94
kamoloti, oilasi farovonligi, Vatan ravnaqi uchun nima qilish lozimligini ifodalovchi qarashlarida
tub o’zgarishlar ro’y bermoqda. Bu o’zgarishlarni o’rganuvchi psixologiya fani oldida ham qator
dolzarb vazifalar turibdi.
Psixologiya ilmining namoyondalari bo’lmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxs
va jamiyat aloqalari tizimida, makro hamda mikro bosqichlardagi ta’sirlarning tub mohiyatini
anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izladilar. Abu Nasr Farobiy,
A.Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi yuzlab Sharq allomalari ham bu o’zaro bog’liqlikning falsafiy
va ijtimoiy sirlarini ochishga o’zlarining eng durdona asarlarini bag’ishlaganlar. Barcha
qarashlarga umumiy bo’lgan narsa shu bo’lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun
avvalo uning shu jamiyatda tutgan o’rni va mavqyeini bilish zarur. Shaxsni o’rganishning
birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan holda, uning ijtimoiy mavqyei, ijtimoiy
munosabatlar tizimidagi o’rni bilan belgilanishi kerak.
Lekin, shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqalar masalasida birdaniga, bir xil
yechimga kelinmagan. Bu o’zaro munosabatlar asosan ikki polyar nuqtai nazardan kelib
chiqadi.
N
N
a
a
t
t
i
i
v
v
i
i
z
z
m
m
yo’nalishining tarafdorlari insonlardagi barcha xususiyatlarni tug’ma xarakterga
ega, deb e’tirof etadilar (
Lens, Gruber
va boshqalar).
E
E
m
m
p
p
i
i
r
r
i
i
z
z
m
m
tarafdorlarining fikricha, yangi tug’ilgan bola go’yoki “top-toza taxta” (
tabula
rasa
), unga hayot va undagi talablar o’zining qonuniyatlarini yozadi va bola ularga so’zsiz
bo’ysunishga majbur. Bu yo’nalishning asoschilaridan biri
J.Lokk
bo’lib (1632-1704), uning
fikricha, tug’ma fikrlar yoki g’oyalar bo’lishi mumkin emas, ular xohish-tilak va og’riq kabi
elementar sezgilarning qayta ishlanishi natijalaridir. Hayotda ana shunga o’xshash turli xil
sezgilar va g’oyalarning assosiasiyasi ro’y beradi.
G.Leybnis
(1646-1716) Lokka e’tiroz bildirib, hayotda umuman toza, sof doskaning o’zi
bo’lmaydi, hattoki, eng yaxshi silliqlangan marmar yuzasida ham sezilarli teshiklar, do’ngliklar
yoki tug’ma asoratlar bo’ladi-ki, ular odamning sezish va bilish organlari vositasida anglanishi
mumkin. Xuddi shunday, inson bolasi ham tug’ilishdan muayyan belgilar, xususiyatlar bilan
tug’iladi-ki, ularni biz layoqatlar, iqtidor, genetik xususiyatlar, deb ataymiz. Aynan shu tug’ma
belgilar inson taqdirida ma’lum rol o’ynaydi, lekin yetakchi, sezilarli ta’sirlar hayotning keyingi
bosqichlarida, turli faoliyatlarni (o’yin, o’qish, mehnat va b.q.) amalga oshirish jarayonida
bilinib, shaxs sifatlarini shakklantirishga xizmat qiladi.
Bu ikkala yirik yo’nalish o’rtasidagi tortishuvlarga chek qo’yish maqsadida
F.Galton
qator
eksperimental tadqiqotlar o’tkazib, har bir individga xos differensial xususiyatlar mavjudligini
“egizaklar metodi”yordamida asoslashga harakat qildi. 3-jadvalda
Galton
tomonidan irsiy va
orttirilgan sifatlar munosabati yuzasidan aniqlangan natijalardan musiqaga layoqatlilik misolida
keltirilgan.
Egizaklardagi musiqaga moyillikning korrelyasion ko’rsatgichi ham yuqori bo’lib (p=0,7),
egizak bo’lmaganlardan ancha farq qiladi (p=0,3-0,4).
Galtondan keyingi tadqiqotlarda musiqaga bo’lgan qobiliyatga ona tilining xususiyati ta’sir
qilishi yumshoq-tonal yoki keskir-tonal bo’lmagan tillar misolida aniqlandi. Masalan, keskinroq
hisoblangan rus tilida gapiruvchi bolalardagi musiqani idrok qilish yumshoq, tonal tillarda
so’zlashuvchi vyetnamliklarning idrokidan ancha past chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: