1-MA’RUZA. NEFT MAHSULOTLARINI TAQSIMLASH
1.Neft mahsulotlarini iste’molchilarga tarqatish tizimi
Neftmahsulotlarni iste’molchilarga maxsus quyish va tarqatish qurilmasi
orqali avtotsisterna,
konteyner, bochka, bidon va boshqa mayda taralar (idish)ga
quyib tarqatiladi. Bunday qurilmalarga avtoestakada, avtokolonka, quyish,
qadoqlash, avtomobil yoqilg‘isi quyish stansiyasi va tarqatish quduqlari kiradi.
Avtoestakada va avtokolonkalar neftmahsulotlarni
avtotsisternaga quyishga
mo‘ljallangan. Odatda, katta avtobazalarda avtotsisternalarga guruhli quyish uchun
avtoestakada va avtomatlashtirilgan kolonka, alohida sisternalarga quyish uchun
kichik avtokolonkalar tashkil qilinadi. Neftmahsulotlarni taralarga quyish quyidagi
joy orqali amalga oshiriladi. Qadoqlashning asosiy vazifasi –
tor saqlagich orqali
keyinchalik tarqatish uchun neftmahsulotlarni kichik taralarga joylashtirishdir.
Avtozapravka stansiyasi avtotarnsportlarni neft mahsulotlari bilan
ta’minlashga mo‘ljallangan. Shuning uchun ular neftbaza hududidan tashqarida
quriladi. Tarqatish (razdatochniy) qudug‘i ayrim
hollarda neftmahsulotlarni
bo‘shatishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Masalan, aerodrom omborlarida, daryo-dengiz
prichallarida.
2.Neftmahsulotlarning miqdorini hisobga olish
Rezervuardagi neftmahsulotlarning miqdorini hisobga olish quyishni
o‘lchash va o‘lchash jadvali bo‘yicha hajmni aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Rezervuarlarda hisobga olishning aniqligi quyidagilarga bog‘liq:
-
rezervuarlarning sozligiga;
-
trafaret holatiga;
-
o‘lchash jarayonida umumiy qoidalarga amal qilish;
-
o‘lchashni bajaruvchi xodimlarning malakasiga.
O‘lchashdan oldin yuqoridagi trafaretning sozligi tekshiriladi. Keyin quyish
bandligi ikki marta o‘lchanadi. Keyin tovar tagidagi suvning xajmi o‘lchanadi.
3.O‘lchagich orqali hajmli bo‘shatish
O‘lchagich yordamida rangli neftmahsulotlarni hajmli bo‘shatish, tarozili
bo‘shatishga qaraganda ancha afzalliklarga ega:
neftmahsulotlarni bo‘shatishga talab qilinadigan vaqt kamayadi; yo‘qotishlar
pasayadi; avtotransportning bo‘sh harakati kamayadi.
Hajmli bo‘shatish bir komplektga ulangan ikki o‘lchagich
orqali amalga
oshiriladi. Bu quyidagi tartibda ishlaydi: birinchi o‘lchagich orqali neftmahsulotlar
bo‘shatiladi, ikkinchisi bu vaqtda to‘ldiriladi (1- rasm).
1-rasm. O‘lchagich orqali neftmahsulotlarini hajmli bo‘shatishning qurilmalari: a- uch
o‘lchagichdan tashkil topgan komplekt; b- qushimcha o‘lchagich; v- to‘rt yurishli kran;
g- havo klapani; 1- asosiy o‘lchagichning to‘rt yurishli krani A va B;
2- ko‘shimcha o‘lchagich; 3- bo‘shatish uchun quvur 25l; 4- bo‘shatish uchun quvur 50l;
5- yeran korpusi; 6- kran tiqini;
7- dasta (rukoyatka); 8- fiksator (qotiruvchi); 9- havo klapani; 10- korpusning yuqori
qismi;
11- zolotnik (taqsimlovchi klapan); 12- po‘kak (poplavok); 13- saqlagiya ayvonchasi; 14-
so‘naltiruvchi shpilka;
15- oyna (shisha); 16- tortuvch shpilka; 17- korpusning pastki qismi.
Bu jarayonni boshqarish to‘rt idishli kran orqali boshqariladi. Bu kranlar
neftmahsulotlarni quyish, chiqarish (to‘kish) va o‘lchagichlarni
ulash uchun
truboprovodlarning kesishgan bo‘g‘inlariga o‘rnatiladi.
Neftmahsulotlarni bochkalarda tarqatish uchun o‘lchagichlarning sig‘imi
100 l, avtotsisterna uchun 1000 l ga teng bo‘ladi. Undan tashqari, bochkalar uchun
ikki xil sig‘imli (25 va 50 l) va avtotsisterna uchun ham ikki xil sig‘imli (250 va
500 l) o‘lchagichlar mavjud.
Quyish va bo‘shatish jarayonida havoni chiqarish uchun maxsus klapan
o‘rnatiladi. Klapan metall qopqoqli, oynali (shishali)
silindrik korpusdan tashkil
topgan. Shishali silindr xizmat qiluvchi xodimlar tomonidan o‘lchagichning
to‘lishini nazorat qilishga yordam beradi. Havo klapanidan neftmahsulotlarning
havo va bo‘g‘lar to‘plash kollektorida yig‘iladi va rezervuar o‘lchagichga
yo‘naltiriladi.
Odatda, o‘lchagichlar kalibrlanadi va uning xatosi ±0,2% dan oshmasligi
kerak. O‘lchagichlarni kalibrlash maxsus o‘lchash
idishi va hajm regulyatori
(boshqaruvchisi) yordamida amalga oshiriladi. Hajm o‘lchagichlarni ishga
tushirish maxsus tashkilotlarning ruxsati bilan bajariladi.