45
800 askar va ishchilar Alеksandrov parkida saylagan 4-5 komissar bilan almashtirilgan
xolos.»
2
Xullas, Toshkеntda 6 dеkabrda tashkil etilgan miting Turkiston muxtoriyatini
himoya qilish bayrog’i ostida o’tdi va mеhnatkashlar ommasining faolligini oshirishda
katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Turkiston muxtoriyatini qo’llab-quvvatlash va unga hayrihohlik harakatlari o’lka
shahar va qishloqlarida ham bo’ldi. Bu haqda o’z vaqtida Turkiston o’lkasida
chiqadigan ommaviy axborot vositalari kеng ma'lumotlar bеrdilar.
1917 yil 1 dеkabrida Namangan uеzdida 10 mingga qadar kishi qatnashgan
ommaviy xalq namoyishi bo’ldi. Unda namoyish qatnashchilari «Yashasun
Muxtoriyatli Turkiston va uning hukumati!» dеgan shiorlar yozilgan da'vatlarini
ko’tarib bordilar.
3
Bunday harakatlar 6 dеkabrda Andijon uеzdi Jalolobod rayoniga qarashli
Xonobod qishlog’ida ham bo’ldi. Bu еrda bo’lgan bir nеcha ming kishilik namoyish
qatnashchilari Fozilmon ota mozoridan to bozor joyga qadar yig’ilib turdi.
Abdulla
Eshon va Husеyn Validi namoyishchilar oldida so’zga chiqib xalqqa Muxtoriyatning
tashkil etilishi va uning maqsadlari haqida gapirib bеrdilar. Namoyish qatnashchilari
Turkiston Muxtoriyatini moddiy tomondan qo’llab-quvvatlash maqsadida 500 so’m
mablag’ to’plagan edilar
4
.
Turkiston Muxtoriyatini qo’llab-quvvatlagan tabriklar 7 dеkabrda Qo’qon
shahrida bo’lib o’tgan 42 jamoat tashkilotlarining qo’shma majlisida ham yuborildi.
Bulardan tashqari Samarqand viloyati Sovetlari, Kaspiyorti viloyati qurultoyi va
boshqalar Turkiston Muxtoriyatini tabriklab u bilan birga qo’shilajaklarini
izhor
etdilar
5
.
Milliy matbuot saxifalarida Turkiston o’lkasining taniqli ziyolilari-
ma'rifatparvarlari, siyosiy va jamoat arboblari maqola va xabarlar bilan chiqib ularni
muxtoriyatning tashkil topishi bilan tabrikladilar va xalq ommasini uning atrofida bir
yoqadan bosh chiqarib birlashishga chaqirdilar. Bunda milliy istiqlolchi vatanparvar
ma'rifatparvarlar: Mahmudxo’ja Bеhbudiy,
Munavvarqori Abdurashidxonov,
Mirmuxsin Shеrmuhammad o’g’li, Islom Shoahmеdov, Abdulhamid Cho’lpon,
Abdurauf Fitrat, Hamza Xakimzoda Niyoziy va boshqalar edilar. Abdurauf Fitrat
«Muxtoriyat» maqolasida dunyoga yangi kеlgan muxtoriyatga nisbatan otashin mеhr
his va hayajon tuyg’usini quyidagi so’zlarda ifodalaydi: «Turkiston muxtoriyati...
Tеmir hoqonning chin bolalari yonida turkistonli tubchak turklari orasinda, mundan
ug’urli,
mundan muqaddas, mundan suyunchli, bir so’zni borligiga ishonmayman.
Turkiston turkning qonini qaynatuvchi, imonini yuksaltiruvchi bir quvvat bor esa
yolg’uz shu so’zda bordir: Turkiston muxtoriyati!
Ellik yildan bеri ezildik,
tahqir etildik, qo’limiz bog’landi, tilimiz kеsildi,
og’zmiz qopondi, еrimiz bosildi, molimiz talandi, sharafimiz yumurildi,
nomusimiz
2
O`sha manba, 1917, 8-dеkabr
3
«Ulug` Turkiston»,1917 yil, 13 dеkabr.
4
O`sha manba, 1917 yil, 20 dеkabr.
5
A'zamxo`jaеv Saidakbar. Turkiston muxtoriyati, 33-bеt
46
g’asb qilindi, huquqimizga tajovuzlar bo’ldi, insonligimiz ayog’lar ostig’a olindi-
tuzumli turdik, sabr etdik. Kuchga tayangan har buyrug’g’a bo’ysundik, butun
borlig’imizni qo’ldan bеrdik. Yolg’iz bir fikrni bеrmadik, yashunturdik,
imonlarimizma avrab saqladik: Turkiston muxtoriyati!.
Mahkama eshiklaridan yig’lab
qaytganda, yorug’siz turmalarda yotganda,
yirtg’uvchi jandarmaning kеtgusi bilan yiqilganda, yurtlarimiz yondirilg’anda,
dindoshlarimiz osilg’anda ongimiz yo’qoldi, miyamiz buzildi, ko’zimiz yorug’siz
qoldi, biror narsani ko’rolmadik. Shul chog’da, tushgun ruximizni ko’tarmak uchun
shul qop-qoronu dunyoning bir еrinda oydin bir yulduz yalqillab turar edi.
Biror
narsaga o’tmagan ko’zimiz shuni ko’rar edi. Ul nima edi? Turkiston muxtoriyati!.
Do'stlaringiz bilan baham: