16.2. Ijtimoiy-psixologik konfliktlar
Konflikt
guruhlari
Texnika bilan
bog’liq
konflikt
lar
Tabiiy hodisalar
bilan bog’liq
konflikt
lar
Ijtimoiy hayot
bilan bog’liq
konflikt
lar
Shaxslararo
konflikt
lar
258
“Bir kuni guliston, o’rmon, dengiz va biyobon qushlari har biri o’z guruhi bilan bir yerga
jam bo’lib, majlis tuzdilar. Ular muhabbat bilan navo tuzib, bazm tugagach, osmonga parvoz
qilmoqchi edilar. Ammo bu yig’inda ulardan hyech qaysisining tayin bir o’rni yo’q edi. O’tirishda
tartib bo’lmagani uchun Qalog’ (olaqarg’a) to’ridan, zog’ (go’ngqarg’a) esa Bulbuldan va
Qumrilardan yuqoriroqda o’tirdi. Xod (kalxat) Shunqordan to’rga chiqdi. Yurtachi (o’laksaxo’r
qush) esa Tovusni ham nazar-pisand qilmay yuqoriga o’tib ketdi. Hunarliklar o’rnini behunarlar
egalladi. Tojsiz qushlar to’rga chiqib olishdi, tojdor qushlar esa poygohda qolishdi. Nihoyat –
poygakdagilar konflikt chiqardilar, to’rdagilar esa ularning so’ziga quloq solmadilar. Natijada
qushlar orasida g’avg’o, to’polon ko’tarildi. Ular sodir bo’lgan ahvolni mojarolasha-mojarolasha
qizg’in muhokama qila boshladilar. Vaqt o’tgan sari bu mojaro tobora oshib bordi
14
.
G’azal, so’z va til mulkining sultoni, davlat arbobi A.Navoiy tomonidan tasvirlangan
konflikt jarayoni ba’zi bir jamoa va guruhlarda uchrab turadigan kelishmovchiliklarni eslatadi,
albatta.
Toshkent shahridagi maktablardan birida direktorni boshqa ishga o’tgani uchun uning
o’rniga yosh, ammo qaysidir maktabda o’quv bo’limining mudiri bo’lib ishlagan ayolni
tayinlashdi. Jamoa yangi rahbarni iliq kutib oldi, ayniqsa, uning yoshligi va “men bu maktabda
tartib o’rnatishga keldim, o’zim ham kuchimni ayamayman va Sizlardan ham shuni talab
qilaman”, – deb ishontirishi ko’pchilikka yoqib qoldi.
Chunki eski direktorning ba’zan o’z bilganicha, adolatsiz qarorlar qabul qilishi
o’qituvchilar jamoasi qarshilik qilmasa ham hazm qila olmasdi.
Rostdan ham maktabda tartib, intizom ancha yaxshilanib qoldi. Oldingi direktorning
“erkalari”ni yangi rahbar “joyiga o’tkazib qo’ydi”.Maktabning o’quv jarayonida, tashqi va ichki
ko’rinishida sezilarli o’zgarish yuz berdi. Lekin, yangi direktor yoshligi uchunmi yoki o’zining
qattiqqo’lligini ko’rsatish uchunmi, o’qituvchilar bilan gaplashganda, yig’ilishlarda qo’pol,
ortiqcha gapirganidan ayrimlar qattiq ranjiy boshlashdi. Shundaylar orasida maktabning o’quv
bo’limi mudiri ham bo’lib, u ancha tajribali, jamoada o’rni va obro’siga ega edi. Yangi
direktorning o’zidan ancha yosh bo’lishiga qaramasdan ayrim vaqtda qo’pol munosabatda
bo’lishi mudirning nafsoniyatiga tegdi. U bir-ikki marta rahbarga odamlarga nisbatan
munosabatini o’zgartirishni maslahat berdi. Asta-sekinlik bilan maktab jamoasi ikkiga bo’linib,
bir qismi rahbar atrofida, ikkinchi qismi mudir atrofida kichik guruhchani tashkil etdilar.
Tashqaridan qaraganda bu holat sezilmas, odamlar bir-biri bilan oldindagiday quyuq
salomlashar, birgalikda tadbir o’tkazishar, lekin o’rtada o’zaro ishonch yo’qolib, “o’zimizniki” va
“dushman tomon”ga jadal ravishda taqsimlanishdi. Har bir guruhcha o’zining keyingi harakat
taktikasini va strategiyasini burchak-burchakda yashirincha muhokama qilardi.
O’zaro tortishuvlar, bir-birining ustidan shikoyat xati yozishlar, kichik-katta yig’ilishlarda
dahanaki janglar avj oldi. Ba’zi birovlarning asabi chidamasdan ishdan bo’shash haqida ariza
yozdi. U konflikt agarda shunday davom etsa, nima bilan tamom bo’lishini hyech kim bashorat
qila olmasdi.
Yaxshiyamki, tuman Xalq ta’limi bo’limi bu konfliktga aralashib, direktor va mudirni ishdan
olib, o’rniga boshqa kishilarni tayinlash bilan barham berdi.
Konfliktning inson faoliyatiga (o’qish va mehnat) va jismoniy-ruhiy sog’ligiga qanday
zarari mavjud?
XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnika inqilobi va har xil sohalarda konfliktlarning avj
14
Navoiy A. Lison-ut tayr. – T.: 1991. – B. 282.
259
olishi natijasida ruhiy va asab kasalliklarining soni ortib bormoqda.
Irsiy sabablardan tashqari, ruhiy va asab kasalliklarini keltirib chiqaradigan katta ikkita
omil bor:
Shaxsning ichki (o’z-o’zi bilan) ruhiy konflikti;
Shaxsning tashqi ijtimoiy muhit bilan konflikti.
Konfliktning ruhiy turg’unlikka, ruhiy taraqqiyotga, rivojlanishga salbiy ta’sirini hyech
narsa bilan tenglashtirib bo’lmaydi. Konfliktni boshdan kechirgan yoki atrofdagilar bilan kelisha
olmagan shaxslarda tez xafa bo’lish, injiqlik, arzimagan narsa uchun janjal ko’tarish,
atrofdagilarga ishonmaslik hissi kuchayadi. Ba’zan buning teskarisi - o’ta passivlik, yig’loqilik,
birovga suyanib qolish, hamma yerdan va hammadan himoya izlash kabi belgilar namoyon
bo’ladi. Kuchli stress vaqtida va undan keyin shaxsning ongida konflikt va uning kechishi,
sabablari tinmasdan aylanadi, ba’zan o’zini ayblasa, ba’zan “qarshi” tomonni ayblaydi. Jiddiy
narsalar haqida fikrlash, diqqatni bir yerga to’plash qiyinlashadi.
Kechasi uyquga ketish qiyin, uyqu yuzaki, tez-tez uyg’onib ketadi, ba’zan tushida ham
kunduzgi kelishmovchilik davom etadi. Ko’pchilik mualliflarning, (jumladan o’zimizning ham)
fikrimizcha, uyqu konfliktning faol qatnashchilariga ijobiy ta’sir etadi. Shuning uchun bo’lsa
kerak konfliktli vaziyatlarning muhokamasini ertaga qoldiradilar. Sog’lom bosh miya mahsuli
bo’lgan ong va ong osti ko’pincha har qanday muammoning ham yechimini uyqu davomida
tayyorlab qo’yadi.
Konfliktning inson ruhiyati va asab tizimiga juda katta salbiy ta’siri bilan birga kuchli,
surunkali stress va kelishmovchiliklarning xavfli tomoni shundaki, uyda yoki ishda tez-tez bo’lib
turadigan konflikt shaxsning immun tizimini susaytiradi va endokrin tizimining ishini buzadi.
Fiziologiya fanidan ma’lumki, surunkali stress va konfliktlar vaqtida organizmda adrinalin
garmoni ko’proq ajraladi. Aslida bu gormonning vazifasi stress holatidagi organizmning hayot
faoliyatini yuqori darajada saqlash, ya’ni yetarli energiya va kuch bilan ta’minlash. Birov bilan
janjallashib qoldingiz, yuragingizning tez urayotganini sezasiz, qon tez aylanganidan va
tomirlarning torayganidan yuzingiz qizaradi, tomirlar bo’rtib chiqadi, mushtingiz o’z-o’zidan
qisiladi. Siz hujum qilishga va o’zingizni himoya qilishga tayyorsiz. Bu bosh miyadan kelgan
impuls (buyruqlar) natijasida qonda ko’plab adrinalin gormonining paydo bo’lishi bilan bog’liq
bo’lib, u ko’pgina ichki a’zolarni (yurak, qon tomirlar va boshqalarni, hatto ba’zi birovlarning
jahli chiqsa ishtahasi karnay bo’lib qancha ovqat yeganini bilmasdan qoladi, birovlarning qorni
og’riydi) tez va faolroq ishlashga majbur qiladi. Endi ko’z oldingizga keltiring, shaxs tez-tez
stress holatiga tushib tursa va organizmga adrinalin quyilib tursa, boshqacha aytganda, qon
bosimi tez-tez oshib tursa, bu odat tusiga kirib sal hayajonlansa ham qon bosimi oshib ketadi.
“Gipertoniya kasalligi” yoki tez-tez qulog’imizga chalinadigan «qon bosimi»ning oshishi
shundan boshlanadi. Immun tizimning susayishi esa markaziy asab tizimining faoliyati bilan
bog’liq bo’lib, asabiy bolalar va kattalarning har xil kasalliklarga tez berilishi kuzatilgan. Hatto
ota-onaning o’zaro janjali 3-16 yoshdagi bola va o’smirlarga o’ta salbiy ta’sir etishi va ularning
tez-tez somatik (ichki) kasalliklar bilan kasallanishlari aniqlangan. Surunkali stress va
konfliktlarning shaxsning fikrlash va hissiy jarayonlariga salbiy ta’siri haqida avstraliyalik doktor
Deymondning ta’kidlashicha, kuchli stress vaqtida o’ng va chap miya yarim sharlari orasida
balans (muvozanat) buziladi. Har bir yarim sharning o’z vazifasi bo’lib, ming yillar davomidagi
taraqqiyot davomida organizm va psixik faoliyat shunga moslashgan. Masalan: miyaning chap
yarim shari – tafakkurni, og’zaki nutqni, mantiqiy fikrlashni, axborot to’plashni boshqaradi.
Miyaning o’ng yarim shari – intuisiya, estetik va badiiy faoliyat, fazoviy yo’nalishlar, assosiativ-
260
tafakkur, shoshilish axborotlarni tayyorlash jarayonlariga javobgardir. Kuchli stresslar,
konfliktlar yarim sharlar o’rtasidagi muvozanat buzilib, bir yarim sharning ish faoliyati o’ta
kuchayib ketishi natijasida, u ikkinchi yarim sharni bosib qo’yadi. Yetakchilik qilgan yarim
sharning ish faoliyati kuchayib, natijada shaxs bir tomonlama idrok etadigan, bir tomonlama
tafakkur jarayoni amalga oshadigan bo’lib qoladi. Bunday kishi ijodiy, har tomonlama va erkin
fikrlashdan mahrum bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |