Узлуксиз таълим тизимида малакали кадрлар тайёрлаш муаммолари



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/467
Sana02.03.2022
Hajmi6,5 Mb.
#479031
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   467
Bog'liq
2021 23 04 конференция тўплами

 
Annotatsiya:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bog‘lanishli nutqini shakllantirishning 
lingvodidaktik xususiyatlari tahlil qilingan. 
 
Kalit so‘zlar: 
boshlang‘ich ta’lim, bayon, diktant, nutq, ong, bilim, rivojlantirish, 
texnologiya. 
Аннотация:
aнализируются лингводидактические особенности формирования 
связной речи у младших школьников. 
Ключевые слова:
начальное образование, повествование, диктант, речь, сознание, 
знания, развитие, технология. 
Annotation:
linguodidactic features of the formation of connected speech of primary school 
students are analyzed. 
Keywords:
primary education, narration, dictation, speech, consciousness, knowledge, 
development, technology. 
O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish boshlang‘ich sinflarning til 
ta’limida hamisha dolzarb masala hisoblanadi. Negaki, o‘z ona tilini mukammal 
egallamasdan turib yuksak madaniyat egasi bo‘lib yetishish mumkin emas. Maktab 
o‘quvchilarining nutq madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-metodik jihatdan 
asoslangan amaliy mashqlar tizimini ishlab chiqish bugungi kunning talabidir. 
O‘quvchilarning nutqini rivojlantirish borasida turli o‘quv fanlarining imkoniyatlarini 
hisobga olish zarur. Ma’lumki, o‘quvchilar ta’lim jarayonida egallagan bilimlarini bayon 


Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish

2021-yil
 
23-aprel 
55 
etishda asosan og‘zaki nutqdan foydalanadilar, aksariyat darsliklardagi materiallarni 
takrorlash bilan chegaralanadilar – ijodiy munosabat deyarli sezilmaydi.
Holbuki, boshlang‘ich sinflardan boshlab bayon va insho yozishga o‘rgatish orqali 
ijodiy fikrlash ko‘nikma-malakalarini tarkib toptirish o‘quvchilar nutqini, so‘z boyligini va 
ona tilining sintaktik tuzilishiga doir bilimlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, 
bu borada ona tili metodikasida ham, o‘quv dasturida ham qat’iy fikr o‘rnatilgan. Ijodiy 
bayon va insho boshlang‘ich sinflarda ham, yuqori sinflarda ham keng qo‘llaniladi. 
Shunday bo‘lsa-da, o‘quvchilar o‘qiganlarini bayon etishda ko‘pincha qiyinchiliklarga duch 
kelishadi. Ko‘pchilik o‘quvchilarning nutqi nafaqat mazmunsiz, balki ayni paytda qashshoq, 
uzuq-yuluq va tushunarsizdir. Aslida matn mazmunini so‘zlab berish, ijodiy fikrlashga 
o‘rgatish nafaqat o‘quvchilar bilimlarini tekshirish, balki ularning nutqini boyitish vositasi 
bo‘lishi, bunga erishish uchun ona tili darslarida o‘quvchilarni matn ustida ishlashga tizimli 
tarzda o‘rgatish taqozo qilinadi. 
Nutqni rivojlantirish metodologiyasida bayon matni so‘z boyligi va sintaktik 
tuzilishining o‘quvchilar tiliga ta’siri masalasini o‘rganish alohida o‘rin tutadi. Faqat shu 
asosda matnni tanlash va uning tuzilishi, maqsad va vazifasi ijrosi, matn mazmunini qayta 
so‘zlab berish bilan bog‘liq ilmiy-metodik masalalar hal qilinishi mumkin. 
“Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida uchraydigan kamchiliklardan biri,- deb yozadi 
tadqiqotchi Sh.Sariyev, - matnni so‘zma-so‘z bayon etish”. Muallifning so‘z bilan ifoda 
etilgan jumladan bolaning mavzuni ilg‘ab olgan-olmaganligini bilish mushkul. Chunki bu 
yoshda bolalar tushunmasdan yod olish xususiyatiga ega. Mohir pedagog o‘rganilishi qiyin 
bo‘lgan mavzularni qismlarga bo‘lib, ixchamgina so‘zlab, bermog‘i, lug‘at ustida 
ishlamog‘i, sinf bilan birgalikda qismlarga mos sarlavha topib reja asosida qayta so‘zlab 
bermog‘i, asar qahramonlarining xarakterini savol - topshiriqlar orqali bolalarning o‘zidan 
bilib olishi o`quvchi shaxsida nutq madaniyatining o‘sib borishi, xotiraning 
mustahkamlanishi, tafakkur olamining kengayishi va so‘z boyligining ortishiga zamin 
yaratadi”.
1
Shuni unutmaslik kerakki, yoshi qanchalik katta bo’lsa, ularning matnni qayta hikoya 
qilishlari shunchalik umumlashadi. 
 
Boshlang‘ich ta’limdagi kamchiliklar o‘qilganlarni qayta bayon etishga tayyorgarlik 
vaqtida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga bog‘liq. Ko‘p hollarda bayon uchun mo‘ljallangan 
matnning mazmuni va tili umuman tahlil qilinmaydi. O‘quvchilar e’tibori faqat yozish qiyin 
bo‘lgan so‘zlarga, imlo (ba’zan tinish belgilari) tahliliga qaratiladi. Xatolar ustida ishlashda 
faqat imlo va tinish belgilari bo‘yicha xatolar tushuniladi.
Odatda o‘qituvchilar yozma ishlarni tekshirishda bayon mazmuni va shakliga e’tibor 
bermaydilar. Matn tahliliga doir ishlarga o‘quvchilarga puxta o‘ylanmagan, mayda 
detallarga qaratilgan savollar taqdim etiladi.
Shunday qilib, o‘qituvchi, masalan, 1-sinfda “Ona tili” darsligidagi “Ona qarg‘a”
2
matni tahlili yuzasidan quyidagicha savollar berishi mumkin: 
Qarg‘a bolasiga nima bo‘ldi? (Javob. Qarg‘a bolasi o‘ldi?) 
Ona qarg‘aga nima bo‘ldi? (Javob. Ona qarg‘a ham o‘ldi?) 
Ularni kim o‘ldirdi? (Javob. Ularni bolalar o‘ldirdi) 
Bolalarning ishi to‘g‘rimi? (Javob. Noto‘g‘ri.) va hokazo.
Ushbu savollarda asosiy mazmun, g‘oya va voqealarning sabab-oqibat munosabatlari 
hali aniqlanmay turib, o‘quvchilarning e’tibori hikoya tafsilotlariga qaratiladi. Bunday holda 
1
Sariyev Sh. Boshlang’ich ta’lim – ta’lim-tarbiyaning mustahkam poydevori. Boshlang’ich ta’limni modernizatsiyalash 
orqali o‘quv-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish. –Toshkent: Reliable print.2016.76- b. 
2
Gafforova T., Shodmonov E., G‘ulomova X. Ona tili. 1- sinf uchun darslik. –T.: Sharq. 2019. 10- bet.



Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish