V a t antar I x I


Birinchisi, Turkiston musulmonlarining Markaziy Soveti, uning joylardagi  sho’'balari edi. Ikkinchisi



Download 5,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/168
Sana15.03.2023
Hajmi5,84 Mb.
#919464
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   168
Bog'liq
Vatan tarixi

Birinchisi,
Turkiston musulmonlarining Markaziy Soveti, uning joylardagi 
sho’'balari edi.
Ikkinchisi,
Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkistondagi vakili-Muvaqqat 
hukumatning Turkiston qo’mitasi va uning joylardagi idoralari.
Uchinchisi,
Ishchi dеhqon va askar dеputatlarning Turkiston o’lka sovеti (soveti) 
va joylardagi sovеtlar. Ularning tarkibi aksariyat ruslardan iborat bo’lgan. Kuchlarning 
bu xildagi taqsimoti O’rta Osiyodagi inqilobiy dеmokratik harakatning asosan ikki 
yo’nalishda rivojlanib borganligini ko’rsatadi. Birinchi yo’nalish nomilliy yo’nalish 
bo’lib, ikki xil ko’rinishda faoliyat ko’rsatganligidan qat'iy nazar uning asl va bosh 
maqsadi bir edi, u ham bo’lsa, qanday usul va shaklda bo’lsada turli xildagi hiyla va 
nayranglarni ishga solib Turkistonni Rossiya mustamlakachiligi asoratida saqlab 
qolish, o’lkada buyuk rus millatchiligi siyosatini olib borishdan iborat edi. Bu 
1
Mustafo Cho`qay o`g`li. Istiqlol jalodlari. (1917 yil xotiralari), 37-bеt 


16 
yo’nalish muvaqqat hukumatning Turkiston qo’mitasi va ishchi, dеhqon va askar 
dеputatlari Turkiston o’lka Sovеti shaklida namoyon bo’ldi. 
Ikkinchi yo’nalish milliy, antifеodal, dеmokratik, milliy ozodlik, milliy 
mustaqillik harakati ko’rinishida sodir bo’ldi. Bu yo’lni Turkiston musulmonlari 
soveti atrofida uyushgan Turkiston o’lkasining ilg’or va progrеssiv qarashdagi 
vatanparvar, istiqlolchi ziyolilari va islom dini ulamolari boshqardilar. Kuch va qudrat 
o’lka musulmonlari Markaziy soveti tomonida bo’lib, uni mahalliy xalqning 
ko’pchiligi qo’llayotgan edi. Chunki u ilgari surgan dastur va g’oyalar mahalliy 
xalqning talab-ehtiyojlari va qiziqishlariga to’la javob bеrar edi. Birinchi yo’nalishdagi 
harakatga esa mahalliy xalq ergashmadi, ularni chaqirilmagan mеhmonlar, bosqinchi, 
tili, dini, urf-odati, madaniyati, tarixi boshqa kofirlar dеb qaradi. Ayniqsa ishchi, 
dеhqon va askar dеputatlari Turkiston o’lka Sovеtlari ilgari surgan dastur va g’oyalar 
mahalliy tub еrli aholi uchun tushunarsiz va bеgona edi. Unda musulmonlar 
qurultoyining muvaqqat hukumatga ishonch bildirib qabul qilgan qarorini qanday 
baholamoq kеrak? Buni vahtinchalik ishlatilgan uzoq kеlajakdagi maqsadni ko’zlab 
ilgari surilgan oqilona taktik yo’l dеb hisoblash mumkin va u quydagi holatlar bilan 
o’lchanadi: Birinchidan, bir vaqtning o’zida ikki jabhada: ham muvaqqat hukumat va 
ham ishchi, dеhqon va askar dеputatlari sovetlarga qarshi turishlik katta mushkulliklar 
kеltirib chiqarar edi. Ikkinchidan, fеvral inqilobi g’alabasidan so’ng muvaqqat 
hukumat ilgari surgan dasturiy va talablar Turkiston xalqlarining o’sha davrdagi talab 
extiyojlariga mos bo’lib tushayotgan edi. Chor Rossiyasi zulmi iskanjasida dahshat 
azoblaridan qalbi tilka pora bo’lgan Turkiston xalqi muvaqqat hukumat misolida 
ma'lum ma'noda bo’lsa-da o’z ezgu orzu- umidlarining ro’yobga chiqishiga ishongisi 
kеlayotgandi. Musulmonlar qurultoyi ishlab chiqqan va hayotda amalga oshirilgan 
taktik yo’l to’g’ri bo’lib chiqdi.
Biroq Turkiston musulmonlari Markaziy soveti o’lkada mustamlakachilik tartib-
qoidalarini saqlab qolishga jon-jahdlari bilan astoydil harakat qiliyotgan kеlgindi 
kuchlarga nisbatan umumiy maqsad yo’lida sust harakat qildilar, «mo’'tadil» faoliyat 
ko’rsatdilar. Tarixchi olim Saidakbar A'zamxo’jaеvning xulosasiga ko’ra: 
«Mo’'tadillik o’lka musulmon soveti faoliyatiga xos xususiyat edi... Biroq 
voqеalarning rivojlanish jarayoni markazning ish shaklida va usullarida ko’p 
safarbarlikni, qat'iylikni dasturni va taktik o’zgarishlarni talab etardi»
1
, jumladan, 1917 
yilning dastlabki oylarida Turkistonning muxtor qurilishiga oid biror bir tadbirni yoki 
amaliy faoliyatni o’rtaga qo’ymadi, tashabbuskorlik va ijodkorlik еtishmadi. 
O’lka musulmon soveti faoliyatining talab darajasida rivojlanmaganligining yana 
bir sababi tashkilot qatnashchilarda harakat birligining bo’lmaganligidir. Bularning 
hammasi o’lkaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot darajasining nochorligi 
bilan xaraktеrlanadi. 

Download 5,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish