akmeologiya
(grekcha “
akme
– cho’qqi, yuqori pog’ona, gurkiratuvchi kuch” ma’nolarini bildiradi) ilmu-
fanning shunday yangi tarmog’iki, u insonni o’z taraqqiyoti dinamikasida, takomili hamda
hayot-faoliyatining turli bosqichlarida o’zidagi eng kuchli qobiliyatlarini namoyon qilishining
kompleks masalalarini o’rganadi. Ya’ni, u shaxsni o’z takomili jarayonida, ana shu taraqqiyot
va yuksalishning obyektiv hamda subyektiv omillari doirasida tadqiq etadi. “Akmeologiya”
tushunchasi birinchi marta fanga rus olimi N.A.Ribnikov tomonidan 1928 yilda kiritilgan bo’lib,
uning o’zi bu fan predmetini yetuk insonlarning shakllanishi jarayonidir, deb ta’riflagan edi.
Lekin tom ma’nodagi jiddiy fan sifatida uning shakllanishiga yana bir rus psixologi
B.G.Ananyev va uning izdoshlari bo’lgan peterburglik olimlar alohida ulush qo’shishgan.
Ularning ta’kidlashlaricha, akmeologiyaning predmeti – odamning ijodiy salohiyati bo’lib, u
inson tomonidan o’ziga inoyat etilgan barcha imkoniyatlar va iqtidorni qanday qilib, qanday
shart-sharoitlarda, qaysi qonuniyatlar ta’sirida ro’yobga chiqarishini kompleks tarzda o’rganadi.
Akmeologiya fanining asosiy vazifasi ongli faoliyat subyekti bo’lmish shaxsni turli faoliyat
jarayonlarida, xususan, tanlagan kasb-kori, ixtisosligi doirasida o’z ijodiy salohiyatini to’la
ochish va amalda namoyish etishiga bog’liq bo’lgan bilimlar, amaliy ko’nikmalar, malakalar,
texnologiyalar bilan ta’minlash, tanishtirishdir. V.Zazikin va A.Chernishovlarning yozishicha,
“mohiyatan bu yetuk, barkamol insonlarning rivojlanishi to’g’risidagi fandir”. Shuning uchun
ham bu fan bugun biz uchun juda muhim va uning imkoniyatlari deyarli ochilmagan. Milliy
istiqlol g’oyalarida barkamol shaxs, komil inson g’oyasi yetakchilardan sifatida berilgan ekan,
biz yosh avlod tarbiyasida uning o’z imkoniyatlarini rivojlantirishga o’rgata olishimiz, o’zligini
anglash orqali, har bir tarqqiyot bosqichida o’z “akme”si – barkamollik cho’qqisining nimalar va
qanday omillar hisobiga rivojlanishi mumkinligini o’rgata olishimiz kerak.
Biror kasb-korni tanlagan talaba yoki mutaxassis o’sha o’zi tanlagan hunarda yuqori
smaralarga erishish uchun o’zidan shaxsan qaysi sifatlar talab qilinishini yaxshi bilishi va shu
orqali kasbiy mahorat yoki professionalizm cho’qqilarini zabt etishi mumkin. Kasbiy mahorat –
bu shunday ulug’ ne’matki, uning samarasi nafaqat o’sha insonning – kasb sohibining o’ziga,
yaqinlari, oilasiga naf keltiradi, balki buning oqibati yaxlit jamiyat va insoniyatga manfaatli
ekanligini uni ijodiy ishlashga, o’z takomil darajasidan qoniqmagan holda tinimsiz izlanishda
bo’lishga undaydi.
Shuning uchun ham yangi ta’lim standartlari doirasida mutaxassislar tayyorlash bugungi
kunda har bir domladan, professor-o’qituvchidan talabaning iqtidori va ijobiy salohiyatini to’la
namoyon etish va taraqqiyotini ta’minlovchi har bir omilning o’rnini ko’rsata bilishni taqozo
etadi. Bu yangicha ta’limdagi innovasion yondoshuvlardan biridir. Har bir talaba yuqorida
ta’kidlaganimizdek, o’z, shaxsiy akmesini aniqlab olishi uchun unda o’sha tanlagan ixtisosligiga
154
nisbatan kuchli undovchi motivlar, hayotda esa muvaffaqiyatlarga erishish motivi yoki
yutuqlarga erishish ehtiyoji kuchli rivojlangan bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |