Eng yangi davr
, birinchi jahon urushining tugashi va 1917-yil Rossiya
Imperiyasida yuz bergan Oktabr to‘ntarishidan boshlab, to hozirgi kungacha bo‘lgan
davrni o‘z ichiga oladi. Ushbu davr ayrim mutaxassislar fikriga ko‘ra uch
bosqichdan iborat.
Birinchi bosqich
(1917-1939 y) ning o‘ziga xos xususiyatlari Shundan
iboratki, ushbu bosqichda dunyo siyosiy kartasida sobiq Ittifoq (sotsialistik
imperiya)ning paydo bo‘lishi hamda Yevropa va dunyoning boshqa qismlarida
muhim hududiy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Ushbu davrda Avstriya–Vengriya imperiyasi parchalandi, ko‘pgina
davlatlarning chegaralari o‘zgardi. Yangi mustaqil mamlakatlar–Polsha, Finlandiya,
Chexoslovakiya, Yugoslaviya (Serbiya, Xorvatiya, Sloveniya qirolliklari) va
boshqalar paydo bo‘ldi. Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Yaponiya
mustamlakalari ko‘paydi va kengaydi. Millatlar Ligasi (1919-y) tomonidan
Germaniya mustamlakalari g‘olib davlatlarga mandat bilan vaqtincha boshqarish
asosida bo‘lib berildi. Jumladan, Tanganika Angliyaga “mandat” ga berildi. Togo
va Kamerun esa Angliya va Fransiya o‘rtasida bo‘lib olindi, Janubiy-G‘arbiy Afrika
– JAR ga, Shimoliy Sharqiy Yangi Gvineya–Avstraliya Ittifoqiga, Karolin, Marian,
Marshall orollari–Yaponiyaga, G‘arbiy Samoa orollari–Yangi Zelandiyaga, Nauru
orollari–Angliya, Avstriya, Yangi Zelandiyaga berildi.
Ikkinchi bosqich
(1939-1990 yilgacha) Yevropa siyosiy kartasida yuz
bergan o‘zgarishlardan tashqari, sotsialistik davlatlar hududining kengayishi
(Yevropa va Osiyodagi ayrim davlatlarning sotsialistik yo‘lga o‘tishi), imperializm
mustamlakachilik tuzimining yemirilishi oqibatida Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi,
Okeaniyada 100 dan ortiq mustaqil davlatlarning barpo etilishi bilan xarakterlanadi.
Mustamlakachilik tizimining barbod bo‘lishi, milliy ozodlik harakatining
kuchayishi, xalqlarning mustaqillik uchun kurashlari dunyo siyosiy kartasini tubdan
o‘zgartirib yubordi.
1943-yilda Livan va Suriya, 1945-yilda Indoneziya, 1947-yilda Hindiston va
Pokiston mustaqil davlatlarga aylantirildi.
1947-yilda BMT bosh Assambleyasi Falastin hududida ikkita mustaqil Arab
va Yaxudiy davlatlarini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 1948-yilda Isroil davlati
tashkil etildi, lekin ko‘p sabablarga ko‘ra, hozirgacha Falastin arab davlati tuzilmadi.
1949-yilda sobiq Germaniya hududida dastlab GFR (AQSH, Angliya, Fransiya
tasarrufidagi zonada), so‘ngra GDR (sobiq Ittifoq zonasida) tuzildi. G‘arbiy Berlin
esa mustaqil siyosiy maqomga ega shaharga aylantirildi. Sobiq Ittifoq chegaralarida
ba’zi o‘zgarishlar yuz berdi. Zakarpat Ukrainasi, sobiq Sharqiy Prussiyaning bir
qismi (1946-yildan Kaliningrad viloyati), Pechengi rayoni, Janubiy Saxalin, Kuril
orollari sobiq Ittifoq tarkibiga kirdi, Polshaga uning yerlari–Seleziya, Pomore,
Gdansk viloyatlari qayta qo‘shildi.
Ikkinchi Jahon urushidan keyingi yillarda dunyo siyosiy kartasida Vetnam
(1945), KXDR (1948), Xitoy Xalq Respublikasi (1949), Birma (xozirgi Myanma)
(1948), Theylon (xozirgi Shri Lanka) (1972) 1953-yilda Laos va Kambodja paydo
bo‘ldi. 1947-yilda Malaya Federatsiyasi tuzildi. 1963-yilda Singapur, Sabox,
Saravak bilan birgalikda Malayziya Federatsiyasi tarkibiga kirdi. 1965-yilda
Singapur mustaqil Respublika deb e’lon qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |