Узбекстан тарийхы лекция


yilda Saraxsda, 1040 yilda



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/125
Sana25.04.2023
Hajmi1,54 Mb.
#931449
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   125
Bog'liq
Узбекстан тарийхы лекция

yilda Saraxsda, 1040 yilda Dandanakanda bo`lib o`tgan hal qiluvchi urushlar davomida 
Saljuqiylar G`aznaviylarni engib, butun Xuroson erlarini egallab, o`z davlati markazini shu 
hududga ko`chiradilar. Shu tariqa, Nishopur shahri Saljuqiylar poytaxtiga aylanadi. Saljuqiylar 
hukmdori Tug`rulbek egallangan Movarounnahr va Xuroson hududlarini o`z avlodlari - 
Chag`rilbek va Dovudbeklar tasarrufida qoldirib, o`zi g`arbga tomon harbiy yurishlarini davom 
ettiradi. Tug`rulbekning 1038-1063 yillarni o`z ichiga olgan hukmronlik davri old Osiyo va 
Kichik Osiyoning kata hududlarini qo`lga kiritilganligi bilan tavsiflanadi. Bu davr mobaynida 
Saljuqiylar Gurgon, Tabariston, Xorazm, Ozarbayjon, Kurdiston hududlarini, hozirgi g`arbiy 
Eron viloyatlarining bir qismini, shuningdeq Fors, Kermon viloyatlarini egallaydilar. 1055 yilda 
esa xalifalik markazi Bag`dod ishg`ol qilinadi. Ayni paytda Vizantiyaning Kavkazdagi ta`siriga 
ham kuchli zarba beriladi. Shunday qilib, Tug`rulbek kuchli Saljuqiy sultonligiga asos soladi. 
Uning vorisi Alp-Arslon (1063-1072) ham jahongirlik yurishlarini davom ettiradi. Uning 
davrida O`rta er dengiziga qadar bo`lgan Kichik Osiyo erlari egallanadi. Endilikda Saljuqiylar 
saltanati Movarounnahrdan to O`rta er dengiziga qadar bepoyon hududlarga yoyiladi. Alp-
Arslon mamlakat poytaxtini Nishopurdan Marvga ko`chiradi. U o`z podsholigi davrining katta 
qismini yana sharqqa – Movarounnahrning Qoraxoniylar ta`sirida bo`lgan joylarini egallashga 
qaratadi. Shu maqsadda u Xorazm erlarini, so`ngra Jand, Sabronni qo`lga kiritadi. Keyinroq 
Chag`aniyon va Xuttalon viloyatlarini bosib olish uchun qo`shin tuzadi. Biroq Alp-Arslon 1072 
yilda 200 minglik qo`shin bilan Amudaryo kechuvidan o`tish chog`ida kutilmaganda xalok 
bo`ladi Saljuqiylar davlati qudratining Movarounnahr va Xurosondagi eng kuchaygan payti 
Malikshoh (1072-1092) davriga to`g`ri keladi. Gap shundaki, xuddi shu yillarda Malikshoh va 
uning tadbirkor, dono vaziri Nizomulmulk tomonidan mamlakat hayotining ko`plab sohalarida 
juda muhim ijobiy o`zgarishlar amalga oshiriladi. Avvalo, Saljuqiylar davlatining 
Movarounnahrdagi maqomi yanada mustahkamlanadi. Malikshoh muhim strategik ahamiyatga 
molik Balx va Termiz hududlarini Qoraxoniylardan qaytarib oladi. Shuningdek Qoraxoniylar 
hukmdori Shamsulmulk vafotidan so`ng vujudga kelgan qulay vaziyatdan foydalanib, 1089 
yilda katta qo`shin tortib Buxoro va Samarqandni egallaydi va yangi xon Ahmadni asir qiladi. 
Garchand tez orada Ahmad Qoraxoniylar xonligi taxtiga qaytarilgan bo`lsa-da, biroq amalda 
Qoraxoniylar Saljuqiylarga tobe bo`lib qoladi. 
Malikshoh davrida davlat xokimiyatining kuchayishida dono vazir Nizomulmulk (1017-


1092) roli benazirdir. Katta huquq va keng vakolatlarga ega bo`lgan birinchi vazir markaziy 
hokimiyatni kuchaytirishga, davlat amaldorlarining mas`uliyati, javobgarligini oshirishga
davlatning moliya, soliq va boshqa boshqaruv tizimlarini takomillashtirishga alohida ahamiyat 
beradi. U o`zining bu boradagi yuksak salohiyati va tajribasini umumlashtirib, mashhur 
«Siyosatnoma» asarini yozadi. Bu kitob katta shuhrat va e`tirof qozonib, mana, necha asrlardirki, 
Sharq va G`arb mamlakatlarining davlat arboblari, vaziru vuzarolari uchun siyosat bobida 
muhim dasturulamal qo`llanma vazifasini bajarib kelmoqda. 
Nizomulmulkning rahnomoligi va tashabbusi bilan Bag`dod, Nishopur, Hirot, Balx, Marv 
kabi shaharlarda oliy madrasalar ochilib, ularda juda ko`plab o`qimishli yoshlarning ta`lim-
tarbiya olishi yaxshi yo`lga qo`yildi. Mamlakat shaharlarining hunarmandchilik va savdo-sotiq, 
karvon savdosi markazlari sifatidagi mavqei kuchayib, xalqaro Ipak yo`lining roli ortib bordi. Bu 
davrda «iqto`» tizimi kuchli rivojlangan bo`lib, uning bilan bog`liq mulkiy munosabatlar qishloq 
xo`jaligi sohasida etakchi mavqe egallagan. 
Saljuqiylarning eng so`nggi hukmdori Sulton Sanjar (1118-1157) bu davlatning ham 
yuksalishi, ham halokatga yuz tutishi bilan o`ziga xos murakkab, ziddiyatli davrni aks ettiradi. 
Negaki, bu yillarda Saljuqiylar hukmronligi Xuroson va Movarounnahrda yanada 
mustahkamlandi. Qoraxoniylar hukmdorlari amalda ularga tobelik maqomiga tushib qolgan edi. 
Ayniqsa, 1130 yilda Sanjar tomonidan bu sulolaning asosiy hayotiy markazlari Samarqand
Buxoroning egallanganligi (garchand bular yana Qoraxoniylarga qaytarib berilgan bo`lsa-da) 
fakti ham fikrimizni isbot etadi. Bu davrda Xorazm erlari ham amalda Saljuqiylar ta`sirida 
bo`lib, Xorazmshohlar, masalan, Qutbiddin Muhammad, Otsiz rasman ularga itoat etardilar. 
Biroq XI asrning 40-yillariga kelib Saljuqiylar davlatining mavqei puturdan keta boshlaydi. 
Bunda ayniqsa Sharqdan bostirib kelgan Qoraxitoylar bir vaqtning o`zida ham Qoraxoniylarga 
va hamda Saljuqiylar saltanatiga katta xavf soladi. Sulton Sanjar va Qoraxoniylar xoni 
Mahmudning birlashgan qo`shini 1141 yilda Samarqand yaqinidagi Katvon cho`lida 
Qoraxitoylar bilan bo`lgan hal qiluvchi jangda qaqshatqich mag`lubiyatga uchragach, 
Movarounnahr erlari Qoraxitoylar qo`li ostiga o`tadi. Saljuqiylar esa katta hududlarga egalik 
qilish huquqidan mahrum bo`ladi. Qoraxitoylar esa Movarounnahrni ishg`ol etish bilan birga, bu 
erdagi sulolalar hukmronligini yiqitmay, ularni o`zlariga vassal qilish, muntazam boj, xiroj olib 
turish sharti bilan kifoyalandilar. Shuning uchun ham Qoraxoniylar, Xorazmshohlar va boshqalar 
Bolasog`unda turuvchi Qoraxitoylar hukmdori Gurxonga kelishilgan miqdordagi xiroj-o`lponni 
yuborib turishga majbur edilar. Sulton Sanjarning keyingi taqdiri ham favqulodda holatda 
kechdi. U 1153 yilda Balx viloyatining tog`li hududida ko`chib yuruvchi g`uz qabilalarining 
g`alayonlarini bostirish chog`ida kutilmaganda asirga tushib qoladi. U uch yil davomida g`uzlar 
qo`lida asirda bo`ladi. Bu vaqt ichida g`uzlarning Xuroson va Movarounnahrning janubiy-
sharqiy erlariga bosqinlari tez-tez takrorlanib turadi. 
Faqat 1156 yildagina Sulton Sanjar tutqunlikdan qutulishga muvaffaq bo`ladi va bir yildan 
so`ng vafot etadi. Uning o`limi bilan bir vaqtda o`z davrida qudratli bo`lgan markazlashgan 
Saljuqiylar davlati-yu, uning shonu-shuhrati ham so`nadi. Bu davrga kelib Kermon o`z 
mustaqilligiga erishadi. Fors va Ozarbayjon hududlarida mustaqil davlatlar paydo bo`ladi. 
Xuroson ham Saljuqiylar tobeligidan chiqadi. Arab xalifaligi o`zining avvalgi mustaqilligini 
tiklaydi. Ayni chog`da Kichik Osiyo hududida Saljuqiy turklarning uzil-kesil joylashuvi jarayoni 
kuchayadi ham ularning mustaqil davlat tuzilmalari vujudga kela boradi. Bular keyinchalik 
Usmonli turklar davlatining tarkib topib, mustahkamlanishida muhim asos bo`lib xizmat qiladi. 
Nazorat uchun savollar: 
1.
Qoraxoniylar davlatining yuzaga kelishi jarayoni qanday tarixiy sharoitda kechdi? 
2.
Qoraxoniylar hukmronligi davrida mintaqa xalqlarining turmushtarzi, etnik tarkibida qanday 
o`zgarishlar ro`y berdi? 
3.
G`aznaviylar sulolasining tez yuksalib, tez inqirozga yuz tutganligi sabablarini tushuntirib 
bering. 
4.
Saljuqiylar sulolasining vujudga kelishi va hududiy joylashuvi haqida nimalarni bilasiz? 


5.
Malikshoh davrida qanday muhim o`zgarishlar yuz berdi? 
6. Saljuqiylar saltanati inqirozining asosiy sabablarini tushuntirib bering. 



Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish