Узбекстан тарийхы лекция



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/125
Sana25.04.2023
Hajmi1,54 Mb.
#931449
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   125
Bog'liq
Узбекстан тарийхы лекция

Jaloliddin Manguberdi 
O`z dovyurakligi ustakorligi, makkorligi bilan mashhur bo`lgan Temuchin (1155-1227) XII 
asrning oxirlariga kelib nafaqat mo`g`ullarning ko`p sonli urug`-qabilalarini, shu bilan birga ular 
bilan yonma-yon, qo`shni yashab kelgan ko`plab turkiy elatlar, chunonchi, jaloirlar, oyratlar, 
qaraitlar, naymanlar, qoraxitoylar, qirg`izlar, uyg`urlar, qarluqlar va boshqalarni ham birin-ketin 
bo`ysundirib, kuchli davlatga asos soldi. Bu davlat harbiylashgan tizimga asoslanganligi bilan 
ajralib turardi. Qo`shinlarga: o`n jangchiga bir boshliq – o`n boshi, shuningdeq yuz boshi, ming 
boshi va tumanboshilar boshchilik qilardi. Tuman deganda o`n minglik qo`shingina emas, balki 
shu qo`shin safini doimiy to`ldirishi kerak bo`lgan butun bir tuman, ya`ni besh – o`n ming 
o`tovli yoki 50 mingga yaqin aholisi bo`lgan hudud nazarda tutilardi. Har bir shunday tumanga 
tayin qilingan tumanboshi faqat o`n ming jangchining qo`mondoni bo`libgina qolmay, ayni 
zamonda o`z tasarrufidagi minglab fuqarolarning taqdirini ham hal etuvchi hokimi mutloq 
hisoblanardi. Mazkur tumandagi barcha sudlov, jinoiy- javobgarlik va fuqarolik ishlari ham 
to`laligicha uning tasarrufida bo`lgan. Temuchin oliy hokimiyat muruvvatlarini o`zining 
o`g`illari va eng yaqin kishilariga topshiradi. Jumladan, uning yaqin safdoshlaridan Subitoy, 
Xubiloy, Jebe, farzandlari: Jo`jixon, Chig`atoy, O`qtoy, To`luyxonlar birinchi bo`lib tuman 
sohiblari bo`lganlar. Temuchinning mo`g`ullarning ulug` xoqoni sifatidagi o`rni va mavqeini har 
jihatdan mustahkamlash, bunga qonuniy tus berishda 1206 yili poytaxt Qoraqurumda bo`lib 
o`tgan umummo`g`ul Qurultoyi alohida ahamiyatga molik bo`ldi. Qurultoyda Temuchin barcha 
mo`g`ul - tatar xonlarining ulug` xoni /qooni/ deb e`lon qilindi va unga Chingizxon laqabi 
berildi. (Chingizxon laqabi turli mualliflar tomonidan turlicha, chunonchi, «kuchli», «qudratli», 
«toza» yoki dengizlar /Dengizxon/, okeanlar hukmdori va xokazo ma`nolarda talqin qilinib 
kelinadi). Qurultoy tomonidan qabul qilingan «Yaso» hujjati /mo`g`ullar davlatining asosiy 
qonunlari majmuasi/ ulug` xon hokimiyatini yanada mustahkamladi. «Yaso» mo`g`ul 
jamiyatidagi mulkiy tengsizlikning ifodasi sifatida ko`zga yaqqol tashlanadi. U yangi paydo 
bo`lgan hukmron tabaqa - tarxonlarga katta imtiyozlar berilishini ko`zda tutardi. Chingizxon 
ulug` hoqon deb e`lon qilingan birinchi kundayoq o`zining eng yaqin kishilaridan 95 nafarini 
bahodur, mingboshilar etib tayinlaydi va bir necha ming kishiga tarxonlik yorliqlari beriladi. 
Chingizxon ayni paytda 10 ta oliy hokimiyat lavozimlarini ta`sis etadi va 150 kishidan iborat 
shaxsiy gvardiya hamda mingta «dovyurak» jangchilardan tarkib topgan shaxsiy drujina tuzadi 
(Keyinchalik uning soni 10 ming kishiga etkaziladi). Butun mamlakatda kuchli temir intizom, 
qattiqqo`l tartib o`rnatilib, jangovar harbiy safarbarlik ishlari avjga oldirib borildi. Bu hol 
Chingizxoning xorijiy ellarni zabt etishdan iborat o`z oldiga qo`ygan yovuz, agressiv 
maqsadlarini tez orada amalga oshirishga imkon yaratib bordi. XIII asr boshlariga kelib 
Chingizxon qo`shni davlatlar va xonliklarni birin - ketin bosib olishga kirishadi. Agar 1206 yilga 
qadar bepoyon G`o`bi sahrosidagi qavm - qabilalar itoatga keltirilgan bo`lsa, 1206 - 1211 yillar 
davomida Sibir va Sharqiy Turkiston xalqlari /buryat, yoqut, oyrat, qirg`iz va uyg`urlar/ 
bo`ysindiriladi. Mo`g`ul sarkardasi Xubiloy ettisuvning shimoliy hududlarini ishg`ol etib, 
bevosita Xorazmshohlar davlati chegaralariga yaqinlashib boradi.
1211 yilda uyg`urlar eri istilo etilgach, shundan so`ng Chingizxon Xitoyga hujum boshlaydi. 
1215 yil boshlariga kelib Shimoliy Xitoy poytaxti Pekin ishg`ol etiladi. 1217 yilda Xuanxe 
daryosining shimolidagi barcha erlar mo`g`ullar tasarrufiga o`tadi. Ayni chog`da 1218 yilga 
kelib g`arb tomonda ettisuv hududining qolgan qismi ham egallanib, mo`g`ullarga tobe bo`ladi. 
Endilikda Chingizxonning asosiy bosh maqsadi – uning jahonga hukmron bo`lishiga katta 


to`g`onoq bo`lib turgan buyuk Xorazmshohlar qo`shinini tor-mor keltirib, uning erlarini o`z qo`l 
ostiga kiritish edi. Bu davrda Xorazmshohlar davlatining ichki ijtimoiy-siyosiy hayoti g`oyatda 
murrakab, ziddiyatli kechayotgandi. Bu davlat tashqaridan ulug`vor, keng hududlarga yoyilgan, 
qudratli saltanat tarzida ko`rinsa-da va uning hukmdori Muhammad Xorazmshoh o`zini 
«Iskandari soniy», «xudoning erdagi soyasi» deb bilsa-da, biroq haqiqatda esa Xorazmshohlar 
sulolasi ichdan emirilishga, tanazzullikka yuz tutgan edi. Avvalo, oliy hokimiyat boshqaruvida 
chuqur ixtiloflar hukm surardi. Bir tomondan, Muhammad yurgizayotgan rasmiy siyosatga 
nisbatan uning onasi Turkon Xotun va uning qavmlaridan iborat nufuzli siyosiy kuchlar doimiy 
muxolifatchilik munosabatida bo`lib kelardi. Ikkinchi tomondan, mahalliy hududlar beklari va 
hokimlari ham markaziy hokimiyat bilan hisoblashmay, o`zboshimchalik qilar, xalqqa haddan 
ziyod jabr – zulm o`tkazardi. Bu davrda Xorazmshohlar davlati oliy devonida ham, mahalliy 
hokimlar, amaldorlar o`rtasida ham poraxo`rliq xoinliq sotqinlik holatlari avj olib borayotganligi 
sir emasdi. Uchinchidan, xalqning hokimiyatdan noroziligi ko`plab g`alayonlarni keltirib 
chiqarmoqda edi. Bunday qaltis vaziyat, shubhsiz, mamlakat birligiga raxna solib, uni tobora 
zaiflashtirayotgan edi. Buning ustiga Muhammad Xorazmshohning xalifalik hududlarini qo`lga 
kiritish da`vosi bilan 1217 yilda Bag`dod sari qo`shin tortishi ham xalifalik hukmdorlarini qahru 
g`azabga keltirgandi. Hatto xalifa an-Nosir Chingizxonga elchilar orqali maxsus noma yo`llab, 
undan yordam so`raydi, mo`g`ul qo`shinlarini Movarounnahr mulklariga bostirib kirishiga ham 
ishora qilgandi. Chingizxon qo`shni davlatdagi barcha siru – sinoatlardan to`la xabardor edi. U 
Xorazm davlatidan Mo`g`ulistonga qatnaydigan bir guruh yirik savdogarlardan iborat o`z 
josuslik mahkamasini tashkil qilib, ular xizmatidan foydalanib kelardi. Mahmud Yalavoch, 
Hasan Xoja, Yusuf O`troriy singari kishilar shular sirasiga kirardi. Shu bois Chingizxon va uning 
o`rdasi Xorazmshohlar davlatida kechayotgan barcha ziddiyatli voqealardan, uning zaif 
nuqtalaridan xabardor edi. Chingizxon barcha vositalarni ishga solib, kerak bo`lsa shuhratparast 
shoh Muhammadni tinchlantirib, amalda Movarounnahr ustiga yurishga puxta hozirlik ko`radi.
1218 yili Chingizxon amri bilan Xorazm davlatiga 500 tuyada qimmat baho sovg`alar, 
tillo-kumush bisotlar, savdo mollari ortilgan, asosiy tarkibi musulmon savdogarlaridan iborat 
450 kishilik karvon yuboriladi. Biroq karvon O`trorga kelib qo`nishi bilanoq Xorazmshohning 
maxsus topshirig`i bilan O`tror hokimi G`oirxon (Inalchuq) uni yo`q qilishga buyruq beradi. Shu 
tariqa, karvon butunlay talanib, qirg`in qilinadi. Chingizxon uchun endi Movarounnahrga 
bostirib kirish fursati etgan edi. Bu vaqtga kelib Chingizxon va uning lashkarboshilari tasarrufida 
60 tumanli /ya`ni 600 ming nafarli/ jangovor qo`shin tayyor holga keltirib qo`yilgandi. 
Chingizxon qo`shinining hujumi xavfi yaqinlashib kelayotganligini Muhammad Xorazmshoh va 
uning arkoni davlati ham yaxshi bilardi. Shoh muayyan harbiy tayyorgarliklar ko`rish, 
shaharlarning mudofaa istehkomlarini mustahkamlash, qo`shinlar safini kupaytirish harakatida 
bo`ldi. Biroq asosiy harbiy strategik masalalarda u o`ta no`noqliq nodonlik va kaltabinlik qiladi. 
U o`zining sarkarda o`g`li Jaloliddin, Xo`jand hokimi, dovyurak bahodir Temur Malik singari 
etuk kishilarning harbiy kuchlarni asosiy nuqtalarda to`plab, dushmanga hal qiluvchi zarbalar 
berish kerakligi to`g`risidagi to`g`ri, dono maslahatlariga ham quloq solmadi. Sulton o`z 
qo`shinlarini turli shaharlarda alohida holda joylashtirish va mudofaachilikdan iborat xato 
taktikani ma`qul ko`rdi. 1219 yilda Chingizxonning son-sanoqsiz qo`shinlari mamlakatga 
bostirib kira boshlagach, Xorazmshoh o`z tinchi, halovatini ko`zlab, mamlakat taqdirini o`z 
holiga tashlab, yaqin xeshu aqrabolari bilan janubga tomon siljishi (qochishi) xoinlik bo`ldi. 
Bunday holat tez orada butun mamlakat uchun fojiali oqibatlarga olib keldi, yurt himoyachilari 
taqdiri, ruhiyatida o`chmas, asoratli iz qoldirdi. Xalqning sog`lom, vatanparvar kuchlari esa yurt 
ulug`larining bunday ikkilanishi, xiyonatiga qaramay, muqqadas ona zaminni ko`krak kerib 
himoya qilish, bosqinchilarga qarshi qahramonlarcha kurashga tashlandilar. Bu mislsiz jangu 
jadallarda ularning qancha - qanchasi o`zlarini yurt ozodligi uchun qurbon qildilar. 
Mo`g`ullarning birinchi hujumiga duchor bo`lgan hudud O`tror bo`ldi. Chingizxon va uning 
lashkarining o`trorliklardan alohida o`chi bor edi. Negaki, Chingiz yuborgan savdo karvoni 
huddi shu erda saronjom qilinganligi ularning yodidan ko`tarilmagandi. Chig`atoy va O`qtoyning 
son-sanoqsiz kuchlari shahar qal`alariga bosqin uyushtirgan kezlarda o`trorliklar ularga qarshi 


mardonavor jang qildilar. Shahar aholisi G`oirxon /Inalchuq/ va Qorachor bahodirlar 
etakchiligida tengsiz dushman bilan uzoq vaqt jon berib, jon olishdilar. Shahar mudofaasi 5 
oydan ziyod davom etdi. Xalq qarshiligi mislsiz bo`ldi. Biroq oxir-oqibatda shahar dushman 
tomonidan egallandi. Mirzo Ulug`bekning «To`rt ulus tarixi» kitobida ta`kidlanganidek: 
«O`trorning butun aholisini sahroga haydab chiqdilar va qatl qildilar. O`tror xisorini qo`lga 
kiritib, er bilan barobar qildilar. Tirik qolganlardan, raiyat va hunarmandlarning ba`zilarini 
hibsga oldilar, ba`zilarni esa qul qilib haydadilar». 
Mo`g`ul bosqinchilari Movarounnahrning boshqa hududlarida ham ko`z ko`rib, quloq 
eshitmagan yovuzliklarni sodir etdilar. Buning yaqqol ifodasini ularning gullab-yashnagan 
Buxoro, Samarqand, Xo`jand singari shaharlar va ularning aholisiga nisbatan qilgan behad 
yovuzliklari misolida ham ko`rish mumkin. Masalan, Chingiz qo`shini 1220 yilning fevralida 
musulmon Sharqining yirik islom markazlaridan sanalgan Buxoro ustiga balo-qazodek yopirilib 
keladi. Buxoro xalqi bir necha kun davomida dushmanga matonat bilan qarshilik ko`rsatadi. Bu 
esa Chingizxonni darg`azab etadi. Natijada u shaharni yakson qilish, boyligini talash, xalqini 
qirg`in qilishga buyruq beradi. Buxoro qamali 12 kechayu-kunduz davom etdi. Mo`g`ullar 
yondirilgan, 
kuli 
ko`kka 
sovurilgan 
shaharni 
egallagach, 
ko`ngillariga 
siqqan 
noma`qulchiliklarni amalga oshirdilar, shahar himoyachilari butunlay qirib tashlandi. 
Chingizxon galalari 1220 yil mart oyida eng yirik va obod shaharlaridan biri Samarqandni qo`lga 
kiritish uchun barcha makkorona tadbirlarni qo`lladilar. 100 mingdan ziyod sara qo`shinlar 
to`plangan, mustahkam istehkomlar barpo qilingan shaharga o`z kuchlarini tashlab ko`rdi, atrof 
joylarni oldin bosib olib, shaharni tashqi dunyodan ajratishga harakat etdi yoxud boshqa 
bahodirlar qo`shinidan qo`shimcha kuchlar chorlab, uch kunlik qattiq jangdan so`ng Chingizxon 
qo`shini shaharga yorib kirishga va uni butunlay o`ziga bo`ysundirishga erishadi. Mo`g`ul 
istilochilariga qarshi ulug` ajdodlarimizning qahramonona kurashida Xo`jand himoyachilari 
ko`rsatgan favqulodda jasorat alohida o`rin tutadi.
Temur Malik boshchiligidagi mudofaa kuchlari qariyib 5 oy davomida ko`ksilarini qalqon 
etib, yovuz dushman hamlasini daf etib, behisob qurbonlar berib o`z yurtini himoya qildilar, 
ilojsiz qolgan paytdagina olov ichida yonayotgan shahar qal`asini tark etdilar. Shunda ham 
Temur Malik bir qism dovyuraq qo`rqmas jangchilari bilan Sirdaryoga yo`nalib, maxsus orolda 
joylashib dushman bilan mardlarcha olishadi. Nihoyat, ular maxsus kemalarda mo`g`ullar 
hujumiga bardosh berib, yo`l-yo`lakay jang qilib, Xorazm sari harakatlanadilar. Xalq qahramoni 
Temur Malikning bundan keyingi vatanparvarlik faoliyati Xorazm va ona yurtning boshqa 
hududlarini himoya qiluvchilar safida davom etdi. Mamlakatning Buxoro, Samarqand, Xo`jand 
singari hayotiy markazlarining qo`ldan ketishi Xorazmshoh va uning arkoni davlatini shu qadar 
larzaga soldiki, buning natijasida hukmdor o`z saltanatining janubiy-g`arbiy hududlari bo`ylab 
chekinib bordi. O`zining kaltabin siyosati, qat`iyatsizligi, qo`rqoqligi orqasida kechagi 
«qudratli» xukmdor endilikda ojizu notavon bir kimsaga aylanib qoldi. Ilojsiz qolgan shoh oxiri 
Kaspiy dengizidagi Ashura oroliga qochadi. O`sha erda katta o`g`li Jaloliddinni taxt vorisi etib 
tayinlab, 1220 yilning dekabrida xoru-zorlikda vafot etadi. Jaloliddin Manguberdi Gurganchga 
etib kelib, shahar mudofaasiga kirishadi. Lekin Gurganchdagi Qipchoq amirlari Turkon 
xotunning akasi Xumorteginni sulton deb e`lon qilib, Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd 
uyushtirmoqchi bo`ladilar. Bundan habar topgan Jaloliddin Temur Malik boshchiligidagi 300 
suvoriy bilan Gurganchni tark etib Xurosonga ketishga majbur bo`ladi. Xorazm poytaxti 
Gurganch mudofaasi ham mo`g`ullar istilosi tarixining alohida bir fojiali sahifasi bo`lgan, desak 
xato bo`lmaydi. 1221 yil boshlarida Jo`ji, Chig`atoy va O`qtoy askarlari Gurganchga hujum 
boshlaydilar. Gurganch qamali 6 oy davom etdi, hadsiz-hisobsiz qurbonlar berildi. Shahar 
egallangach, mo`g`ullarning bu erda sodir etgan mislsiz yovuzliklarini bayon etishga qalam 
ojizlik qiladi. Barcha erkaklar, bolalar qilichdan o`tkaziladi. Xotin-qizlar qip-yalang`och qilinib, 
bir-biri bilan urishishga majbur etiladi, so`ngra mo`g`ul jangchilari tanloviga beriladi, qolganlari 
qirib tashlanadi. Hech kimga shafqat ko`rsatilmaydi. Shaharning o`zini er bilan barobar qilish 
uchun Amu to`g`oni ochib yuborilib, Gurganch suv ostida qoladi. Shahardagi uzoq asrli 
ma`naviyat durdonalari, qimmatli qo`lyozmalar, kitoblar saqlanib kelgan kutubxonalar, barcha 


noyob asori-atiqalar er bilan yakson etiladi. Muhammad Xorazmshohning o`g`illari: O`zloqshoh 
va Oqshohlar ham mo`g`ullar tomonidan asir olinib, qiynab o`ldiriladi. Podshoh bilan ko`p yillar 
muxolafatchilikda bo`lib, yurtning parokandalikka, chuqur ziddiyatlarga yo`liqishiga sababchi 
bo`lgan, o`ziga haddan ziyod bino qo`ygan, saltanat ichida saltanat qurgan Turkon Xotun qismati 
ham oxirida fojiali yakun topadi. U ham mo`g`ullar tomonidan asir olinib, behisob molu dunyosi 
talanib, o`zi Mo`g`ulistonga haydab ketiladi. Tarixiy manbalarda Turkon xotunning Chingizxon 
xotinlaridan biriga cho`ri sifatida tortiq qilingani aytiladi.
Movarounnahrning asosiy shaharlarini bosib olgan, behisob boyliklarga ega bo`lgan 
mo`g`ullar 1221 yil davomida Xuroson o`lkasi hududlari tomon hujum boshlab, birin-ketin Balx, 
Termiz, Marv, Nishopur, Hirot, Mozandaron singari boy shaharlar, qal`alarni bosib oldilar. Biroq 
shuni aytish joizki, mo`g`ul bosqinchilari Movarounnahr va Xuroson erlarini osonlikcha qo`lga 
kiritgan emaslar. Ular bu erlarda mahalliy xalq va uning qo`rquv bilmas, sheryurak 
farzandlarining tillarda doston bo`lgilik mardlik jasoratlariga duch keldilar, katta talofatlar 
berdilar. Shu o`rinda Xorazmshohning to`ng`ich o`g`li, jasur lashkarboshi Jaloliddin Manguberdi 
faoliyatiga to`xtalib o`tmoqlik joizdir. U mo`g`ullar istilosi boshlangan kundanoq doimo yurt 
himoyachilari tomonida turdi, ularga rahnamo bo`ldi. Ona Vataniga bo`lgan cheksiz mehr hissi, 
farzandlik burchi uni shu qadar elga mashhur qildiki, hatto uning nomini eshitgan 
Chingizxonning ham sochi tik bo`lib, yuzi tundlashar, uni qo`lga tushirish, yo`q qilish chora-
tadbirlarini izlardi. 
Jaloliddin Manguberdi ancha yillar ilgari G`azna, Voliyon, Guch, Bust va Hindiston 
hududlarigacha bo`lgan erlarga hokim etib tayinlangan edi. Shu boisdan u G`azna tomon yurdi, 
yo`lga ko`pgina qo`shin boshliqlari Sulton Jaloliddinga qo`shilib bordi. Sulton Jaloliddin Niso, 
Qandahorda mo`g`ullar qo`shinini tor-mor etib, G`aznaga etib keldi. Jaloliddin Manguberdi katta 
qo`shin to`plab, Valiyon qal`asi, Parvon tekisligida mo`g`ul qo`shinlari bilan jang qilib, ularni 
tor-mor etadi. Chingizxon katta qo`shin to`plab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan o`zi 
qo`shin tortadi. 1221 yil 25 noyabrda Sind (Hind) daryosi bo`yida tengsiz jang bo`ladi. Bu 
jangda Jaloliddin Manguberdi ko`rsatgan jasoratga mo`g`ul hukmdorining o`zi ham tan berib, lol 
qolgan. Bu hayot – mamot jangida Xorazm bahodiri, uning yigitlari arslonlardek jon berib, jon 
olardi. «Qaysi tomonga ot choptirmasin, tuproqni qonga bo`yar edi. Agar bu jangni Zolning 
o`g`li ko`rsa edi, u sulton Jalol (uddin) ning qo`lini o`pgan bo`lardi». Chingizxon lashkari 
hisobsiz bo`lsada, uning jang maydonidagi asosiy kuchlari parokanda holiga tushib qolgandi. 
Biroq pistirmadagi 10 ming nafar sara lashkar jang oqibatini Chingizxon foydasiga hal qiladi. 
Nochor, tang ahvolga tushib qolgan Jaloliddin qora to`riq otiga minib, so`nggi bor mo`g`ullarga 
hamla qilib, so`ng ot jilovini ortga tortadi. Sovutini elkasidan tashlab, otiga qamchi bosadi va 
balandlikdagi qoyadan o`zini Sind daryosiga otadi. Jaloliddin bahaybat daryo to`lqinlarini 
shiddat bilan kesib o`tib narigi sohilga o`tib oladi. Uning 4000 jangchisi ham bunga muvaffaq 
bo`lishadi. 
Hozirgi paytda ham bu daryoning bir tomoni «Ot sakrat», narigi tomoni «Cho`li Jaloliy» deb 
ataladi. Jaloliddin o`zining botir jangchilari bilan yana o`n yil davomida hali Afg`on va Hind, 
hali Eron yoki Kavkaz orti hudularida paydo bo`lar, yangidan xalq lashkarlarini jamlab, mo`g`ul 
bosqinchilari zulmi va hukmronligiga qarshi tinim bilmay jang qilar, xalq erki, ozodligi yo`lida 
sabot bilan kurashardi. Jaloliddin goh zafar quchdi, goh mag`lubiyat alamini tortdi, biroq kuchli 
dushman oldida bosh egib, mag`lub bo`lmadi. Lekin ne ko`rgilikki, Jaloliddin Manguberdining 
aziz umri yovlar bilan jang maydonida, yakkama-yakka olishuvda emas, balki bir alamzada 
qurdning banogoh tig`idan xazon bo`ldi. Bu mudhish voqea 1231 yilning 17-20 avgustlarida 
Ozarbayjon hudularida sodir etildi. Jaloliddinning el - ulus, vatan ozodligi va mustaqilligi 
yo`lidagi fidoyiligi, mislsiz jasorati mangulikka daxldordir. Istiqlol nashidasini surayotgan 
mustaqil O`zbekistonda ulug` ajdodlar ruhining e`zozlanayotgani, jumladan, Jaloliddin 
Manguberdi qutlug` tavvaludining 800 yillik yubileyi umummamlakat miqyosida keng 
nishonlanganligi ham buning yaqqol ifodasidir.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov: «Bu yurt tengsiz allomalar, aziz-avliyolar, podshohu 
sarkardalar, botir va pahlavonlarni ko`p ko`rgan. Uar orasida milliy qahramonimiz Jaloliddin 


Manguberdining betakror nomi yulduzdek charaqlab turadi» (I.A.Karimov, Asarlar, T. 8, 75-bet) 
Sarkarda yubileyi munosabati bilan Urganchda Jaloliddin Manguberdiga bag`ishlab 
me`moriy majmua va bog` tashkil qilindi Bahodir, sarkarda, davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi 
qiyofasiga ba`zi chizgilar: Jaloliddin tavalludining 800 yilligini nishonlab, O`zbekiston hukumati 
2000 yilda «Jaloliddin Manguberdi» ordenini ta`sis qildi Shihobiddin an-Nasaviy: U 
bug`doyrang, o`rta bo`yliq turkiy qiyofalik va turkiyda gapiradigan odam edi. Uning mardligi, 
jasurligiga kelsaq « … u sherlar orasida eng zo`r sher edi, qo`rqmas chavondoz, lashkarlar 
orasida eng botir edi. U haqgo`ylikni, adolatni ulug`lardi…» Chingizxon: «Otadan dunyoda hali 
bunday o`g`il tug`ilmagan. U sahroda sher kabi g`olib jangchi, daryoda esa nahang (akula) kabi 
botir.. «Otaga shunday o`g`il zarurki, u ikki girdob – olov va suv girdobidan ozodlik maydoniga 
chiqa oldi!». 
Shunday qilib, mo`g`ul istilochilari qisqa davr ichida goh beadad qirg`inliklar keltirish
goh mahalliy xalqlar orasida g`ulg`ula, xavf-xatar solish, yoxud ular orasidagi xiyonatkor, sotqin 
unsurlarni ishga solish orqasida Movarounnahr va Xuroson erlarini egallab, bu hududlarga 
mislsiz moddiy va ma`naviy zarar etkazib, o`z hukmronligini o`rnatishga muvaffaq bo`ldilar. 
Kechagina gullab-yashnagan vodiylar, yam-yashil, obod qishloqlar, suv inshootlari, to`g`onlar 
yakson etildi, ekin maydonlari suvsizlikdan qovjirab qoldi. Buyuk ipak yulining shuhrati so`ndi, 
shaharlar hayoti fayzsiz bo`lib qoldi. Xalqning ko`p asrlik ma`naviy bisoti, noyob asori atiqalari, 
qadriyatlari oyoq osti qilindi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish