V. M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent


Ta’lim muassasasi va uning imkoniyatlari



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/410
Sana11.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#350893
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   410
Bog'liq
Psixologiya

Ta’lim muassasasi va uning imkoniyatlari 
 
O’smirlik  yoshining  muhim  xususiyati  shundaki,  bu  davrda  faol,  mustaqil  ijodiy 
tafakkurning tarkib topishi boshlanadi. O’smirlik yoshi ana shunday tafakkurning tarkib topishi 
uchun senzitiv yoshdir. O’quvchilar oldida hal qilinishi lozim bo’lgan muammo, masala yuzaga 
kelgan vaqtdagina ularda mustaqil fikrlash o’sa boshlaydi. Shuning uchun o’qituvchi o’smirlar 


 
87 
bilan  olib  boradigan  mashg’ulotlarini  ko’pincha  oldiga  murakkabligi  turlicha  bo’lgan 
muammolarni mustaqil hal qilishga qiziqish o’yg’otadigan qilib uyushtirishga intilish lozim. 
Tafakkur  mustaqilligini  shaxsning  bilimlarni  fikr  tiliga  “o’tkazish”  qobiliyati  sifatida 
tushunish pedagogik jarayonda muloqotni qulay tashkil etishni talab qiladi. 
Mustaqillikka moyillikning rivojlanishi ikki yo’nalish asosida amalga oshiriladi: 
1.
 
Mustaqillikning  shaxs  xislati  sifatida vujudga kelishi ijtimoiy muhitga bog’liq. Bu 
bog’liqlik  mustaqillikka  bo’lgan  extiyojlarini  qondirishda  ifodalangan  mustaqillik  mazmuni 
xarakterida ifodalanadi; 
2.
 
Mustaqillikning  shaxs  xislati  sifatida  shakllanishida  individual  xususiyatlar  u 
yashaydigan va mehnat qiladigan jamoada vujudga keladigan munosabatlariga, qobiliyatlariga 
hamda uning faolligiga bog’liq bo’ladi. 
Bu davrda ayniqsa, o’smirlar uchun o’rtoqlari bilan darsda va darsdan tashqari vaqtlarda 
bo’ladigan muloqot muhim axamiyatga ega bo’ladi. Shuning uchun ham ustozlar, murabbiylar, 
ota-onalar ayni shu davrda o’z bolasining kimlar bilan, nima xususida bahslashishlariga e’tibor 
berishlari, kerak bo’lsa, ularning bu ishlarini boshqarishi kerak. 
Vaholangki, hozirgi davrda maktablarda asosiy e’tibor xotirani rivojlantirishga, shu orqali 
ayrim  olingan  darslarda  ko’tarilgan  mavzulardagi  ayrim alohida tushunchalarni yodlab aytib 
berishga  qaratilgan.  Afsuski,  bevosita  fikrni  rivojlantirish,  uning  nostandart,  egiluvchan 
sifatlarini  o’stirishga  kam  e’tibor  berilgani  sababli,  har  bir  sinf,  akademik  guruhda  juda  oz 
o’quvchilar, talabalar mustaqil fikrlab, o’z fikrlarini bemalol ayta oladilar.  
Oxirgi  yillarda  O’zbekiston  psixologlaridan 
M.G.Davletshin,  E.G’.G’oziyev, 
Z.T.Nishonova, R.I.Sunnatova, R.N.Tojiboyeva, E.Z.Usmonova
lar tafakkur jarayoni bo’yicha 
olib  borayotgan  izlanishlarida  eng  avvalo  fikrlashning  anglanganlik  va  ijtimoiylik  tamoyiliga 
ko’proq  e’tiborni  qaratib,  mustaqil,  erkin  fikrlay  olish  qobiliyati  ijtimoiy  munosabatlarga 
bog’liqligiga e’tibor bermoqdalar. 
Zero, tafakkur mustaqilligi – bu shaxsning jamiyatdagi mavqyei va ijtimoiy borliq mohiyati 
yuzasidan o’zlashtiradigan bilimlari, muomala jarayonida izxor etadigan hukmlari uning shaxsiy 
fikri va e’tiqodi darajasida idrok etilishidir.  
Mustaqil fikr rivojlanganligining mezonlari quyidagilar: 
 
O’zining va “o’zgalarning” fikrini tanqidiy baholashda shaxsning tajribasi, o’zga 
shaxsning fikrini tushunish qobiliyati, uning fikridagi mantiqni tushunish, raqibning fikrlarini o’z 
fikrlari bilan taqqoslay olish ma’lum xulosaga kelish. 
 
Shaxsning  o’zgalar  bildirayotgan  fikrning  mazmun-mohiyati  bilan  tashqi 
(ma’qullash, so’zga qo’shilish) va ichki (haqiqatan ham ruhan to’la qo’shilishish) kelishuvi. 
 
Bahslashuvchilarning o’zaro muloqotdagi fikriy qarama- qarshiliklarni “his qila 
olish” va unga munosib javob berishga tayyorlik. 
 
Tafakkurdagi nazariy va amaliy umumlashtirishning nisbati-ma’romiga erishish 
 
Diqqatga namoyon bo’ladigan aqliy funksiyalarning ixtiyoriy boshqarilishi. 
 
Aqliy tashabbuskorlikning rivojlanish darajasi. 
Yuqorida  ta’kidlangan  mezonlarlar  asosida  tafakkurning  originalligi maxsus psixologik 
tadqiqotlarda  (Z.Nishonova,  2001;  2002)  o’rganildi  va  ayrim  xulosalarga  kelindi.  Xususan, 
guruhning  yulduzlari-liderlari,  peshqadamlari  boshqalardan  farqli,  nisbatan  mustaqil  ijodiy 
fikrlash  qobiliyatlari  yuqori  bo’lishini  isbotladi.  Chunki  sinfdagi  a’lochi,  peshqadam,  ijtimoiy-
psixologik  mavqyei  yuqori  bo’lgan  bolalardagi  o’ziga  ishonch  va  bilimdonlik  o’z  fikr-
munosabatlarini erkinroq bayon etish imkonini beradi. Mustaqil ijodiy fikr va shaxsning guruhda 


 
88 
tan olinishi orasidagi bog’lanish ham o’rganilgan. Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, mustaqil 
ijodiy  fikri  yuqori  shaxslar  bu  guruhning  tan  olingan  a’zolaridir.  Agar  shaxs  o’zining  guruh 
a’zolari tomonidan ijobiy qabul qilinayotganligini sezsa, unda bir ichki ruhiy kuch qudrat paydo 
bo’ladiki, “bu kuch” unda mustaqil ijodiy fikrni bayon etishga undaydi. 
O’qituvchilarda  ijodiy  tafakkur  rivojlangan  bo’lsagina,  u  o’quvchilarida  ham  ijodiy  fikrni 
shakllantira oladi, chunki har bir o’qituvchi o’zi mansub bo’lgan tipdagi o’quvchilarni tarbiyalaydi 
Mustaqil fikrlash va kreaktiv, nostandart tafakkur originalligi o’rtasida to’g’ri proporsional 
bog’lanish  mavjud  bo’lib,  o’spirinlarda  kreaktiv  tafakkur  originalligini  qanchalik  rivojlantirsak, 
ularda mustaqil fikrlash ham shunchalik rivojlanadi. 
O’quvchi  va  talaba  yoshlarda  mustaqil  fikr yuritish malaka va ko’nikmalarni hosil qilish 
uchun,  o’quvchi  o’rtasida  munosabatlar  o’zgarishi,  bilim  oluvchini  ta’lim  jarayonining  faol 
subyektiga  aylantirilish  lozim.  Buni  tadbiq  etishda  psixologik  shartlari,  omillari  va  mezonlari 
mavjud bo’lib, ularga: 
 
ta’lim beruvchi kattalar bolani qanday bo’lsa, shundayligicha iqtidorli, layoqatli 
deb idrok qilishga, qabul qilishga o’rganmoqlari kerak; 
 
maktab, lisey, kollej, institut va universitetlarda differensial yondoshuvini amalga 
oshirish zarur, kerak bo’lsa, ta’lim oluvchini layoqati, qobiliyati, yo’nalishini hisobga olgan holda 
bilim, ko’nikma va malakalariga nisbatan talablar ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir; 
 
yangi  ta’lim  maskanlarida  yangi  o’quv  texnologiyasi  joriy  etilishi  maqsadga 
muvofiq, bunda bolalarga hurmat, uning fikri va yuksalishiga e’tibor bilan qarash zarur; 
 
guruhning faoliyatini mazmunli tashkil etish, ya’ni munozara, dialog, o’yin, trening 
metodlarining keng va o’rinli foydalanishi bolaga ko’proq fikrlarni izhor qilish sharoitini yaratish 
lozim. 
Tadqiqotlarda  mustaqil  fikrlash  va  shaxsning  o’z-o’ziga  bergan  bahosi  o’rtasidagi 
bog’lanish  ham  o’rganildi.  Ma’lum  bo’lishicha,  guruhning  tan  olingan  a’zolari-o’zlari  yuqori 
baholaydilar,  ularda  mustaqil  ijodiy fikr ham yuqoridir. Guruhning ajralib qolgan a’zolari esa 
o’zlarini-o’zlari guruhiy bahoga qaraganda past baholaydilar, ularda mustaqil ijodiy fikrlash ham 
quyi rivojlangan bo’ladi. 
Shaxsning  jamiyatdagi  o’rni  va  salohiyati,  obro’si  va  manfaatdorligi,  o’zgalarga  ta’sir 
ko’rsata olishi undagi mustaqil fikrlay olish qobiliyatiga bevosita bog’liq. 
Demak,  aslini  olib  qaraganda,  biz  o’z  madaniyatimiz  va  bizni  o’rab  turgan  ijtimoiy 
borliqning  hosilasi  ekanmiz,  vaziyatlarga  bog’liqmiz va 
boshqalarning bizga ko’rsatayotgan 
ta’sirlari
  komida  bo’lamiz.  Yoshlarimizning  yoki  diniy  aqidaparastlarning  o’zlarini  to’la 
anglamagan  holda  turli  xil  bema’ni  chaqiriqlariga  qo’shilib  ketishini,  terrorizmning  manfur 
harakatlarini, jinoyatda olib kelgan ko’plab voqayelarni biz aynan vaziyatning hukmida amalga 
oshganligini  bilamiz,  lekin  vazifa  –  shaxsni  shunday  tarbiyalash kerakki, u vaziyatdan ham 
ko’ra  o’zining  shaxsiy  dunyoqarashi va e’tiqodini, sog’lom qarashlarini u yoki bu frustrasion 
yoki nizoli vaziyatlarga qarshi qo’ya olsin. 
Demak,  shaxsning 

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish