8.3.
Ayrim tarmoqlar mahsulotlari hajmini hisoblashning o‘ziga
xos xususiyatlari.
Ma’lumki makroiqtisodiy faoliyat xududdagi xo‘jalik yurituvchi
birliklarning iqtisodiy faoliyatlari yig‘indisidan tashkil topadi. SHuningdek
natijaviy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ham shu xo‘jalik birliklarining
faoliyatlari natijalari yig‘indisini ifodalaydi. Lekin ayrim korxonalar,
tarmoqlar, mahsuloti hajmini hisoblash o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Sanoat mahsuloti - korxonalarning sanoat ishlab chiqarish bilan
bog‘liq bo‘lgan to‘g‘ri, foydali, faoliyatning natijasi bo‘lib, ular mahsulot
(tovar)lar va material xizmat (sanoat harakteridagi xizmat)lar sifatida
yuzaga keladi. Shu qoidaga asosan quyidagilar sanoat mahsuloti tarkibiga
kiritilmaydi:
- ishlab chiqarish chiqindilari (egri natija);
- ishlab chiqarishdagi brak (foydasiz natija);
- kapital qurilish bo‘limi mahsuloti (sanoat mahsuloti emas);
- sotib yuborilgan ortiqcha tovar-material boyliklar (faoliyat natijasi
emas).
Sanoat ishlab chiqarishi doimo ma’lum vaqt orasida amalga oshiriladi,
shuning uchun sanoat mahsulotlarini tayyor bo‘lish darajasiga qarab
quyidagi elementlarga ajratiladi:
Tayyor mahsulot - shu korxonaning yakunlovchi tsexining mahsuloti
bo‘lib, u barcha ishlab chiqarish qismlaridan o‘tgan va shu korxonada
163
boshqa ishlab chiqarish jarayoniga tortilmaydigan, davlat andozalari
talablariga javob beradigan, texnik nazorat bo‘limi tomonidan qabul
qilingan va sertifikatlangan va tayyor mahsulotlar omboriga yoki
buyurtmachiga topshirilgan mahsulotlarga aytiladi.
Yarim fabrikatlar,
alohida tsex doirasida ishlovning barcha
qismlaridan o ‘tgan va kelajakda shu korxonaning boshqa tsexlarida
ishlatiladigan yoki boshqa korxonalarga sotilishi mumkin bo‘lgan
mahsulotlardir.
Tugallanmagan ishlab
chiqarish - ma’lum ishlab
chiqarish
bo‘limining oxirgi mahsuloti sifatida yuzaga kelmaydi. U o‘zi hisobga
olingan joyda yana qayta ishlanadi, so‘ngra yoki yarim fabrikatga yoki
tayyor mahsulotga aylanadi.
Sanoat harakteridagi ish va xizmatlarga quyidagilar kiradi:
- uskunalar, transport vositalari va boshqa sanoat mahsulotlarini
ta’mirlash, modernizatsiyalash va texnikaviy tuzatish;
-
boshqa korxonalar
mahsulotlarini
tayyor
holga keltirish,
materiallarga,
detallarga,
uzellarga
qisman
ishlov
berish
kabi
operatsiyalarni amalga oshirish (masalan, qog‘oz, oyna, yog‘ochni kesish,
gazlamani, terini bichish, masulotlarni qadoqlash va idishlarga quyish,
bo‘yash, tekislash yoki tayyor holga keltirish va h.k.)
- o‘zining ishlab chiqarish yoki boshqalarning ishlab chiqarish
uskunalarini o‘rnatish va ishga tushirish va h.k.
Barcha yuridik shaxslar tomonidan statistika organlariga mahsulot
bo‘yicha taqdim etiladigan hisob F№P-1da qiymat formasida ishlab
chiqarish va jo ‘natilgan mahsulotlargina emas, balki natural formada
ishlab chiqarilgan, jo ‘natilgan va qoldiq mahsulotlar aniq turlari bo‘yicha
keltiriladi.
Qiymat formada ikkita ko‘rsatkich: ishlab chiqarilgan sanoat
mahsuloti va jo‘natilgan mahsulot ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
Milliy hisoblar tizimida keltirilgan “ishlab chiqarilgan sanoat
mahsuloti” ko‘rsatkichi amaldagi yalpi mahsulot ko‘rsatkichiga mos keladi
va u o‘z tarkibiga faqat yangi yaratilgan qiymatni emas, balki boshqa
korxonalarda yaratilib bu korxona mahsuloti tarkibiga o‘tkazilgan qiymat
(oraliq iste’mol)ni ham qo‘shadi.
Ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmiga quyidagilar kiritiladi:
- joriy davrda yuridik shaxsning barcha bo‘limlarida ishlab
chiqarilgan, tashqariga sotishga mo‘ljallangan o‘zining kapital qurilish
bo‘limiga, nosanoat bo‘limlarga o‘tkazishga, o‘zining asosiy fondlari
164
tarkibiga qo‘shimcha, shuningdek o‘z xodimlariga mexnat haqqi sifatida
berishga mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar;
- joriy davrda buyurtma bo‘yicha tashqariga bajarilgan, o‘zining
kapital qurilish bo‘limi va nosanoat bo‘limlari buyurtmasi bilan bajarilgan
va shuningdek o‘zining uskunalarini modernizatsiya qilish va qayta ishlash
bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish qiymati;
- joriy davrda tashqariga jo ‘natilgan, o‘zining kapital qurilish bo‘limi
va nosanoat bo‘limlariga o‘tkazilgan yarimfabrikatlar qiymati.
O‘zbekiston
Davlat
statistika
qo‘mitasining
axborotnomasiga
qaraganda 2010 yilda sanoatda 33580,5 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab
chiqarilib, bu solishtirma narxlarda 2009 yilga nisbatan 108,3%ni tashkil
etdi. Shu yili 11262,8 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, bu
2009 yilga nisbatan 112,0%ni tashkil etdi. Shu jumladan, 4710,9 mlrd.
so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari va 6551,9 mlrd. so‘mlik nooziq-ovqat
mollari ishlab chiqarildi.
Nodavlat sektorida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotining umumiy
hajmi 78,4%ni tashkil etdi.
Jo‘natilgan mahsulot ko‘rsatkichi joriy davrda o ‘zida tayyorlanib,
iste’molchilarga o ‘tkazilgan (jo‘natilgan) mahsulotlarni, shuningdek
buyurtmachi tomonidan qabul qilingan ishlar va xizmatlarni o‘z ichiga
oladi.
Jo‘natish vaqti deb mahsulotlarni transport tashkilotlariga (yuklarni
qabul
qilish
kuni)
o‘tkazilgan
kun,
mahsulotlarni
joylarda
buyurtmachilarga topshirish kuni (qabul qilish-topshirish kuni) yoki
haridor tomonidan ishlarni bajarilganligi haqidagi qabul aktiga qo‘l
qo‘ygan kun hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab
chiqaruvchilar (maxsus qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer va dehqon
xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligida bo‘lmagan korxonalar balansidagi ilmiy-
tajriba va yordamchi xo‘jaliklar) va qishloq xo‘jaligi xizmatidagi korxona
va tashkilotlar (agrokimyo, veterenar, sug‘orish)ni o‘z ichiga oladi.
SHunga yarasha bu tarmoqning mahsuloti tarkibida qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari bilan birga, qishloq xo‘jaligi xizmatidagi tashkilot va
korxonalarning mahsulotlari ham hisobga olinadi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining dehqonchilik va
chorvachilik tarmoqlari mahsulotlari qiymati (shuningdek, yil davomida
uy xo‘jaliklarida etishtirilgan mahsulotlar qiymati);
165
- qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan yil
davomida ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati (agrokimyo, veterenariya va
h.k.).
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarkibiga bu yilgi hosildan olingan
dehqonchilik va chorvachilik mollari va qushlarini o ‘stirishdan olingan
ham mahsulotlar qiymati kiritiladi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqargan mahsuloti
hajmi ularning barcha elementlarini qiymatini qo‘shish usuli bilan
hisoblanadi. Dehqonchilik mahsulotlari quyidagilar yig‘indisidan tashkil
topadi:
- shu yilda dehqonchilik ekinlaridan olingan yalpi hosil qiymati,
ekinlarni va ko‘p yillik o‘simliklarni ekish materiallari qiymati;
- ko‘p yillik o‘simliklarni ekish va o‘stirish qiymati (yosh ko‘p yillik
o‘simliklarni yil davomida ekish va o‘stirish harajatlari);
-
tugallanmagan
ishlab
chiqarish
qiymatlarini
o‘zgarishi
(dehqonchilikdagi tugallanmagan ishlab chiqarish kuzgi ekinlarni ekish va
kelasi yil hosili uchun erlarni tayyorlash: er xaydash, kuzgi ekinlarni ekish
va h.k. harajatlar).
Chorvachilik mahsulotlari quyidagi elementlar yig‘indisidan tashkil
topadi:
- yil davomida chorva mollarini o‘stirish qiymati (tug‘ilgan bolachalar
qiymati, mollar o‘sish va og‘irligining ortishi);
- chorvachilikdan olingan xom mahsulotlar qiymati (sut, tuxum,
go‘sht
va
h.k.),
asalarichilik
mahsulotlari,
baliqlarni
urchitish
mahsulotlari).
Qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish - erlarni holatini yaxshilash,
erlarga kimyoviy elementlar bilan ishlov berish, irrigatsiya va melioratsiya
tizimi va inshootlaridan foydalanish, o‘simliklarni zarakunandalardan va
kasalliklardan saqlash, zootexnik va veterenar xizmatlarini ko‘rsatish;
qishloq xo‘jalik xizmatlarini ishlab chiqarish hajmi, davlat byudjeti
hisobidan amalga oshirilsa, ularni amalga oshirish uchun qilingan
harajatlar yig‘indisi sifatida qaraladi. Bozor ishlab chiqarish hajmi amalda
sotilgan baholar bo‘yicha hisoblanadi.
O‘zbekiston
Davlat
statistika
qo‘mitasining
axborotnomasiga
qaraganda 2010 yilda qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish
amaldagi narxlarda 15810,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2009 yilga
nisbatan 106,8 foizga ko‘paydi.
166
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida
dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 59,4%ni (9390,7 mlrd. so‘m),
chorvachilik mahsulotlari 40,6%ni (6420,0 mlrd. so‘m) tashkil etdi.
Nodavlat
sektorida
ishlab
chiqarilgan
qishloq
xo‘jaligi
mahsulotlarining umumiy hajmi 99,5%ni tashkil etdi.
Qurilish tarmog‘ida uch xil faoliyat amalga oshiriladi: qurilishning
o‘zi, loyiha-smeta faoliyati va qidiruv (geologorazvedka) faoliyati bo‘lib,
ularni qurilish, loyiha va qidiruv tashkilotlari amalga oshiradilar.
Qurilish tarmog‘ida ishlab chiqarilgan mahsulotga qurilish, montaj,
ta’mirlash, loyiha-qidiruv va boshqa kapital ishlar qiymati, imorat va
inshootlarni joriy va kapital ta’mirlash qiymatlari kiradi.
Transport tarmog‘i ishlab chiqarish mahsulotiga yuk va yo‘lovchi
transporti faoliyati natijasini ifodalaydi. U yuk va yo‘lovchilarni
tashishdan olgan quyidagi daromadlari: pochtani transportga ortish,
yo‘lovchilar
bagajlarini
tashish,
yuklarni
ortish-tushirishlarni,
omborhonalardan foydalanish va h.k. yuklarni va yo‘lovchilarni yuklash
bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar yig‘indisidan tashkil topadi.
Aloqa tarmog‘i ishlab chiqarish mahsulotiga aloqa korxonalarining
quyidagi, daromadlari: pochtani etkazish, joriy matbuotni, posilka va
boshqa jo ‘natuvlarni etkazish, pochta markasi va otkritkalarni sotish; aloqa
kanallaridan foydalangani uchun to‘lovlar, aloqa vositalarini o‘rnatish va
texnik xizmat ko‘rsatish, radio va televideniedan tushumlar va h.k.
Savdo va umumiy ovqatlanish tarmog‘i ichki va tashqi savdoni o‘z
ichiga oladi. U ishlab chiqarish vositalari va iste’mol tovarlari savdosi
bilan shug‘ullanuvchi ulgurji savdoni, chakana savdoni, umumiy
ovqatlanishni, ijaraga berish, birja, broker, makler, diller idoralarini,
agentliklar, savdo uylari, tijorat markazlarini o‘z ichiga oladi. Savdo
tashkilotlari va korxonalarining faoliyati tovarlarni ishlab chiqaruvchidan
iste’molchilarga tovar-pul almashuvi orqali etkazishga qaratilgan.
Umumiy ovqatlanish, ulardan tashqari yana tez iste’mol qilinadigan
ovqat mahsulotlari, yarimfabrikatlar, kulinariya va konditer mahsulotlarini
ishlab chiqaradi.
Tayyorlash tarmog‘i qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish,
asrash, sortlarga ajratish, quritish, qayta ishlashga qaratilgan bozor
faoliyatini amalga oshiradi.
Tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga etkazish ma’lum
xajmdagi material va mexnat harajatlari bo‘lishini taqozo etadi va ular
avval yaratilgan tovarlar qiymatini yanada oshiradi. Tovarlar hajmining
167
shunday usulda ortishi savdo korxonalari faoliyatining pul formada
ifodalangan mahsuloti sifatida qaraladi.
Tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga etkazish bilan
shug‘ullanuvchi tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarish tovarlarni sotib olish
va ularni sotish baholari orasidagi farqqa (qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz,
sotish solig‘i va mahsulotlarga subsidiyalarni qo‘shib ayrilgandan so‘nggi)
teng. Sotilgan savdo ustamasi tovarlarni sotish bahosiga qo‘shilgan
ustamalar yig‘indisiga teng bo‘lib, u muomala harajatlarini qoplash va
foyda olish uchun xizmat qiladi.
Moliya, kredit, sug‘urta tarmog‘i - bank va sug‘urta faoliyati, pensiya
ta’minoti, kredit va qimmatbaho qog‘ozlar bozorida yordamchi moliyaviy
vositachilik faoliyatini amalga oshiradi. Tarmoq ishlab chiqargan bank
xizmatlari, sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondi, investitsion institutlar
(moliyaviy brokerlar, investitsion kompaniyalar, investitsion fondlar,
investitsion maslahatchilar) fond va valyuta birjalari va boshqa moliyaviy
vositachilar faoliyati qiymatlaridan tashkil topadi.
Bank xizmatlari va boshqa moliya-kredit muassasalari ishlab chiqarish
hajmi quyidagi ikki elementning yig‘indisi sifatida qaraladi:
- teskari o ‘lchanadigan moliyaviy vositachilik xizmatlari;
- boshqa moliyaviy xizmatlar qiymati.
Moliyaviy vositachilik xizmatlari vaqtincha bo‘sh pul mablag‘lariga
ega bo‘lgan institutsion birliklar mablag‘larini (depozitlarni jalb etish,
veksellar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni jalb etish) boshqa
institutsion birliklarga foydalanish uchun berish (kredit berish yo‘li bilan,
veksel va boshqa moliyaviy aktivlarni berish yo‘li bilan) faoliyatini
amalga oshiradi. Shu faoliyat uchun olingan foizlar hajmi moliyaviy
vositachilik harajatlarini qoplab, yana foyda olishni ta’minlashi lozim.
Moliyaviy vositachilik xizmati qiymati olingan va berilgan foizlar
orasidagi farqqa teng.
Boshqa moliyaviy vositachilik xizmatlar qiymati (masalan, hisob-
kassa xizmati, konversion operatsiyalar, qimmatli qog‘ozlar bilan
operatsiyalar, lizing operatsiyalari, depozitar xizmatlar, maslahat berish
xizmatlari) ularni amalga oshirish uchun to‘lovlar yoki noimission
yig‘imlar yig‘indisiga teng.
Sug‘urtalash xizmati ishlab chiqarish mahsuloti qiymati joriy davrda
olingan sug‘urta to‘lovlari bilan shu davrda to‘langan sug‘urta to‘lovlari va
sug‘urta rezervlari o‘zgarish qiymatlari orasidagi farq yig‘indisiga teng.
168
Do'stlaringiz bilan baham: |