86
yutuqlarga erishishda yuqori darajini ta’minlaydigan muhim omil hisoblanadi.
Mustaqil fikrlash qobiliyati inson xulq-atvoridagi umumiy mustaqillik bilan bog’liq bo’lib,
mustaqillikni tarbiyalash – keng qamrovli yondoshuvni talab qiladigan ilmiy muammo sifatida
mohiyatan ijtimoiy-psixologiyaning predmetlaridandir.
Mustaqil fikrlash qobiyati inson xulq-atvoridagi umumiy mustaqillik bilan bog’liq bo’lib,
mustaqillikni tarbiyalash – keng qamrovli yondashuvni talab qiladigan ilmiy muammo sifatida
mohiyatan ijtimoiy-psixologiyaning predmetlaridandir. Mustaqillik insonning o’z xatti-harakati
uchun javobgarlik, mas’uliyat hislari bilan uzviy bog’liq. Inson o’zi ongli tarzda ishtirok etgan,
tushunib bajargan amallari, harakatlari uchun javob berishi mumkin. Real hayotda alohida
olingan shaxs faoliyati boshqa kishilar faoliyati bilan doimo bog’liq bo’lgani uchun ham
ko’pincha biz bajargan amallar ijtimoiy tus olib qoladi. Chunki shaxsning o’z maqsadlarini
amalga oshirishi, o’z mavqyeini aniqlab olishi o’zgalar bilan bo’ladigan muloqotisiz ro’y
bermaydi. Boshqa odamlarning mavjudligi va ularning fasilitasiyasi, ya’ni bir shaxsning boshqa
shaxs faoliyati samaradorligiga ta’siri obyektiv munosabat sifatida individual faoliyat
xarakteriga o’zgacha tus beradi.
Ijtimoiy faoliyatda bo’lgani kabi mustaqil fikrlashga aloqador bo’lgan bilish faoliyatida ham
operasion-texnik tomon ijtimoiy xulq tomoni bilan qo’shilib ketadi, ya’ni “subyekt-obyekt”
munosabati (subyektning obyekt bilan o’zaro harakati) “subyekt-subyekt” munosabatiga
aylanadi va bu katta amaliy ahamiyatga ega bo’ladi. Shaxs bilish faoliyatini o’rganishda
murakkab munosabatning bu ikki turi aniqlanibgina qolmasdan, balki uni o’rganish usulini
e’tiborga olish zarur. Yagona faoliyatning bu ikki tomonini bir-biridan ajratgan holda o’rganish
bilish faoliyati taraqqiyoti, o’sishi qonuniyatlari haqida haqqoniy ma’lumotlar bermaydi. Bir
tomondan, shaxsning bilish faoliyatini predmetning o’zi bilangina o’rganish xato, boshqa
tomondan, muloqot omilini bilish omilidan ajratib o’rganish qiyin. Bilish faoliyatining gnostik
(bilish) va muloqot jihatlari o’zaro chambarchas bog’liq, shuning uchun yagona faoliyatning bu
ikki jihatidan birgalikda foydalanish zarur. Ana shunday dialektik rivojlanish fikrga ham taalluqli
bo’lib, mustaqil fikrlashning sifati, samarasi va darajasi bevosita fikrlovchini o’rab turgan ijtimoiy
borliq hamda undagi muomala madaniyatiga bog’liq.
Fikrning shakllanishi hayotda idrok etilayotgan voqyea va hodisalarni baholash “ko’r-
ko’rona” unga ishonish yoki aql bilan ishonishning nisbatidan kelib chiqadi. Fikrning va
e’tiqodning rivojlanishi bilish jarayonida muhim omil hisoblanadi, fikrning paydo bo’lishi
o’quvchida chuqurroq bilimga ehtiyojni hosil qiladi, bu esa o’z navbatida shaxsning barcha
kuchlarini faollashtiradi, motivlar, iroda va aqliy harakatlarning birligini ta’minlaydi, ya’ni shaxs
mustaqil ravishda o’z-o’zini boshqarishga undovchi va bajaruvchi omillari birligini ta’minlaydi.
Tafakkur mustaqilligini rivojlantirishda o’quv faoliyatining guruhiy shakllariga katta
ahamiyat beriladi, lekin bunda shaxsning individual faoliyati, fikr va harakatlardagi
qaytarilmaslikning roli ham pasaytirilmaydi. Ya’ni, odam o’zi yolg’il bo’lgandan ko’ra, odamlar
orasida, guruhiy bahslarda o’zidagi mustaqil fikrlay olish qobiliyatini o’stirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: