V. M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet377/410
Sana11.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#350893
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   410
Bog'liq
Psixologiya

O’zining tashqi ko’rinishi haqida noto’g’ri fikr shakllanishi
. “Men beo’xshovman”, 
“Men  chiroyli  emasman”,”Menga  qizlar  (yigitlar)  qaramaydi”  va  boshqa  fikrlar  asta-sekin 
shaxsga  ta’sir  etib,  ichki  konfliktni  keltirib  chiqaradi.  Seksopotologlarning  fikricha,  shunday 
shaxslar katta kishi bo’lib yetishganda ham yoshligidagi o’z ko’rinishi haqidagi salbiy fikr ta’sir 
etib,  o’z  seksual  kuchiga  ishonchsizlikni,  o’zining  yaxshi  xotin (er) bo’lishga qobiliyatsizlikni 
keltirib chiqarishi mumkin. 
10.
 
Hissiy yaqinlikdan qo’rqish
. Shaxs boshqa tengdoshlari bilan juda yaqinlashib 
ketishdan  qo’rqishiga  sabab,  go’yoki  uning  fikricha,  do’stlarida  uning  haqida  salbiy  fikr 
shakllanishi  mumkin.  Yoki  yosh  qiz  (yigit)  o’zining  ichki  dunyosini  boshqalarga  ochishga 
qo’rqadi. Natijada shaxsda doimo o’zining sirlarini “ochib” qo’yishdan qo’rqish ichki konfliktni 
keltirib chiqarishi mumkin. 
11.
 
Doimiy ikkilanish
. “Men o’zim ham nima qilishni bilmayman” deb javob beradi. 
Tashabbussizlik, qat’iyatsizlik psixiatrlarning fikricha, ikkilanish har xil asab va ruhiy nuqsonlar, 
kasalliklarga olib kelishi mumkin. 


 
264 
12.
 
Tengdoshlarga, sheriklarga (katta kishilarda turmush o’rtog’iga haddan tashqari 
katta  talab  qo’yish)
  albatta,  bunday  xatti-harakat  oxiri  shaxslararo  konfliktga  sabab  bo’lishi 
mumkin.  Shunga  o’xshash  yana  bir  xususiyat,  atrofdagi  tengdoshlar,  yaqinlarini  o’ziga 
o’xshash o’zgartirishga urinish, atrofdagilarning shaxsiy “men”ligini e’tiborga olmaslik natijasida 
kelib chiqadigan konfliktlar. 
Yuqorida keltirilgan sindromlar ko’pchilik yoshlarda ozmi-ko’pmi bo’lishi mumkin, ammo 
bu  belgilar  yosh  o’sishi  bilan  yo’qolib  yoki  kamayib  boradi.  Bordi-yu,  bu  psixologik  belgi 
yo’qolmas, balki kuchayib borsa, oxir-oqibat inson hayotda “yakkalanib” qolishi hyech narsa 
emas.  Yakkalik  –  bu  ijtimoiy muhit bilan kelisha olmaslikdan kelib chiqqan psixologik holat. 
Shaxsning o’z-o’zidan noroziligini, ichki konfliktni keltirib chiqaradigan sabablardan yana biri 
“Menlik”  tushunchasining  shakllanishidagi  muvozanatning  buzilishidan  yuzaga  keladigan 
xarakter xususiyatlari. 
Birinchi  kurs  talabasi  hyech  kimga  qo’shilmas,  ammo  hyech  kim  bilan  yomon 
munosabatda  ham  emas  edi.  Guruhda  o’tkazilgan  tadqiqotlarda  (sosiometriya  metodikasi 
yordamida) bu qizni sherik sifatida hyech kim tanlamadi. Vaholanki, guruhning 93 %ini qizlar 
tashkil etar edi. Talaba bilan yaqindan tanishish, uning onasi shahar maktablaridan birining 
rahbari  bo’lib,  bu  qiz  bolalar  bog’chasiga  borgandan,  toki  maktabni  bitirguncha  onasining 
“homiyligida”  bo’lgan.  Qiz  oilaning  hamma  (akalar,  opalar  va  boshqa  qarindoshlar)  “sajda 
qiladigan  sanami”,  ota-onasining  erkasi  edi.  Qiz  odob-ahloqli,  uyatchan,  sharm-hayoli 
bo’lishiga qaramasdan, o’zi haqida yuqori fikr shakllanib ulgurgan edi. 
Ona va otasining fikricha, qiz juda iqtidorli, kelajagi porloq bo’lib, bu orzu-havaslarning 
amalga  oshishi  uchun  yagona  narsa  yetishmas  edi.  Bu,  ya’ni  institutni  bitirganligi  haqidagi 
diplom. Albatta, onasining va otasining hurmati uchun maktabni a’lo baholar bilan bitirgan qiz, 
institutga  kelib,  katta  qiyinchiliklarga  uchragan.  Birinchidan,  maktabda  u  o’qituvchilarning 
“sevimli”  talabasi,  tengdoshlar  orasida  o’ziga xos “o’rni” – bor edi, insitutda u hamma qatori 
oddiy talabaga aylanib qoldi. Ikkinchidan, maktabda ozgina gapirib bersa, “a’lo” baho olardi, bu 
yerda “yaxshi” baho olish uchun peshona teri to’kib xizmat qilish kerak. Uchinchidan, uzoq vaqt 
davomida, qizda o’zining qobiliyatliligi, kelajagi porloq ekanligi haqida noto’g’ri fikr shakllanib 
ulgurgan edi. Aslida bunday emas-ku. 
Natijada  real  (haqiqiy)  “menlik”  bilan,  ideal  “menlik”  o’rtasida  nomunosiblik  yuzaga 
kelgan. Psixologiya fanida bu tushuncha “Men” konsepsiya deyiladi yoki boshqacha aytganda: 
shaxsning hayoti jarayonida o’zi haqida shakllangan turg’un fikr va tushunchalar majmuasi.  
Maktab  rahbarining  qizida  shu  vaqtgacha  o’zi haqida shakllangan fikrlar, tasavvurlari, 
ideal “menni” tashkil etadi. Talabaning asl imkoniyatlari, intellektual, shaxsiy xususiyatlari esa 
real “menni” tashkil etadi. Ideal “men” bilan real “men”ning o’rtasidagi nomunosiblik talabaga 
ichki konfliktni va tashqi ijtimoiy muhit bilan ziddiyatni keltirib chiqargan. Natijada: talaba qizda 
muloqotdan  qochish,  kamgaplik,  guruhda  o’zini  begona  his  qilish,  o’zidan  norozilik  kelib 
chiqqan,  oilada  (opasining  ta’kidlashicha)  o’ta  injiqlik,  yig’loqilik,  opalar  va  ukalar  bilan 
kelishmovchilik kuzatilgan. 
Guruhdagi  psixologik  muhit  ancha  yaxshi  bo’lgani uchun, qizlar bu “kamgap” qizning 
odamoviligi,  o’zlariga  qo’shilmasligiga  unchalik  e’tibor  bermaganlar,  aynan  shu  omil  qizni 
guruhga  qo’shish  yuzasidan  o’tkazilgan  psixologik  tadbirlarni  osonlashtirdi.  Agar,  bordi-yu 
guruhda psixologik muhit yomon bo’lganda, bu qizning ahvoli nima kechishini tasavvur etish 
ancha qiyin.  
Demak, bola va o’smirlarning psixologik rivojlanishida “Men” konsepsiyasining ahamiyati 


 
265 
juda  katta  bo’lib,  bu  faqat  bola  va  yoshlarning  hulq-atvoriga,  balki  insonning  keyingi  hayot 
tarziga  doimo  ta’sir  etib  turadi.  Shaxsning  maktabgacha  davridagi  taraqqiyotida  “Men” 
konsepsiya:  “men  –  inson”,  “men  –  o’g’il  (qiz)  bola”  tasavvur  va obrazlar shakllanib borsa, 
keyinroq  “men  -  talaba”,  “men  –  o’rtoq”,  “men  –  sherik”,  “men  –  yigit  (qiz)”, “men – talaba”, 
“men – kasb egasi” kabi o’zi haqidagi obrazlar mustahkamlanib boradi.  
Yuqorida  keltirilgan  har  bir  tushuncha  (“men  –  yigit  (qiz)”  yoki  “men  –  talaba”  va 
boshqalar),  tasavvur  shaxsda  yetarli  shakllanmasa  yoki  nuqsonli  shakllansa,  bu  kamchilik 
shaxsning  hulq-atvorida,  xatti-harakatida,  o’quv  va  ish  faoliyatida  o’z  aksini  topadi.  Bu  shu 
shaxsda ichki va tashqi ijtimoiy muhit bilan konfliktga sabab bo’ladi. 
Masalan, N. ismli talaba – 17 yoshda. N.ning auditoriyadagi tengdoshlari va auditoriya 
rahbari bilan kelishmovchiligiga sabab, uning o’z xatti-harakati haqida, auditoriyadoshlari bilan 
o’zaro munosabati haqida mustaqil fikri yo’q. U jamoaga qo’shilmaydi, auditoriyaning ommaviy 
tadbirlariga kam qatnashadi. Yoshi 17 da bo’lishiga qarasdan, juda nochor, mustaqil fikri yo’q. 
Hamma  narsani  onasi  bilan  maslahatlashadi,  oilada  otaning  roli  juda  past  bo’lib  (bundan 
tashqari,  u  o’g’ilning  tarbiyasini  xotiniga  topshirib  qo’ygan),  N.  kim  bilan  yurishi,  kim  bilan 
do’stlashishi kerakligini ona belgilaydi. Vaholanki, biz N.ni infantil shaxs, deb ayta olmaymiz. U 
auditoriyada “yaxshi” va “a’lo” baholar bilan o’qiydi, bilimlar va qiziqishlar doirasi ancha keng va 
bu sohada  o’z fikri mavjud. Yagona kamchilik bu – N.da yigitlik, erkaklik tasavvuri va obrazlari 
yetarli emas, ya’ni ko’z oldida unga namuna bo’ladigan erkakning yo’qligi. Erkak bor, ammo, 
erkak kishiga, yigitlarga xos xususiyatlarni o’g’liga bera olmaydi.  
Natijada,  N.  tengdoshlari  va  o’qituvchilar  bilan  doimo  konfliktda  bo’lib,  uni  onasi 
maktabma-maktab ko’chirib yurishdan boshqa chora topa olmagan. Bundaylarni hatto, 18-20 
yoshdagi talabalar orasida ham anchagina uchratish mumkin. 
Diqqat bilan kuzatsangiz, ular oliy maktabda o’qisalar ham, nochorligi, muteligi, mustaqil 
fikrlashning kamligi bilan 3-4-auditoriya talabalarini eslatadilar. Yigitlarga xos ozgina vazminlik, 
ozgina  sho’xlik,  kuchli  iroda,  mag’rurlik,  mustaqil  fikrlash,  qat’iy  maqsad,  qizlarga  nisbatan 
hurmat va boshqa ko’pgina sifatlar va hislatlar yetishmaydi. 
 

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish