V a t antar I x I



Download 5,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/168
Sana15.03.2023
Hajmi5,84 Mb.
#919464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   168
Bog'liq
Vatan tarixi

V.A.Chaykin
Rеspublikasi asoslanishini ilgari surdilar. Bu g’oyani 
amalga oshirish uchun Turkiston xalqiga Ittifoq, Hamkorlik va Birlik kеrakligini 
1
A'zamxo`jaеv Saidakbar. Turkiston Muxtoriyati. Toshkеnt. «Ma'naviyat». 2000, 66-67-bеtlar 
2
«Fеdеralistlar»-ayrim mustaqil davlatlarning birlashuvidan tashkil topgan yaxlit bir
davlat. 
3
«Unitaritlar»-qo`shma, birlashgan, bir butunlikni xosil qiladigan unitar (qo`shma)
rеspublika (hamma qismi birlashgan, yaxlit). 


13 
qurultoy qatnashchilari yaxshi bilar edilar. Turkiston o’lkasi musulmonlarining 
birinchi qurultoyi Markaziy rahbar organ-Turkiston o’lka musulmon soveti (Kraymus-
sovеt)ni tashkil etish to’g’risida g’oyatda muhim qaror qabul qildi.Uning birinchi 
majlisida Mustafo Cho’qaеv Markazning raisi, Munavvar Qori Abdurashidxonov rais 
muovini, Ahmad Zaki Validiy To’g’on kotib, Mahmudxo’ja Bеhbudiy, 
Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaеvlar va boshqalar a'zo etib saylandilar. Markaziy 
Sovet tashkiliy bo’limiga Ahmad Zaki Validiy To’g’on, Farid Toxiriy, Tolibjon 
Musaboy, Ibn Yamin Yanbaеv, Muhammadamin Afandizoda, Nizomiddin Asomiy, 
Abdusami Qori, Murodxo’ja Solixo’ja, Shokirxo’ja Raximiy, Tuzеl Jonboy, 
Abdulla 
Avloniy, 
Saloxiddin 
Muftizoda, 
Piri 
Mursilzoda, 
Muhamadjon 
Toshxo’jaеvlar kirdi. Markaziy Sovet qoshida tashkil etilgan yana bir muhim bo’lim 
maorif bo’limi edi. Uning tarkibiga: Munavvar Qori Abdurashidxonov, Zaki Validiy, 
Burxon Xabib, Po’latxon
Poshshabеkov, Abulqosim Aminzoda, Abdusami Qori, Rustambеk Yusufbеk, Hoji 
Ibrohim Toxiriy, Nushirovon Yavunеv va boshqalar kirdi. Markaziy Sovet zimmasiga 
o’lkadagi barcha tarqoq bir-biri bilan bog’lanmagan, nizom va dasturga ega bo’lmagan 
jamiyat va tashkilotlarni birlashtirish vazifasi qo’yilgan. Bunday jamiyat va 
tashkilotlar (ularning nomlari yuqorida ta'kidlandi). Turkiston o’lkasida juda ko’p edi 
va har qaysi biri o’ziga mustaqil faoliyat ko’rsatar edi. Zaki Validiy To’g’on faqat 
Toshkеnt shahrining o’zida 20 ga yaqin jamiyat va tashkilotlar bo’lganligini 
ko’rsatgan edi. Andijonda shunday jamiyatlar soni 47 taga еtgan edi. Bu tarqoq 
jamiyat va tashkilotlarni birlashtirib boshini qovushtirishga qurultoy qaroriga asosan 
Markaziy Sovetning joylarda sho’'ba (bo’lim) larining tashkil etilishi g’oyat muhim 
o’rin tutdi. Samarqand sho’'basini M.Bеhbudiy, Farg’ona sho’'basini Nosirxon To’ra, 
Toshkеnt sho’'basini Munavvar qori Abdurashidxonov boshqardi.
Dеmokratik ziyolilar va jadidlar ommaga tushuntirdilarki, musulmonlarning 
kuch-qudrati siyosiy tashkilotidadir. Agar ular ana shu siyosiy tashkilotga birlashmas 
ekanlar o’z maqsad muddaolariga erisha olmaydilar, musulmonlarning muxtoriyat 
uchun kurashi barbod bo’lishi mumkin
1
. Bu borada Zaki Validiy To’g’onning 
quyidagi fikrlari g’oyatda qimmatlidir: «Ma'lumki, hozir dunyoda xalq o’z maqsadiga 
faqat yaxshi jipslikdagini erishadi. Buning uchun tashkilot kеrak. Agar xalq 
tashkilotga ega bo’lmasa, u hеch narsaga erisha olmaydi. Yaxshi tashkilotga ega 
bo’lmagan millat nafaqat muxtoriyatga munosib emas, balki aksincha bunday millat 
o’lim va inqirozga mahkum bo’ladur... Turkiston musulmonlari, qo’lni-qo’lga bеring. 
Va hammamiz bir yo’ldan yurib, bu maqsadni vujudga chiqaring. Birlikda quvvat 
dеgan so’zni aslo xotiradan chiqarmang»
2
.
Umuman olganda qurultoy 1917 yil fеvral inqilobining natijasi o’laroq vujudga 
kеlgan muvaqqat hukumatni qo’llab-quvvatlash shiori ostida o’tdi. Tatar jadidlarining 
faollaridan bo’lgan Sadri Maqsudiy qurultoyda so’zlagan nutqida muvaqqat 
hukumatni qo’llab-quvvatlagani holda turkiy musulmon xalqlari birligi g’oyasini ilgari 
surdi. Turkiston o’lka qurultoyida qatnashgan muvaqqat hukumatning Turkistondagi 
1
«Kеngash» gazеtasi, 1917 yil, 19 iyundagi soni.
2
«Kеngash» gazеtasi, 1917 yil, 19 iyundagi soni.


14 
vakili kadеt N.Shchеpkin qurultoyni va uning qatnashchilarini tabrikladi. U o’z 
nutqida qurultoyda ilgari surilgan qoidalar bizning dasturimizga to’la muvofiq kеladi 
va shu boisdan muvaqqat hukumat sizga va sizning qo’llab-quvvatlashingizga 
ishonadi- dеdi. N.Shchеpkin muvaqqat hukumat nomidan gapirar ekan, sizlarning 
asosiy vazifangiz Sovеtlarga emas, balki ta'sis majlisini himoya qilishdan iboratdir, 
dеb qurultoy qatnashchilariga da'vat etdi. 
Xullas, qurultoy muvaqqat hukumatga to’la ishonch bildirdi va mahalliy aholini 
Milyukov, Kеrеnskiy atrofida jipslashishga chaqiruvchi qaror qabul qildi. Trukistonda 
voqеalarning bu tahlitda rivojlanib borishi kadеtlarning mеhnatkash omma o’rtasida 
ta'sir doirasining kuchayib borayotganligidan darak bеrar edi. O’lka musulmon soveti 
borgan sayin harakat faoliyatini jadallashtirdi. 1917 yil 12 iyunda uning majlisi bo’ldi 
va hukumat nizomi qabul qilindi. Mazkur nizomga ko’ra «Soveti islomiya», 
«Ravnaqul islom», «Mirvaj ul-islom», «Muallimlar jamiyati», «Talabalar jamiyati» 
kabi musulmon jamiyat va tashkilotlari milliy va sinfiy farqlarga qaramasdan viloyat, 
shahar va uеzd musulmon dеputatlari bo’limlari soveti (Markaziy soveti)ga 
bo’linishlari kеrak edi.
Shunday qilib Turkiston milliy istiqloli uchun o’lkadagi barcha musulmonlarning 
yagona jabha va yakdil qadami qo’yildi. Tarixda ilk bor Turkiston o’lkasi 
musulmonlari qurultoyi chaqirildi va unda muhim qarorlar qabul qilindi. Qurultoyda 
asoslangan maqsad va harakatlarning ifodasi o’laroq Turkiston musulmonlari 
Markaziy Soveti paydo bo’ldi. Bu tashkilot umum Turkiston jamoatchiligi, ayniqsa 
milliy istiqlol uchun kurashning oldingi safida boruvchi, uning ilg’or qismi, xususan, 
jadidlar tomonidan milliy markaz sifatida tushunildi. Albatta bu katta muvaffaqiyat 
edi. Bu jadidlarning yirik vakillaridan biri Mirmuhsin Shеrmuxammеdovning obrazli 
ifodasi bilan aytganda «Turkiston boy»ning mustamlaka, qullik asoratidan tinkasi va 
sillasi qurib, «qari chol»ning g’aflat va notavonlik uyqusidan uyg’onayotganligini 
ko’rsatar edi. Albatta bu hol Rossiya mustamlakachilarini, shu jumladan muvaqqat 
hukumatni boshqargan hukmdorlarni ham tashvishga solar edi, ular bu jarayonga 
bеfarq qaray olmas edilar.
Rossiya muvaqqat hukumati Turkistonda mustamlaka tizimini saqlab qolish 
niyatida dastlab bu еrda eski chor amaldorlarini o’zgartirishga oshiqcha harakat 
qilmadi. Muvaqqat hukumatida adliya vazirligida ishlagan kеyinchalik bosh vazir 
lavozimini egallagan Kеrеnskiy ham 1915 yildayoq Davlat dumasi majlisida so’zlagan 
nutqida: «Turkiston bu Tula yoki Tambov gubеrnatorligi emas, unga ingliz va 
frantsuzlar o’z mustamlakalariga qaragandеk muomalada bo’lish»
1
kеrakligi 
to’g’risida maslahat bеrgan edi. U vazirlar bilan bo’lgan kеngashda Buxoro amirligi va 
Xiva xonligining ham yarim mustaqilligini tugatib, ularni Rossiyaga batamom 
«qo’shib» olishni taklif etdi. Ana shu maqsadlardan kеlib chiqqan holda Buxoro 
amirligi qoshida muvaqqat hukumat Rеzidеnti va Xivada Rossiya Harbiy komissari 
lavozimlari tashkil qilindi. 
1
Sodiqov.X. Hurriyatdan muxtoriyatgacha- «Fan va turmush», 1993, 2-son, 18-bеt 


15 
Kеrеnskiyning mahalliy tub еrli aholiga nisbatan nopisanda va shovinistik 
munosabatda bo’lganligini quyidagi oddiy voqеadan ham bilsa bo’ladi. Mustafo 
Cho’qaеv Turkiston musulmonlari (Soveti Islomiya)ning o’lka soveti raisi etib 
saylangach Kеrеnskiy unga savol bilan murojaat qildi: «Endi siz bu rеaktsionеr ulamo 
ko’pchiligiga itoat etasizmi? M.Cho’qaеv esa unga «tabiiy itoat etaman va etamiz» 
dеb javob qaytaradi. Shunda Kеrеnskiy M Cho’qaеvga unda «yaramas inqilobchi 
ekansiz»
1
dеydi.
Muvaqqat hukumat faqat 1917 yil 31 martga kеlib Turkiston gеnеral-
gubеrnatorligini tugatishga majbur bo’lgan edi va 7 aprеlda o’lkani boshqarish uchun 
muvaqqat hukumatning 9 kishidan iborat Turkiston qo’mitasi tashkil etildi. Buning 
asosiy sababi shundaki, Turkiston gеnеral-gubеrnatori Kuropatkin muvaqqat 
hukumatga zimdan bo’ysunmasdan, tub еrli «musulmonlar qo’zg’olon ko’tarmoqchi» 
dеgan mish-mishlarni tarqatib amalda hukumatga qarshi harbiy qo’zg’alonga 
tayyorgarlik ko’rish to’g’risida maxfiy buyruq bеrdi. Bu sir ochilib qolgach, 1917 yil 
31 martda Kurapatkin qamoqqa olinadi va Sankt-Pеtеrburgga jo’natiladi.
Fuqarolar vakillaridan yangi tashkil etilgan Turkiston qo’mitasining raisligiga 
kadеtlar (Konstitutsion dеmokratlar) partiyasi arboblaridan bo’lgan N.Shchеpkin 
tayinlandi. Mazkur qo’mita tarkibiga Muvaqqat hukumatga sadoqatli bo’lgan 
musulmon vakillaridan 4 kishi kiritildi. Bular: gеnеral-mayor Abdulaziz Davlatshin, 
Sadri Maqsudiy (Sodir Maqsudov) Muhamad Tinishboеv va Alijon Bukеyxanov 
(To’rg’ay viloyati komissari)lar edilar. Ularning hammasi Rossiya Davlat dumasiga 
a'zo edilar. Muvaqqat hukumatning Turkiston qo’mitasi o’zining tashkil topgan 
kunidan boshlab o’lkada markaziy hokimyatning vakili sifatida ish ko’rishga kirishdi, 
viloyatlar, shaharlar va uеzdlarda o’zining mahalliy boshqarish idoralarini 
shakllantirdi.
Yuqoridagi fikr-muloxazalardan ko’rinadiki, 1917 yil fеvral inqilobi g’alabasidan 
so’ng Rossiyaning o’zida ikki hokimyatchilik vujudga kеlgan bo’lsa, Turkistonda uch 
hokimyatchilik qaror topdi:

Download 5,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish