Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
168
- kerakli barcha qoidalarga amal qilish.
O‘quvchilarni dars tayyorlashni istamasliklarining sabablaridan biri o‘sha fanni yaxhsi
tushunmaslikdir. Ular tushunmagan mavzularidan juda tez sovib qolishadi, mavzuga doir
misollarni yecha olmaydi, natijada, muvaffaqiyatsizlikka yo‘l ochiladi. Bu yerda
o‘quvchilar e’tiborini qaratish kerak bo‘lgan muhim jihat -mavzuga oid tushinib olish
mumkin bo‘lgan manbalardan unumli foydalana olishdir. Ularni o‘zilari tushinadigan
manbalardan o‘rganish va bilmagan joylarini o‘qituvchidan so‘rab olib, mavzuni tushuna
boshlaganlaridan so‘ng o‘sha fanga bo‘lgan qiziqishi ortib boradi. Bu esa o‘quvchini o‘ziga
bo‘lgan ishonchni orttiradi va ularni samarali ishga undaydi.
Matematikadan qanday dars tayyorlash kerak? Avvalo shuni aytish lozimki,
matematika fani biz o‘ylaganchalik qiyin fan emas. Qandaydir sabablar tufayli fandan sovib
qolgan o‘quvchilarimiz bu fan juda qiyin degan xulosaga kelib qolgan bo‘lishi mumkin.
Shu sababli dars tayyorlashning ilk bosqichi to‘siqlarni yengib o‘tishdan boshlanadi.
Qila olishimizga ishonmagan ishimizni haqiqatdan qila olmaymiz. Aksincha, bunga
ishonsak ishimizni albatta qila olamiz, ya’ni optimist bo‘lishimiz lozim. Matematika fani
haqiqatdan ham qiyin bo‘lgan taqdirda ham, bu fanni o‘zlashtira olaman degan qaror bizni
matematika bilimdoniga aylantiradi. Aks holda, bu fikrlarning unchalik foydasi bo‘lmaydi.
Endi esa o‘quvcilarga dars tayyorlash va mavzularni o‘zlashtirish bo‘yicha bir qancha
tavsiyalarni beramiz.
Masalan arifmetik hisoblashlarga no‘noqman va mavzularni yaxshi tushunmayman
deydigan o‘quvchilarga maslahatimiz boshlang‘ich mavzularni yaxshi o‘rganish bo‘ladi.
Ya’ni ular eng avval sonlar ustida qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallariga oid
misollarni ko‘proq ishlashlari kerak. Bu ishlarni natural va butun sonlar ustida bajarish va
keyinchalik kasrli ifodalar va o‘nli kasrlar ustida davom ettirish maqsadga muvofiqdir.
“Arifmetik
hisoblashlarga
qobiliyatim
yaxshi,
lekin
mavzularni
yaxshi
tushunmayman” deydigan o‘quvchilarga o‘zi yaxshi bilmaydigan mavzularni
o‘zlashtirishga harakat qilishi lozimligini uqtiramiz. Agar qaysidir mavzuni qiyinchilik bilan
bo‘lsada tushunayotgan bo‘lsalar, demak, ular bu mavzuni to‘lig‘icha o‘zlashtira oladilar.
“Mavzularni tushunyapman, faqat mavzuga doir misollar yechishda qiynalaman”
deydigan o‘quvchilar uchun ko‘proq misol yechishni maslahat beramiz. Chunki, ularda
amaliyot kam va shu yo‘l bilan ham mavzuni mustahkamlab olish, ham misol ishlash
tezligini oshirish mumkin.
“Mavzularni yaxshi tushunaman, arifmetik hisob-kitobim ham yaxshi, lekin ko‘p xato
qilaman” deb kuyunuvchi o‘quvchilarga ilk maslahatimiz: savollarni diqqat bilan o‘qing va
yeching. Dars qilish orqali xatolarni yo‘qotish mumkin bo‘lsa, unda dars tayyorlang. Aks
holda, biladigan odamdan maslahat so‘rang.
Bundan tashqari, matematika fanini yaxshi o‘zlashtirishning bir necha qoidalarini
keltiramiz:
-
Dars davomida tartibli ravishda kerakli nuqtalarni yozib oling.
-
Uyga borganingizda yozib olgan narsalaringizni oqqa ko‘chiring.
- Mavzuni tushunmay, misol yechishni boshlamang. Agar o‘zlashtirganingizga
ishonchingiz komil bo‘lsa test va misollarni yeching hamda ularni hayotiy misollarga
qo‘llashga harakat qiling.
- Misol yechishda sizni eng qisqa yo‘l bilan natijaga olib boradigan teorema, ayniyat
va yo‘llarni belgilab oling.
- Berilgan ma’lumotlarni tartib bo‘yicha formula va teoremalarga tadbiq qiling.
-
Natijani chiqarib bo‘lgach, bir bora yechimingizni tekshirib ko‘ring.
Do'stlaringiz bilan baham: