Vatanimiz tarixini o`rganishda turkiy, fors, arab manbalari
Vatanimiz tarixini o`rganishda turkiy, fors, arab manbalarining ahamiyati katta. Qadimgi
turk yozuvi to`g`risida S.e.Malovning «Pamyatniki drevne-tyurskoy pis`mennosti» (M.1951) va
«eniseyskaya pis`mennost` tyurkov. Tekst i perevod
ы
» (M-L.1951),A.Sagdullaevning «Qadimgi
O`zbekiston ilk yozma manbalarda» (T.1996) asarlarida qimmatli ma`lumotlar bor. Turkiy
xalqlar, jumladan o`zbek xalqining etnik tarixini o`rganishda Abulg`oziyning «Shajarayi turk»
(T.1992), L.N.Gumilevning «Drevnie tyurki» (M.1960), A.Yu.Yakubovskiyning «K voprosu ob
etnogenezi uzbekskogo naroda» (T. 1941) asarlaridan foydalanish mumkin.
O`zbek xalqining o`rta asrlardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy-madaniy hayotini
o`rganishda Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri» (T.1993), Abu Rayhon Beruniyning
«Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» (T.1968), Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig»
(T.1960), M.Qoshg`ariyning «Devonu lug`otit-turk. Uch jildlik» (T.1960-1963), Abu
Tohirxojaning
«Samariya»
(T.1991),
Narshahiyning
«Buxoro
tarixi»
(T.1991),
Nizomulmulkning «Siyosatnoma yoki siyar ul-muluk» (T.1997), Amir Temurning «Temur
tuzuklari» (T.1991), Mirzo Ulug`bekning «To`rt ulus tarixi» (T.1994) va boshqa nodir kitoblar
muhim tarixiy manba bo`lib xizmat qiladi.
Vatanimiz tarixini o`rganishda o`z davrida hokimiyat tepasida turgan sulolar tarixini
yoritishga bag`ishlangan bir qator kitoblar -Shihobiddin an-Nasaviyning «Sulton Jaloliddin
Manguberdi hayoti tafsiloti» (T.: O`zbekiston, 1999), Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma» (T.:
O`zbekiston,1996), Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» (T.: Sharq, 1997), Ibn
Arabshohning «Amir Temur tarixi. Ikki jildlik» (T.: Mehnat, 1992), Hofiz Tanish al-
Buxoriyning «Abdullanoma» (T.1999), Mulla Muhammad Solihning «Shayboniynoma»
(T.1989), Bayoniyning «Shajarayi Xorazmshohiy» (T.1991) va boshqalar qimmatli manba
sifatida diqqatga sazovordir.
Bizgacha etib kelgan bunday moddiy va yozma manbalar O`zbekiston tarixini
o`rganishda muhim ahamiyatga ega. O`zbekiston Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik
instituti, Sharq qo`lyozmalar fondi dunyodagi eng yirik qo`lyozmalar xazinalaridan hisoblanadi.
Bu erda 40 mingdan ziyod qo`lyozma nusxalari, 30 mingdan ortiq toshbosma kitoblar va 10
mingdan ortiq Sharq tillarida yozilgan hujjatlar mavjud. Shuningdek, Vatanimiz tarixiga oid
muhim qo`lyozma hujjatlar, nodir kitoblar, qimmatli ma`lumotlar horijiy mamlakatlardagi ilm
maskanlari, kutubxonalarda saqlanmoqda. Ana shu qo`lyozma hujjatlar va kitoblarning hozirgi
o`zbek tiliga tarjima qilinishi va nashr etilishi Vatanimiz tarixini yanada to`laroq, xolisona
yoritilishiga, tariximiz sahifalaridagi «oq» va «qora» dog`larning barham topishiga
ko`maklashadi.
O`zbekiston tarixiga doir tarixiy manbalar haqida ma`lumotlar B.Ahmedovning
«O`zbekiston xalqlari tarixi manbalari» (T.1991), T.Saidqulovning «O`rta Osiyo xalqlari
tarixining tarixshunosligidan lavhalar» (T.1993) nomli kitoblarda to`laroq berilgan, o`quv
jarayonida ulardan foydalanish zarur.
O`zbekiston tarixini o`rganishda etakchi zamonaviy tarixchi olimlarimiz tomonidan
yaratilgan tarixiy asarlar, darslik va o`quv qo`llanmalar muhim o`ringa ega. Ulardan eng
muhimlarining nomlari, mualliflari haqidagi ma`lumotlar mazkur darslikning oxirida,
foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati bo`limida berilgan bo`lib, ularni o`qish, o`rganish talabalarga
tavsiya etiladi.
Tariximiz to`g`risida to`la tasavvur hosil qilish uchun O`zbekiston tarixi davlat muzeyi,
Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O`lkani o`rganish va boshqa muzeylar, Samarqand, Buxoro,
Xiva, Shahrisabz, Qarshi, Urganch, Toshkent va boshqa shaharlar, ulardagi tarixiy yodgorliklar
bilan yaqindan tanishish zarur.
Ajdodlarimiz qoldirgan moddiy va ma`naviy yodgorliklar bilan tanishar ekanmiz, ularda
xalqning mehnati, fikr-o`ylari, orzu-umidlari, his-tuyg`ulari mujassamlashganini qalban his
etamiz, anglab etamiz. Ana shunda bu tarixiy yodgorliklarning chiroyli ko`rinishidan
huzurlanibgina qolmasdan, ajdodlarimizga, xalqimizga, millatimizga nisbatan mehr-
muhabbatimiz ortadi, Vatanimiz bilan faxrlanamiz.
Nazorat uchun savollar:
1.Tarixni o‘rganishda davrlashtirishning ahamiyati haqida gapirib bering.
2.Davrlashtirish masalalarining o‘rganilish tarixi deganda nimalarni tushunasiz?
3. Davrlashtirishning xududidiy xususiyatlarini aytib bering.
4. Tarixiy, geologiq arxeologik davrlashtirishning o‘ziga xosligini izohlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |