Узбекстан тарийхы лекция


G`aznaviylar davlati. Mahmud G`aznaviy faoliyati



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/125
Sana25.04.2023
Hajmi1,54 Mb.
#931449
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   125
Bog'liq
Узбекстан тарийхы лекция

2.G`aznaviylar davlati. Mahmud G`aznaviy faoliyati 
961 yilda Somoniy hukmdor Abdul Malik vafotidan so`ng davlatning zaiflashganligidan 
foydalanib, G`azna mulkini asli turkiy qavmga mansub bo`lgan salohiyatli lashkarboshi 
Alptegin qo`lga kiritadi va bu hududda yangi davlatga - G`aznaviylar davlatiga asos soladi. 
Biroq G`aznaviylar davlatining yuksak maqomining qaror topishi va keng e`tirofi Sabuktegin 
nomi bilan bog`liqdir. Somoniylar davrida etuk harbiy lashkarboshi darajasiga erishgan 
Sabuktegin 977 yilda Somoniylar davlati ichida davom etayotgan o`zaro nizolardan foydalanib, 
Qobul daryosi havzasiga qarashli erlarni ham G`azna viloyatiga qo`shib, mustaqil davlat 
tuzishga muvaffaq bo`ladi. U tez orada Xurosonga egalik qilish huquqini ham qo`lga kiritadi. 
Shu tariqa, Qoraxoniylar Somoniylar hukmronligini qulatib, Movarounnahrni egallagunlariga 
qadar Amudaryoning janubida Sabuktegin va uning vafotidan so`ng o`g`li Mahmud davrida 
G`aznaviylar mavqei va davlat boshqaruvi tizimi kuchayadi. G`aznaviylarning eng yuksalgan, 
qudratli saltanatga aylangan davri Sulton Mahmud (998-1030) vaqtiga to`g`ri keladi. Kezi 
kelganda Sulton Mahmud katta qo`shin tuzib, uni o`sha davrning eng zamonaviy qurol-aslahalari 
bilan, etarli maosh bilan ta`minlab, juda ko`plab bosqinchilik yurishlarini amalga oshirdi. U XI 
asr boshlarida Amudaryo bilan belgilangan shimoliy chegaralarni Qoraxoniylar bilan kelishib 
olgach, o`zining asosiy e`tiborini janubda - Hindistonga, g`arbda - Xuroson va unga chegaradosh 
hududlari tomon qaratadi. Faqat Hindistonga 17 bor yurish qilib, u erdan katta miqdordagi o`lja-
boyliklar olib keladi. Birgina 1019 yilda Kanuadja shahrini egallab, olib kelingan o`lja – katta 
miqdordagi oltin, kumush va qimmatbaho buyumlardan tashqari 350 ta fil va 57 ming asir-qulni 


tashkil etgan. U 1008 yilda Qoraxoniylar bilan tuzilgan shartnomani buzib, Amudaryo 
shimolidagi Chag`aniyon va Xuttalon viloyatlarini bosib oladi. 1010-1011 yillarda esa Mahmud 
katta qo`shin bilan jang qilib G`ur viloyatini egallaydi. 1017 yilga kelib esa Mahmud 
G`aznaviyning nigohi geografik jihatdan g`oyatda qulay nuqtada joylashgan, boy hudud - 
Xorazmga qaratiladi. U Xorazmshohlar saltanatidagi qaltis siyosiy vaziyatdan, xususan 
Xorazmshoh Ma`munning o`limidan foydalanib, u erga katta qo`shin yuborib, osonlik bilan 
Xorazmni tobe qiladi. Ayni paytda shuhratparast Sulton Xorazm Ma`mun akademiyasining bir 
qator atoqli namoyandalarini, shu jumladan, Abu Rayhon Beruniyni G`aznaga oldirib keladi. 
Uning so`nggi istilochilik yurishlaridan biri 1029 yilda Eronning Rey shahrini egallash bo`ladi. 
Mahmud G`aznaviyning harbiy yurishlari oqibatlaridan biri shu bo`ldiki, shimoliy Hindiston 
hududining bosib olinishi natijasida turkiy aholining ancha qismi bu joylarga kelib joylasha 
boshlaydi. Bu esa Hindistonning keyingi tarixiy taqdiriga sezilarli ta`sir ko`rsatdi. Mahmud 
davrida G`aznaviylar davlati hududlari benihoya kengayib, mamlakat shaharlarida, ayniqsa 
G`aznada katta inshootlar, salobatli masjidu madrasalar, kutubxonayu shifoxonalar, ilm 
maskanlari ko`plab barpo etilgan bo`lsa-da, biroq ko`pchilik aholining moddiy – maishiy ahvoli 
nochor kechgan, turli xil soliq va majburiyatlar odamlarning tinkasini quritgan. 1011 yilda 
Xuroson o`lkasida boshlangan ocharchilik minglab odamlarning nobud bo`lishiga olib kelgan. 
Shu bois Mahmud G`aznaviy davlati tashqaridan go`yo qudratli ko`ringani bilan haqiqatda esa 
uning ichdan emirilishini, omonatligini payqash qiyin emas. Zero, uning vafotidan keyin ko`p 
o`tmay bu saltanatning tushkunlik sari yuz tutganligi ham shundandir. Bu o`rinda shuni aytish 
kifoyaki, Sulton Mahmud vafotidan keyinoq Xorazm o`z mustaqilligini tiklashga erishdi. 
Shuningdeq saljuqiy turklarning Xuroson hududlarini egallash sari harakatlari kuchayadi. 
Agar Mahmud davrida uning roziligi bilan Xurosonning ayrim hududlariga saljuqiy qabilalar 
kelib joylashgan bo`lsa, endilikda ular butun Xurosonni ishg`ol qilishga kirishadilar. O`lkaning 
G`aznaviylar siyosatidan, haddan ziyod soliq-to`lovlar asoratidan norozi bo`lgan mahalliy aholisi 
ham Saljuqiylarni qo`llab-quvvatlab chiqadi. Bu esa ikki o`rtadagi harbiy to`qnashuvlarning 
pirovard yakuniga hal qiluvchi ta`sir o`tkazadi. G`aznaviylar qo`shini bilan Saljuqiylar 
o`rtasidagi birinchi katta urush 1035 yilda Nissa shahri yonida bo`lib o`tdi. 
U Saljuqiylar g`alabasi bilan yakunlandi. Ko`p o`tmay Saljuqiylar o`z g`alabalarini 
mustahkamlab, Xurosonning ancha qismini, jumladan, Nishopurni qo`lga kiritdilar (1038y). 
1040 yil bahorida Dandanakan yonida (Saraxs bilan Marv oralig`i) bo`lgan so`nggi hal qiluvchi 
jangdan so`ng Ma`sud G`aznaviy qo`shini qaqshatqich zarbaga uchrab, butun Xuroson 
o`lkasidan mahrum bo`ladi. Ko`p o`tmay Ma`sud ukasi Muhammad tomonidan qatl qilinadi 
(1041y). Tez vaqt ichida hokimiyatni egallagan Ma`sudning o`g`li Mavdud ham bir necha bor 
kuch to`plab saljuqiylar bilan urush olib borgan bo`lsa-da, ammo o`z qo`shinini mag`lubiyatdan 
saqlab qola olmadi. 1059 yilda G`aznaviylarning muhim tayanchi - Balxning Saljuqiylar qo`liga 
o`tishi G`aznaviylarning so`ngi umidini ham puchga chiqardi. Bu esa pirovardida G`aznaviylar 
davlatining puturdan ketkazib, tarix sahnasidan butunlay tushib ketishiga sabab bo`ldi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish