Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
162
Hayotiy ko‘nikmalar bu – kundalik hayotda har bir inson uchun zarur bo‘ladigan
ijobiy hatti – harakatlar majmui.
Bolaga do‘stona muhit – bu o‘zaro ishonch muhiti yaratilgan bo‘lishi demakdir.
Natijali – demak, rejada belgilangan maqsadlarga erishilganlik bilan asoslanadi. Bu
esa “kafolatlangan” yakuniy natijaga erishiladigan pedagogik texnologiyaning to‘g‘ri
tuzilganligini ko‘rsatadi. Asosiysi ham shu, darsga kelgan har bir o‘quvchi biror yangi
ma’lumot (ta’limiy maqsad bo‘yicha) bilim olishi, olgan bilimini qayerda qo‘llay olishini
tushunishi (rivojlantiruvchi maqsad bo‘yicha) ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishi, shaxs
sifatida nimagadir yoki kimgadir nisbatan munosabati o‘zgarishi (tarbiyaviy maqsad
bo‘yicha), ya’ni kechagidan bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, darsdan chiqib ketishi zarur.
Innovatsion metodlarni qo‘llaydigan o‘qituvchilar darsda qulay pedagogik vaziyat
yaratish maqsadida, kichik guruhlar tashkil etishlari lozim. Ushbu jarayonda barcha
o‘quvchilarni bir vaqtning o‘zida qamrab olinishi, o‘z – o‘zlarini va bir – birlarini tahlil qila
olishi, baholash imkoniyatlari paydo bo‘lishi, o‘quvchilarning muloqot qilish malakalarini
rivojlantirish bilan diqqatga sazavordir. Chunki “dolzarb muammo va vazifalarni yechishda
muloqot, faoliyat va hamkorlikdagi harakat, ya’ni jamoatchilik yo‘li orqali chuqur bilim va
tushunchalar olinadi” (L.S.V’gotskiy). Xuddi shunday fikrlarni Abu Nasr Farobiy ham
“Insonlarning miyasi, tanasi, sezgi organlari tug‘ilishidan mavjud, lekin aqliy bilimi
ma’naviyati va ahloqiy xususiyatlari boshqa insonlar bilan muloqotda vujudga keladi. Ular
o‘z faoliyati yordamida ularga erishadi” – degan edi.
O‘quv jaryoniga qo‘yiladigan eng muhim talab ta’lim oluvchilarda ijobiy – shaxsiy
sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Ijodiy faoliyat asosiy turlarining tahlili shuni
ko‘rsatadiki, uni muntazam ravishda amalga oshirish insonda o‘zgaruvchan sharoitlarda
o‘zini yo‘qotmaslik, muammoni aniq olish, ixtirochilik, sezgirlik kabi sifatlarni
shakllantirishga ko‘maklashadi. Shu maqsadda zamonaviy o‘quv jarayonida reproduktiv
usul bilan bir qatorda mahsuldor, ijodiy qidiruv usullarini ham qo‘llash kerak. Ular quyidagi
afzalliklarga ega:
-
mantiqiy fikr yuritish va muammolarni ilmiy asosda ijodiy yechishga o‘rgatadi;
-
zarur bilimlarni mustaqil ijodiy qidirishga odatlantiradi;
-
duch kelgan qiyinchiliklarni yengish ko‘nikmasini hosil qiladi;
-
o‘quv materialini tushunarli darajada bayon qilish imkonini beradi;
-
o‘quv materialini chuqur va mustahkam o‘zlashtirish uchun sharoit yaratadi;
-
o‘zlashtirilgan bilimlarning aniqligi va ishonchliligini ta’minlaydi;
-
bilim olishga nisbatan ijobiy mayl uyg‘otadi;
-
bilish jarayoniga qiziqish uyg‘otadi;
- ijodkor shaxsni shakllantirishga yordam beradi.
O‘qituvchining innovatsion faoliyati o‘z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho
bеrish, kеlgusidagi harakatlarning maqsadi va kontsеptsiyasini shakllantirish, ushbu rеjani
amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho bеrish kabilarni qamrab oladi.
Innovatsion faoliyatning samaradorligi pеdagog shaxsiyati bilan bеlgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |