Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish 2021-yil 23-aprel 83
KIMYO DARSLARINI TAKOMILLASHTIRISHDA IQTIDORLI BOLALARNI TARBIYALASHNING AHAMIYATI Davronova Muhabbat Qiziltepa tumani 12-maktab o‘qituvchisi, Toshniyozov Farrux Xatirchi tumani 43-maktab o‘qituvchisi. Annotatasiya: maqolada iqtidorli bolalarni tarbiyalash uchun pedagogik texnologiyalardan
foydalanish va innovatsion texnologiyalar asosida turli yangi metodlar yaratish va ulardan
darslarda foydalanish xususida mulohazalar yuritilgan.
Kalit so‘zlar : metodika, innovatsiya, animatsiya, video‘yinlar.
Аннотация: в данной статье рассмотрены вопросы использования педагогических
технологий для воспитания одаренных детей и создания различных новых методик на
основе инновационных технологий и их использования на уроках.
Ключевые слова : методика, инновация, анимация, видеоигры.
Abstract: this article discusses the use of pedagogical technologies for the education of
gifted children and the creation of various new methods based on innovative technologies
and their use in the classroom.
Keywords: methodology, innovation, animation, video games.
Bugungi kunda fan - texnika rivojlanishi, kimyo sanoatining taraqqiyoti, sohaning
hayotimizda tutgan o‘rni, bu fanning yanada rivojlanishiga turtki bo‘lmoqda. Axborot hajmi
keskin ortmoqda. Bu esa o‘qituvchini o‘zining an’anaviy o‘qitish usulidan voz kechishiga
olib kelmoqda.
Ta’limning asosiy boshlang‘ich bo‘g‘ini sanalgan maktabdan boshlab o‘quvchilarga
zamonaviy o‘qitish vositalaridan foydalangan holda sifatli bilim berish lozimligini
tushunish juda muhimdir. Ta’limning ustuvor maqsadlaridan biri, o‘quvchilarning o‘quv
muammolarini, yuzaga kelgan hayotiy vaziyatlarni ijodiy fikrlash orqali mustaqil yechish,
o‘quv jarayonni nazorat qilish, olingan bilimlarni o‘zlashtirishning natijasini baholashga
o‘rgatish kerak. Zaruriy kompetensiyalarni shakllantirish uchun o‘quvchini bu jarayonda
faol ishtiroki zarur sanaladi. Chunki, bu kompetensiyalar o‘z tajribalarining tizimli ravishda
darslarda qo‘llanib borilishi natijasida shakllanadi. O‘quvchilar olgan bilimlarini amalda
qo‘llash orqali 90% gacha o‘rgangan ma’lumotlarini xotirada saqlab qoladi. Oshpazdan
tortib, kosmonavtgacha bo‘lgan barcha mutaxassislar hayotda to‘laqonli shaxs sifatida
yashashi uchun kimyo fani doirasida ma’lum darajada bilimga ega bo‘lishi kerak.
Ta’lim va tarbiya strategiyasining asosiy e’tibori insonning tabiat bilan uyg‘un holda
rivojlanishiga, har bir bolaning mukammal bo‘lib ulg‘ayishi uchun zaruriy va to‘laqonli
muhitni yaratishga qaratilgan. Iqtidorli bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini erkin tarzda
ko‘rsatishga, o‘z iste’dodlari tufayli noyob shaxs sifatida rivojlanishiga imkon beradigan
ta’lim tizimining strukturasini qayta shakllantirish lozim. Iqtidor belgilarini ko‘rsatish va
ularning hayotiy pozitsiyasini shakllantiradigan, ijtimoiy mavqeini ro‘yobga chiqarishga
olib keladigan bolalar faoliyatini tashkil etishga imkon beruvchi ijodiy muhitni yaratish -
o‘quvchilarning o‘z olgan bilimlarini kelajak hayotda qanday foyda keltirishi, o‘zlari uchun
amalda aynan qaysi sohalarda qo‘llay olishlarida o‘z ifodasini topadi. Darsning muammo
ko‘rsatkichi uning tuzilishida qidiruv faoliyatining mavjudligi bo‘lgani uchun, tabiiyki, ular
muammoli dars tuzilmasining ichki qismini ifodalaydi:
1) muammoli vaziyatlarning paydo bo‘lishi va muammoni ifodalash;
2) muammoning yechimini taxmin qilish va asoslash;
3) muammo yechimini isbotlash;
4) muammoni hal qilishning to‘g‘riligini tekshirish.