Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
285
-контент охирида ўқитувчилар билим даражасини аниқлаш ва натижалари билан
таништириш, керакли кўрсатмалар бериш.
Хулоса қилиб айтганда, ўқитувчиларнинг мутахассислик фанларидан узлуксиз
малака ошириш тизимини ташкил этиш орқали уларнинг ўзлаштирган билими
асосида кейинги ўзлаштирадиган тушунчаларини контентини яратишнинг методик
асослари таклиф этилади.
O‘QUVCHILARDA MATEMATIKAVIY KOMPETENSIYALARNI
RIVOJLANTIRISHDA ANALITIK FIKRLASH KO‘NIKMALARINI
SHAKLLANTIRISH MEXANIZMINI TINGLOVCHILARGA O‘RGATISHDA
MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA SAMARADORLIKGA ERISHISH YO‘LLARI
Djurayeva Perdegul Saidovna – Navoiy viloyat XTXQTMOHM katta o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan
maktablarni bosqichma-bosqich tashkil etishga e’tibor qaratilmoqda, tushuncha va
tasavvurni rivojlantirish, ijodiy masalalar, xayoliy tasavvurni uyg‘otuvchi masalalar,
analitik fikrlashni rivojlantirish.
Акцент будет сделан на постепенное создание школ, специализирующихся на
углубленном обучении математике, развитии понимания и воображения, творческих
проблемах, проблемах воображения, развитии аналитического мышления.
Emphasis will be placed on the gradual establishment of schools specializing in in-
depth teaching of mathematics, the development of understanding and imagination, creative
issues, imaginative issues, the development of analytical thinking.
Mamlakatimizda 2020-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida matematika fanlari
bo‘yicha ta’lim sifatini yaxshilash, ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligi va amaliy ahamiyatini
oshirishning maqsadli dasturi amalga joriy qilindi. Mazkur dasturning maqsadi O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Fanlar Akademiyasi va Innovatsion rivojlanish
vazirligining har bir tumanda (shaharda) matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga
ixtisoslashtirilgan maktablarni bosqichma-bosqich tashkil etishga e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur maktablarda matematika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinflar bosqichma-
bosqich, mavjud ehtiyoj va o‘quvchilarning qobiliyatidan kelib chiqib tashkil etiladi;
o‘quvchilar belgilangan tartibda tanlov asosida saralab olinadi; matematika fani
chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinf bitiruvchilari tegishli oliy ta’lim muassasalarining
matematika ta’lim yo‘nalishlariga ular uchun belgilangan maqsadli parametrlar bo‘yicha
o‘qishga qabul qilinadi.
Bugungi kunda matematikani bilish darajasini baholash va bu to‘g‘risida milliy malaka
sertifikatini berish o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Matematikani
bilish darajasini baholash tabaqalashtirilgan holda amalga oshirilib, imtiyoz beriladigan
darajadagi milliy sertifikatga ega abiturient davlat oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga
kirishda matematika fanidan test sinovi topshirishdan ozod etiladi va unga matematika fani
uchun belgilangan maksimal ball beriladi.
2021-yil 1-sentyabrdan boshlab Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani
bo‘yicha o‘qituvchilari tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lishlari majburiy
hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlangan tadbirlar O‘zbekistonlik iqtidorli yoshlarni
rivojlantirish, ularning matematik savodxonlik kompetensiyalarini rivojlantirishga
qaratilgan. Ixtisoslashtirilgan maktablarning 4-sinfi uchun mo‘ljallangan masalalarni ko‘rib
Do'stlaringiz bilan baham: |