261
4.
Dars va darsdan tashqari jarayonlarda ham talabalarga mustaqillik bermaydi.
Hamma narsa o’z aytganidek bo’lishini talab qiladi.
5.
“Gunohkor”larning aybini hammaning oldida aytib, tengdoshlar oldida uning
obro’yini tushiradi.
6.
Kichkina bolalar bilan muomala qilgandek, muomala qiladi.
7.
Talabalarning shaxsini hurmat qilmaydi, qo’pol ohangda gapiradi.
8.
Agar talabalarning sirini bilib qolsa, uni hammaga aytadi.
9.
Qiyinchiliklarda, qiynalganda tushunmaydi – yordam bermaydi.
10.
Jahli tez.
III. Talabalar orasida yoki talaba-o’qituvchi orasidagi konflikt ikki kishi bilan chegaralanib
qolmasdan, atrofidagilarning kayfiyatiga ham salbiy ta’sir etadi. Bu jarayon quyidagicha
kechishi mumkin:
1) Auditoriya jamoasida 2 yoki bir necha talaba orasidagi konflikt darsning
samaradorligiga salbiy ta’sir etadi. O’qituvchi va talabalarning ancha vaqti konfliktning
muhokamasi bilan o’tadi.
2) Konflikt natijasida auditoriyani boshqarish kundan-kunga qiyinlashib boradi. Agar
auditoriyada konflikt chuqurlashsa, o’qituvchining auditoriyani nazorat qilishi va boshqarish
izdan chiqadi.
3) Konflikt natijasida auditoriyada hamjihatlik, hamkorlik, do’stlik munosabatlari sustlashib
boradi.
Sharq mutafakkiri, mashhur tibbiy olim Abu Ali ibn Sino o’zining “Urjuza” (“Tibbiy doston”)
asarida inson hayotidagi hayvoniy hislar bilan aqlli his-tuyg’ular o’rtasida muvozanat
buzilganda paydo bo’ladigan konflikt holatini quyidagicha tasvirlaydi:
G’azablanish qo’zg’atadi haroratni
Zarar etib, olur tandan halovatni
Qo’rqish sovuqlikni qo’zg’ar, o’ynar yurak
Haddan oshsa ba’zan odam bo’lgay halak.
Shodu hurram kechsa hayot yayrar badan
Et semirib, ondan yetgay zarar ba’zan.
Ozg’inlarni o’ldiradi qayg’u beshak,
Kim ozmoqchi bo’lsa unga qayg’u kerak.
Insonning ruhiy va jismoniy sohasiga konflikt va uning asoratining qanchalik zararli
ekanligi alloma bu misralarda naqadar mohirlik bilan tasvirlagan.
Jamoada (auditoriya jamoasi, mehnat jamoasi va boshqalar) har xil mavqyedagi shaxslar
o’rtasidagi kelishmovchiliklar ancha murakkab kechadi. Jamoaning rasmiy
15
va norasmiy
16
yetakchilari va ayrim tengdoshlar orasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklarda, agar jismonan
kuchli bo’lsa, salbiy xulq-atvori va xatti-harakati bilan o’z atrofiga o’ziga o’xshagan
“mushtumzo’rlar”ni to’plagan bo’lsa, auditoriyadagi jismonan kuchsiz,
xavotirlanish
darajasi
yuqori, qo’rqoq, o’ziga ishonchsiz talabalarni ta’qib qilishi, zo’rlik bilan o’ziga bo’ysundirishi,
ularni yomon yo’llarga boshlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: