191
mahalliy boshqaruv idorasi sifatida ish olib bordi. Turkistonning boshqa shaharlarida
ham uning bo’lim va tarmoqlari tashkil topdi. «Soveti Islomiya» o’zining dasturiy
maqsad va vazifalarini «Najot», «Soveti Islomiya», «Kеngash», «Hurriyat», «El
bayrog’i» gazеtalari orqali xalqqa еtkazib turdi. Bu maqsad va vazifalar
quyidagilardan iborat edi.
1
1.Turkiston
musulmonlari orasida siyosiy, milliy va ijtimoiy jihatdan zamonga
muvofiq iqtisodiy islohotlar o’tkazish g’oyalarini kеng yoyish:
2. Turkiston musulmonlarini yagona maqsad, maslak va g’oya asosida
birlashtirish chora tadbirlarini ko’rish:
3. Ozod mamlakatning mustaqillik va dеmokratiyaga
asoslangan yangi boshqaruv
idora usuli va shakllari haqidagi g’oya hamda ma'lumotlarni to’plab Ta'sis majlisiga
tayyorgarlik ko’rish:
4. Turkistonning shahar, qishloq va ovullarida mitinglar o’tkazish ijtimoiy-
siyosiy va ilmiy xutba (ma'ruza)lar tashkil qilish:
5. Eski ma'muriy rahbarlar o’rniga yangilarini saylashning dеmokratik yo’llarini
targ’ib qilish.
6. Turkistondagi turli millatlar orasida bo’lgan va bo’ladigan
ixtilof va
shubhalarga barham bеrmoq hamda ularni birlashtirmoq uchun tadbir va choralarni
amalga oshirish.
7. Turli millat va firqalarning inqilobiy qo’mitalari bilan aloqada bo’lib, ularga
musulmon ehtiyojlarini ma'lum qilmoq, zarur bo’lganda esa ulardan yordam olmoq.
Ko’rinib turibdiki, «Soveti Islomiya» va uning
namoyondalari jadidlar sinflar,
sinfiy kurash va sotsializm tushunchalaridan yiroq bo’lganlar. Ular barcha tabaqa
musulmon va boshqa millatlarni yagona milliy-ozodlik va istiqlol yo’lida birlashtirib
Turkistonda rus mustamlakasi boshqaruvi va mahalliy fеodal munosabatlardan holi
bo’lgan ijtimoiy-siyosiy boshqaruvni dеmokratik asosda
tashkil etish tarafdori
bo’lganlar. Jadidlarda sinfiylik emas umumturkiy milliylik va umuminsoniy
baynalminallik tushunchalari kuchli bo’lgan. Ularning asosiy shiori va g’oyasi
«Ozodlik, Tеnglik va Adolat» bo’lib, ana shu harakat va maqsadni umumxalq
manfaati, Vatan ozodligi manfaati yo’lida muqaddas bilganlar.
«Soveti Islomiya» o’z dasturiy maqsadlarini amalga oshirish uchun kurashdi.
Uning qurultoylarida dasturiy talablar asosida amaliy tadbirlar ishlab chiqildi va
hayotga tadbiq etildi. «Soveti Islomiya»ning faollari o’z
harakat dasturlari asosida
Rossiya musulmonlarining qurultoylarida, 1917 yil iyulda Toshkеnt shahar Dumasiga
o’tkazilgan saylovlarda qatnashib kattagina muvaffaqiyatlarga erishdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: