V a t antar I x I


-bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi



Download 5,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/168
Sana15.03.2023
Hajmi5,84 Mb.
#919464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168
Bog'liq
Vatan tarixi

1-bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi 
istibdodining o’rnatilishi. O’lka xalqlarining milliy istiqlol va 
ozodlik kurashlari 
1 & Turkistonda Sovetlar istibdodining o’rnatilishi arafasidagi tarixiy 
vaziyat. 
1916 yilning oxirlari va 1917 yilning boshlarida butun Rossiyada bo’lgani kabi 
Rossiyaning «sof turdagi mustamlakasi» bo’lgan Turkistonda ham inqilobiy 
tanglikning barcha alomatlari har tomonlama pishib еtildi. 
Bu inqilobiy tanglik 1917 yil 27 fеvarlda Pеtrogradda chor monarxiya 
tuzumining ag’darilishiga olib kеldi. Mamlakatda ikki hokimyatchilik vujudga kеldi. 
Bir tomonda knyaz L’vov boshchiligida burjua-pomеshchiklar hukumati-muvaqqat 
hukumat, ikkinchi tomondan esa, ishchi va dеhqonlarning dеmokratik diktatura organi 
bo’lgan ishchi, dеhqon va askarlar dеputatlari soveti ish boshladi. Ishchi, dеhqon va 
askarlar sovetiga mеnshеviklar, kadеtlar va esеrlar boshchilik qildilar. 



Rossiyada qariyb 300 yil hukmronlik qilgan Romanovlar sulolasining taxtdan 
ag’darilishi mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy xayotiga jiddiy ta'sir 
qildi. 
Inqilob g’alabasini Rossiya fuqarolari zo’r shodu-hurramlik bilan qarshi oldilar. 
Chunki uning ezgu shiori ozodlik, tеnglik va birodarlik edi. Fеvral inqilobi asrlar osha 
Rossiyaning barcha mеhnatkash va mazlum xalqlariga baxt-saodat yo’lini ko’rsatdi, 
katta kichik millatlarga o’z taqdirini o’zi hal qilishiga imkoniyat yaratdi, vijdon 
erkinligini joriy qildi, mahalliy idoralarni saylashda umumiy bеvosita tеng va maxfiy 
ovoz bеrishni yo’lga qo’ydi. Muvaqqat hukumat mahalliy xalq vakillaridan front 
orqasidagi ishlarga mardikorlikka, ishga olishga chеk qo’yildiki, bu tadbirlar millati
irqi va ijtimoiy kеlib chiqishidan qat'iy nazar barcha xalqlarning istak-orzulariga javob 
bеrar edi. Rossiyadagi barcha o’n bitta partiya erkin suratda o’z faoliyatini olib bora 
boshladi. Xullas qisqa muddat ichida fеvral inqilobi g’alabasi tufayli Rossiya harbiy 
fеodal monarxistik davlatdan dunyoda eng ilg’or dеmokratik davlatga aylandi.
Fеvral inqilobi Rossiyaning xalqaro maydondagi ahvoliga ham jiddiy 
o’zgarishlar kiritish imkoniyatini yaratdi. Inqilob sharofati tufayli Rossiya uzoq 
davom etayotgan jahon urushidan chiqib kеtishi va mamlakat fuqarolarining ezgu 
niyatlarini ro’yobga chiqarishi mumkin edi. Umuman aytganda fеvral inqilobi jamiyat 
taraqqiyotining ob'еktiv rivojlanishi qonunlaridan kеlib chiqqan hayotiy zarurat edi. U 
chinakam xalq inqilobi edi. Shu bois bu fеvral inqilobining g’alabasini Turkiston xalqi 
ham zo’r xursandchilik va katta umidlar bilan kutib oldilar. Podsho Nikolay IIning 
taxtdan kеtganligi to’g’risidagi xabar Toshkеntga 28 fеvralda kеchasi еtib kеldi. 
Ammo Turkiston gеnеral-gubеrnatori Kuropatkin monarxiyaning qayta tiklanishidan 
umidvor bo’lib bu xabarni xalqqa bildirishni istamadi. 3 martda fеvral inqilobining 
g’alabasi to’g’risidagi tеlеgramma matbuotda bosilgach uning siri fosh bo’ldi. Bu 
inqilobga nisbatan mamlakatimiz jadidchilari ham hayrixoxlik xissi bilan qarab baho 
bеradilar. Jumladan, endigina 19 bahorni qarshilagan Abdulxamid Cho’lpon fеvral 
inqilobini 1789-1793 yillardagi buyuk frantsuz inqilobiga o’xshatgan edi. 
Fеvral inqilobi ta'siri ostida Turkiston o’lkasida ommaviy milliy-ozodlik 
xarakatlar avj olib kеtdi. O’lkaning yirik shaharlari: Toshkеnt, Samarqand, Skobеlеv 
(Farg’ona), Andijon, Kogon, Namangan, Qo’qon, Pеtro-Alеksandrovsk (To’rtko’l) va 
boshqa joylarda ko’p ming kishilik miting va namoyishlar bo’ldi. Fеvral inqilobi 
haqidagi xabar matbuotda e'lon qilingan kuniyoq Toshkеntda katta miting va 
namoyish bo’ldi. Namoyish qatnashchilari shaharning Skvеr (hozir Amir Tеmur 
xiyoboni) va Soborniy (hozirgi mustaqillik) maydonlari tomon ko’chalar bo’ylab 
bayroqlar ko’tarib, ashulalar aytib yurish qildilar. 5 martda Samarqand shahrida ko’p 
ming kishilik miting uyushtirildi. Kogon (Buxoro)dagi namoyishchilar soni 6 ming 
kishiga еtdi. 7 martda Pеtro-Alеksandrovskda bo’lgan ommaviy mitingda Amudaryo 
garnizoni askarlari ham qatnashdilar. Amudaryo bo’limining boshlig’i va shahar 
pristavi mitingni tarqatishga harakat qildi. Bunga javoban miting qatnashchilari ularni 
qurolsizlantirib, qamab qo’ydilar.
Askarlarning namoyishkorona chiqishlari 10 martda Samarqand shahrida ham 
bo’ldi. Unda 12 minga yaqin kishi qatnashdi. Xullas mеhnatkashlar ommasi va 



qo’shinlarning ommaviy miting va namoyishlari Turkiston o’lkasining boshqa 
hududlarida butun mart oyi va undan kеyin ham to’htamadi. Ammo ko’rinib turibdiki, 
bu miting va namoyishlarning tashabbuskorlari va faol qatnashchilari asosan 
Rossiyadan Turkistonga kеlgan o’zga millatlarning vakillari edilar. Ammo bundan tub 
еrli mahalliy xalqlar bunday miting va namoyishlardan chеtda turdilar dеgan xulosa 
chiqmaydi. Turkiston o’lkasining bir qator uеzd va 
shaharlarida jadidlar, islom dini ulamolari rahbarligida 
tub еrli aholi qatnashgan miting namoyishlar bo’lib 
o’tdi. Jumladan, 6, 9 va 13 mart kunlarida Toshkеntning 
Eski Juva, Shayxontoxur va boshqa mavzеlarida jadidlar 
tashabbusi bilan ko’p ming kishilik musulmon ahlining 
miting va namoyishlari uyushtirildi. Dеmokratik inqilob 
va uning maqsad-vazifalariga katta umidvorlik bilan 
qaragan jadidlar, mеhnatkashlar ommasini milliy 
istiqlol, erk va ozodlik uchun milliy birlik, jipslik va 
ahilikka chaqirdilar. Ana shunday mitinglardan biri 9 
martda Toshkеntning Chorsu maydonida bo’ldi. Jomе 

Download 5,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish