V. M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent


Yosh davrlari va konflikt



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet378/410
Sana11.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#350893
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   410
Bog'liq
Psixologiya

Yosh davrlari va konflikt 
 
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, ruhiy va asab kasalliklari miqdori keskin oshdi. Jahon 
Sog’liqni saqlash Tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda, 1970 yilda 1000 kishiga 127,8 ta 
ruhiy va asab bilan bog’liq bemorlar to’g’ri keladi.  
Ayniqsa, bolalar va o’smirlar orasida 30 yillarda 1000 bolaga 22-30 ta nevroz kasalligi 
to’g’ri kelsa, 1979 yilda nevroz va nefozga o’xshash kasalliklar soni 63 taga oshgan
17
. Keyingi 
yillarda  sog’lom  bolalarda  yuzaga  keladigan  o’tish  yoshlari  bilan  bog’liq  krizis  davrlari  yoki 
tanazzul davrlari haqida ko’p ilmiy tadqiqotlar va kuzatishlar o’tkazilganligi haqida ma’lumotlar 
mavjud
18

Krizis davrlari yoki yoshlari asosan 3, 7, va 12-15 deb farqlanadi. Shu yoshlarda bolalar 
va o’smirlar o’z-o’zidan injiq, qaysar, janjalkash bo’lib qoladi. Ota-onasi va yaqinlari bilan tez-
tez kelishmovchiliklar kelib chiqadi. Arzimagan narsaga xarxasha qiladi. Ba’zan kattalarning 
ota-ona, tarbiyachi va o’qituvchilarning aytganini qilmasdan o’jarlik qiladi. 
                                                 
17
 Psixogigiyena detey i podrostkov. – M.: 1985. – B. 17-34. 
18
 Psixogigiyena detey i podrostkov. – M.: 1985. – B. 20. 


 
266 
1) 3 yoshdagi krizis. Asosan shu yoshda bola organizmida yuz beradigan jismoniy va 
garmonal  o’zgarishlardan  tashqari  bolaning  ruhiy  tizimida  “men”lik  paydo  bo’lib,  o’z 
mustaqilligini kattalarga ko’rsatishga harakat qiladi. Shu vaqtgacha uning oyoq kiyimini kiydirib 
qo’ysangiz yoki ovqat yodirib qo’ysangiz “rahmat” aytar edi, endi sizni nariga itarib “men o’zim” 
deb o’jarlik qilmoqda, chunki kichik insonda “o’zlik” paydo bo’lib, shakllanmoqda. 
2)  7  yoshdagi  krizis.  Asosan  bolaning  hayot  tarzida  yuz  bergan  yangilik,  maktab 
sharoitiga  moslashish  bilan  bog’liq  bo’lib  bola  auditoriyadagi  tartib-intizomga,  o’qituvchining 
talablariga o’rganishi zarur bo’ladi. Bundan tashqari, bolaga uyda ham “dars tayyorlash”, “o’z 
vaqtida uxlash va ma’lum vaqtda ertalab turish” deya talablarni qo’yishadi. Bu o’zgarishlarga 
agar oila bolani tayyorlab borgan bo’lsa yoki bolaning o’zi jismonan va ruhan tayyor bo’lsa, bu 
jarayon yengil kechadi. Bordi-yu, bolaning asab va ruhiy tizimida qandaydir nuqsonlar bo’lsa, 
bola  maktabda  ta’lim  olishga  tayyor  bo’lmasa,  uyda  uni  maktabda  zarur  bo’ladigan  qoida-
qonunlar, tartib-intizomga o’rgatmagan bo’lsalar (40 minut davomida tinch o’tirish, boshqalarga 
halaqit bermaslik, o’qituvchining topshiriq va vazifalarini bajarish va boshqalar) o’qituvchi yoki 
tengdoshlari bilan konflikt kelib chiqishi muqarrar. 
3)  O’smirlik  yoshidagi  (12-15  yosh)  krizis.  Talabalarda intellektual imkoniyatlarining va 
shaxsiy-ijtimoiy tajribaning oshishi, dunyoqarash va bilimlar doirasining kengayishi kuzatiladi. 
O’smirda “men”lik his-tuyg’usi kuchayib, o’zini o’ta kuchli, bilimli, mustaqil his eta boshlaydi. 
Lekin bu yoshdagi krizisning asosiy aybdori – bu shu yoshda jinsiy his-tuyg’ular, qarama-
qarshi  jinsga qiziqish kuchayadi. Tengdoshlar bilan muloqot va o’zaro muloqot ehtiyoji ortib 
borib, ba’zan tengdoshlarning fikri va maslahatlarini ota-ona va o’qituvchilarning fikridan yuqori 
qo’yadi. Bu ham bir mustaqillik (emansipasiya) belgisi bo’lib, agar o’smir o’z istak va orzularini 
amalga oshirishning yo’lini topa olmasa, kundan-kun oshib borayotgan jismoniy va psixologik 
energiyani kuchni sarf qilishga joy topa olmasa, unda u noto’g’ri yo’llarga kirib ketishi mumkin. 
15-17 yoshlarda yanada orzu-havas va muammolar ko’payib boradi. Kelajakda qanday kasb-
hunar  tanlash,  jamiyatda  o’z  o’rnini  topish,  o’zining  hayot  yo’lini  belgilashdek  murakkab 
vazifalar  paydo  bo’ladi.  Shu  yoshlarda  o’smirlar  va  yoshlarni  har  xil  ijtimoiy  xavfli  to’da  va 
oqimlardan saqlash, uning kasb tanlashida, kelajagini, hayot yo’nalishini to’g’ri belgilashda ota-
ona va o’qituvchilarni xizmati katta bo’ladi. 
4) Talabalar psixologiyasi. Professor E.G’oziyevning ta’kidlashicha, “...o’quv yili boshida 
talabadagi  ko’tarinki  kayfiyat,  oliy  o’quv  yurtiga  kirganidan  zavq-shavq  tuyg’usi  kuzatilsa, 
ta’limning  shart-sharoiti,  mazmuni,  mohiyati,  kun  tartibi,  muayyan  qonun  va  qoidalari  bilan 
yaqindan  tanishish  natijasida  uning  ruhiyatida  keskin  tushkunlik  ro’y  beradi,  ...uning  ruhiy 
dunyosida  umidsizlik,  ruhiy  parokandalik  kayfiyati,  ya’ni  istiqbolga  ishonchsizlik,  ikkilanish, 
hadiksirash kabi salbiy his-tuyg’ular namoyon bo’ladi”
19
. Natijada talabalarda ichki, shaxslararo 
va “talaba – o’qituvchi” konfliktlari kelib chiqadi. 
E.G’oziyev va o’z kuzatishlarimizda shu narsa aniqlandiki, yuqorida bayon etilgan holat 
uzoq  davom  etmaydi,  3-6 oy davomida talabalarning ko’pchilik qismi oliy maktab sharoitiga 
moslashadilar. 
Bundan keyingi bosqichlarda asosan konfliktli vaziyat ball to’plash va yuqori baho olish 
bilan bog’liq bo’lib, ular talabalarning juda ozchilik qismini tashkil etadi. Bular asosan, 18-19 
yoshli  infantil  (o’z  yoshiga  nisbatan  hissiy  va  intellektual  darajasi  past)  yoshlar  orasida 
professor-o’qituvchilarning  talabalari  va  oliy  maktabdagi  tartib-intizomga  moslasha  olmagan 
                                                 
19

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish