Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
131
2. Ушаков Д. В. Интеллект: структурно-динамическая теория. М.: Изд-во ИП РАН, 2003.
3. Диагностика социального интеллекта. Тест Дж. Гилфорда и М. Саливана. СПб., 1999;
ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR - TA’LIM SAMARADORLIGI
OMILI
Sharipova Guliston Oblayevna - Xatirchi tuman 33-maktab tarix fani o‘qituvchisi
Annotatsiya:
maqolada bugungi kunda ta’lim – tarbiya tizimida pedagogning dars
jarayonidagi innovatsion yondashuvi hamda uning dars samaradorligiga ta’siri yoritilgan
Аннотация:
в статье описывается инновационный подход учителя к учебному
процессу в современной системе образования и его влияние на эффективность урока.
Annotation:
the article describes the innovative approach of the teacher in the teaching
process in today's education system and its impact on the effectiveness of the lesson.
Ta’lim-tarbiya faoliyatining mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o‘tishi bilan
kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashmoqda. Hozirda inson
faoliyatdan ko‘zda tutilgan maqsadlarni to‘liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit
tizimga, ya’ni “texnologiya” ga aylanib bormoqda. Shu asosda ta’lim-tarbiya sohasida
so‘nggi davrda pedagogik texnologiya amal qila boshladi.
Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri
interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o‘qituvchilari dars
mashg‘ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.
Interfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish,
xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom
muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
Darslarni o‘tishda bugungi kundagi o‘quvchilarning qiziqishi, orzulari,
imkoniyatlariga katta e’tibor berish lozim. Buning uchun birinchi navbatda o‘qituvchining
o‘zi ham siyosatshunos, ham ruhshunos, ham hozirjavob, san’atkor, ham mohir ustoz bo‘la
olishi kerak. Shundagina o‘quvchilarning qalbi zulfiga kalit topa olsa bo‘ladi. Bu esa
o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashda pedagogning yoshlar va hamkasabalar o‘rtasida
hurmatini oshiradi, xalq oldidagi mas’uliyatini, bo‘yniga olgan vazifasini bajarishi uchun
katta imkoniyatlar eshigini ochadi.
Lekin bu yo‘ldan borishda pedagog nihoyatda ehtiyotkor bo‘lishi lozim. Darsni
o‘tishda o‘qituvchi quyidagilarga e’tibor berishi lozim.
Avvalo har bir darsga ijodiy yondashish zarur. Xususan, mashg‘ulotlarda bahs va
munozaralarga mamlakatimiz taraqqiyotiga oid dalillar, xalqimizning tarixi, bugungi kuni,
davlatimizning olib borayotgan ichki va tashqi siyosati, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga asoslanib, oddiy, hayotdan olingan qiziqarli misollardan foydalanish ijobiy
natija beradi.
O‘quvchi yoshlarning Prezident nutqi va ma’ruzalari, kitoblarida asoslab berilgan
ustuvor yo‘nalishlar va tamoyillarni chuqur anglab, o‘zlashtirib olishlariga erishish, ayniqsa
muhim. Albatta, yangi vazifalar, maqsad va g‘oyalarni hayotning o‘zi ilgari surishi tabiiy.
Shunday ekan, bunday yangilanishlarga yoshlarning o‘zlari tayyor bo‘lishi, uning faol
ishtirokchisiga aylanishi lozim.
O‘quvchilar mustaqillik buyuk ne’mat ekanligini anglab yetishiga, ularda darslarda
ilgari surilgan vazifalarning bajarilishi uchun chuqur ishonch hosil bo‘lishiga alohida
ahamiyat berishi kerak. Bu vazifalar yoshlarning ezgu-e’tiqodiga aylanishiga erishish
uchun, uning ma’no va mohiyatini hayotiy lavhalar, har bir shaxs taqdiri, oila, mamlakat
misolida talqin etish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |