Uchinchi bosqich 1990-yildan to hozirga qadar davom etayotgan davrdir.
Ushbu davrga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat:
-
1991-yilda sobiq Ittifoqning parchalanishi, uning tarkibidagi barcha
ittifoqdosh respublikalarda mustaqil davlatlar tashkil topdi;
-
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) tashkil topdi;
-
1991-yilda Varshava shartnomasi tashkiloti (Harbiy) va o‘zaro yordam
iqtisodiy kengashi faoliyati to‘xtatildi.
-
1990-yil 3-oktabrdan ikki nemis davlati (GFR va GDR) yagona
davlatga birlashdi;
-
Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, uning
tarkibida Sloveniya, Bosniya va Gyertsegovina, Xorvatiya, Serbiya va Chernogoriya
kabi mustaqil davlatlar sifatida e’lon qilindi;
-
1990-yil may oyida ikki arab davlati-Yaman Arab Respublikasi
(YAAR) va Yaman Xalq Demokratik Respublikasi (YAXDR) milliy-etnik
asoslarida birlashdi (Yaman Respublikasi, poytaxti–Sana shahri) va b.
Jahon xo‘jaligining shakllanish jarayoni amalda kishilik jamiyatining
jami tarixini o‘z ichiga oladi. Chunki ishlab chiqarish kuchlarining necha ming yillar
davomidagi evolutsiyasining natijasidir. Jahon xo‘jaligining shakllanishi va
rivojlanishi jarayonlarini o‘ziga xos xususiyatlar bilan ifodalanuvchi ayrim
bosqichlarga taqsimlash mumkin. Birinchi va eng uzoq davrni o‘z ichiga olgan jahon
xo‘jaligi belgilari va regional xususiyatlari shakllana boshlagan bosqich buyuk
geografik kashfiyotlar davrigacha davom etgan. Buyuk geografik kashfiyotlar
natijasida xalqaro savdo Yevropa va Osiyodan keyin Yer sharining boshqa
regionlarini ham qamrab oladi. Regionlar o‘rtasida mahsulotlarni ayirboshlash jahon
bozorini vujudga keltiradi. Ushbu bozor transport rivojlanishi munosabati bilan yana
ham kengaydi, chunki dengiz transporti barcha materiklarni birlashtirishga imkon
berdi. Jahon xo‘jaligi XX asr arafasida to‘la-to‘kis shakllanib bo‘ldi hamda mazkur
asrning birinchi yarmida uning rivojlanishi ayrim hududlarni qamrab olish hisobiga
amalga oshdi.
Jahon xo‘jaligi iqtisodiy kategoriyadir, chunki uning to‘g‘risidagi tushuncha
ijtimoiy mehnat taqsimoti tushunchasi, xo‘jalik aloqalarining baynalmillashishi
hamda xalqaro iqtisodiy integratsiyalanishi bilan aloqadordir.
Jahon xo‘jaligi geografik kategoriya bo‘lib, u 3 yo‘nalishda tadqiq etiladi:
1.
Jahon xo‘jaligining umumiy geografiyasi.
2.
Uning tarmoqlari geografiyasi.
3.
Yirik regionlar va subregionlar geografiyasi.
Jahon xo‘jaligining shakllanishi va rivojlanishida xalqaro geografik
mehnat taqsimotining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.