Tayanch so`z va iboralar: Ibtidoiy jamoa davri- insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichi.
O’zbekiston xududining tabiiy - geografik sharoiti va iqlimi. O‘zbekistonning ibtidoiy to‘da davri.
O‘zbekiston xududining ibtidoiy odamlar tomonidan o‘zlashtirilishi. Seleng’ur - eng qadimgi inson
manzilgohi, Fergantrop. O‘zbekiston- ilk insoniyat sivilizatsiyasi beshigi. Teshiktosh - o’rta
paleolitning noyob yodgorligi. Olovning kashf qilinishi. Iqlimi, hayvonot va o’simliklar dunyosi.
1.O‘zbekiston- ilk insoniyat sivilizatsiyasi beshigi
Insoniyat qadim-qadimdan o`z davriga xos turmush tarziga, moddiy va ma`naviy
madaniyatga, ya`ni ma`lum darajadagi tsivilizatsiyaga ega bo`lgan. Davrlar o`tishi bilan
insoniyat tsivilizatsiyasi darajasi o`sib, rivojlanib, takomillashib borgan. Bu jarayon odamlarning
mehnat qilish usuli qanchalik darajada moddiy va ma`naviy boyliklarni yaratish va ko`paytirib
borishi bilan bog`liq kechgan.
U yoki bu tsivilizatsiya haqida so`z borganda insoniyatning yashash uchun kurashi,
tinimsiz mehnati, ma`naviyat va ma`rifatga intilishi tufayli o`zi uchun yaratgan jismoniy va
madaniy qulayliklari - ov va mehnat qurollari, kiyim-bosh, uy-joy va oilaviy munosabatlari,
ishlab chiqarish usullari, maishiy xizmat vositalari, ijtimoiy ongi va ma`naviy dunyosi, ijtimoiy-
siyosiy, axloqiy-huquqiy munosabatlari darajasi bilan tavsiflanadigan ma`lum bir tarixiy davr
tushuniladi. Masalan, Qadimgi Sharq tsivilizatsiyasi, Antik evropa tsivilizatsiyasi, Islom
tsivilizatsiyasi, Xristian tsivilizatsiyasi, hozirgi zamon tsivilizatsiyasi kabi tushunchalarda
insonlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayoti, turmush tarzi, ma`naviy qiyofasi, axloqi, bilim
saviyasi, mehnat qurollari va hokazo jihatlari mujassamlashgan bo`ladi.
Har bir mintaqada tsivilizatsiya davriy nuqtai nazardan ertaroq yoki kechroq, o`ziga xos
shaklda shakllanib, rivojlanib borgan. Tarixiy, ilmiy tadqiqotlar bizning Vatanimiz - O`zbekiston
insoniyat tsivilizatsiyasining qadimgi o`choqlaridan biri ekanligidan dalolat bermoqda.
XX asrning birinchi yarmidan boshlab arxeolog olim V.L.Vyatkin boshliq guruh
Samarqand, Xorazm va Termizda, M.e.Masson boshliq arxeologlar guruhi Ohangaron vodiysida,
A.A.Potapov Farg`ona vodiysida qidiruv va qazish ishlari olib bordilar. 30-40-yillarda
O`zbekiston, Moskva va Leningrad olimlari hamkorligida bir necha arxeologik ekspeditsiyalar
tashkil etildi. Termiz ekspeditsiyasiga M.e.Masson, Xorazm ekspeditsiyasiga S.P.Tolstov,
Zarafshon ekspeditsiyasiga A.Yu.Yakubovskiy rahbarlik qildilar. Bular tomonidan nafaqat
O`zbekiston, butun Markaziy Osiyoning qadimgi tarixini, ajdodlarimizning ibtidoiy jamoa
tuzumi, turmush tarziga oid qator qimmatli asarlar yaratilgan. Bular orasida V.M.Massonning
«Strana t
ы
syachi gorodov» - M., «Nauka», 1966, A.P.Okladnikovning «Paleolit i mezolit
Sredney Azii / Srednyaya Aziya v epoxu kamnya i bronz
ы
» - M.-L., 1966, S.P.Tolstovning
«Drevniy
Xorezm.
Op
ы
t
istoriko-arxeologicheskogo
issledovaniya»
-M.,
1948,
V.A.Shishkinning «Afrasiab -sokrovi
щ
nitsa drevney kul`tur
ы
» - T., «Fan, 1966, «Arxetekturn
ы
e
pamyatniki Buxar
ы
» -T., 1936 va boshqa asarlar bor.
Ikkinchi jahon urushidan so`ng Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi tarixini o`rganish
maqsadida yirik arxeologik ekspeditsiya guruhlari tashkil etildi. S.P.Tolstov boshliq Xorazm
arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi, A.N.Bernshtam boshliq Pomir-Oloy va Pomir-Farg`ona
ekspeditsiyasi, Ya.G`.G`ulomov va V.A.Shishkinlar boshliq Zarafshon arxeologik ekspeditsiyasi
tadqiqot ishlari olib bordi. Mazkur ekspeditsiyalarda qatnashgan tadqiqotchilar muhim asarlar
yaratdilar. S.P.Tolstovning «Po sledam drevnexorazmiyskoy tsivilizatsii» -M-L., 1948,
A.N.Bernshtamning «Drevnyaya Fergana /Nauchno-populyarn
ы
y ocherk/» -T., 1951,
Ya.G`.G`ulomovning «O`zbekistonda arxeologiya fanining rivoji» -T., 1956, «Qadimgi
madaniyatimiz izlaridan» -T., 1960 va «Xorazmning sug`orish tarixi» -T., 1957 ana shular
jumlasidandir.
Keyingi yillarda respublikamizning taniqli arxeolog olimlari-A.Asqarov, O`.Islomov,
A.R.Muhammadjonov, E.V.Rtveladze, T.Shirinov va boshqalar etakchiligidagi tadqiqotchilar
O`zbekiston qadimgi tarixining paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza davrlarini o`rgandilar.
Tadqiqot ishlari Vatanimizning barcha vohalarida - Zarafshon, Surxondaryo bo`ylarida, Xorazm
va Farg`ona vodiysida, shuningdek cho`l va dasht o`lkalarida ham keng olib borildi. Ular
tomonidan qator ilmiy, ommabop asarlar, o`quv qo`llanmalari yaratildi. Bular orasida
A.Asqarovning «Buxoroning ibtidoiy davr tarixidan lavhalar» -T., Fan, 1973, «Sopollitepa» -T.,
1973, «Drevnezemledel`cheskaya kul`tura epoxi bronz
ы
Yuga Uzbekistana» -T., 1977;
O`.Islomovning
«Pe
щ
era
Machay»,-T.,1975,
«Obishirskaya
kul`tura»
-T.,1980;
A.R.Muhammadjonovning «Qadimgi Buxoro» -T., 1991; T.Shirinovning «Orudiya proizvodstva
i orujie epoxi bronz
ы
sredneaziatskogo Mejdurech`ya» -T., 1985; E.V.Rtveladze va
A.Sagdullaevlarning «Pamatniki minuvshix vekov» -T., 1986; E.V.Rtveladze, A.X.Saidov va
Yo.V.Abdullaevlarning «Qadimgi O`zbekiston tsivilizatsiyasi: davlatchilik va huquq tarixidan
lavhalar» -T., 2001 kabi asarlar alohida o`rin tutadi.
Mazkur asarlarni, shuningdeq Vatanimizning qadimgi davri tarixiga oid boshqa asarlarni
o`rganish orqali O`zbekiston odamzod ilk bor paydo bo`lgan o`lka ekanligini anglash,
ajdodlarimizning qadimgi hayoti, turmush tarzi, moddiy va ma`naviy madaniyati haqida zarur
bilimga ega bo`lish mumkin.
Jamiyatshunos va tabiatshunos olimlar er sharida hayotning paydo bo`lishi, odamlarning
vujudga kelishi, muammolari ustida uzoq yillardan beri tadqiqot ishlari bilan shug`ullanib
kelmoqdalar. Bu haqda diniy va dunyoviy ta`limotlar, rivoyatlar mavjud.
Xristian dini odamzod xudo tomonidan bundan 7 ming yil burun qizil loydan
yaratildi,dastlabki odamlar Adam va evadan tug`ilgan deb ta`riflaydi. Islom dini odamning Olloh
tomonidan tuproqdan yaratilib, unga jon kiritilgani, dastlabki odamlar Odam Ato va Momo Havo
bo`lganligi haqida, ularning qachon yaratilganligini Ollohdan o`zga hech kim bilmaydi, bu
yolg`iz ungagina ayon degan g`oyani ilgari suradi.
Yunon olimi Arastu odamning paydo bo`lishini erda hayotning paydo bo`lishi va
rivojlanishi jarayoni bilan bog`lab tushuntiradi,odamzod oddiydan murakkabga, hayvonot
olamidan odamzod dunyosiga o`sib chiqdi, deb ta`kidlaydi. Jeyms Manboddo odam oliy turdagi
maymunsimon odamdan vujudga kelgan, degan g`oyani ilgari suradi.
Ingliz olimi Charlz Darvin evropalik arxeologlarning Gibraltar qoyasi, Germaniyaning
Neandertal vodiysi va Avstriyadagi tadqiqotlarning natijalarini tahlil qilib, odamlarning ajdodlari
daraxtda yuruvchi eng oliy turdagi maymunsimon odamlar /driopiteklar/ bo`lganligi haqidagi
evolyutsion nazariyani ilgari suradi. U har qanday maymundan odam paydo bo`lmasligini,
odamlarning ajdodlari bo`lmish driopiteklar allaqachon o`lib ketganligini ta`kidlaydi.
Shuningdeq odam har doim, hamma vaqt ongli bo`lgan, odam Olloh tomonidan
yaratilmagan, maymundan odam paydo bo`lishi mumkin emas, odam boshqa sayyoralardan
kelgan degan rivoyatlar ham bor. Demaq sayyoramizda odamzodning qachon va qanday paydo
bo`lgani haqida aniq, uzil-kesil fikr yo`q deyish mumkin, bu muammoligicha qolmoqda. Turli
ixtisosdagi olimlar tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar uzoq o`tmishning sirli jarayonlariga
yanada teranroq nazar tashlashga , kamtarona bilimlarimizni yanada oydinlashtirishga
ko`maklashib boraveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |