Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sariyev Sh. Boshlang‘ich ta’lim – ta’lim-tarbiyaning mustahkam poydevori //.
Boshlang‘ich ta’limni modernizatsiyalash orqali o‘quv-tarbiya jarayoni sifati va
samaradorligini oshirish. –Toshkent: Reliable print. 2016. 76- bet.
2. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 1 жилд. Т.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2020,
679 b.
3. Gafforova T., Shodmonov E., G‘ulomova X. Ona tili. 1- sinf uchun darslik. T.:
Sharq.2019. 10-b.
1
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 1 жилд. Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2020, 138-бет.
Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
57
ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA TA’LIM
SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILLARI
B.X.Eshpo‘latov, B.Karamatov -
Navoiy davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari
Annotatsiya:
maqolada dars jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish
hamda ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy-ma’naviy me’rosini chuqur o‘rgatish orqali talabalarni
kelajakda har tomonlama yetuk, komil inson bo‘lib yetishishlariga muhim omil bo‘lishi
haqida so‘z boradi.
Аннотация:
в этой статье речь пойдёт о внедрении передовой педагогической
технологии в учебный процесс.Особое место уделено развитию молодого поколения,
нравственным качествам студентов, расширению кругозора и развитию их
познавательных интересов.
Annotation:
this article discusses the application of advanced pedagogical technologies in
the teaching process and deepening of the scientific and spiritual heritage of our
ancestors,which will be an important factor in the future development of students into full
fledged,mature people.
Ta‘lim va tarbiyaning asosiy vazifasi yosh avlodga puxta ta‘lim berish, jismonan
so‘g‘lom, barkamol va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. Bu
esa, ta’lim muassasalarida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq
qilish, noan’anaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash va elektron darsliklar, multimediya
vositalaridan foydalangan holda dars mashg‘ulotlarini olib borish maqsadga muofiq bo‘ladi.
Zero, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Tajribali pedagog va
mutaxassislarni jalb qilgan holda, o‘quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish
zarur. Oldimizda yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli sohalarda kadrlarni
tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha murakkab vazifalar turibdi”
1
Mamlakatning
barqaror rivojlanishi ma’lum bir darajada yosh avlodning bilimli, yetuk va komil inson
sifatida shakllangan bo‘lishlariga bog‘liq.
Bugungi kunda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirib o‘quvchilarni
mustaqil fikrlashga va tashabbuskorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘z iqtidori va
qiziqishlarini inobatga olgan holda dars mashg‘ulotini amalga oshrish lozim. Xususan, dars
jarayonida hamkorlikda o‘qitish texnologiyasidan foydalanish har bir o‘quvchining ilm
olishdagi muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini bilgan holda doimiy va
tirishqoqlik bilan ilm o‘rganishga, o‘quv topshiriqlarini o‘z vaqtida sifatli bajarishga,
mavzuni mukammal o‘rganishga, birgalikda hamkorlik qilib, o‘zaro ko‘maklashishga
undaydi.
O‘qituvchi hamkorlikda o‘qitish texnologiyasidan foydalanishida quyidagilarni
e’tiborga olishi maqsadga muofiq bo‘ladi:
taqvim-rejadagi mavzulardan hamkorlikda o‘qitish texnologiyasidan foydalanib
o‘rganish mumkin bo‘lgan mavzularni belgilashi;
ushbu mavzuga oid o‘quv topshiriqlari va uni bajarish bo‘yicha ko‘rsatma
tayyorlashi;
hamkorlikda
o‘qitish
texnologiyasidan
foydalanib
o‘tiladigan
darsni
loyihalashtirishi;
dars jarayonida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish maqsadida test topshiriqlari,
og‘zaki, yozma savol va topshiriqlar tayyorlashi kerak.
1
[Sh.Mirziyoyev 2017 :45]
Do'stlaringiz bilan baham: |