Shaxsning ichki (o’zi bilan o’zi) ruhiy konflikti.
Amerikalik psixolog Jeffri Yangning bu boradagi qarashlari.
Ijtimoiy-psixologik tahlillar. Yosh davrlari va konflikt. Talabalar psixologiyasi. Professor E.G’oziyevning
shu yo’nalishdagi tadqiqotlari mazmuni.
Oiladagi konfliktlar.
Oilaviy konfliktlar va ularning qisqacha psixologik tahlil. Psixokorreksiya. Psixolog
yordamiga muhtoj insonlarga berilgan ayrim tavsiyalar mazmuni.
256
16.1. Konfliktlarning turlari va sabablari
Juda ko’p shaxslararo, jamoalararo (guruhlararo) va boshqa konfliktlarning uzoq davom
etishi va ko’pgina salbiy oqibatlarga olib kelishiga sabab konflikt qatnashchilari va
atrofdagilarning konfliktning oqibatlari nimaga olib kelishini oldindan idrok eta olmasliklaridir.
Shaxsning, jamoaning, davlatning tinchligini, barqarorligini buzuvchi konfliktni,
kelishmovchiliklarni oldindan ko’rish mumkinmi?
Bu savolga Prezidentimiz I.A.Karimovning “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asaridagi fikrlar javob bo’la oladi. Davlat
boshliqlarining, mohir lashkarboshilarning, ilmu fan arboblarining o’ziga xos qobiliyati shundaki,
ularga Olloh Taolo oldindan bilish, kelajakni ilmiy bashorat qilishdek his-tuyg’usini, bilimlarni
beradi. Asar 1997 yilda yozilgan bo’lib, muallif besh yil oldindan insoniyatni AQShning Nyu-
York va boshqa shaharlarida 2001 yilda bo’lgan terrorchilik harakatlarini, qo’shni
Afg’onistondagi toliblar va boshqa shunday tuzumlarning qanchalik xavfli ekanligini go’yoki
oldindan ogohlantiradi.
Diqqat qiling: “...mintaqaviy mojarolar jamiyatimiz farovonligi va respublikamiz taraqqiyoti
uchun qanday xavf tug’dirmoqda? Bir qarashda, O’zbekiston chegaralariga yaqin joylarda yuz
berayotgan barcha konfliktlar davlatimizdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni saqlab
turishga bevosita aloqasi yo’qdek tuyuladi. Bundan buyon ham tashvishli hodisalar bizni
chetlab o’z yo’lida rivojlanaveradi, barqarorlik o’z-o’zicha saqlanaveradi, mamlakatning kelajagi
esa o’z-o’zidan ta’minlangan, deya fikr yuritishni ham siyosiy, ham fuqaroviy kaltabinlikdan
boshqa narsa emas, deb hisoblaymiz.
Insoniyat sivilizasiyasining rivojlanish tarixi, ayniqsa har jihatdan bir-biriga bog’liq bo’lib
qolgan hozirgi dunyo sharoitida, shundan aniq dalolat berib turibdiki, alohida olingan bir
davlatdagi har qanday mojaro uzoq vaqt davomida milliy chegaralar doirasida qolib keta
olmaydi”
13
, degan fikrlar o’zining o’ta dolzarbligi bilan har jihatdan psixologik xarakter kasb
etadi.
Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, uzoq va yaqin tarixiy (jumladan, ijtimoiy ham)
tajribalar shuni ko’rsatdiki, har qanday konfliktga befarq bo’lmaslik kerak. Doimo ogoh bo’lish,
kelishmovchiliklarning oldini olish hayotda va jamiyatda muvozanat va rivojlanishni ta’minlaydi.
Konfliktlarning eng dahshatlisi bu urush bo’lib, xalqlar boshiga mislsiz baxtsizliklarni
keltiradi. Masalan, Napoleonning urushlarida 3,7 million, Birinchi jahon urushida 10 million,
Ikkinchi jahon urushida 55 million kishi halok bo’lgan.
Tabiatga, moddiy boyliklarga va boshqa unsurlarga urushning keltirgan zararini qoplash
uchun uzoq yillar mehnat qilishga to’g’ri keldi. Masalan: Ikkinchi jahon urushi 3,3 million
kvadrat metr maydonida kechgan va bu yerlardagi o’simlik va hayvonot dunyosiga katta zarar
keltirgan. Rossiyaning Kursk viloyatidagi Markaziy frontning 1943 yilda qazilgan transheyalar
(zovurlar)ning uzunligi 5 ming kilometrga yaqin edi.
AQShning harbiy aviasiyasi 1966 yilda Vyetnamga 638 ming tonna aviabomba
tashlagan. Bunday raqam va faktlarni cheksiz davom ettirish mumkin.
Shuning uchun ham butun dunyo xalqlari, Xalqaro hamjamiyat, O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov davlatimizda, mintaqamiz va jahonda tinchlik, millatlararo
13
Karimov I.A.
O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.
– T.: O’zbekiston, 1997. – B.23-24.
257
totuvlik, jamiyatda ma’naviy barqarorlik, oilalar tinch-xotirjamligi uchun tinimsiz kurash olib
bormoqdalar.
Psixologiya fanida mavjud barcha turdagi konfliktlar to’rtta katta guruhga farqlanadi:
Texnika bilan bog’liq konfliktlarga mashinalar, zavod-fabrikalardan chiqayotgan
tutun va shovqin natijasida yuzaga kelayotgan “Texnika-inson” kelishmovchiligini misol
tariqasida keltirsa bo’ladi. Okean va dengizlar suvining ifloslanishi, atmosferada zaharli gazlar
miqdorining oshib borishi, yerning va unda o’sgan meva va sabzavotlarda har xil kimyoviy
moddalar, pestisidlar miqdorining normadan bir necha baravar yuqoriligi, kundan-kun o’rmonlar
va ko’kalamzorlar maydonining kamayib borayotganligini o’zaro kelishmovchilik yuqori
pog’onaga ko’tarilganligi deb tushunsa bo’ladi. Inson hatto o’ziga eng yaqin yordamchi
hisoblangan kompyuterlarning ongini – intellekt manbai dasturlariga virus yuqtirib ularni majruh
qila boshlaganini ham texnikaviy konfliktga misol sifatida keltirish mumkin. Bunday “Texnika –
inson” konfliktlarini juda ko’p sohalarda ko’rsa bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |