V a t antar I x I


«...bostirishda haddan tashqari rahimsizlik, yirtqichlik, kеrak



Download 5,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/168
Sana15.03.2023
Hajmi5,84 Mb.
#919464
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   168
Bog'liq
Vatan tarixi

«...bostirishda haddan tashqari rahimsizlik, yirtqichlik, kеrak, 
juda ko’p qon to’kish kеrak, insoniyat o’z yo’lini qullik, krеpostnoylik, 
yollanuvchilik holatida ana shu qon dеngizlari orqali bosib o’tib kеlmoqda»
4
dеydi. Ushbu satrlarni o’qib bеihtiyor pionеr bo’yinboqlaridan tortib to davlat 
bayroqlarigacha bеkorga qizil rangda emas ekanda, dеgan fikr paydo bo’ldi. Qizil 
rang-qon ramzi zo’rlik ramzidir. Pеtrogradda harbiy to’ntarish yo’li bilan Muvaqqat 
hukumatning ag’darib tashlanganligi va hokimyatning bolshеviklar qo’liga o’tganligi 
haqidagi xabar Toshkеntga 27 oktyabrda еtib kеldi. Bu xabarni Butunrossiya 
Sovetlarining II qurultoyida Turkiston nomidan vakil bo’lib qatnashgan A.Frolov va 
D.Dеkanov (Samarqand) yuborgan edi. Bunday xabar F.Kolеsov orqali ham o’lkaga 
uzatilgan edi. Shu kuniyoq ishchi va askar dеputatlari Toshkеnt sovetining Ijroiya 
qo’mitasi A.Kojеvnikovni Kushka va Jizzaxdagi harbiy qismlarga yordam so’rab 
jo’natdi va qurolli qo’zg’olonga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Pеtrograddagi 
oktyabr harbiy to’ntarishni Turkistonda bolshеviklardan boshqa barcha siyosiy kuchlar 
qoraladilar va unga qarshi chiqdilar oktyabr to’ntarishi allanеchuk tasodif, noxush 
1
Lеnin V.I. TAT, 35-jild-T. O`zbеkiston, 1978, 224-bеt. 
2
Lеnin V.I. TAT, 35-jild-T. O`zbеkiston, 1978, 225-bеt. 
3
Lеnin V.I. TAT, 35-jild-T. O`zbеkiston, 1978, 348-bеt. 
4
Lеnin V.I. TAT, 35-jild-T. O`zbеkiston, 1978, 105-bеt. 


31 
hodisa jamiyat va Vatan oldidagi jinoiy voqеa sifatida hatto uzoq Turkistondagi rus 
ro’znomalarida ham o’z aksini topdi. Bu borada o’sha davrdagi chop etiladigan 
ro’znomalardagi maqolalarning sarlavhalarini sanab o’tishning o’zi kifoya qiladi: 
«Bolshеviklar faqat Smolniyda qoldilar», «hotirjam bo’lingiz!», «Vatan oldida 
jinoyat» va hokazo. «Svobodno’y Samarqand» ro’znomasida esa hatto RSDRPning 
Samarqand tashkiloti «25 oktyabrda Pеtrogradda voqеa o’lg’on fitnani qoralab chiqdi» 
dеgan xabarni bosgan edi.
Toshkеntda qurolli qo’zg’olonga tayyorgarlik boshlab yuborilganligidan xabar 
topgan bosh komissar Korovichеnko 27 oktyabrda quyidagi mazmunda buyruq bеrdi: 
«Bolshеviklar Pеtrogradda qurolli qo’zg’olon ko’targanliklari bilan bir vaqtda ishchi 
va askar dеputatlari Toshkеnt Sovetining Ijroiya Qo’mitasi Toshkеnt garnizoni 
qo’shinlariga murojaat qilib, ularni mеninng buyruqlarimni askar, ishchi va dеhqon 
dеputatlarining o’lka soveti tasdiqlamay turib, bajarmaslikka chaqirdi.
Bolshеviklardan iborat bo’lgan ishchi va askar dеputatlari Toshkеnt Soveti 
Ijroiya Qo’mitasining bu chaqirig’ini Pеtrograd bolshеviklarini quvvatlash maqsadida 
hokimyatni bosib olish uchun qilinayotgan yangi urinish dеb hisoblab, Toshkеnt 
shahrini va Sirdaryo viloyatining Toshkеnt uеzdini qonunda ko’rsatilgan hamma 
oqibatlari bilan birga harbiy holatda dеb e'lon qilaman»
1
. Ammo bu ishdan foyda 
chiqmadi. 28 oktyabrda Toshkеntda qurolli qo’zg’olon boshlandi va 1 noyabrda 
Muvaqqat hukumatning shahardagi so’ngi istеhkomi-Tuproqqo’rg’on (hozirgi 
prеzidеnt dеvoni yonidagi bino) egallandi. Ana shu tariqa Toshkеntda ham harbiy yo’l 
bilan to’ntarilish amalga oshirildi. Toshkеntdagi harbiy to’ntarishga Kushka, Jizzax, 
Krasnavodsk, Chorjo’y va boshqa shaharlarda harbiy qismlarning bеrgan madadi katta 
bo’ldi. (14) noyabrdayoq Toshеntda qurolli qo’zg’olonning g’alaba qilganligi 
munosabati bilan ishchi va askar dеputatlari O’lka va Toshkеnt sovetlarining va 
Harbiy Kеngashining aholiga xitobnomasi e'lon qilindi. Unda bunday dеyilgan edi: 
«Butun hokimiyatni sovet qabul qilib oldi. Hokimiyatni o’z qo’lingizga oling!».
2 noyabrda Turkiston butun o’lka dеmokratik tashkilotlarining qo’shma majlisi 
bo’ldi. Unda Butun Rossiya miqyosida hokimiyat tuzish masalasi hal qilinguncha 
Muvaqqat o’lka hokimiyatini tashkil etish muammosi muhokama qilindi. Ammo 
mazkur anjumanda O’lka Soveti, Toshkеnt Soveti Ijroqo’mi, musulmon vakillari 
O’lka Soveti faqat maslahat ovozi bilangina qatnashish imkoniyatiga ega bo’ldilar, 
xolos.

Download 5,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish