1.
O`zbekiston tarixining predmeti.
Tarix – arabcha so`z bo`lib, o`tmish «o`tgan voqealar haqida aniq hikoya qilish»,
ma`nolarini anglatadi. Tarix butun insoniyatning uzoq o`tmishdan to hozirgi kunlargacha bosib
o`tgan hayotiy yo`lini, avloddan avlodga meros qoluvchi, doimo rivojlanib, boyib boruvchi,
ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy, ma`naviy-ma`rifiy, madaniy, davlat qurilishi sohalaridagi
tajribalarini, xalqlarni etaklagan tarixiy shaxslar faoliyatini tartibga solingan holda o`rganuvchi,
tasvirlovchi fandir.
«Tarix millatlarning o`tmishi, taraqqiyoti hamda tanazzulining sabablarini
o`rganaturg`on ilmdir».
Abdurauf Fitrat
Tarixni o`rganish, bilish – bu kishilik jamiyatining rivojlanish qonuniyatlarining
taraqqiyotning mavjud bosqichidan yangi bosqichiga o`tish jarayonini, insonlarning inqirozli,
turg`unlik holatiga tushish sabablari va bu holatdan chiqish yo`lidagi tajribalarini, har bir zarrasi
qimmatga tushgan o`tmish sabog`ini umumlashtirish,
tushunib etish, anglab olish demakdir.
Tarix fani tarixiy jarayonning qonuniyatlari va tendentsiyalarini tushunib etishga, hozirgi
zamonni to`g`ri anglab olishga, kelajakni asosli ravishda ko`ra bilishga ko`maklashuvchi ilmdir.
Tarix ko`p qirrali, keng qamrovli fan bo`lib, uni alohida mamlakatlar va xalqlar tarixi,
mintaqalar tarixi, jahon tarixi kabilarga bo`lib o`rganish ham mumkin.
Har qaysi mamlakat, har bir xalq o`zining uzoq va betakror tarixiga ega bo`lganidek,
O`zbekistonning, o`zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmundir. Qadim zamonlardayoq
Turon, Turkiston deb e`tirof etilgan ona Vatanimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga
ko`ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk
mamlakatlar qatori dunyoda
mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, tsivilizatsiyalar tutashgan eng qaynoq
chorrahalaridan biri sifatida butun insoniyat tarixining borishiga ma`lum darajada ta`sir etib
bordi. Shu bilan birga ajdodlarimiz hayotiga boshqa xalqlar, tsivilizatsiyalarning ham ta`siri
bo`ldi. Ming yillar davomida o`zbek xalqining fors, hind, yunon, arab, rus va boshqa xalqlar
bilan ma`lum darajada arala
щ
uvi sodir bo`lgan,
ularning madaniyati, fani, san`ati va umuman
turmush tarzi bir-biridan bahra olgan, mushtaraklashgan.
O`zbekiston xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bor. Hozirgi O`zbekiston
hududida dastlabki mustaqil davlat tuzilmalari miloddan avvalgi birinchi ming yillik
boshlaridayoq paydo bo`lib, qariyb 3000 yil davomida takomillashib borgani va dunyo
davlatchiligi rivojida eng yuksak darajaga ko`tarilgani jahonga ma`lum.
Vatanimiz tarixi o`zbek xalqining jahon tarixi va madaniyati xazinasiga ulkan hissa
qo`shganligidan guvohlik beradi. Buyuk bobolarimiz – Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu
Nasr Farobiy, Ahmad al-Farg`oniy, Abu Ali ibn Sino,
Abu Rayhon Beruniy, Muhammad inb
Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, AmirTemur,
Mirzo Ulug`bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa yuzlab allomalarimiz
bilan nafaqat o`zbeklar, balki butun turk dunyosi, qolaversa, butun er yuzi xalqlari faxrlanadilar.
Ajdodlarimiz barpo etgan Samarqand, Buxoro, Xiva kabi ko`hna shaharlar bugungi
kunda jahon miqyosidagi ziyoratgohga aylangan. O`zbekistonga tashrif buyurayotgan xorijiy
davlat va jamoat arboblari,
ziyoratchilar bu shaharlarni, ulardagi ajoyib tarixiy, milliy
me`morchilik majmualari va yodgorliklarni ko`rib, ularda mujassamlashgan xalq ustalarining
iste`dodi va yuksak badiiy mahoratiga qoyil qolib, ularga tahsinlar o`qimoqdalar. Muqaddas
erimiz orqali o`tgan Buyuk ipak yo`li Osiyo va evropadagi xalqlar va mamlakatlarni bir-biriga
bog`lab turgan, xalqaro hamkorlikka xizmat qilgan.
O`zbekiston tarixi fanining predmeti xalqimizning eng qadimgi
zamonlardan to hozirgi
kunlargacha bosib o`tgan uzoq va murakkab tarixiy yo`lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy
va ma`naviy hayotini holisona o`rganishdan, tushuntirishdan iboratdir.
O`zbekiston tarixi fani ajdodlarimiz hayoti bilan bog`liq holda sodir bo`lgan voqealar
rivojining ichki mantiqini, sabablari va oqibatlarini, asrlar davomida to`plangan amaliy tajriba va
saboqlarni o`rgatadi.
Vatanimiz tarixi o`zbeklarning xalq, millat bo`lib shakllanish jarayonini, ajdodlarimiz
qoldirgan boy ma`naviy merosni, davlatlarning tashkil topishi va ularning ichki va tashqi
siyosatini o`rgatadi.
O`zbekiston tarixi fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo`liga kirishi, mustaqillik
yillarida milliy huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik fuqarolik
jamiyatni shakllantirish,
erkin bozor iqtisodiyotini yaratish, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashish jabhalaridagi
faoliyatini o`rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: