsizlar bilan ishlashga bo‘lish. 2.3. Ish beruvchilar bilan 
ishlashda korxonada ish bilan bandlik masalalariga tegishli turli xil jarayonlarni 
istiqbollashtirishdan tortib, korxonani modernizatsiyalash, rivojlantirishda maxsus buyurtmalarni 
bajarish uchun xodimlarni maqsadli tayyorlashgacha bo‘lgan jarayonlar bo‘yicha samarali 
metodikani ishlab chiqish. 2.4. Ish bilan bandlik xizmati organlarining eng faol yo‘nalishlardagi 
faoliyatlari bo‘yicha imkoniyatlarini kengaytirish uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 
fuqarolar, ya’ni nogironlar va pensiya oldidagi yoshda bo‘lganlarni kamaytirish orqali ularga 
sarflanadigan moliyaviy mablag‘larni tejash. Ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatining 
asosiy maqsadi-fuqarolarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish, ishlashni xohlaydigan va tezda 
unga kirishmoqchi bo‘lganlarga qaratilgandir. Yuqorida keltirilgan kategoriyadagi fuqarolarni, 
kam ta’minlanganlarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy ta’minot xizmatiga muvofiq 
moddiy qo‘llab-quvvatlash obyekti bo‘lishi zarur. Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish 
Davlat jamg‘armasi mablag‘lari mehnatga layoqatli fuqarolarni ish bilan bandligiga 
ko‘maklashish bo‘yicha faol ish bilan bandlik siyosati o‘tkazishga taqsimlanishi zarur. 2.5. Ish 
bilan bandlik xizmati organlarining mijozlar bilan ishlash doirasini kengaytirish, masalan, nafaqa 
tayinlashda kishini puxta tekshirish yoki aldov yo‘llari bilan nafaqa olayotganlarni muntazam 
nazorat qilish. 3. Ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyat samaradorliklarining 
ko‘rsatkichlariga baho berish bo‘yicha: 3.1. Barcha bo‘limlar uchun axborotga ega bo‘lishni 


ta’minlash. Bo‘limlar o‘rtasida hamda tuman mehnat bo‘limlari o‘rtasida tajriba almashish 
jarayonini tashkillashtirish. 3.3. Tuman mehnat bo‘limlari faoliyatlarining samaradorligini 
baholash va muntazam nazorat etish. 4. Mehnat bozori holatiga baho berishda uning mezonlari va 
ko‘rsatkichlarini takomillashtirish bo‘yicha: 4.1. Ish joylarining soni va holatini baholash 
ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish zarur. Iqtisodiyot taromoqlarida yuzaga kelayotgan tarkibiy 
o‘zgarishlar natijasida korxonalardagi mavjud ish joylarining hammasi ham sharoiti va ish haqi 
to‘lovi bo‘yicha maqbul hisoblanmaydi. 4.2. Ishchining mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha 
uning ish joyi xarakteriga muvofiqligini aniqlash uchun metodika ishlab chiqish. 4.3. 
Korxonalarda kadrlar ko‘nimsizligini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 5. 
Davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatlarining samaradorligini oshirish 
bo‘yicha: 5.1. Viloyat davlat ish bilan bandlik xizmati organlari va Samarqand Kadrlar Agentligi 
o‘rtasida tajriba almashishni tashkil etish. 5.2. Davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmati 
organlari o‘rtasida yagona bo‘sh ish o‘rinlari bankini vujudga keltirish hamda axborotlar 
almashishni yo‘lga qo‘yish. 5.3. Yuqori malakali (eksklyuziv) kadrlar bo‘yicha ikki tomonlama 
ma’lumotlar bankini tuzish. 5.4. Ish bilan bandlikka ko‘maklashish sohasida faol ish bilan bandlik 
siyosatini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni ta’minlash. 5.5. Aholini ish bilan 
ta’minlashda tarmoqlardagi kasbiy malaka bo‘yicha ixtisoslashish. Yuqorida keltirilgan fikr-
mulohazalar bo‘yicha quyidagicha xulosa chiqarish mumkin; ish bilan bandlik xizmati tizimida 
yangicha strategiya ishlab chiqish zarur, shunday ekan, yangi masalalarni bajarishni ta’minlashda 
yangi ish bilan bandlik xizmatining tashkiliy tuzilmasini yaratishga ehtiyoj seziladi. Shuning 
uchun bugungi iqtisodiy o‘zgarishlar qat’iy ravishda zarur bo‘lgan eng muhim islohotlarni 
o‘tkazish kerakligini va ish bilan bandlik xizmatining tez sur’atlar bilan rivojlanishini talab 
etmoqda. 13.2. Ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatlarining turli darajalarini o‘z ichiga 
oluvchi funksional tuzilmalar Ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatlarining turli darajalarini 
o‘z ichiga oluvchi va belgilangan, bir-biriga yaqin masalalarni bajarilishini ta’minlovchi 
funksional tuzilmalar tuzish zarur. Bu funksional tuzilmalarning yaratilishi mehnat bozorida 
samarali davlat siyosatini yuritishning tashkiliy asosi bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, funksional 
tuzilmalar faoliyatining belgilangan masalalar bo‘yicha maqsadidan kelib chiqqan holda o‘zaro 
birikishi ular o‘rtasida aloqadorlikni mustahkamlaydi va funksiyalar takrorlanishini 
minimumgacha tushirishni ta’minlaydi. Shunday qilib, aniq belgilari bo‘yicha bir qancha tashkiliy 
bloklarning o‘zaro aloqadorligini o‘z ichiga oluvchi tashkiliy tizimlar quyidagilardan iborat 
bo‘lishi kerak: ishga joylashtirish imkoniyatlarini rivojlantirish, ish bilan bandlik dasturi hamda 
ishga joylashtirishga kumaklashish bo‘yicha tashkiliy tizim; statistik tadqiqotlar o‘tkazish, mehnat 
bozorini tahlil qilish va istiqbollashtirish va sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy 
tizim; ish bilan bandlik xizmatining rivojlanishi, personalni boshqarish, ish bilan bandlikka 
ko‘maklashni moliyalashtirish bo‘yicha tashkiliy tizim; ixtisoslashgan ish bilan bandlik 
(adminstrativ – boshqaruv xodimlarini ishga joylashtirish masalalari, migrantlar, nogironlar, 
qishloq aholisi, jamoat ishlari, vaqtinchalik ishga joylashtirish). Yuqorida keltirilgan tuzilmaviy 
tizimlar, bir tomondan – funksiyalar bajarilishining bir xilligi bo‘yicha, ikkinchi tomondan – aloqa 
turi bo‘yicha turli darajalardagi aloqalarni yuzaga keltiradi. Hududiy darajadagi ish bilan bandlik 
xizmati organlarining iyerarxik (pog‘anali) tuzilishi viloyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza 
qilish Bosh boshqarmasi va uning joylardagi mehnat bo‘limlaridan iboratdir. Hududiy ish bilan 
bandlik xizmati organlari alohida yo‘nalishlar bo‘yicha ixtisoslashgan bo‘limlar ko‘rinishidagi 
tashkiliy tuzilmalar safatida iborat bo‘lmasligi kerak. Chunki, alohida funksional yo‘nalishlar 
bo‘yicha ixtisoslashgan bo‘limlarning mavjudligi ular o‘rtasida tajriba va axborot almashish 
samaradorligini pasaytiradi. Shunday ekan, ish bilan bandlik xizmati organlari bir qancha 
yo‘nalishlarni birlashtiruvchi alohida bloklardan iborat bo‘lishi zarur (13.3-rasm). Hududiy ish 
bilan bandlik xizmati va uning joylardagi mehnat bo‘limlari o‘rtasida samarali munosabatlarni 


ta’minlash hamda mehnat bo‘limlari mutaxassislari ishlarining samaradorligini oshirish uchun 
joylardagi mehnat bo‘limlari ish faoliyatlarini qayta qurish zarur. Tuman bandlikka ko‘maklashish 
markazlarining ishsizlar bilan ishlashi alohida funksional qismlari faoliyati yakka tartibda va aniq 
izchillikda olib boriladi. Ishsizlar bilan ishlashning birinchi bosqichida bandlikka ko‘maklashish 
markazlariga murojaat qilgan kishi ishsiz sifatida ro‘yxatga olingandan keyin, ishga joylashtirish 
bo‘yicha inspektor mos ish joyini izlaydi. Inspektorning bu faoliyati 1-1,5 oyni tashkil etadi. 
Keyingi bosqichda mijozning ish bilan band bo‘lmaganlik (agarda u ishlayotgan bo‘lmasa) 
sabablari aniqlanadi. Bunda ishsiz fuqaro kasbga yo‘naltirilishi yoki qayta o‘qitishga yuborilishi 
mumkin. Bu jarayon 1 haftadan 1 oygacha muddatni olishi mumkin. Ishsiz bilan ishlashning 
keyingi davriga 1,5 dan 2 oygacha vaqt ketishi mumkin. Demak, mijozning ishsiz sifatida 
ro‘yxatda bo‘lish davri o‘rtacha 5 oy chegarasida tebranib turadi. Tuman mehnat bo‘limlarida 
ham ishsiz sifatida ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning ishsizligining davomiyligini qisqartirish 
maqsadida, bir necha mutaxassislarni birlashtiruvchi alohida bloklardan iborat bo‘lishi kerak. 
Tuman mehnat bo‘limlarida turli yo‘nalishlardagi ishlar bo‘yicha bir necha mutaxassislarni o‘z 
ichiga oluvchi komanda yoki qism ko‘rinishidagi tuzilmalarni tashkil etish zarur. Masalan: Ishga 
joylashtirish bo‘yicha xodim (yoki xodimlar), ular ishsizlarning hujjatlarini dastlabki tekshiruvini 
o‘tkazish, bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha har tomonlama (ish haqi to‘g‘risida, mehnat xarakteri 
to‘g‘risida) axborotlar to‘plash kabi faoliyatlar bilan shug‘ullanishlari mumkin; Ish beruvchilar 
bilan ishsizlarning uchrashuvlarini tashkillashtiruvchi va ish beruvchilar bilan ish uchun javobgar 
xodim; Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha maslahatchi xodim va qayta o‘qitish bo‘yicha mutaxassis. 
Bunday komandalarning funksional majburiyatiga ishchi kuchiga talab haqida axborotlarni 
to‘plash, korxonalar uchun xodimlar tanlash, mehnatni tashkil etish masalalari bo‘yicha 
tadbirkorlarga maslahatlar berish va boshqalar kiradi. Bunda komandalarning samarali ishlashi 
uchun tuman mehnat bozori segmentlari bo‘yicha ajratish mumkin (hududiy belgilari bo‘yicha, 
iqtisodiy belgilari bo‘yicha va boshqalar). Mehnat bozorida tarmoq belgilari bo‘yicha 
segmentlarga ajratilishi natijasida har bir tarmoqda mutaxassis – xodimlarning ixtisoslashishi 
tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ularning ish bilan bandlikka ko‘maklashish 
sohasidagi faoliyatlarining samaradorligini oshiradi. Mehnat bozorida ish bilan bandlik 
masalalarini yechishning bunday shaxsiy yondashuvi tuman ish bilan bandlik xizmati 
mutaxassislarining javobgarligini oshiradi hamda ish bilan bandlik xizmati organlarining 
yo‘llanmasi bilan ishsizlarni ishga qabul qilishda ish beruvchilarning rad etishini kamaytiradi. 
Shuningdek, eng birinchi – ishsizlarga xizmat ko‘rsatish vaqti qisqaradi, bu esa, ishsizlikning 
o‘rtacha davri qisqarishiga olib keladi. 

Download 221,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish