elektron saytlar
1. ziyonet.uz- Ta‘lim portali
2. kitob.uz-Respublika bolalar kutubxonasi
XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISHNING PSIXOLOGIK USULLARI
Boboqulov Tuymurod Qurbonboyevich – Konimex tuman 19-umumiy o‘rta ta’lim
maktabi ingliz tili fani o‘qituvchisi.
Annotatsiya:
maqolada xorijiy tillarni o‘qitishda psixologik metodlardan foydalanish
hamda xorij tiliga o‘qitish bo‘yicha barcha fanlarga o‘qitishni, o‘rgatishni yangi-yangi
metodlarini izlab topish va uni amalda sinab ko‘rish haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar:
xorij tili, audiolingvol metod, va innovatsiya tushunchasi, psixologiya,
konseptual, mahsuli, ijtimoiy, yondashuv, metodlar, prinsipial.
Аннотации:
в данной статье представлена информация об использовании
психологических методов в обучении иностранным языкам, а также о поиске новых
методов преподавания и изучения всех предметов на иностранных языках и их
практическом применении.
Ключевые слова:
иностранный язык, аудиолингвистический метод и концепция
инноваций, психология, концептуальное, продуктовое, социальное, подход, методы,
принципал.
Annotation:
this article provides information on the use of psychological methods in the
teaching of foreign languages, as well as the search for new methods of teaching and
learning in all subjects of foreign language teaching and testing it in practice.
Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
237
Keywords:
foreign language, audiolingual method, and the concept of innovation,
psychology, conceptual, product, social, approach, methods, principal.
Hozirgi vaqtda nafaqat xorij tiliga o‘qitish bo‘yicha balki barcha fanlarga o‘qitishni,
o‘rgatishni yangi-yangi metodlarini izlab topish va uni amalda sinab ko‘rish to‘g‘risida ko‘p
ishlar qilinayapti. Bu hozirgi kundagi ta’lim tarbiya jarayonini yaxshilash, uchun xal
qilinishi kerak bo‘lgan eng muhim muammolardan biridir.
“Metod” tushunchasiga doir ta’limshunoslik o‘qitishni umumiy nazariyasi sifatida
ushbu atama keng qo‘llaniladigan fandir. Didaktlar “Metod” atamasini bilish, malaka,
ko‘nikmani egallash, o‘qituvchilar dunyoqarashini shakllantirish va bilish imkoniyatlarini
yaratish yo‘lidagi muallim va o‘qituvchining ish usuli ma’nosida izoxlaydilar. Fan
asoslarini o‘rgatadigan, o‘quv predmetlari uchun mo‘ljallangan ta’limning umumiy
metodlari ishlab chiqilgan. O‘quv predmetining xususiyatlari hisobga olinib, metodikada
xorij tili o‘qitish metodlari yaratilgan. Xorij tili o‘qitishda metodlarni tadbiq etish uzoq
davrlardan boshlangan.
Agar avval xorijiy tilni o‘qitish shu til sistemasini o‘rganish deb qaralgan bo‘lsa,
keyingi yillarda o‘qitishdagi muxim ko‘zlangan narsa bu o‘quvchilarni xorijiy nutqini
o‘stirishdan iborat bo‘ldi. Shuni aytish kerakki xorijiy tilni o‘rganishdagi bu maqsadlar, o‘z-
o‘zidan yoki biror kimsalar shaxs tomonidan qo‘yilmaydi, balki lingvistika va psixologiya
fanidagi o‘zgarishlar va sotsial jamiyatning rivojlanib borishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Masalan: Audiolingvol metodni olib ko‘raylik. Bu metodning yuzaga kelishiga lingvistika
fanidagi o‘zgarishlar, ya’ni struktural oqimni ta’siri bo‘ldi.
U quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
1. Xorijiy o‘rgatish avval og‘zaki nutqga urgatishdan boshlanmog‘i zarur;
2. Til o‘rganish turli strukturalar, nutq na’munalari asosida amalga oshiriladi;
3. Mashqlar ham shunga asoslangan holda til materialini ko‘p marta takrorlashni talab
qiluvchi mashqlar bo‘lishi kerakligi taqozo etiladi;
4. Mashqlar va leksikani tanlash xorij tili bilan ona tilini kiyeslashning natijalariga bog‘liq
bo‘lishi kerak.
5. Talaffuzga katta e’tibor.
Bu metodning asosiy kamchiligi, mexanik mashqlarning ko‘pligi va xaqiqiy nutq
mashqlarining ozligidir. Bu metod asoschilari amerikalik metodist olimlar Ch.Friz va
R.Ladolardir.
Psixologlarning
fikricha o‘quvchilar avval og‘zaki nutqda ishlatiluvchi
strukturalarning gaplarning yig‘indisini o‘rganishi va eslab qolishlari lozim. Keyinchalik
shu strukturalar asosida yangi-yangi gaplar tuzishi, ya’ni malaka va ko‘nikmalar hosil
qilinishi kerak.
1950 yil kelib g‘arbda yangi bir metod shakllanib yetdi. Bu “audio-vizual” metod edi.
Uning asoschilari yugoslavyalik metodist Petr Guberin va franso‘z Per Rivon, J.Gugeneym
va boshqalardir. Bu metod tilni til materialini eshitish va ko‘rish sezgilari orqali eslab
qolishga asoslangan. Bu metodning asosiy xususiyati shundaki u o‘rganayotgan til
materialini hayotiy situatsiyalar bilan bog‘lab o‘rganishni taqozo etadi. Til o‘rganish asosan
tematik prinsiplarga asoslangan. Bu metod mualliflarining fikricha o‘quvchilar kundalik
turmushda uchrab turadigan, eng ko‘p ishlatiladigan mavzularni o‘rganishlari kerak. Bu
mavzularning hammasi asosan ko‘rib qabul qilish sezgilariga asoslangan bo‘lishi, ya’ni
diafilmlarni keng ishlatish asosida bo‘lmog‘i zarur.
So‘ngi yillarda xorijiy til o‘qitishni intensivlashtirish masalasi bo‘yicha bizning
mamlakatimizda va chet ellarda ancha ishlar qilindi va qilinmokda. Bular yangi intensiv
metodlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Xo‘sh, intensiv metod o‘zi nima? Uni qanday
Do'stlaringiz bilan baham: |