S
S
h
h
a
a
x
x
s
s
–
i
i
j
j
t
t
i
i
m
m
o
o
i
i
y
y
v
v
a
a
s
s
h
h
a
a
x
x
s
s
l
l
a
a
r
r
a
a
r
r
o
o
m
m
u
u
n
n
o
o
s
s
a
a
b
b
a
a
t
t
l
l
a
a
r
r
n
n
i
i
n
n
g
g
m
m
a
a
h
h
s
s
u
u
l
l
i
i
,
,
o
o
n
n
g
g
l
l
i
i
f
f
a
a
o
o
l
l
i
i
y
y
a
a
t
t
n
n
i
i
n
n
g
g
s
s
u
u
b
b
y
y
e
e
k
k
t
t
i
i
b
b
o
o
’
’
l
l
m
m
i
i
s
s
h
h
i
i
n
n
d
d
i
i
v
v
i
i
d
d
d
d
i
i
r
r.
Shaxsga taalluqli bo’lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy
munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham obyekt, ham subyekt
bo’lishlikdir.
Shaxsga taalluqli bo’lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi, ijtimoiy ta’sirlarni
o’z ongi va idroki bilan qabul qilib (obyektni), so’ngra shu ta’sirlarning subyekti sifatida faoliyat
ko’rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanoq “mening hayotim”, “bizning
dunyo” degan ijtimoiy muhitga tushadi. Bu muhit o’sha biz bilgan va har kuni his qiladigan
siyosat, huquq, ahloq olamidir. Bu muhit – kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an’analar,
udumlar, turli xil tillar olami bo’lib, undagi ko’plab qoidalarga ko’pchilik mutloq qo’shiladi,
ba’zilar qisman qo’shiladi. Bu shunday qoidalar va normalar olamiki, ularga bo’ysunmaslik
jamiyat tomonidan qoralanadi, ta’qiblanadi. Shulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxs
jamiyatga nisbatan barcha tartib-qoidalarni qabul qiluvchi subyekt bo’lsa,
jamiyat – ijtimoiy
intizom va tartibning, madaniyatning mufassal ko’rinishidir.
Shaxs ijtimoiy xulqiga turli tashqi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar majmui ta’sir qiladi:
siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy, ma’naviy, ahloqiy va boshqalar. Bu ta’sirotlar mohiyatan aslida
jamiyat a’zolari bo’lmish shaxslar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning ayrim alohida
yo’nalishlarini belgilab beradi.
Shunday qilib, shaxs turli ijtimoiy munosabatlar tizimi ta’sirida bo’ladi va ko’plab ijtimoiy
institutlar (oila, mahalla, o’quv maskanlari, mehnat jamoalari, norasmiy tashkilotlar, din, san’at,
madaniyat va boshq.) bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, shaxsdagi turli g’oyalar, fikrlar va e’tiqodiy
dunyoqarashlar mafkuraviy munosabatlar tizimi ta’sirida shakllanib, ular bevosita oila, bog’cha,
maktab va boshqa o’quv va tarbiya muassasalari orqali ongga singdiriladi. Agar bu ta’sir uning
e’tiqodi darajasida ko’tarilsa, va unda yana yangidan-yangi fikrlar va g’oyalarning paydo bo’lishi
va o’sishiga olib kelsa, u shaxsning maslagiga aylanadi hamda u hayoti jarayonida shunday
faoliyat sohasini tanlaydiki, o’z qobiliyatlari, malaka va ko’nikmalarini rivojlantira borib, ziyoli
sifatida yo o’qituvchi, yoki vrach, yoki olim, kashfiyotchi, muxandis bo’lib, elu-yurtiga xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |