Etnik ustanovkalar



Download 42,9 Kb.
bet1/4
Sana10.02.2022
Hajmi42,9 Kb.
#440847
  1   2   3   4
Bog'liq
ETNIK USTANOVKALAR (6)


ETNIK USTANOVKALAR
Reja:
1.Etnik ustanovkalar.
2. Etnopsixologiyaning dolzarb masalalari.
3. Madaniyat va uning qadriyatlarining shaxs shakllanishidagi ahamiyati.
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR
Etnik ustanovka, stereotiplar ,milliy o‘zlik, etnik ong, individ, etnologiya, milliy o‘zini o‘zi anglash, etnotsentrizm ,
Etnik ustanovkalar – bu shaxsdagi yoki muayyan millat vakillaridagi millat hayoti va turmush tarzini, undagi qadriyat va normalarni, millatlararo munosabatlarni ma’lum tarzda idrok qilish va qabul qilishga, tushunishga ruhiy tayyorlik bo‘lib, u ushbu ustanovkaga, ya’ni ruhiy hozirlikka mos xolda millatlar bilan munosabatda o‘zini u yoki bu tarzda tutadi. Masalan, biror millat vakilining aqliy–intellektual salohiyati haqida unda ijobiy ustanovka shakllangan bo‘lsa (masalan, “hamma yahudiylar aqilli” yoki “barcha o‘zbeklar mirishkor” tarzda) kim bo‘lishidan qat’iy nazar, ushbu millat vakillariga nisbatan aynan shu sifatlarni idrok qilishga moyillik bo‘ladi, yahudiyning hamma ishi “aqlli”, o‘zbekning bog‘i hamisha mevaga to‘liqday tuyulaveradi. Vaholangki, ikkila sifat ham birinchidan, barcha millat vakilida bo‘lishi mumkin, ikkinchidan, aynan shu millatning barcha vakili ham aqlli yoki mirishkor bo‘lavermaydi. SHu nuqtai nazardan etnopsixologiyaning va psixologlarning vazifasi shu kabi etnik ustanovkalarning shaxsda shakllanib, e’tiqod darajasida o‘rnaishib qolishining shart–sharoitlarini o‘rganish va uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun amaliy ishlarni yo‘lga qo‘yishdir. CHunki etnik ustanovkalarning xulqda barqaror mavjudligi ba’zan etnik nizolarni keltirib chiqarishi ham mumkin. SHunday qilib, u yoki bu millat vakillarining psixologik xususiyatlarini o‘rganishda ular yashaydigan madaniy muhitga alohida e’tibor qaratilishi lozim. CHunki madaniyat tushunchasida millatning yashash va turmush tarzi bevosita aks etadi. Bu xolat o‘z navbatida millat vakillarining psixologiyasida, dunyoqarashlarida, ijtimoiy xuklqida namoyon bo‘luvchi bir-biriga yaqin va o‘hshash bo‘lgan ustanovkalar, tasavvurlar, qadriyatlarni shakllantiradi. Agar u yoki bu qadriyat yoki udum bir avlod doirasidagi namoyon bo‘lgan bo‘lsa, u hali madlaniy qadriyat deyilmaydi. Bunday bo‘lishining asosiy sharti – bu uning avloddan avlodga o‘tishi, avlodlar vqa ajdollararo vorislikning mavjudligidir. Agar bir millatning urf-odatlari, qadriyatlari, udumlari, an’analarida tarixiy mantiq va millay manfaat bo‘lmasa, u madaniyatning ajralmas bo‘lagiga aylanmaydi. Madaniyatning mavjudligi, uning tarkibiy qismlarining barqarorligi millatning qiyofasini shakllantiribgina qolmay, balki xalq vakillariga muayyan qulayliklar yaratadiki, xalq ulardan tayyor meros sifatida, ba’zan esa stereotiplar sifatida foydalanadi. Madaniyat va uning qadriyatlarining shaxs kamolotidagi, uning shakllanishidagi ahamiti ham shunda. Ayrim g‘arblik olimlar madaniyatni programmalashtirilgan xulq-atvor qoidalaridir, deyishga moyillar (E. Aronson, D. Matsumoto va b.q.). Bizning fikrimizcha, madaniy qadriyatlarni, milliy udumlarni ataylab“programmalashtirib” bo‘lmaydi. CHunki ular tarixiy taraqqiyot mobaynida xalq o‘zi uchun ma’qul deb bilgan xulq va harakatlar, ustanovkalarning e’tiroflari natijasi bo‘lib, muayyan shart-sharoitlar, jumladan, tabiiy, geografik, mintaqaviy, ijtimoiy, mafkuraviy, siyosiy, psixologik, ma’naviy shart-sharoitlarda o‘zini oqlagan udum, an’ana va rasm-rusumlar, axloq normalari va qoidalari avloddan-avlodga uzatilib, xalq “xotirasi”da muhrlanadi. Demak, har bir mamlakat va undagi millat va elat vakillari saqlab kelayotgan madaniyat ushbu xalq vakillarining xulqida bevosita aks etadi. SHunday qilib, biz yuqorida ko‘rib chiqqan etnopsixologiyaning dolzarb masalalari va etnik ongning muhim komponentlari amaliyotda va nazariyada tadqiqotchilar va mutaxassislar bilishi lozim bo‘lgan asosiy muammolar bo‘lib, yurtimizda etnospixologiyaning rivojlanishi ushbu masalalarning ayrim-alohida qiralarini ham fanning ishonchli metodlari yordamida o‘rganish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etadi.

Download 42,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish