Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
161
TA’LIM JARAYONIDA INNOVATSION METODLARDAN
FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Sultonova Zulxumor Sadiridinovna - Navbahor tuman 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Maqolada bugungi kunda ta’lim – tarbiya tizimida o‘qituvchi – pedagogning
dars jarayonidagi innovatsion yondashuvi hamda uning dars samaradorligiga ta’siri
yoritilgan
Аннотация:
В статье описывается инновационный подход учителя в системе
образования сегодня и его влияние на эффективность урока.
Annotation:
The article describes the innovative approach of the teacher in the educational system
today and its impact on the effectiveness of the lesson.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy hayotida yangicha qarashlar qaror topayotgan bir
sharoitda yosh avlod ta’lim – tarbiyasini tashkil etish, boshqarish, barkamol shaxs va
malakali mutaxassisni tarbiyalash masalasi yanada dolzarblik kasb etmoqda. Bu vazifa o‘z
navbatida innovatsion texnologiyalardan foydalanishni taqazo etadi. Bunda bosh masala
pedagogika nazariyasi va amaliyotining barcha omillari bilan ta’lim – tarbiya jarayonini
jadallashtirish, professor – o‘qituvchilar mehnati samaradorligini oshirish, o‘quvchining
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda ilmiy asoslangan bilim, kasbiy mehnatga barqaror
qiziqish va ehtiyojni shakllantirish kabilardan iborat.
“Innovatsiya” tushunchasi ta’lim – tarbiya tizimiga yangilik kiritish ma’nosini
anglatadi. Bunda kiritilgan yangilik albatta uning sifat va samaradorligiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatishi ko‘zda tutiladi.
Innovatsiyalarni faqat yangi vositalar ishlab chiqish bilan tenglashtirish mumkin emas.
Innovatsiyalar – bu pedagogik tizimni takomillashtirishga oid g‘oyalar, jarayonlar, vositalar
va natijalarning yaxlitligidir. Demak, innovatsion ta’lim texnologiyalari uzluksiz ta’lim
tizimida yuqori samaradorlik va sifatni ta’minlovchi muhim omillardan biri hisoblanadi.
Ta’lim – tarbiya jarayonini qiziqarli va samarali o‘tkazish uchun ilg‘or pedagogik
texnologiyalardan foydalanilmoqda. Maqsad – samarali dars o‘tish. Darsni samarali tashkil
qilish quyidagi jihatlarga bog‘liq:
-
darsni to‘g‘ri rejalashtirish;
-
o‘quvchilar qiziqishini orttirish;
-
fanlararo bog‘liklik;
-
barcha o‘quvchilarning faolligi;
-
usullar rang – barangligi;
-
hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish;
-
bolaga do‘stona muhit;
-
darsning natijali bo‘lishi.
Darsni to‘g‘ri rejalashtirish – bu darsning bosqichlarini tahminan to‘g‘ri
taqsimlanganligi, darsga qo‘yilgan maqsadlarning asoslangan bo‘lishligi bilan belgilanadi.
O‘quvchilar qiziqishi darsga motivatsiyani yuzaga keltira olgan bo‘lishi.
Fanlararo bog‘liqlikda – barcha fanlarning o‘zaro integratsiyasini ko‘rsata olishi va
o‘quvchilar tomonidan anglanishi.
Barcha o‘quvchilarning faolligini oshirish uchun butun sinf bilan bir vaqtning o‘zida
ishlanishi, ya’ni faol o‘quvchilar bilan past o‘zlashtiruvchi, passiv, kamgap, tortinchoq
o‘quvchilarning jalb etilishi.
Usullar rang – barangligini o‘qituvchining bir ish turidan ikkinchi ish turiga o‘zgartirib
borishi, turli metodlarni maqsadli qo‘llay bilishida namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |