Узбекстан тарийхы лекция



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/125
Sana25.04.2023
Hajmi1,54 Mb.
#931449
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   125
Bog'liq
Узбекстан тарийхы лекция

Tayanch so‘z va iboralar: Miloddan avvalgi 1 ming yillikda O’rta Osiyoning qadimgi aholisi. 
Miloddan avvalgi birinchi ming yillikda dehqonchilik va chorvachilik. Ularning yashash tarzi. 
Mashg’ulotlari. 
1.
O`rta Osiyo hududidagi qadimiy xalqlar. Qabilaviy uyushmalarning shakllanishi. 
O'rta Osiyo hududida yashagan qadimgi qabilalar uyushmalari haqida aniq fikrlar mavjud 
emas. Shunday bolsada, miloddan avvalgi VI-V asrlarda o'lkamizda istiqomat qilgan yirik 
qabila uyushmalarining joylashgan hududlarini aniqlash imkoni bo'lgan. 


Ulardan eng yirigi sak qabilalari bo'lib, ular uchta qabilaviy birlashmadan tashkil topgan: 
xaumavarka saklari, tigraxauda saklari va tiaytaradaraya saklari. 
Xaumavarka saklari asosan O'rta Osiyoning shimoli-sharqiy qismida joylashgan bo'lgan. 
Yirik qabilalardan yana biri tigraxauda saklari (o'tkir bosh kiyimli saklar) bo'lgan. Antik 
davr tarixchilari tigraxauda saklarini massagetlar bilan ham tenglashtirganlar. Bu qabila 
birlashmasi miloddan avvalgi VI-V asrlarda G'arbiy Osiyoning juda katta hududida: 
Amudaryoning quyi oqimlaridan hamda Sirdaryoning o'rta va quyi oqimlaridan to Orol 
dengizining shimoligacha bo'lgan bepoyon cho'llarda ko'chib yurganlar (sak-
massagetlarning asosiy qismi dastawal Orol dengizining janubi-sharqida, Oks (Amudaryo) va 
Yaksart daryolarining oralig'ida joylashgan bo'lgan). Miloddan awalgi IV-III asrlarda ularning 
hududi birmuncha kengayib, Kaspiy dengizining janubi-sharqiy sohillaridan to 
Qozog'istonning markaziy mintaqalarigacha bo'lgan katta kengliklarda ko'chib yurganlar. 
Antik davr muallifi Strabon o'zidan oldingi tarixchilarning asarlaridan foydalanib: „Kaspiy 
dengizidan boshlab ko'pchilik saklar dayl deb ataladi, bulardan sharqda yashovchi qabilalar massagetlar 
va saklar deb nomlangan, qolganlari esa umumiy nom bilan ski/lar deb atalg an" , — deb yozgan. 
Strabon bu axborotida sak-massagetlarning hududi naqadar keng bo'lganligi bilan bir vaqtda 
ularning jamoa hayotini ham tasvirlab, bir qancha qabilalar va qabila ittifoqlaridan yirik 
etnik uyushma tuzilganligini ham aniq ko'rsatadi. O'sha davrlarda massaget saklari yirik 
qabila uyushmasi bo'lib, tarkibiga bir necha qabila uyushmalari, jumladan, dahla r, d erb ekla r,
sakaru kla r, apasiaklar, assiylar, augallar va boshqalar kirgan. 
Tiaytaradaraya (dengiz orqasida, dengizning nari tomonida yashovchi) saklari ham qadimgi yirik 
qabila birlashmalaridan sanalgan. Bu saklarning kelib chiqishi asli Kaspiy dengizinins shimolida, Ural 
tog'oldi mintaqalarida yashovchi massaget qabilalaridan bo'lishi ehtimoldan xoli emas. 
Saklar xo'jaligida chorvachilik katta o'rin tutgan. Bu qabilalar qoramol, mayda chorva 
hamda otlarni ko'paytirganlar. Yillar davomida chorvadorlar yangi yem-xashak maydoni 
topish uchun harakat qilganlar, o'troq hayot ular uchun muhim sanalmagan. 
Dashtlar, sahrolar va Amudaryo bo'ylarida massaget qabilalari yashaganlar. 
Shunday qilib, miloddan avvalgi VI -IV asrlardagi o'troq aholi va ko'chmanchi saq massaget qabilalari 
O'rta Osiyo aholisining keyingi asrlardagi etnik taraqqiyotiga zamin tayyorlab bergan. 
Ko'pchilik tadqiqotchilar O'rta Osiyoda ilk davlatlarning shakllanish va rivojlanish jarayoni 
ahamoniylargacha bo'lgan davrda deb hisoblaydilar. Ilmiy adabiyotlar O'rta Osiyoda ahamo-
niylargacha bo'lgan davrda quyidagi davlat uyushmalari haqida so'zyuritadi: 
Aryoshayyona - O'rta Osiyodagi qadimgi viloyatlar uyushmasi. Aryonamvayjo. „Katta Xorazm" 
yoki Amudaryoning quyi oqimidagi Xorazm davlati. Qadimgi Baqtriya davlati. 
O'rta Osiyoning janubida joylashgan o'nlab yangi tipdagi voha-davlatlar so'nggi bronza va ilk temir davrida 
ba'zan yirik siyosiy birlashmalar — podsholiklarga birlashar edi. O'rta Osiyo janubida bular Baqtriya va 
„Katta Xorazm" edi. Yirik podsholiklaming tashkil topishida ichki ijtimoiy-iqtisodiy omillardan tashqari 
tashqi sub'ektiv omillar ham muayyan o'rin tutgan. Mazkur omillardan biri Mesopotamiyaning 
urushqoq davlatlari - Midiya, Ossuriya, Mitaniya tomonidan solingan xavf edi. 
So'nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar asosida ushba ro'yxatga Sug'diyonani ham kiritish imkoniyati 
paydo bo'ldi. 
Ba'zi 
tadqiqotchilarning 
ta'kidlashicha, 
ahamoniylardan 
oldin 
xorazmliklar 
Parfiya 
chegaralaridan sharqiy yo'nalishda, Kopetdog' yonbag'Marida joylashganlar. Xorazm davlatining 
markazi Marv va Hirot atrofìda bo'lib, bu davlatni forslar egallaganlaridan so'ng xorazmliklar 
quyi Amudaryo - hozirgi Xorazm viloyatiga ko'chib borganlar deb faraz qilingan. Ushbu nazariyaga 
ko'ra, miloddan avvalgi VI asrda qadimgi forslar xorazmliklarni janubdan quyi Amudaryo 
yerlariga siqib chiqarganlar. 
S.Tolstov, Ya.G'ulomovlar ushbu nazariyaga qarshi bo'lib, xorazmliklar O'rta Osiyoning 
janubidan ko'chib kelmaganlar, Xorazm davlati quyi Amudaryoda qadimgi zamonlardayoq 
vujudga kelgan, deb xulosa qilganlar. Bu davlatning chegaralari hozirgi Xorazm viloyati hududidan 
ancha keng bo'lgan. Qadimgi Xorazm markazlaridan biri Ko'zaliqir shahri qalin va 
mustahkam mudofaa devori bilan o'ralgan. Bunday markazlar atrofìda ko'plab dehqonlar 


qo'rg'onchalari, bog'lar va dalalar joylashgan edi. Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik ishlab 
chiqarishi rivojlangan. Shaharlarda savdo-sotiq qizg'in Ice c 3. ri • 
O'rta Osiyo hududida miloddan avvalgi VII asrda tashkil topgan eng qadimgi davlat 
birlashmasi Qadimgi Baqtriya davlatidir. Baqtriyaliklaning yurti Surxon vodiysi, Afg'onistonning shimoli-
sharqi, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashib, turli yozma manbalarda Baxdi, Baqtrish
Baqtriyona, Baqtriya, Baxli, Baxlika deb tilga olingan. Bu davlat hududida hozirda Qiziltepa, 
Yerqo'rg'on, Uzunqir va Afrosiyob shahar xarobalari topilgan. Dastlab Baqtriya tarkibiga Marg'iyona va 
Sug'diyona ham viloyat sifatida kirgan bo'lishi mumkin. Bu davrda aholi nisbatan zich joylashgan o'troq 
vohalarda dehqonchilik jadal rivojlangan. Bu vohalar hosildor tog'oldi tekisliklarida yoki daryo 
etaklarida joylashgan bo'lib, nisbatan dehqonchilik uchun qulay sharoitga ega bo'lgan. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish