V. M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/410
Sana11.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#350893
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   410
Bog'liq
Psixologiya

simpatiya
 bo’lib, 
bunda  asosan  sevgi  obyektining  tashqi  jozibasi  rol  o’ynaydi.  Masalan,  o’zbek  xonatlasini 
chiroyli  qilib  tiktirib  olgan  qizchaning  davrada  paydo  bo’lishi,  tabiiy  ko’pgina  yigitlarning 
e’tiborini beixtiyor o’ziga tortadi. Ulardan ko’pchiligi birdaniga, bir vaqtda aynan shu qizchani 
“yoqtirib”  qolishadi.  Lekin  davradagi  qaysi  yigit unga ham ma’lum jihatlari bilan yoqib qolsa, 
o’zaro simpatiya shu ikki shaxs o’rtasida ro’y beradi. Vaqtlar o’tib, bu ikki yosh bir necha marta 
uchrashib  turishsa,  oddiy  yoqtirish sevgiga, jiddiyroq narsaga aylanishi mumkin. Shu narsa 
ma’lumki,  aynan  shu  qonuniyatni  bilgani  uchun  ham  ko’pchilik  o’spirinlar  birinchidan, 
davralarda bo’lishni, qolaversa, birovlarga yoqish uchun tashqi ko’rinishlariga  alohida e’tibor 
berishga  harakat  qiladilar.  Yoqimtoy  bo’lishga  harakat  qilsa-yu,  birortaning  e’tiborini  o’ziga 
tortolmagan o’spirin esa bu holatni juda chuqur qayg’u bilan boshdan kechiradi. Agar xuddi 
shunday narsa bir necha marta surunkalik takrorlansa, o’sha yosh davralarga ham bormay 
qo’yadigan, o’zi haqida yomon fikrlarga boradigan, faqat ayrim hollardagina hammani o’ziga 
“dushman” bilib, xafa bo’ladigan bo’lib qoladi. 
Ilmiy-amaliy  izlanishlarning  ko’rsatishicha,  sevishganlik  o’spirin  yoshlarning  shaxs 
sifatlariga  bevosita  ta’sir  ko’rsatib,  uning  xatti-harakatlarida  namoyon  bo’ladi.  Masalan, 
sevishganlar boshqalardan farqli, ikki marta ziyod o’zaro gaplashishar, gaplari sira ado bo’lmas 
ekan.  Bundan  tashqari,  bundaylar  sakkiz  (!) marta ortiq bir-birlarining ko’zlariga qarab vaqt 
o’tkazisharkan. 
Yana shu narsa aniqlanganki, sevgi bilan bog’liq hissiyotlar har bir jins vakilida o’ziga xos 


 
152 
xususiyatlarga ega ekan. Masalan, o’spirin yoshlar qizlarga nisbatan romantizmga beriluvchan, 
tezginada yaxshi ko’rib qoladigan bo’lisharkan. Ularning tasavvuridagi sevgi ancha romantik, 
ideal  ko’rinishga  ega  bo’ladi.  qizlar  esa  yigitlarga  nisbatan  sekinroq  sevib  qolishadi,  lekin 
sevgini ututish, undan voz kechish ularda  osonroq kecharkan. Agar yigitlar bir ko’rishdayoq 
yoqtirib  qolgan  qizni  sevib  ham  qolishi  ehtimoli  yuqori  bo’lsa  (eksperimentlarda sevgi bilan 
simpatiyaning korrelyasion bog’liqligi kuchli ), qizlarda bunday bog’liqlik ancha past ekan, ya’ni 
hamma yoqtirganlarini ham sevmas ekan, umuman simpatiyaning paydo bo’lishi ham biroz 
qiyin ekan. 
Bunday tashqari, o’spirinlik yillaridagi sevgi va muhabbat hissi nafaqat qarama-qarshi jins 
vakiliga qaratilgan bo’ladi, balki aynan shu davrda ota-onaning qadrlanishi va ularga nisbatan 
sevgi-muhabbat,  yaqinlar  -  aka-uka,  opa-singil,  hayotda  ibrat  bo’ladigan  kishilarni  yaxshi 
ko’rish, vatanni sevish kabi oliy hislar ham tarbiyalanadi. Shuning uchun ham haqiqiy yuksak 
muhabbat  sohiblari  bo’lmish  yoshlarni  tarbiyalash  –  jamiyatda  insoniy  munosabatlarni 
barqarorlashtirish,  odamlar  o’rtasida  samimiy  munosabatlar  o’rnatish  va  ma’naviyatni 
yuksaltirishga xizmat qiladi. 
Ta’limning barcha bosqichida ma’naviy tarbiyaning ajralmas bo’lagi sifatida ana shunday 
samimiy munosabatlarni tarbiyalash, targ’ib etish, kerak bo’lsa, yoshlarga ana shunday sevgi 
va sadoqat haqidagi qadriyatlarimizni ongga singdirishimiz kerak. Sevgi va muhabbat hislari 
keng  ma’noda  –  Vatanga,  yurtga,  xalqqa,  borliqqa,  kasbga  va  yaqin  kishilarga  qaratilgan 
bo’lishi kerak. 
Agar shaxs kamol topayotgan oilada samimiy munosabatlar muhiti mavjud bo’lsa, uning 
yaqinlari,  tengqurlari,  do’stlariga  mehr-muhabbati  doimo  qo’llab-quvvatlab  turilsa,  bu  oddiy 
insoniy iliq hislar kelajakda yuksak hislarga – Vatanga, yurtga muhabbat, do’stga sadoqat, ota-
onaga  mehr-sahovat,  yaqinlar  e’zozlash,  mulkka  nisbatan  tejamkorlik  kabilar  aylanadi. 
Bularning  mavjudligi  shaxs  barkamolligi  va  undagi  insoniy  fazilatlar  mavjudligining  muhim 
mezonlaridandir. 
 

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish